Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 30 Ko'rishlar 4 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 Qaysi gapda / / shartli belgisi o‘rnida tire tinish belgisi tushirib qoldirilgan? A) Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir / / tun yarmidan og‘ganda birdan uyg‘onib ketasiz. B) Bildi ota / / foydasizdir kurashmoq. C) Mening opam ham / / talaba, bu yil oliygohga kirdilar. D) Tarixni o‘rganishdan asosiy maqsad / / milliy o‘zligimizni chuqurroq anglash. 2 / 25 Ergashgan qo`shma gapning birinchi sodda gapi yakunida qavs ichida kiritma gap kelsa qo`shma gap qismlari orasiga qo`yiluvchi vergul qayerda joylashadi? A) Bu holatda vergul ishlatilmaydi. B) kiritmadan oldin va keyin C) Birinchi gapdan so`ng, kiritmadan oldin D) kiritmadan so`ng, ikkinchi gapdan oldin 3 / 25 Ko‘ngli tilagan murodig‘a yetsa kishi, Yo barcha murodlarni tark etsa kishi. Bu ikki ish muyassar bo‘lmasa olamda, Boshini olib bir sorig‘a ketsa kishi. Ushbu ruboiydagi raviyni aniqlang. A) i harfi B) s harfi C) a harfi D) t harfi 4 / 25 Har bir pok axloqli, ilohsevar shaxs komillikka intilishi va bu yo‘lda nasiba olishi mumkin. Yuqoridagi gapda qaysi gap bo‘lak(lar)i uyushgan? A) ega, kesim B) aniqlovchi C) aniqlovchi, kesim D) ega, aniqlovchi 5 / 25 Bahor vasfiga bag‘ishlangan birinchi o‘zbek g‘azali muallifini aniqlang. A) Alisher Navoiy B) Yusuf Xos Hojib C) Nosiruddin Rabg‘uziy D) Mahmud Qoshg‘ariy 6 / 25 Ey Navoiy, eldan bir chaqa ham tama qilma, aksincha, o‘zing elga bersang, buni “karam” deydilar. Ushbu gapda ishtirok etgan gap bo‘laklari bilan aloqaga kirishmaydigan so‘zlarni aniqlang. A) tama qilma, deydilar B) ey, aksincha, karam C) ey Navoiy, karam D) ey Navoiy, aksincha 7 / 25 Navoiyning qaysi asarida insonni ulug‘laydigan imon, karam, adab, qanoat, vafo, rostlik, ilm kabi fazilatlar haqida alohida fikrlar bayon qilingan? A) “Hayrat ul-abror” B) “Lison ut-tayr” C) “Muhokamat ul-lug‘atayn” D) “Saddi Iskandariy” 8 / 25 Qaysi gapda barcha zamon shakllari o‘z ma’nosida ishlatilgan? A) – Yur, ketdik. Qorning to‘qmi? – dedi Habibulla. B) Shunda sizni azob emas, rohat kutadi. C) Men ertaga ketyapman, Farhod. D) Shu, Boboqul bilan Mamat polvon juda lanj ekan, nima dedingiz, Bo‘ri polvon? 9 / 25 Berilgan birliklarning qaysi birida ko‘chma ma’noli so‘z mavjud emas? A) varrakning dumi B) g‘orning og‘zi C) tog‘ cho‘qqisi D) daryo yoqasi 10 / 25 Bizning qarorimiz shu // hasharda barchamiz faol ishtirok etamiz. Ushbu qo‘shma gap qismlari orasiga qaysi tinish belgisi qo‘yiladi? A) ikki nuqta B) vergul C) nuqtali vergul D) tire 11 / 25 “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostoni haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. A) Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi va xalq manfaati yo‘lida qahramonlik ko‘rsatishida chiltanlar va Xizr alayhissalom katta o‘rin tutadi. B) Shohdorxon boshqalarning maslahatiga quloq solmay, o‘ylamay qaror qabul qiladigan, uzoqni ko‘ra olmasligi natijasida ko‘plab insonlarning bevaqt o‘limiga sabab bo‘lgan shoh. C) Go‘ro‘g‘lining ota-onasi – Ravshan va Bibi Hilol bolaligida Zargar eliga borib qolib, musofirchilikda voyaga yetishadi. D) Parokanda bo‘layozgan Taka Yovmit elida Ravshanbekning kelishi bilan tub burilishlar sodir bo‘ladi. U el-yurt sha’nini, shavkatini, or-nomusini tiklaydi. 12 / 25 oshig‘i olchi iborasiga antonim iborani toping. A) dili pora B) kosasi oqarmagan C) do‘ppisi yarimta D) suv tekin 13 / 25 Qaysi gapda ergash gap bosh gapdan oldin kelgan? A) Bobolardan qolgan noyob bu tortiq, Toki avlodlarga yetolsin omon. B) Kitob mening do‘stim, chunki u – bilim manbayi. C) Shuni doimo yodda tutish kerakki, nodon kishining gapi ko‘p bo‘ladi. D) Saxiylikni odat qilgan bo‘lsa kim, Qo‘lidan davlati ketmasin uning. 14 / 25 “Alp Er To‘nga” marsiyasi qaysi asar orqali bizgacha yetib kelgan? A) “Qutadg‘u bilik” B) “Hayrat ul-abror” C) “Devonu lug‘ot it-turk” D) “Qissasi Rabg‘uziy” 15 / 25 Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) taqiqlamoq, xayol, qat’i nazar B) asqotmoq, o‘g‘irlamoq, ta’ma qilmoq C) mutaxasis, qutulmoq, tomosha D) muolija, mobodo, tamoman 16 / 25 Vatanning kun sayin obod bo‘layotgani, yangi yo‘llar, muhtasham inshootlar barpo etilayotgani yurtdoshlarimiz qalbiga faxr-iftixor baxsh etmoqda. Ushbu gap haqidagi to‘g‘ri hukmni toping. A) Sodda va qo‘shma kesimlar mavjud. B) Barcha uyushiq bo‘laklarning sifatlovchi aniqlovchisi mavjud. C) Ega va qaratqich aniqlovchining uyushib kelishi kuzatiladi. D) Qaratqich aniqlovchilarning barchasi to‘ldiruvchiga tobelangan. 17 / 25 Qaysi gapda ko‘makchi fe’l ish-harakatning davomiyligini bildirib kelgan? A) Yodgor o‘z yonimda. Ba’zan Mehrixonlar oilasiga ham borib-kelib turadi. B) Indamay g‘ishtlarni ustma-ust taxlay boshladi. C) Mo‘ysafid gullarni shiyponga qo‘yib, mehmonlar bilan ko‘risha ketdi. D) Qo‘qonga nonushta mahalida kirib keldik. 18 / 25 Qaysi gapda hol vazifasida kelgan qaralmish ishtirok etgan? A) Meni katta hayotga olib chiqib qo‘ygan ustozlarimning zahmatini oqlay oldimmikin? B) Mustaqil O‘zbekiston davlati erkinlikning dastlabki yillaridanoq o‘zbek tilining muhofazasi uchun barcha qonuniy asoslarni yaratdi. C) Til tufayli bilim avloddan avlodga og‘zaki va yozma tarzda qoldiriladi, natijada yangi avlod o‘tgan avlodning ishini yangidan boshlamasdan, uni davom ettiradi. D) Tilning birinchi ahamiyati shundan iboratki, til tufayli jamiyat a’zolarining har birida hosil bo‘lgan bilim ommalashadi. 19 / 25 Ayniqsa, har bir odam o‘zining oqil, obro‘-e’tiborli, iste’dodli, sadoqatli do‘stlari – safdoshlari bilan faxrlanadi, ammo do‘stlik mezoni faqat shular bilan o‘lchanmaydi. Ushbu gap tarkibida ajratib ko‘rsatilgan so‘z gapning qaysi bo‘lagiga tobelangan? A) sifatlovchi aniqlovchi B) qaratqich aniqlovchi C) vositasiz to‘ldiruvchi D) vositali to‘ldiruvchi 20 / 25 Berilgan gaplar va ularda ishtirok etgan fe’l shakllari to‘g‘ri moslashtirilgan javobni aniqlang. A) 1-a, d, e, f, g; 2-a, b, f, g B) 1-b, d, e, f, g; 2-b, g, f C) 1-a, b, d, e, f, g; 2-a, b, f D) 1-a, d, e, g; 2-a, f, g 21 / 25 Qaysi asarda jaholat, ilmsizlik, tarbiyasizlikka qarshi ma’rifat ulug‘lanadi? A) “Hayotga muhabbat” B) “Padarkush” C) “O‘tkan kunlar” D) “Qorako‘z Majnun” 22 / 25 Quyidagi gaplardan qaysi birida yordamchi so‘z turkumining barcha turi ishtirok etgan? A) Ma’naviyat insonga ona suti va ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan singadi. B) Polvonning qo‘li kuch bilan o‘ziga tortar, ammo bir qarich ham oldinga siljitolmasdi. C) Ey farzand, aqlli, farosatli va ilm-u hunarli kishilar bilan do‘st bo‘l. D) Mehmonlar osh-suv taraddudiga yo‘l qo‘ymasdan, sut-qatiq bilan quruq choy ichib, darhol o‘tirgan joylariga uzandilar va aravada urinib kelganlari uchun uzanar-uzanmas uyquga ketdilar. 23 / 25 Gapdagi ko‘p nuqta o‘rniga mazmun va grammatik jihatdan mos keluvchi yordamchi so‘zni aniqlang. U ilonni aldagani uchun, … unga dunyodagi eng tansiq taom insonniki emas, qurbaqaning go‘shti ekanini aytgani uchun ta’qibga uchragan emish. A) chunki B) ya’ni C) agar D) balki 24 / 25 Quyida berilgan so‘zlarni ma’nolari bilan birlashtiring. A) 1-g, 2-d, 3-e, 4-b, 5-f B) 1-i, 2-a, 3-g, 4-b, 5-h C) 1-i, 2-a, 3-e, 4-f, 5-b D) 1-e, 2-d, 3-g, 4-f, 5-d 25 / 25 Bu yo‘llardan borurman, qadim Bitiktoshlar chiqar qoshimga. Ular so‘zin ko‘chiraman jim Yuragimning bujur toshiga, Ey, dardimga darmonim, Vatan! Ushbu she’riy parchada ajratib ko‘rsatilgan so‘zning sintaktik vazifasini aniqlang. A) payt holi B) vositali to‘ldiruvchi C) sifatlovchi aniqlovchi D) o`rin holi 0% Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz