11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 Oktabr 14, 2022Oktabr 14, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 ga fikr bildirilmagan. 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 Quyida berilganlardan qaysilari modal so‘z hisoblanadi? 1) xullas; 2) faqat; 3) darhaqiqat; 4) xayriyat; 5) chunki; 6) biroq. A) С) 1, 3, 4 B) 2, 3, 6 C) 3, 4, 5, 6 D) 1, 2, 4, 5 2 / 25 “So`z latofati” kitobining muallifi? A) A. Rustamov. B) A. Hojiyev C) E. Vohidov D) Sh. Rahmatullayev 3 / 25 Har bir pok axloqli, ilohsevar shaxs komillikka intilishi va bu yo‘lda nasiba olishi mumkin. Yuqoridagi gapda qaysi gap bo‘lak(lar)i uyushgan? A) aniqlovchi B) ega, aniqlovchi C) ega, kesim D) aniqlovchi, kesim 4 / 25 Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) taqiqlamoq, xayol, qat’i nazar B) mutaxasis, qutulmoq, tomosha C) asqotmoq, o‘g‘irlamoq, ta’ma qilmoq D) muolija, mobodo, tamoman 5 / 25 Qaysi gapda nisbat qo‘shimchasini olgan fe’l yasama otga tobelangan? A) Uzoqdan ko‘ringan qumloqlar sahro bag‘rida yastanib yotar edi. B) O‘g‘lining muvaffaqiyatidan faxrlangan otaning shodligi cheksiz edi. C) Bu kishi o‘sha tunda o‘zi bilan suhbatlashgan odam ekan. D) Kechaga taklif etilgan shoirlar orasidan uni qidirdi, ammo topolmadi. 6 / 25 Qaysi gapda barcha zamon shakllari o‘z ma’nosida ishlatilgan? A) Shu, Boboqul bilan Mamat polvon juda lanj ekan, nima dedingiz, Bo‘ri polvon? B) Men ertaga ketyapman, Farhod. C) Shunda sizni azob emas, rohat kutadi. D) – Yur, ketdik. Qorning to‘qmi? – dedi Habibulla. 7 / 25 Berilgan gaplar va ularda ishtirok etgan fe’l shakllari to‘g‘ri moslashtirilgan javobni aniqlang. A) 1-a, b, d, e, f, g; 2-a, b, f B) 1-a, d, e, g; 2-a, f, g C) 1-a, d, e, f, g; 2-a, b, f, g D) 1-b, d, e, f, g; 2-b, g, f 8 / 25 Qaysi asarda jaholat, ilmsizlik, tarbiyasizlikka qarshi ma’rifat ulug‘lanadi? A) “O‘tkan kunlar” B) “Qorako‘z Majnun” C) “Hayotga muhabbat” D) “Padarkush” 9 / 25 “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostoni haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. A) Parokanda bo‘layozgan Taka Yovmit elida Ravshanbekning kelishi bilan tub burilishlar sodir bo‘ladi. U el-yurt sha’nini, shavkatini, or-nomusini tiklaydi. B) Shohdorxon boshqalarning maslahatiga quloq solmay, o‘ylamay qaror qabul qiladigan, uzoqni ko‘ra olmasligi natijasida ko‘plab insonlarning bevaqt o‘limiga sabab bo‘lgan shoh. C) Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi va xalq manfaati yo‘lida qahramonlik ko‘rsatishida chiltanlar va Xizr alayhissalom katta o‘rin tutadi. D) Go‘ro‘g‘lining ota-onasi – Ravshan va Bibi Hilol bolaligida Zargar eliga borib qolib, musofirchilikda voyaga yetishadi. 10 / 25 Ayniqsa, har bir odam o‘zining oqil, obro‘-e’tiborli, iste’dodli, sadoqatli do‘stlari – safdoshlari bilan faxrlanadi, ammo do‘stlik mezoni faqat shular bilan o‘lchanmaydi. Ushbu gap tarkibida ajratib ko‘rsatilgan so‘z gapning qaysi bo‘lagiga tobelangan? A) qaratqich aniqlovchi B) vositasiz to‘ldiruvchi C) vositali to‘ldiruvchi D) sifatlovchi aniqlovchi 11 / 25 G‘irot oti qaysi doston qahramonining doimiy yo‘ldoshi hisoblanadi? A) Go‘ro‘g‘li B) Ravshan C) Kuntug‘mish D) Alpomish 12 / 25 Ilgari salbiylik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘zlar davr taqozosiga ko‘ra ijobiy bo‘yoq kasb etayotgan so‘zlarni aniqlang. A) kapital, kolxoz B) viloyat, tuman C) biznesmen, fermer D) dasturchi, vazir 13 / 25 Navoiyning qaysi asarida insonni ulug‘laydigan imon, karam, adab, qanoat, vafo, rostlik, ilm kabi fazilatlar haqida alohida fikrlar bayon qilingan? A) “Lison ut-tayr” B) “Muhokamat ul-lug‘atayn” C) “Hayrat ul-abror” D) “Saddi Iskandariy” 14 / 25 Bu yo‘llardan borurman, qadim Bitiktoshlar chiqar qoshimga. Ular so‘zin ko‘chiraman jim Yuragimning bujur toshiga, Ey, dardimga darmonim, Vatan! Ushbu she’riy parchada ajratib ko‘rsatilgan so‘zning sintaktik vazifasini aniqlang. A) payt holi B) vositali to‘ldiruvchi C) sifatlovchi aniqlovchi D) o`rin holi 15 / 25 Vatanning kun sayin obod bo‘layotgani, yangi yo‘llar, muhtasham inshootlar barpo etilayotgani yurtdoshlarimiz qalbiga faxr-iftixor baxsh etmoqda. Ushbu gap haqidagi to‘g‘ri hukmni toping. A) Qaratqich aniqlovchilarning barchasi to‘ldiruvchiga tobelangan. B) Sodda va qo‘shma kesimlar mavjud. C) Barcha uyushiq bo‘laklarning sifatlovchi aniqlovchisi mavjud. D) Ega va qaratqich aniqlovchining uyushib kelishi kuzatiladi. 16 / 25 Ey Navoiy, eldan bir chaqa ham tama qilma, aksincha, o‘zing elga bersang, buni “karam” deydilar. Ushbu gapda ishtirok etgan gap bo‘laklari bilan aloqaga kirishmaydigan so‘zlarni aniqlang. A) ey Navoiy, aksincha B) tama qilma, deydilar C) ey, aksincha, karam D) ey Navoiy, karam 17 / 25 Ham qaratqich aniqlovchini, ham sifatlovchi aniqlovchini bevosita tobelantirgan hol ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Yolg‘izlikning rutubatli ko‘chalarida, Ne-ne oltin fasllarim o‘tdi junjikib. B) Shuni esingdan chiqarma: aql dilning oltin kalitidir. C) Bir kishi umrining so‘ngiga qadar, Yig‘di mol-u dunyo, yig‘di siym-u zar. D) Bir yo‘l chekkasida yotibman nolon, Chorasiz bo‘lsam-da, men ham tirik jon. 18 / 25 Qaysi gapda hol vazifasida kelgan qaralmish ishtirok etgan? A) Tilning birinchi ahamiyati shundan iboratki, til tufayli jamiyat a’zolarining har birida hosil bo‘lgan bilim ommalashadi. B) Meni katta hayotga olib chiqib qo‘ygan ustozlarimning zahmatini oqlay oldimmikin? C) Mustaqil O‘zbekiston davlati erkinlikning dastlabki yillaridanoq o‘zbek tilining muhofazasi uchun barcha qonuniy asoslarni yaratdi. D) Til tufayli bilim avloddan avlodga og‘zaki va yozma tarzda qoldiriladi, natijada yangi avlod o‘tgan avlodning ishini yangidan boshlamasdan, uni davom ettiradi. 19 / 25 Quyida berilgan so‘zlarni ma’nolari bilan birlashtiring. A) 1-i, 2-a, 3-g, 4-b, 5-h B) 1-e, 2-d, 3-g, 4-f, 5-d C) 1-g, 2-d, 3-e, 4-b, 5-f D) 1-i, 2-a, 3-e, 4-f, 5-b 20 / 25 Berilgan birliklarning qaysi birida ko‘chma ma’noli so‘z mavjud emas? A) varrakning dumi B) daryo yoqasi C) g‘orning og‘zi D) tog‘ cho‘qqisi 21 / 25 Bo‘yung sarv-u sanubartek, beling qil, Vafo qilg‘on kishilarga vafo qil. (Xorazmiy) Ushbu baytda qanday she’riy san’atlar qo‘llangan? A) tazod, talmeh, tanosub B) tajnis, tashbeh, tanosub C) tazod, tajnis, tanosub D) talmeh, tashbeh, tajnis 22 / 25 Gapdagi ko‘p nuqta o‘rniga mazmun va grammatik jihatdan mos keluvchi yordamchi so‘zni aniqlang. U ilonni aldagani uchun, … unga dunyodagi eng tansiq taom insonniki emas, qurbaqaning go‘shti ekanini aytgani uchun ta’qibga uchragan emish. A) ya’ni B) chunki C) balki D) agar 23 / 25 Qaysi gapda ko‘makchi fe’l ish-harakatning davomiyligini bildirib kelgan? A) Qo‘qonga nonushta mahalida kirib keldik. B) Indamay g‘ishtlarni ustma-ust taxlay boshladi. C) Yodgor o‘z yonimda. Ba’zan Mehrixonlar oilasiga ham borib-kelib turadi. D) Mo‘ysafid gullarni shiyponga qo‘yib, mehmonlar bilan ko‘risha ketdi. 24 / 25 Mahmud Qoshg‘ariy tomonidan yozib qoldirilgan qaysi maqol turkiy xalqlar og‘zaki ijodida juda qadim davrlardan boshlab faol iste’molda bo‘lib, har qanday fazilatning boshlanishi bilimdir degan ma’noni anglatadi? A) Qut belgusi – bilig. B) Kim kur bo‘lsa, kuvaz bo‘lur. C) Uma kelsa, qut kelur. D) Erdam boshi – til. 25 / 25 Bizning qarorimiz shu // hasharda barchamiz faol ishtirok etamiz. Ushbu qo‘shma gap qismlari orasiga qaysi tinish belgisi qo‘yiladi? A) nuqtali vergul B) tire C) ikki nuqta D) vergul 0% Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot olimpiada