Uy » Online olimpiada » Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada » 10-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada 10-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 InfoMaster Oktabr 15, 2022 1171 Ko'rishlar 7 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf O'zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 1. Qaysi qatordagi qo‘shimchlarni so‘zga qo‘shganda yangi so‘z yasab bo‘lmaydi? A) -da, -ni, -ning B) -ona, -siz, -lab C) -li, ba-, -bo D) -gi, -chi, -kor 2 / 25 2. Gapda nechta sifatdosh qatnashagan? O‘zbekistonda 40 asrdan ko‘proq vaqt davomida yaratilgan me’moriy yodgorliklar saqlanib qolgan. Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlaridagi YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan ushbu me’moriy obidalarni har yili minglab sayyohlar keladilar. A) Ikkita B) Beshta C) To‘rtta D) Uchta 3 / 25 3. Berilgan namunlardan qaysi birida faol kirish so‘zlar ishtirok etmagan? A) Afsus, futbol jamoamiz musobaqada yutqizib qo‘ydi. B) Ehtimol, men uni ertaga ko‘raman. C) Abdulla Avloniy, o‘z davri boshlang‘ich maktablari uchun bir nechta o‘quv qo‘llanmalar yaratgan. D) Birinchidan, matnni diqqat bilan o‘qib chiqish kerak, ikkinchidan uning mazmunini so‘zlab berish kerak. 4 / 25 4. Fe’l nisbatini aniqlang. Buyumlarga qo‘l tegizilmasin! A) o‘zlik B) orttirma C) birgalik D) majhul 5 / 25 5. Matni o‘qing. Quyidagi berilgan javoblardagi qaysi ma’lumot mantda keltirilgan ma’lumotlarga mos emas? Tillashayx masjidi toshkentlik mashhur Tillashayx tomonidan bunyod etilgan. Me’moriy obida o‘z dizayni bilan o‘z davrida qurilgan masjidlardan ajralib turgan. Inshoot to‘rtburchak tarhli, gumbazsimon, masjidning ikki yonida uncha katta bo‘lmagan minoralar bo‘lib, masjidga arksimon qilib qurilgan ayvon orqali kiriladi. Arklar soni 3 ta. Masjidning tashqi tomoni bezaklardan xoli bo‘lib, uning ikki yonida masjidga yorug‘lik tushishini ta’minlash uchun 18 ta deraza o‘rnatilgan. Masjidning ichki ko‘rinishi tashqi ko‘rinishidan mutlaqo farq qiladi, undagi ganch naqshlar, gulli bezaklar insonni beixtiyor o‘ziga jalb qiladi. Masjid ichidagi gumbaz osti naqshlar ham o‘zining nafisligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Masjidni yoritish maqsadida qandillar ham o‘rnatilgan. Masjidning bugungi kungacha va bugungi holati haqida gapiradigan bo‘lsak, masjid usta Shirin Murodov tomonidan ta’mirlangan. 2007-yil Hastimom majmuasi bunyod etilgan davrda me'moriy obida atrofidagi e'tiborga molik obidalar ham ta'mirlandi. A) Masjidning ichki qismini bezashda gulli bezaklar, ganch naqshlaridan foydalanilgan. B) Yodgorlik Shirin Murodov tomonidan bunyod etilgan. C) Tillashayx masjidida arklar soni uchtani tashkil etadi. D) Masjidning tashqi tomonida bezaklar yo‘q. 6 / 25 6. Quyidagi berilgan gaplarga mos keluvchi nisbat qo‘shimchalarni toping. 1)Nurga to‘ldi dara, to‘ldi soy, Nur yog‘…di qorong‘u jarga. 2)Yaltiraydi, doim tovla…ar, Oy nuriga cho‘miluvchu tosh. 3)Dalalarda boshla…adi ish, Boshla…adi ijod va tashvish. A) -il, -n, -n, -in. B) -il, -n, -n, -n. C) -il, -in, -n, -in. D) -in, -n, -l, -in. 7 / 25 7. Berilgan gapdagi nuqtalar o‘rniga mos so‘zni qo‘ying? “Amakimning qizi Sevara … Samarqandga bormagan.” A) hech qachon B) har qachon C) allaqachon D) har doim 8 / 25 8. Quyidagi berilgan gaplardan qaysi birida ravishdosh bilan ifodalangan kesim berilgan? A) Motor gurullab, mashina oldinga intildi. B) Men maktabga boraman. C) Botir xatni kecha yuborgan D) 8- “B” sinf o‘quvchilari musobaqadan qaytishdi. 9 / 25 9. Quyidagi jonzot nomlaridan nechtasi o‘z shakldoshiga ega? 1)ot; 2) bit; 3) sug‘ur; 4) sher; 5) qurt; 6) qarg‘a. A) 4 tasi B) 6 tasi C) 3 tasi D) 5 tasi 10 / 25 10. Quyidagi berilgan gaplardan aniqlovchi ravish so‘z turkumi bilan ifodalangan gapni toping. A) Ariqlarda billurday suv oqadi. B) Bobom kechagi voqeani gapirib berdilar. C) Tillakori madrasasidagi naqshlarga oltin suvi yurgizilgan. D) Besh-olti xil meva olib kelishdi. 11 / 25 11. Qanday birlik vergul yoki undov belgisi bilan ajratilishi mumkin? A) Undalma B) Kiritma C) Umumlashtiruvchi bo‘lak D) Ajratilgan bo‘lak 12 / 25 12. Ey, baxt ulashganlar, bizga qo‘shiling! Yuqoridagi gapda undalma qaysi so‘z turkumi bilan ifodalab keltirilgan? A) Ot bilan B) Sifat bilan C) Sifatdosh bilan D) Olmosh bilan 13 / 25 13. Sifatdan yasalgan so‘zni aniqlang. A) qiynamoq B) qaynoq C) do‘stlik D) beaql 14 / 25 14. Matnda ostiga chizilgan so‘zlarni qaysi so‘z turkumidaligini aniqlang. Tillashayx masjidi toshkentlik mashhur Tillashayx tomonidan bunyod etilgan. Me’moriy obida o‘z dizayni bilan o‘z davrida qurilgan masjidlardan ajralib turgan. Inshoot to‘rtburchak tarhli, gumbazsimon, masjidning ikki yonida uncha katta bo‘lmagan minoralar bo‘lib, masjidga arksimon qilib qurilgan ayvon orqali kiriladi. Arklar soni 3 ta. Masjidning tashqi tomoni bezaklardan xoli bo‘lib, uning ikki yonida masjidga yorug‘lik tushishini ta’minlash uchun 18 ta deraza o‘rnatilgan. Masjidning ichki ko‘rinishi tashqi ko‘rinishidan mutlaqo farq qiladi, undagi ganch naqshlar, gulli bezaklar insonni beixtiyor o‘ziga jalb qiladi. Masjid ichidagi gumbaz osti naqshlar ham o‘zining nafisligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Masjidni yoritish maqsadida qandillar ham o‘rnatilgan. Masjidning bugungi kungacha va bugungi holati haqida gapiradigan bo‘lsak, masjid usta Shirin Murodov tomonidan ta’mirlangan. 2007-yil Hastimom majmuasi bunyod etilgan davrda me'moriy obida atrofidagi e'tiborga molik obidalar ham ta'mirlandi. A) son, ot, ot B) son, sifat, ot C) sifat, ot, ot D) sifat, sifat, ot 15 / 25 15. Nuqtalar o‘rniga mos keladigan kirish so‘zni qo‘ying. …ishimizni oxirigacha yetkaza olmadik. A) albatta B) qisqasi C) birinchidan D) afsus 16 / 25 16. Nuqtalar o‘rniga mos ravishda qanday undoshlar qo‘yilishi kerak? Hamma yo...da to‘kin-sochinlik. Shunday yurt...a yashayot...animizdan fa...rlansak arziydi. A) q, d, g, x B) g‘, d, k, x C) q, d, t, x D) g‘, t, k, h 17 / 25 17. Qaysi javobda undov, taqlid va modal so‘zlarning har biriga misol berilgan? A) yal-yal, miyov, darvoqe B) yoxud, qars, hay C) voy, pisht, shekilli D) xullas, shildir-shildir, eh 18 / 25 18. Ayiruv bo‘g‘lovchisi ishtirok etgan gapni toping. A) Kechki payt yo Sobir, yoki Hasan ukasini bog‘chadan olib keladi. B) Ikkovi ham onasiga uy-ro‘zg‘or ishlariga yordam berishdi. C) A’zamjon va Azizjon maktabdan uyga kelishdi. D) U na do‘stini na ukasini topa olamdi. 19 / 25 19. “Men faqat a’lo baholarga o‘qiyman” gapidagi qaysi so‘z tushirilsa, ma’no kuchsizlanadi? A) men B) faqat C) baholarga D) o‘qiyman 20 / 25 20. Kesim tuzilishiga ko‘ra nechta turga bo‘linadi? A) 2 ta turga bo‘linadi. B) 5 ta turga bo‘linadi. C) 4 ta turga bo‘linadi. D) 3 turga bo‘linadi. 21 / 25 21. Ravish holi qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi? A) qachon?, qayerga? B) qancha?, nechalab? C) qachongacha?, nega? D) qanday qilib?, qay tarzda? 22 / 25 22. Ushbu parchadagi olmoshlar sonini aniqlang. Sen niholsan, zavoling – o‘zim, Sen – tiriklik, men esa o‘lim. Kunduz bo‘lsang, men tun bo‘laman, Sen bor bo‘lsang, butun bo‘laman. (E. Vohidov) A) 5 ta B) 6 ta C) 4 ta D) 7 ta 23 / 25 23. va, ham, hamda bog‘lovchilarning qaysi turiga kiradi. A) biriktiruv bog‘lovchisi B) ayiruv bog‘lovchisi C) zidlov bog‘lovchisi D) inkor bog‘lovchisi 24 / 25 24. Quyidagi gaplar qaysi yozuvchi haqida? Ish kunlari ertalab soat 8 dan boshlanardi. Nonushtadan so‘ng soat 12 gacha ishlar, bu vaqt ichida hech kim ularni bezota qilmas edi. Bir yarim- ikki sahifa ijod qilish uchun 4-5 soat o‘tirar, biror so‘zni o‘zgartirish kerak bo‘lsa,o‘sha sahifani yana qayta ko‘chirib chiqar edilar. A) Abdulla Qahhor B) Oybek C) G‘afur G‘ulom D) Usmon Nosir 25 / 25 25. His-hayajon undovlari ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Keksalarga yordam berish hammamizning burchimiz/ B) Yosh bo‘lsa-da, barchaga bosh bolam. C) Hoy, kim bor, yordam bering! D) Televizorni faqat kechqurunlarigina ko‘radi. 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 11-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1