Uy » Online olimpiada » Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada » 10-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada 10-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 InfoMaster Oktabr 15, 2022 1161 Ko'rishlar 7 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf O'zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 1. Quyidagi berilgan gaplardan qaysi birida ravishdosh bilan ifodalangan kesim berilgan? A) Botir xatni kecha yuborgan B) 8- “B” sinf o‘quvchilari musobaqadan qaytishdi. C) Men maktabga boraman. D) Motor gurullab, mashina oldinga intildi. 2 / 25 2. Qaysi qatordagi qo‘shimchlarni so‘zga qo‘shganda yangi so‘z yasab bo‘lmaydi? A) -li, ba-, -bo B) -ona, -siz, -lab C) -da, -ni, -ning D) -gi, -chi, -kor 3 / 25 3. Fe’l nisbatini aniqlang. Buyumlarga qo‘l tegizilmasin! A) majhul B) birgalik C) o‘zlik D) orttirma 4 / 25 4. Matni o‘qing. Quyidagi berilgan javoblardagi qaysi ma’lumot mantda keltirilgan ma’lumotlarga mos emas? Tillashayx masjidi toshkentlik mashhur Tillashayx tomonidan bunyod etilgan. Me’moriy obida o‘z dizayni bilan o‘z davrida qurilgan masjidlardan ajralib turgan. Inshoot to‘rtburchak tarhli, gumbazsimon, masjidning ikki yonida uncha katta bo‘lmagan minoralar bo‘lib, masjidga arksimon qilib qurilgan ayvon orqali kiriladi. Arklar soni 3 ta. Masjidning tashqi tomoni bezaklardan xoli bo‘lib, uning ikki yonida masjidga yorug‘lik tushishini ta’minlash uchun 18 ta deraza o‘rnatilgan. Masjidning ichki ko‘rinishi tashqi ko‘rinishidan mutlaqo farq qiladi, undagi ganch naqshlar, gulli bezaklar insonni beixtiyor o‘ziga jalb qiladi. Masjid ichidagi gumbaz osti naqshlar ham o‘zining nafisligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Masjidni yoritish maqsadida qandillar ham o‘rnatilgan. Masjidning bugungi kungacha va bugungi holati haqida gapiradigan bo‘lsak, masjid usta Shirin Murodov tomonidan ta’mirlangan. 2007-yil Hastimom majmuasi bunyod etilgan davrda me'moriy obida atrofidagi e'tiborga molik obidalar ham ta'mirlandi. A) Masjidning ichki qismini bezashda gulli bezaklar, ganch naqshlaridan foydalanilgan. B) Yodgorlik Shirin Murodov tomonidan bunyod etilgan. C) Masjidning tashqi tomonida bezaklar yo‘q. D) Tillashayx masjidida arklar soni uchtani tashkil etadi. 5 / 25 5. Ey, baxt ulashganlar, bizga qo‘shiling! Yuqoridagi gapda undalma qaysi so‘z turkumi bilan ifodalab keltirilgan? A) Olmosh bilan B) Sifatdosh bilan C) Sifat bilan D) Ot bilan 6 / 25 6. Quyidagi berilgan gaplardan aniqlovchi ravish so‘z turkumi bilan ifodalangan gapni toping. A) Besh-olti xil meva olib kelishdi. B) Ariqlarda billurday suv oqadi. C) Bobom kechagi voqeani gapirib berdilar. D) Tillakori madrasasidagi naqshlarga oltin suvi yurgizilgan. 7 / 25 7. Kesim tuzilishiga ko‘ra nechta turga bo‘linadi? A) 3 turga bo‘linadi. B) 2 ta turga bo‘linadi. C) 4 ta turga bo‘linadi. D) 5 ta turga bo‘linadi. 8 / 25 8. Matni o‘qing va mos keladigan nomni aniqlang. Tillashayx masjidi toshkentlik mashhur Tillashayx tomonidan bunyod etilgan. Me’moriy obida o‘z dizayni bilan o‘z davrida qurilgan masjidlardan ajralib turgan. Inshoot to‘rtburchak tarhli, gumbazsimon, masjidning ikki yonida uncha katta bo‘lmagan minoralar bo‘lib, masjidga arksimon qilib qurilgan ayvon orqali kiriladi. Arklar soni 3 ta. Masjidning tashqi tomoni bezaklardan xoli bo‘lib, uning ikki yonida masjidga yorug‘lik tushishini ta’minlash uchun 18 ta deraza o‘rnatilgan. Masjidning ichki ko‘rinishi tashqi ko‘rinishidan mutlaqo farq qiladi, undagi ganch naqshlar, gulli bezaklar insonni beixtiyor o‘ziga jalb qiladi. Masjid ichidagi gumbaz osti naqshlar ham o‘zining nafisligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Masjidni yoritish maqsadida qandillar ham o‘rnatilgan. Masjidning bugungi kungacha va bugungi holati haqida gapiradigan bo‘lsak, masjid usta Shirin Murodov tomonidan ta’mirlangan. 2007-yil Hastimom majmuasi bunyod etilgan davrda me'moriy obida atrofidagi e'tiborga molik obidalar ham ta'mirlandi. A) Tillashayx masjidi B) Temuriylar maqbarasi C) Hastimom majmuasi D) Usta Shirin Murodov yodgorligi 9 / 25 9. Ushbu parchadagi olmoshlar sonini aniqlang. Sen niholsan, zavoling – o‘zim, Sen – tiriklik, men esa o‘lim. Kunduz bo‘lsang, men tun bo‘laman, Sen bor bo‘lsang, butun bo‘laman. (E. Vohidov) A) 4 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 7 ta 10 / 25 10. Qaysi javobda undov, taqlid va modal so‘zlarning har biriga misol berilgan? A) voy, pisht, shekilli B) yal-yal, miyov, darvoqe C) yoxud, qars, hay D) xullas, shildir-shildir, eh 11 / 25 11. Ayiruv bo‘g‘lovchisi ishtirok etgan gapni toping. A) Kechki payt yo Sobir, yoki Hasan ukasini bog‘chadan olib keladi. B) A’zamjon va Azizjon maktabdan uyga kelishdi. C) U na do‘stini na ukasini topa olamdi. D) Ikkovi ham onasiga uy-ro‘zg‘or ishlariga yordam berishdi. 12 / 25 12. Berilgan namunlardan qaysi birida faol kirish so‘zlar ishtirok etmagan? A) Ehtimol, men uni ertaga ko‘raman. B) Birinchidan, matnni diqqat bilan o‘qib chiqish kerak, ikkinchidan uning mazmunini so‘zlab berish kerak. C) Abdulla Avloniy, o‘z davri boshlang‘ich maktablari uchun bir nechta o‘quv qo‘llanmalar yaratgan. D) Afsus, futbol jamoamiz musobaqada yutqizib qo‘ydi. 13 / 25 13. Berilgan ma’lumotlardan to‘g‘risini toping. A) Shaxsi topilmas gaplar egasini topib ham, gap tarkibiga kiritib bo‘lmaydigan gaplarga aytiladi. B) Modal so‘z-gaplar his-tuyg‘uni ifodalab keladi. C) Mazmunan faqat I va II shaxsga talluqli gaplar shaxsi umumlashgan gaplar deyiladi. D) Ikki so‘zdan iborat bo‘lib, boshqa so‘zlar bilan kengaya olish imkoniga ega gaplar so‘z-gaplar deyiladi. 14 / 25 14. Quyidagi jonzot nomlaridan nechtasi o‘z shakldoshiga ega? 1)ot; 2) bit; 3) sug‘ur; 4) sher; 5) qurt; 6) qarg‘a. A) 3 tasi B) 6 tasi C) 4 tasi D) 5 tasi 15 / 25 15. Egali gapni toping. A) Balki, o‘chgan edim yodingdan. B) Bugungi ishing hech kimga yoqmadi. C) Shirin xayollaring oldimmu? D) Laylo, sening oldingda bir dam ko‘rmoqchiydim o‘zimni. 16 / 25 16. Quyidagi gaplar qaysi yozuvchi haqida? Ish kunlari ertalab soat 8 dan boshlanardi. Nonushtadan so‘ng soat 12 gacha ishlar, bu vaqt ichida hech kim ularni bezota qilmas edi. Bir yarim- ikki sahifa ijod qilish uchun 4-5 soat o‘tirar, biror so‘zni o‘zgartirish kerak bo‘lsa,o‘sha sahifani yana qayta ko‘chirib chiqar edilar. A) Oybek B) Abdulla Qahhor C) G‘afur G‘ulom D) Usmon Nosir 17 / 25 17. Nuqtalar o‘rniga mos ravishda qanday undoshlar qo‘yilishi kerak? Hamma yo...da to‘kin-sochinlik. Shunday yurt...a yashayot...animizdan fa...rlansak arziydi. A) g‘, d, k, x B) g‘, t, k, h C) q, d, g, x D) q, d, t, x 18 / 25 18. Sifatdan yasalgan so‘zni aniqlang. A) beaql B) qiynamoq C) qaynoq D) do‘stlik 19 / 25 19. Nuqtalar o‘rniga mos keladigan kirish so‘zni qo‘ying. …ishimizni oxirigacha yetkaza olmadik. A) birinchidan B) afsus C) qisqasi D) albatta 20 / 25 20. Ushbu gapda qaysi nisbat shaklidagi fe’l qo‘llanmagan? Chaqirilmagan joyga bormas, rejalarini ertaga qoldirmas edi. A) o‘zlik nisbati B) orttirma nisbati C) majhul nisbat D) aniq nisbat 21 / 25 21. va, ham, hamda bog‘lovchilarning qaysi turiga kiradi. A) zidlov bog‘lovchisi B) biriktiruv bog‘lovchisi C) ayiruv bog‘lovchisi D) inkor bog‘lovchisi 22 / 25 22. Berilgan gapdagi nuqtalar o‘rniga mos so‘zni qo‘ying? “Amakimning qizi Sevara … Samarqandga bormagan.” A) hech qachon B) har doim C) allaqachon D) har qachon 23 / 25 23. Qaysi so‘zlar talaffuzida so‘z oxiridagi jarangli undosh tushib qoladi? 1) gramm; 2) poyezd; 3) go‘sht; 4) kilovatt. A) 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 2 D) 1, 2, 3, 4 24 / 25 24. His-hayajon undovlari ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Televizorni faqat kechqurunlarigina ko‘radi. B) Keksalarga yordam berish hammamizning burchimiz/ C) Hoy, kim bor, yordam bering! D) Yosh bo‘lsa-da, barchaga bosh bolam. 25 / 25 25. Matnda ostiga chizilgan so‘zlarni qaysi so‘z turkumidaligini aniqlang. Tillashayx masjidi toshkentlik mashhur Tillashayx tomonidan bunyod etilgan. Me’moriy obida o‘z dizayni bilan o‘z davrida qurilgan masjidlardan ajralib turgan. Inshoot to‘rtburchak tarhli, gumbazsimon, masjidning ikki yonida uncha katta bo‘lmagan minoralar bo‘lib, masjidga arksimon qilib qurilgan ayvon orqali kiriladi. Arklar soni 3 ta. Masjidning tashqi tomoni bezaklardan xoli bo‘lib, uning ikki yonida masjidga yorug‘lik tushishini ta’minlash uchun 18 ta deraza o‘rnatilgan. Masjidning ichki ko‘rinishi tashqi ko‘rinishidan mutlaqo farq qiladi, undagi ganch naqshlar, gulli bezaklar insonni beixtiyor o‘ziga jalb qiladi. Masjid ichidagi gumbaz osti naqshlar ham o‘zining nafisligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Masjidni yoritish maqsadida qandillar ham o‘rnatilgan. Masjidning bugungi kungacha va bugungi holati haqida gapiradigan bo‘lsak, masjid usta Shirin Murodov tomonidan ta’mirlangan. 2007-yil Hastimom majmuasi bunyod etilgan davrda me'moriy obida atrofidagi e'tiborga molik obidalar ham ta'mirlandi. A) sifat, ot, ot B) son, ot, ot C) son, sifat, ot D) sifat, sifat, ot 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 11-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1