Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 1961 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 3 2 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Ko‘makchili qurilmalar yordamida bog’langan qo‘shma gaplar tarkibida bosh gapning o‘rni qanday bo‘ladi? A) ko‘makchili qurilmalar bog’langan qo‘shma gap tarkibida keladi B) ergash gapdan keyin keladi C) ergash gapdan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin D) ergash gapdan oldin keladi 2 / 25 “Farhod va Shirin” dostonida Xusravning vaziri kim edi? A) Davron Xallos B) Shopur C) Buzrug Ummid D) Sheruya Parviz 3 / 25 Qaysi gapdagi uyushgan aniqlovchilar orasida fonetik hodisaga uchragan yasama so‘z mavjud? A) Ko‘p o‘tmasdan sergo‘sht shavla tortildi B) Serchang ,sershovqin ko‘chalarda odamlar daryoday oqib borar edi. C) Bu yerda xalqning, sizning, mening farzandlarimiz ta'lim olishadi. D) Chaqaloq kichkina,oppoq va dumaloq qo‘llarini cho‘zib menga talpindi. 4 / 25 Hamma ham do‘stlarini, yaqin kishilarini e’zozlaydi, ularning ko‘p bo‘lishini istaydi. Ushbu gapda qaysi gap bo‘lagi uyushgan? A) aniqlovchi B) ega C) hol D) to‘ldiruvchi 5 / 25 Men turkcha boshlabon rivoyat, Qildim bu fasonani hikoyat. “Xamsa”ning qaysi dostonida Navoiy asarini turkiy tilda bitganini aytgan? A) ”Farhod va Shirin” B) Hayrat ul-abror” C) D)”Sabbayi sayyor” D) C)Layli va Majnun” 6 / 25 Qaysi qo‘shma gap qismlari nisbiy so‘z yordamida birikmagan? A) Kimning ko‘ngli to‘g’ri bo‘lsa, uning o‘zi ham to‘g’ri bo‘ladi B) Siz Hindistonda neniki ko‘rgan bo‘lsangiz, shularning barchasini jam etib, bir kitob yozmog’ingiz darkor. C) Yerga mehringni bersang, u senga rizq beradi D) Qalandarov yugurdagini “Eshon, hoy!”, deb chaqirganda Saida qanchalik xursand bo‘lgan bo‘lsa, buni ko‘rib, ta’bi shunchalik tirriq bo‘ldi 7 / 25 “Odamga quvvat beradigan umid,boshini toshdan qiladigan ishonch barq urib turgan haqiqiy hayot manzarasidir” “Ufq” asariga berilgan ushbu ta’rif muallifi kim? A) O.Sharafiddinov B) O‘Hoshimov C) A.Qahhor D) Oybek 8 / 25 Xoja qaysi mashhur avliyoning avlodlaridan hisoblanadi? A) Bahouddin Naqshband B) Zangi Ota C) Xo‘ja Ahror Valiy D) Abduxoliq G’ijduvoniy 9 / 25 Men dadil ayta olamanki ,halol mehnat qilishga odatlangan odam hech qayerda uyalib qolmaydi. Ushbu qo‘shma gap haqidagi to‘g'ri hukmlarni belgilang. 1)ergashgan gap bosh gap tarkibida ifodalanmagan to‘ldiruvchini izohlamoqda; 2) ergash gap bosh gapdan oldin joylashgan; 3)ergash gap bosh gapga bog'lovchi vazifasidagi vosita yordamida bog'langan; 4)bosh gap shaxsi umumlashgan gap hisoblanadi; 5)qo‘shma gap tarkibida bitishuvli birikmalar soni 3ta A) 1,3,5. B) 1,2,4 C) 2.4 D) 1,2,3,4,5. 10 / 25 A’loxon o‘zining xatosini angladi va gapirolmay g’uldirab javob berdi: “Sizsiz menga dunyo tor”. Gapdagi yasama so‘zlar miqdori. A) 5ta B) 4ta C) 3ta D) 6ta 11 / 25 Vatanning dardi bilan yashamoq, uning baxtidan quvonmoq, u bilan faxrlanmoq kerak. Ushbu gapda nechta otli birikma mavjud? A) 3ta B) 1ta C) 2ta D) 4ta 12 / 25 Oybekning qaysi she’ri erksizlik, tutqunlikka bo‘ysunmagan ijodkor ruhining, olamni qutqaruvchi bezavol go‘zallikning so‘nmas timsoli bo‘lib qoldi? A) Kuz yomg’iri B) Qoraxat C) Na’matak D) O‘zbekiston 13 / 25 Kelishik qo'shimchalari bilan birikkan so’z birikmalari qatorini belgilang? A) Ijodiy uchrashuv,bahordagi shabada B) Bulbul navosi,so’z sehri C) Diqqat bilan tinglash,kitobni o’qimoq D) Bog’da sayr,kitob uchun gilof 14 / 25 Berilgan qaysi gapda gap bo‘laklari to‘ldiruvchi, aniqlovchi, ega va kesim tartibida joylashgan? A) Hovlini qizlarning qahqahasi tutib ketdi. B) Uning gapiga kim ham quloq solardi. C) Yigitlarga ishning hammasini topshirib ketdi. D) Xonaga sochlarining yarmi oqargan kishi kirib keldi. 15 / 25 erilgan birliklarning qaysilari ham so‘z birikmasi, ham turg‘un birikma sifatida qo‘llanishi mumkin? 1) boshiga yetmoq; 2) qulog‘iga quymoq; 3) o‘z yog‘iga qovurilmoq; 4) yaxshi ko‘rmoq; 5) to‘nini teskari kiymoq; 6) ko‘nglidan o‘tkazmoq A) 2,4,5 B) 2,3,4,5 C) 1,2,3,4,5,6 D) 1,2,3,4,5 16 / 25 Berilgan qaysi gapda murakkab ot kesim qatnashgan? A) Aka, juda mohir ustasiz, sizdan o‘rnak olish bizga foyda keltiradi. B) Mening dadam shifoxonada eng tajribali jarrohlardan biri sanaladi. C) Kun juda isib ketgan edi, shuning uchun eshiklarni ochib qo‘ydik. D) Vazifamiz – o‘qish, o‘qiganda ham a’lo o‘qish. 17 / 25 Ko‘k rang ochiq osmon va dengiz rangi sifatida o‘zida yuksaklik va chuqurlikni ifoda etadi. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar qanday sintaktik vazifalarni bajargan? A) to‘ldiruvchi, kesim B) to‘lduruvchi,aniqlovchi, hol. C) to‘ldiruvchi, aniqlovchi. D) to‘ldiruvchi, aniqlovchi, kesim 18 / 25 M.Shayxzoda qaysi mutafakkir ijodi va faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan jiddiy tadqiqotlar olib borgan? A) Ibn Sino B) A.Navoiy C) Ganjaviy D) Bobur 19 / 25 Kesimlaridan biri ot, ikkinchisi fe'l bilan ifodalangan qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan. A) Halol yashamoq- xalqqa xizmat qilmoq. B) Navbahor ochildi gullar sabza bo‘ldi bog'lar. C) Bizning yurtimiz chaman, unda quvnab o‘saman. D) So‘z chertib olinishi, har yoqdan tanlanishi lozim. 20 / 25 Qaysi gapda -dir qo‘shimchasi gumon ma’nosini bildirib kelgan? A) Ot mindirib kim qaytardi yurtga uni? Jahongiri bexonumon yurt edi bu. B) Taskin berib onam yig‘laydir, Qolganlari yolg‘on yig‘laydir. C) Bir vaqtlar meni deb halok bo‘lgan kimdir, Men uning uchun ham yashab yuribman. D) Nadir millat qudratining tamadduni, Amir Temur haykalidan so‘rang buni. 21 / 25 XIX asr oxiridan XX asr boshlarigacha dostonlarning variantlari bilan qo‘shib hisoblaganda jami nechta doston yozib olingan? A) 100 dan ortiq B) 400 C) 200 D) 150 22 / 25 Bo‘lsa, esa so‘zlari qo‘shma gapning qaysi turini bog’lash uchun xizmat qiladi? A) ergashgan qo‘shma gap B) bog’langan qo‘shma gap C) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap D) bog’lovchisiz qo‘shma gap 23 / 25 “Yurtim,ado bo‘lmas armonlaring bor” she’rida “jayrondek termulgan’ ta’rifi kimga beriladi? A) U.Nosir B) A.Ikromov C) Fitrat D) Cho‘lpon 24 / 25 Qaysi javobda o‘zaro sinonim iboralar qo‘llangan? A) Tepa sochi tikka bo‘ldi – kapalagi uchib ketdi B) Tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi – hafsalasi pir bo‘ldi C) Tegirmonga tushsa, butun chiqadi – tegganga tegib, tegmaganga kesak otadi D) O‘takasi yorildi – o‘pkasi o‘g‘ziga keldi 25 / 25 Ushbu gaplarning qaysi birida // shartli belgisi o‘rnida ikki nuqta qo‘yiladi? A) Ruboiyni ichida o‘qidi// yuzini tabassum qopladi. B) Mening bir jaydari falsafamdir shu// Hargiz iltimosga kuning qolmasin. C) Yana uvlar dahshat shamoli// Ko‘kni qora bulut quchadi. D) Hamal keldi // amal keldi. 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz