Uy » Online olimpiada » Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada » 10-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada 10-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 InfoMaster Oktabr 15, 2022 1171 Ko'rishlar 7 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf O'zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 1. His-hayajon undovlari ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Televizorni faqat kechqurunlarigina ko‘radi. B) Keksalarga yordam berish hammamizning burchimiz/ C) Hoy, kim bor, yordam bering! D) Yosh bo‘lsa-da, barchaga bosh bolam. 2 / 25 2. Sifatdan yasalgan so‘zni aniqlang. A) qaynoq B) qiynamoq C) do‘stlik D) beaql 3 / 25 3. Nuqtalar o‘rniga mos ravishda qanday undoshlar qo‘yilishi kerak? Hamma yo...da to‘kin-sochinlik. Shunday yurt...a yashayot...animizdan fa...rlansak arziydi. A) g‘, t, k, h B) q, d, t, x C) q, d, g, x D) g‘, d, k, x 4 / 25 4. Qaysi javobda undov, taqlid va modal so‘zlarning har biriga misol berilgan? A) yal-yal, miyov, darvoqe B) yoxud, qars, hay C) voy, pisht, shekilli D) xullas, shildir-shildir, eh 5 / 25 5. Berilgan namunlardan qaysi birida faol kirish so‘zlar ishtirok etmagan? A) Afsus, futbol jamoamiz musobaqada yutqizib qo‘ydi. B) Birinchidan, matnni diqqat bilan o‘qib chiqish kerak, ikkinchidan uning mazmunini so‘zlab berish kerak. C) Ehtimol, men uni ertaga ko‘raman. D) Abdulla Avloniy, o‘z davri boshlang‘ich maktablari uchun bir nechta o‘quv qo‘llanmalar yaratgan. 6 / 25 6. Ayiruv bo‘g‘lovchisi ishtirok etgan gapni toping. A) U na do‘stini na ukasini topa olamdi. B) Kechki payt yo Sobir, yoki Hasan ukasini bog‘chadan olib keladi. C) Ikkovi ham onasiga uy-ro‘zg‘or ishlariga yordam berishdi. D) A’zamjon va Azizjon maktabdan uyga kelishdi. 7 / 25 7. Ravish holi qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi? A) qachon?, qayerga? B) qancha?, nechalab? C) qanday qilib?, qay tarzda? D) qachongacha?, nega? 8 / 25 8. Quyidagi jonzot nomlaridan nechtasi o‘z shakldoshiga ega? 1)ot; 2) bit; 3) sug‘ur; 4) sher; 5) qurt; 6) qarg‘a. A) 6 tasi B) 5 tasi C) 3 tasi D) 4 tasi 9 / 25 9. Matnda ostiga chizilgan so‘zlarni qaysi so‘z turkumidaligini aniqlang. Tillashayx masjidi toshkentlik mashhur Tillashayx tomonidan bunyod etilgan. Me’moriy obida o‘z dizayni bilan o‘z davrida qurilgan masjidlardan ajralib turgan. Inshoot to‘rtburchak tarhli, gumbazsimon, masjidning ikki yonida uncha katta bo‘lmagan minoralar bo‘lib, masjidga arksimon qilib qurilgan ayvon orqali kiriladi. Arklar soni 3 ta. Masjidning tashqi tomoni bezaklardan xoli bo‘lib, uning ikki yonida masjidga yorug‘lik tushishini ta’minlash uchun 18 ta deraza o‘rnatilgan. Masjidning ichki ko‘rinishi tashqi ko‘rinishidan mutlaqo farq qiladi, undagi ganch naqshlar, gulli bezaklar insonni beixtiyor o‘ziga jalb qiladi. Masjid ichidagi gumbaz osti naqshlar ham o‘zining nafisligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Masjidni yoritish maqsadida qandillar ham o‘rnatilgan. Masjidning bugungi kungacha va bugungi holati haqida gapiradigan bo‘lsak, masjid usta Shirin Murodov tomonidan ta’mirlangan. 2007-yil Hastimom majmuasi bunyod etilgan davrda me'moriy obida atrofidagi e'tiborga molik obidalar ham ta'mirlandi. A) sifat, sifat, ot B) son, ot, ot C) sifat, ot, ot D) son, sifat, ot 10 / 25 10. Matni o‘qing va mos keladigan nomni aniqlang. Tillashayx masjidi toshkentlik mashhur Tillashayx tomonidan bunyod etilgan. Me’moriy obida o‘z dizayni bilan o‘z davrida qurilgan masjidlardan ajralib turgan. Inshoot to‘rtburchak tarhli, gumbazsimon, masjidning ikki yonida uncha katta bo‘lmagan minoralar bo‘lib, masjidga arksimon qilib qurilgan ayvon orqali kiriladi. Arklar soni 3 ta. Masjidning tashqi tomoni bezaklardan xoli bo‘lib, uning ikki yonida masjidga yorug‘lik tushishini ta’minlash uchun 18 ta deraza o‘rnatilgan. Masjidning ichki ko‘rinishi tashqi ko‘rinishidan mutlaqo farq qiladi, undagi ganch naqshlar, gulli bezaklar insonni beixtiyor o‘ziga jalb qiladi. Masjid ichidagi gumbaz osti naqshlar ham o‘zining nafisligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Masjidni yoritish maqsadida qandillar ham o‘rnatilgan. Masjidning bugungi kungacha va bugungi holati haqida gapiradigan bo‘lsak, masjid usta Shirin Murodov tomonidan ta’mirlangan. 2007-yil Hastimom majmuasi bunyod etilgan davrda me'moriy obida atrofidagi e'tiborga molik obidalar ham ta'mirlandi. A) Usta Shirin Murodov yodgorligi B) Tillashayx masjidi C) Temuriylar maqbarasi D) Hastimom majmuasi 11 / 25 11. Kesim tuzilishiga ko‘ra nechta turga bo‘linadi? A) 2 ta turga bo‘linadi. B) 5 ta turga bo‘linadi. C) 4 ta turga bo‘linadi. D) 3 turga bo‘linadi. 12 / 25 12. Quyidagi berilgan gaplardan qaysi birida ravishdosh bilan ifodalangan kesim berilgan? A) Botir xatni kecha yuborgan B) Motor gurullab, mashina oldinga intildi. C) 8- “B” sinf o‘quvchilari musobaqadan qaytishdi. D) Men maktabga boraman. 13 / 25 13. Fe’l nisbatini aniqlang. Buyumlarga qo‘l tegizilmasin! A) o‘zlik B) orttirma C) birgalik D) majhul 14 / 25 14. Matni o‘qing. Quyidagi berilgan javoblardagi qaysi ma’lumot mantda keltirilgan ma’lumotlarga mos emas? Tillashayx masjidi toshkentlik mashhur Tillashayx tomonidan bunyod etilgan. Me’moriy obida o‘z dizayni bilan o‘z davrida qurilgan masjidlardan ajralib turgan. Inshoot to‘rtburchak tarhli, gumbazsimon, masjidning ikki yonida uncha katta bo‘lmagan minoralar bo‘lib, masjidga arksimon qilib qurilgan ayvon orqali kiriladi. Arklar soni 3 ta. Masjidning tashqi tomoni bezaklardan xoli bo‘lib, uning ikki yonida masjidga yorug‘lik tushishini ta’minlash uchun 18 ta deraza o‘rnatilgan. Masjidning ichki ko‘rinishi tashqi ko‘rinishidan mutlaqo farq qiladi, undagi ganch naqshlar, gulli bezaklar insonni beixtiyor o‘ziga jalb qiladi. Masjid ichidagi gumbaz osti naqshlar ham o‘zining nafisligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Masjidni yoritish maqsadida qandillar ham o‘rnatilgan. Masjidning bugungi kungacha va bugungi holati haqida gapiradigan bo‘lsak, masjid usta Shirin Murodov tomonidan ta’mirlangan. 2007-yil Hastimom majmuasi bunyod etilgan davrda me'moriy obida atrofidagi e'tiborga molik obidalar ham ta'mirlandi. A) Masjidning tashqi tomonida bezaklar yo‘q. B) Masjidning ichki qismini bezashda gulli bezaklar, ganch naqshlaridan foydalanilgan. C) Tillashayx masjidida arklar soni uchtani tashkil etadi. D) Yodgorlik Shirin Murodov tomonidan bunyod etilgan. 15 / 25 15. Ushbu gapda qaysi nisbat shaklidagi fe’l qo‘llanmagan? Chaqirilmagan joyga bormas, rejalarini ertaga qoldirmas edi. A) majhul nisbat B) orttirma nisbati C) o‘zlik nisbati D) aniq nisbat 16 / 25 16. Berilgan gapdagi nuqtalar o‘rniga mos so‘zni qo‘ying? “Amakimning qizi Sevara … Samarqandga bormagan.” A) har doim B) hech qachon C) har qachon D) allaqachon 17 / 25 17. Quyidagi gaplar qaysi yozuvchi haqida? Ish kunlari ertalab soat 8 dan boshlanardi. Nonushtadan so‘ng soat 12 gacha ishlar, bu vaqt ichida hech kim ularni bezota qilmas edi. Bir yarim- ikki sahifa ijod qilish uchun 4-5 soat o‘tirar, biror so‘zni o‘zgartirish kerak bo‘lsa,o‘sha sahifani yana qayta ko‘chirib chiqar edilar. A) Usmon Nosir B) Oybek C) Abdulla Qahhor D) G‘afur G‘ulom 18 / 25 18. va, ham, hamda bog‘lovchilarning qaysi turiga kiradi. A) zidlov bog‘lovchisi B) inkor bog‘lovchisi C) biriktiruv bog‘lovchisi D) ayiruv bog‘lovchisi 19 / 25 19. Quyidagi berilgan gaplarga mos keluvchi nisbat qo‘shimchalarni toping. 1)Nurga to‘ldi dara, to‘ldi soy, Nur yog‘…di qorong‘u jarga. 2)Yaltiraydi, doim tovla…ar, Oy nuriga cho‘miluvchu tosh. 3)Dalalarda boshla…adi ish, Boshla…adi ijod va tashvish. A) -il, -n, -n, -in. B) -il, -n, -n, -n. C) -in, -n, -l, -in. D) -il, -in, -n, -in. 20 / 25 20. Gapda nechta sifatdosh qatnashagan? O‘zbekistonda 40 asrdan ko‘proq vaqt davomida yaratilgan me’moriy yodgorliklar saqlanib qolgan. Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlaridagi YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan ushbu me’moriy obidalarni har yili minglab sayyohlar keladilar. A) Uchta B) To‘rtta C) Ikkita D) Beshta 21 / 25 21. Qaysi so‘zlar talaffuzida so‘z oxiridagi jarangli undosh tushib qoladi? 1) gramm; 2) poyezd; 3) go‘sht; 4) kilovatt. A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2 C) 3, 4 D) 1, 2, 3 22 / 25 22. Egali gapni toping. A) Bugungi ishing hech kimga yoqmadi. B) Laylo, sening oldingda bir dam ko‘rmoqchiydim o‘zimni. C) Balki, o‘chgan edim yodingdan. D) Shirin xayollaring oldimmu? 23 / 25 23. Ushbu parchadagi olmoshlar sonini aniqlang. Sen niholsan, zavoling – o‘zim, Sen – tiriklik, men esa o‘lim. Kunduz bo‘lsang, men tun bo‘laman, Sen bor bo‘lsang, butun bo‘laman. (E. Vohidov) A) 4 ta B) 7 ta C) 5 ta D) 6 ta 24 / 25 24. Nuqtalar o‘rniga mos keladigan kirish so‘zni qo‘ying. …ishimizni oxirigacha yetkaza olmadik. A) afsus B) birinchidan C) qisqasi D) albatta 25 / 25 25. Qanday birlik vergul yoki undov belgisi bilan ajratilishi mumkin? A) Kiritma B) Ajratilgan bo‘lak C) Umumlashtiruvchi bo‘lak D) Undalma 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 11-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1