Uy » Online olimpiada » Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada » 11-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada 11-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 InfoMaster Oktabr 15, 2022 600 Ko'rishlar 5 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 1 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf O'zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 1. Qaysi gapda yasama so‘zlar soni nisbatan ko‘proq? A) Istarali kishining kiyimidagi yamoqlar ham yarashib turadi. B) Kimki berahmdir — rahm qilinmas, Kechirmaganlarni kechirmas Olloh. C) Ota-onaning roziligi umrni ziyoda qiladi. D) Biror yangilik eshitib qolsangiz, bizni xabardor qiling. 2 / 25 2. Ushbu gapda holining qaysi turi ishtirok etgan? Gapiravermagach o‘zim so‘roqqa tutdim. A) holat holi B) sabab holi C) o‘rin holi D) payt holi 3 / 25 3. Qaysi javoblarda gap bo‘laklariga to‘g‘ri ajratilgan? Aziza ertalab she’r yozadi. A) hol, ega, to‘ldiruvchi, kesim B) ega, hol, to‘ldiruvchi, kesim C) kesim, to‘ldiruvchi, hol, kesim D) ega, kesim, to‘ldiruvchi, hol 4 / 25 4. Berilgan gapda nechta to‘ldiruvchi qatnashgan va to‘ldiruvchining nechtasi otlashgan sifat bilan ifodalangan? Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas. A) Gapda ikkita to‘ldiruvchi bor. Ikkalasi ham otlashgan sifat bilan ifodalangan. B) Gapda ikkita to‘ldiruvchi bor. Bittasi otlashgan sifat bilan ifodalangan. C) Gapda bitta to‘ldiruvchi bor. To‘ldiruvchi otlashgan sifat bilan ifodalanmagan. D) Gapda uchta to‘ldiruvchi bor. Ikkatasi otlashgan sifat bilan ifodalangan. 5 / 25 5. Ikkinchi darajali bo‘laklarga nimalar kiradi? A) faqat kesim. B) hol, kesim, ega C) aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol D) ega, kesim 6 / 25 6. Berilgan gaplardan ot-kesimga misol bo‘la oladigan gaplarni belgilang. 1) Osmonimiz musaffo; 2) Qushlar uchib keldi; 3) Gullar ochildi; 4) Mehmon aziz. A) 2; 4 B) 1; 3 C) 3; 4 D) 1; 4 7 / 25 7. Matnni o‘qing. “Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanish” ilmiy nazariyasi kim tomonidan takror isbotlanganligini belgilang? Izlanish, tekshirish va ilmiy tadqiqot natijasida, ba'zan esa tasodifan topilgan yoki yaratilgan ilmiy yangilik kashfiyot hisoblanadi. Insoniyat bosib o'tgan tarixiy jarayonda juda ko'p kashfiyotlar qilingan. -Jahondagi eng buyuk kashfiyot Beruniyning "Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi va sayyoralarning Quyosh atrofida aylanishi" to'g'risidagi ilmiy nazariyasidir. -Ushbu ilmiy nazariya 500 yildan so'ng Yevropada Kopernik tomonidan takrorlangan. Keyingi olamshumul kashfiyot Nyutonning "Butun olam tortishish qonuni" hisoblanadi. Insoniyat tomonidan "Atom va vodorod bombalarining o'ylab topilishi" mudhish kashfiyot sanaladi. Kashfiyot bilan ixtironi bir-biridan farqlash kerak. Kashfiyot natijasida muayyan qonunlar yaratiladi. Fanda muhim yangiliklarning yuzaga kelishi ixtiro deyiladi. Jahondagi mashhur ixtirolarga Arximedning suv chiqarish vinti, nemis talabasi Motor tomonidan ichki yonuv dvigatelining yaratilishi, Fon Bravun va Korol Yov tomonidan raketalarni yasash va boshqalar kiradi. A) Karol Yov B) Beruniy C) Nyuton D) Kopernik 8 / 25 8. Berilgan namunalardan qaysi birida bog‘lovchi vositasida qo‘llanuvchi so‘zlar berilgan? A) shuning uchun, agar B) goho, ba’zan, goh C) biroq, ammo, lekin D) deb, bo‘lsa, esa 9 / 25 9. Ot-kesim qatnashgan gapni belgilang. A) Qushlar chiroyli sayrayapti. B) Bizning yurtda har doim mehmon aziz. C) Dronlar bugungi kunda harbiy kuch sifatida foydalanilmoqda. D) Nodira uyga vazifalarini qilib bo‘lmadi. 10 / 25 10. Berilgan namunlardan qaysi birida faol kirish so‘zlar ishtirok etgan? A) Usmon Nosir juda qisqa umr ko‘rdi. B) Afsus, futbol jamoamiz musobaqada yutqizib qo‘ydi. C) O‘rta asrlarda Xitoy va Hindiston paxtaning vatani hisoblangan. D) Anvar va men musobaqaga ertaga soat sakkizda boramiz. 11 / 25 11. Kelishik qoʻshimchalarini qoʻllash bilan bogʻliq xatolik uchraydigan javobni aniqlang. A) Maqsadlarimizga erishish uchun oldimizda turgan toʻsiq va gʻovlarni yengib oʻtishimiz kerak. B) Nasimning otasi Qoʻqonnigina emas, butun xonlikning tanilgan kishilaridan edi. C) Salohiyatimizni yurtimizning xalqaro maydondagi obroʻ-e’tibori oshishi uchun safarbar etamiz. D) Xalqimizning eng noyob fazilatlaridan biri – uning bir tan, bir jon boʻlib yashashidir. 12 / 25 12. Gapdagi // o‘rnida qanday tinish belgisi bo‘lishi kerak? Pul bo‘lsa // changalda sho‘rva. A) vergul B) ikki nuqta C) tire D) nuqtali vergul 13 / 25 13. Matnni o‘qing. Unga mos nomni aniqlang. Izlanish, tekshirish va ilmiy tadqiqot natijasida, ba'zan esa tasodifan topilgan yoki yaratilgan ilmiy yangilik kashfiyot hisoblanadi. Insoniyat bosib o'tgan tarixiy jarayonda juda ko'p kashfiyotlar qilingan. Jahondagi eng buyuk kashfiyot Beruniyning "Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi va sayyoralarning Quyosh atrofida aylanishi" to'g'risidagi ilmiy nazariyasidir. Ushbu ilmiy nazariya 500 yildan so'ng Yevropada Kopernik tomonidan takrorlangan. Keyingi olamshumul kashfiyot Nyutonning "Butun olam tortishish qonuni" hisoblanadi. Insoniyat tomonidan "Atom va vodorod bombalarining o'ylab topilishi" mudhish kashfiyot sanaladi. Kashfiyot bilan ixtironi bir-biridan farqlash kerak. Kashfiyot natijasida muayyan qonunlar yaratiladi. Fanda muhim yangiliklarning yuzaga kelishi ixtiro deyiladi. Jahondagi mashhur ixtirolarga Arximedning suv chiqarish vinti, nemis talabasi Motor tomonidan ichki yonuv dvigatelining yaratilishi, Fon Bravun va Korol Yov tomonidan raketalarni yasash va boshqalar kiradi. A) Olimlarning ilmiy tadqiqotlar B) Kashfiyot va ixtirolar C) Insoniyat tamadduni D) Sharq olimlari 14 / 25 14. Vositasiz to‘ldiruvchi ishtirok etgan gapni toping. A) Yaxshidan bog‘ qolar, yomondan dog‘. B) Bu olmani ukam uchun oldim. C) Birni kessang, o‘nni ek. D) Til qilichdan o‘tkir. 15 / 25 15. Berilgan gapda necha oʻrinda vergul tushib qolgan? Darhaqiqat bolalarning xulqi odobi yurish-turishi koʻcha-koʻyda mahallada oʻzini tutishi doʻstlari orasidagi obroʻ-e’tibori oila yumushlariga qoʻshayotgan hissasi bilan doimo qiziqib turish lozim. A) 8 oʻrinda B) 6 oʻrinda C) 5 oʻrinda D) 7 oʻrinda 16 / 25 16. Berilgan gapdagi sifatdoshni aniqlang. Olimpiadaga qatnashuvchi talabalar jurnali yozildi. A) olimpiadaga B) yozildi C) qatnashuvchi D) talabalar 17 / 25 17. Qavs ichidagi ma’nolar ifodalanishi uchun nuqtalar o‘rniga qaysi so‘z qo‘yilishi lozim? Ovqatni … (“ulashmoq”), qamchi … (“urmoq”), qo‘yni … (“o‘lchamoq”). A) tortmoq B) uzmoq C) bermoq D) urmoq 18 / 25 18. Bosh harf bilan yozish qoidasi amal qilib yozilgan birlikni aniqlang. A) Adliya Vazirligi B) Davlat Soliq Qumitasi C) Vazirlar Mahkamasi D) Oliy Xoʻchalik Sudi 19 / 25 19. … egani yoki to‘ldiruvchini aniqlab, qanday?, qanaqa?, qaysi? so‘roqlariga javob bo‘ladi. A) kesim B) aniqlovchi C) hol D) hol va kesim 20 / 25 20. Matndagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni qaysi so‘z turkumlariga mosligini aniqlang? Izlanish, tekshirish va ilmiy tadqiqot natijasida, ba'zan esa tasodifan topilgan yoki yaratilgan ilmiy yangilik kashfiyot hisoblanadi. Insoniyat bosib o'tgan tarixiy jarayonda juda ko'p kashfiyotlar qilingan. Jahondagi eng buyuk kashfiyot Beruniyning "Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi va sayyoralarning Quyosh atrofida aylanishi" to'g'risidagi ilmiy nazariyasidir. Ushbu ilmiy nazariya 500 yildan so'ng Yevropada Kopernik tomonidan takrorlangan. Keyingi olamshumul kashfiyot Nyutonning "Butun olam tortishish qonuni" hisoblanadi. Insoniyat tomonidan "Atom va vodorod bombalarining o'ylab topilishi" mudhish kashfiyot sanaladi. Kashfiyot bilan ixtironi bir-biridan farqlash kerak. Kashfiyot natijasida muayyan qonunlar yaratiladi. Fanda muhim yangiliklarning yuzaga kelishi ixtiro deyiladi. Jahondagi mashhur ixtirolarga Arximedning suv chiqarish vinti, nemis talabasi Motor tomonidan ichki yonuv dvigatelining yaratilishi, Fon Bravun va Korol Yov tomonidan raketalarni yasash va boshqalar kiradi. A) ot, hol, sifat B) sifat, ravish, sifat C) ot, sifat, sifat D) ot, ravish, hol 21 / 25 21. Berilgan gapda nechta payt holi ishtirok etgan? Kecha maktab tomonidan ikki marta majlis o‘kazildi va kelasi o‘quv yili uchun rejalar belgilandi. A) uchta B) to‘rtta C) bitta D) ikkita 22 / 25 22. Gapda qaysi bo‘laklar uyushib kelgan? Bu hududning tabiati, havosi, sharoiti juda yaxshi. A) aniqlovchi B) ega C) hol D) kesim 23 / 25 23. To‘ldiruvchi quyidagi so‘z turkumlaridan qaysi biri bilan gapda ifodalanib kelmaydi? A) sifatdosh bilan B) otlashgan sifat bilan C) yuqoridagi ifodalangan so‘z turkumlarining barchasi bilan ifodalanadi D) ot bilan 24 / 25 24. Sabab holi ishtirok etgan gapni belgilang. A) Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur. B) Dushman chorasizlikdan taslim bo‘ldi. C) Olimjon orqada qoldi. D) Kecha majlis bo‘ldi. 25 / 25 25. Quyidagi ega haqidagi ma’lumotlardan nechtasi to‘g‘ri? Ega harakatning bajaruvchisini bildirib keladi. Ega kim?, nima?, qayer? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Ega doimo bosh kelishik shaklida bo‘ladi. Ega egalik va ko‘plik shaklarini qabul qiladi. A) to‘rttasi B) ikkitasi C) uchtasi D) bittasi 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 10-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1