Uy » Choraklik online testlar » Tarbiya choraklik » 8-sinf Tarbiya 4-chorak Tarbiya choraklik 8-sinf Tarbiya 4-chorak InfoMaster May 18, 2024 1006 Ko'rishlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 4 4-chorak uchun test 2-YARIM YILLIK UCHUN NAZORAT ISHI 4 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. Savollar 1234567891011121314151617181920 OMAD YOR BO'LSIN! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 8-sinf Tarbiya 4-chorak 4-chorak uchun test 2-YARIM YILLIK UCHUN NAZORAT ISHI 1 / 20 1. O‘zbekistonlik iqtisodchi Raufxon Salaxo‘jayev qachon va qayerda tug’ilgan? A) 1988-yil Samarqandda B) 1986-yil Andijonda C) 1985-yil Toshkentda D) 1987-yil Namanganda 2 / 20 2. Umar Xayyom nechanchi yili (a+b)n binom yoyilmasining umumiy formulasini kashf etgan? A) 1077-yil B) 1082-yil C) 1056-yil D) 1066-yil 3 / 20 3. Nechanchi asrda va qayerda «Dorul hikma va maorif», keyinchalik «Ma’mun akademiyasi» bilan nom qozongan olimlar kengashi tashkil qilindi? A) X asr oxirida Xorazmda B) XI asr boshlarida Samarqandda C) IX asr o’rtalarida Buxoroda D) IX asr oxirida Bag’dodda 4 / 20 4. Albert Eynshteyn nechanchi yilda Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan? A) 1926-yilda B) 1920-yilda C) 1927-yilda D) 1921-yilda 5 / 20 5. Odam uchun dunyoda bilimdan yaxshiroq do‘st yo‘q va bilim xazinadan ham afzaldir. Chunki sen xazinani ehtiyot qilishing kerak. Bilim esa seni qutqaradi va muhofaza qiladi, deb qaysi donishmand aytgan? A) Luqmoni Hakim B) Imom Moturudiy C) Alisher Navoiy D) Abu Ali ibn Sino 6 / 20 6. ………….. – bu bizga kelayotgan ma’lumotlarni tahlil qilish, uni shubha ostiga olib, asoslarini tekshirish va albatta vaziyatni mustaqil baholab, qaror chiqarish. A) Innovatsion yondashuv B) Ijodiy fikrlash C) Kreativlik D) Tanqidiy fikrlash 7 / 20 7. Nechanchi asrlarda Movarounnahr Sharqdagi yirik ilmiy va madaniy markazlardan biriga aylangan? A) XI – XII asrlarda B) X – XI asrlarda C) VII – VIII arslarda D) IX-X asrlarda 8 / 20 8. Ko‘rdimki, vaqtini «essiz», «qaniydi», «koshki»lar bilan o‘tkazgan kishining umri eng qisqa ekan. Fikr kimniki? A) Luqmoni Hakim B) Imom Buhoriy C) Najmiddin Kubro D) Sharq hikmati 9 / 20 9. «O‘g‘il dono bo‘lsa, ota rohatga yetadi» himatli fikri kimga tegishli? A) Abulqosim Firdavsiy B) Burhoniddin Marg’inoniy C) Mahmud Qoshg’ariy D) Mahmud Zamaxshariy 10 / 20 10. «Cambridge» o‘quv markazi asoschisi kim? A) Jahongir Po‘latov B) Alisher Usmonov C) Akmal Fayziyev D) Botir Orifjonov 11 / 20 11. Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) “Agar sizni biror kishi so‘ksa, unga ……. deb ayting”, deganlar. A) Alloh seni kechirsin B) Alloh seni qo’llasin C) Alloh seni jazolasin D) Alloh senga rahm qilsin 12 / 20 12. Muvaffaqiyatli ishlovchi insonlarning siri nimada? A) Hayotga aniq maqsad qo’ya olish mahoratiga egaligidadir. B) Barcha javoblar to’g’ri C) Bilim olishga bo’lgan kuchli intilishidadir D) Vaqtdan unumli foydalanish uquviga egaligidadir. 13 / 20 13. “Zubdat ut-tavorix” nomli tarixiy asarning muallifi kim? A) Gerodot B) Ibn Arabshoh C) Narshahiy D) Hofizi Abru 14 / 20 14. Kishining ilm-u fanda, mehnatda kamolot cho‘qqisiga erishishi – ……., ushbular orqali el nazariga tushishi – hosil to‘plangan ……….dir. Nuqtalar o’rniga mos so’zlarni qo’ying. A) Xirmon / foyda B) Hosil / Baraka C) Hosil / xirmon D) Xirmon / hosil 15 / 20 15. «Ustoz ul-arab val-ajam» («Arablar va g‘ayri arablar ustozi»), «Faxru Xarazm» («Xorazm faxri») kabi sharafli nomlar bilan ulug’langan mashhur shaxs kim? A) Burhoniddin Marg’inoniy B) Mahmud Zamaxshariy C) Imom Moturudiy D) Imom Termiziy 16 / 20 16. Ta’lim bilan tarbiya bir butunlikni ko‘rsatadi, faqat shunga amal qilgan shogirdlar kamolot sari bora oladi. Ushbu fikr kimniki? A) Beruniy B) Xorazmiy C) Forobiy D) Ibn Sino 17 / 20 17. Tanqidiy fikrlashning mohiyati to’g’ri berilgan qatorni toping? A) Kerakli ma’lumotlarni to‘plash va saralash B) Barcha javoblar to’g’ri C) Muammolarni tan olish va ularni hal qilish yo‘llarini topish D) Xulosalar o‘rtasida mantiqiy bog‘liqlik bor yoki yo‘qligini ko‘rish 18 / 20 18. ….. …… – bu faqatgina zarur ishlar ro‘yxatini tuzish emas, balki vaqt va yuklamani to‘g‘ri taqsimlash hamdir. A) Temperament B) Obyektiv taym C) Taym menejment D) Emansipatsiya 19 / 20 19. Internet tarmog‘idan foydalanganda qanday o‘gitni unutmaslik kerak? A) Tekin pishloq qopqonda bo‘ladi B) Birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar C) Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun D) Internet –bu o’rgimchak to’ri 20 / 20 20. 8-sinf “Tarbiya” darsligining III bobi qanday nomlanadi? A) O’z-o’zini anglash B) Men fuqaroman C) O‘zgarish, mashaqqatlarni yengish D) Oila- kichik vatan 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz