Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 526 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 2 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 Ko‘makchili qurilmalar yordamida bog’langan qo‘shma gaplar tarkibida bosh gapning o‘rni qanday bo‘ladi? A) ergash gapdan keyin keladi B) ergash gapdan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin C) ko‘makchili qurilmalar bog’langan qo‘shma gap tarkibida keladi D) ergash gapdan oldin keladi 2 / 25 “Agar oshig’lig’im aytsam, kuyub jon-u jahon o’rtar...” deb boshlanuvchi g’azal muallifi kim? A) Muhammad Rizo Ogahiy B) Alisher Navoiy C) Z. M. Bobur D) Boborahim Mashrab 3 / 25 Qaysi javobda berilgan so‘zlar o‘zaro ma’nodosh emas? A) iroda, qat’iyat B) g‘urur, shuur C) saxiylik, tantilik D) malomat, gina 4 / 25 “Alpomish” dostonida Barchin qachon “Saman otli, sarjig‘ali bek yigit”ga murojaat qiladi? A) kurash paytida B) tush ko‘rganda C) shartlarini qo‘yayotganda D) olti oyga muhlat so‘rayotganda 5 / 25 Bemorning oldidan jilmaslik va shu bilan birga tirikchilik uchun xonaki bir kasb qilishga majbur bo‘ldi. Ushbu gapning tuzilishiga ko‘ra turini aniqlang. A) sodda gap B) darak gap C) egasiz gap D) qo‘shma gap 6 / 25 Ajratib yoziladigan qo‘shma so‘zlar qatorini toping. A) to‘g‘ridan/to‘g‘ri, jiqqa/ho‘l B) tog‘/olcha, beda/poya C) sotib/oldi, borib/keldi D) xush/bo‘y, tog‘ma/tog‘ 7 / 25 Qaysi qatorda bog‘langan qo‘shma gap berilgan? A) Dono aybni o‘zidan axtaradi, ahmoq bo‘lsa do‘stini ayblaydi. B) G‘ayratlining yuragi qaynar, G‘ayratsizning yuragi o‘ynar. C) Jahl kelsa, aql ketadi. D) Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r – mingni. 8 / 25 Ushbu qolipga mos keladigan ergashgan qo‘shma gapni aniqlang. A) Hayotimda kim uchundir foydali inson bo‘lsam, bu mening eng katta yutug‘imdir. B) Darrov suhbatimizga jon kirdi, chunki oramizda bilag‘on Salim ham bor edi. C) Dalalarga chiqing, bahri dilingiz ochilsa, quvvatga kirib ketasiz. D) Ikkinchi masala ancha jiddiy, shuning uchun u ancha o‘rganishni talab qiladi. 9 / 25 Mehmondo‘st, mehnatsevar xalqimizga mos bo‘lgan sofdil, mard va vatanparvar yoshlar ertamiz egalaridir. Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqida berilgan to‘g‘ri fikrni toping. A) Yasama so‘zlar bir xil gap bo‘lagiga tobelangan. B) Yasama so‘zlar bir xil gap bo‘lagi vazifasini bajargan. C) Yasama so‘zlar o‘zi bog‘langan so‘zlarga ohang va kelishik yordamida tobelangan. D) Yasama so‘zlar tuzilishiga ko‘ra bir turga mansub. 10 / 25 Berilgan gaplar va ularda ishtirok etgan fe’l shakllari to‘g‘ri moslashtirilgan javobni aniqlang. A) 1-a, d, e, f; 2-b, e, f, g B) 1-a, e, f; 2-a, b, e, g C) 1-a, b, d, f, g; 2-b, e, g D) 1-a, d, f, g; 2-a, e, f, g 11 / 25 Gapdagi ko‘p nuqta o‘rniga mazmun va grammatik jihatdan mos keluvchi yordamchi so‘zni qo`ying. Vatanimiz poytaxtida, … Toshkentda diqqatga sazovor joylar ko‘p. A) ya’ni B) chunki C) garchi D) xullas 12 / 25 Ko‘makchili qurilma yordamida bog‘langan ergashgan qo‘shma gapni aniqlang. A) Haqiqiy olim o‘zining ilmi bilan maqtanmaydi, chunki u o‘zidan ham zo‘r olim va fozil borligini biladi. B) Fikr ravshan bo‘lsa, albatta, uning shakli ham ravshan bo‘ladi. C) Do‘stlikdan o‘tadigan hech narsa yo‘q, shuning uchun do‘st orttirish imkoniyatini sira qo‘ldan boy berma. D) Shuni bilki, odamlar do‘stlik tufayli baxtiyordir. 13 / 25 Qaysi asarda shoir shohga qarata: “Raiyat (xalq) poda bo‘lsa, sen cho‘ponsan, u mevali daraxt bo‘lsa, sen - bog‘bon, agar cho‘pon qo‘ylarini asramasa, ular och bo‘rilarga yem bo‘ladi”, degan fikrni aytadi? A) “Hayrat ul-abror” B) “Farhod va Shirin” C) “Saddi Iskandariy” D) “Layli va Majnun” 14 / 25 Xojaning hikoyalaridan birida sultonning bir soat adolat qilganining savobini zohid qanchaga baholaydi? A) yigirmata zohid ibodatidan ortiq B) odamlar, farishtalar va hurlarning ibodatidan ortiq C) o‘nta payg‘ambarning ibodatidan ortiq D) o‘nta avliyoning ibodatidan ortiq 15 / 25 Quyidagi gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilarining to‘g‘ri ketma-ketligini aniqlang. Insonni butun borliq odamlar buyum va narsalar voqea-hodisalar ammo eng avvalo va aksar hollarda odamlar tarbiyalaydi A) – , , , , . B) , , , , , . C) – – , , , . D) : , , , , , . 16 / 25 Navoiyning “Farhod va Shirin” dosoni haqidagi qaysi fikr noto‘g‘ri? A) Farhod tug‘ilganida xoqon xalqning uch yillik xirojidan kechadi. B) Farhod Qorandan tosh yo‘nish sirlarini o‘rganadi. C) Farhod onadan ishq bilan tug‘iladi. D) Farhod Shirinni topish uchun uch manzildan o‘tadi va Yunonistonga boradi. 17 / 25 Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa”si qanday nom bilan mashhur bo‘lgan? A) “Xamsa” (“Beshlik”) B) “Haft paykar” (“Yetti go'zal”) C) “Maxzan ul-asror” (“Sirlar xazinasi”) D) “Panj ganj” (“Besh xazina”) 18 / 25 Qaysi gapda orttirma nisbatdagi fe’l qo‘llangan? A) Bu cholni butun yurt izzat qilardi. B) Nazir ota yuzlarida tabassum bilan qutini bezata boshladi. C) O‘zingdan o‘zgadan marhamat kutma, o‘zbek o‘g‘li, o‘zligingni unutma. D) Yaxshi so‘z bilan ilon inidan chiqar. 19 / 25 Qaysi so‘zda bo‘g‘iz undoshi ishlatiladi? A) …ayol B) …abash C) …arita D) …alq 20 / 25 Faqat sof ko‘makchi(lar) ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Palataga kirib borganim sari meni vahima bosardi, shuning uchun eshikni ochishdan avval biroz to‘xtab qoldim. B) Ona urug‘im haqida boshqa narsani bilmayman, bilganim shuki, onamlar siz kabi bo‘lishni xush ko‘radilar. C) Shundan so‘ng mening niyatlarim kun sayin orqaga ketayotganini his qila boshladim. D) Mening ko‘nglim sezgan edi, shu sababli tushlikni chala-chulpa qilib uy tomon yugurgan edim. 21 / 25 Sifatning ma’nosiga ko‘ra ikki turi ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Bu bog‘lar ichida oq, havorang marmardan qurilgan chiroyli binolar, ko‘shklar, kichik-kichik saroylar ko‘zga tashlanadi. B) O‘ziyam juda g‘alati odam, sergapmi, kamgapmi, bilib bo‘lmaydi. C) Baqqol amaki yuzi katta, peshonasi keng, iyagi kalta odam. D) Yo‘lning ikki betidagi qoramtir, oq, qizil daraxtlarning barglari iliq quyosh nurida marvariddek tovlanadi. 22 / 25 Ona qishloq, Vatan deb faxrlanganimizda, biz, avvalo, poyonsiz dalalaringni, yam-yashil bog‘- rog‘laringni, anhorlaringda sharaqlab oqqan suvlaringni, subhidamdan bo‘stonlaringda muhabbatdan roz aytib, navo bazmini boshlagan bulbullaringni o‘ylaymiz. Ushbu gap…? 1)undalmali gap; 2)kiritmali gap; 3)uyushiq bo‘lakli gap; 4)ajratilgan bo‘lakli gap; 5)qo‘shma gap. A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5 23 / 25 Tokzorga kelsak, husayni, shivirg‘oni, charosdan boshlab tanako‘zi, qorajangal, bedona kishmishga qadar turli-tuman navlar bor. Ushbu gapdagi sodda yasama ot turdosh otning qaysi turiga mansub? A) faoliyat-jarayon oti B) shaxs oti C) narsa oti D) o‘rin-joy oti 24 / 25 Ayniqsa, har bir odam o‘zining oqil, obro‘- e’tiborli. iste’dodli, sadoqatli do‘stlari – safdoshlari bilan faxrlanadi, ammo do‘stlik mezoni faqat shular bilan o‘lchanmaydi. Ushbu gap haqidagi to‘g‘ri hukmni toping. A) Ham ot kesim, ham fe’l kesim mavjud. B) Ham uyushiq bo‘lak, ham ajratilgan bo‘lak ishtirok etgan. C) Biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gap hisoblanadi. D) Egalar har xil so‘z turkumi bilan ifodalangan. 25 / 25 Yod etmas emish kishini g‘urbatda kishi, Shod etmas emish ko‘ngulni mehnatda kishi. Ko‘nglum bu g‘ariblikda shod o‘lmadi, oh, G‘urbatda sevinmas emish, albatta, kishi. Ushbu ruboiydagi radifni aniqlang. A) g‘urbatda, mehnatda, albatta B) yod, shod C) kishini, ko‘ngulni D) kishi 0% Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz