Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 2017 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 4 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Hamma ham do‘stlarini, yaqin kishilarini e’zozlaydi, ularning ko‘p bo‘lishini istaydi. Ushbu gapda qaysi gap bo‘lagi uyushgan? A) ega B) hol C) to‘ldiruvchi D) aniqlovchi 2 / 25 Qaysi gapda -dir qo‘shimchasi gumon ma’nosini bildirib kelgan? A) Bir vaqtlar meni deb halok bo‘lgan kimdir, Men uning uchun ham yashab yuribman. B) Taskin berib onam yig‘laydir, Qolganlari yolg‘on yig‘laydir. C) Ot mindirib kim qaytardi yurtga uni? Jahongiri bexonumon yurt edi bu. D) Nadir millat qudratining tamadduni, Amir Temur haykalidan so‘rang buni. 3 / 25 Berilgan gaplarning qaysilarida kiritma mavjud? 1)Hoy,aylanay,o‘g'rigina bolam, boshimda shunday musibat turganda ko‘zimga uyqu keladimi? 2)Voy- bo‘y deb yubordi-u .-Yerimiz muncha chiroyli! 3)Voy,sen-ey,-deya Chuchuk uloqchaning shalpang quloqlaridan tortqilab qo‘ydi.4)Ey Luqmon Hakim, sening dong'ing tutdi olamni. A) 2,3,4. B) 1,2,3,4 C) berilgan gaplarda kiritma mavjud emas. D) 3,4. 4 / 25 Qaysi gapda kelishik qo‘shimchalari uslubiy jihatdan to‘g‘ri qo‘llangan? A) Tilda e’tiborsiz – elga e’tiborsiz. B) Buncha bino qo‘yma zarrin choponlarga, Saratonda yaproq bo‘lgin dehqonlarga. C) Har yerni qilma orzu, har yerga bor tosh-u tarozi. D) Ayrilganning ayiq yer, Bo‘linganning bo‘ri yer. 5 / 25 Ko‘k rang ochiq osmon va dengiz rangi sifatida o‘zida yuksaklik va chuqurlikni ifoda etadi. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar qanday sintaktik vazifalarni bajargan? A) to‘lduruvchi,aniqlovchi, hol. B) to‘ldiruvchi, kesim C) to‘ldiruvchi, aniqlovchi, kesim D) to‘ldiruvchi, aniqlovchi. 6 / 25 M.Shayxzoda qaysi mutafakkir ijodi va faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan jiddiy tadqiqotlar olib borgan? A) Ganjaviy B) Bobur C) Ibn Sino D) A.Navoiy 7 / 25 “Farhod va Shirin” dostonida Xusravning vaziri kim edi? A) Davron Xallos B) Shopur C) Sheruya Parviz D) Buzrug Ummid 8 / 25 Xoja qaysi mashhur avliyoning avlodlaridan hisoblanadi? A) Zangi Ota B) Xo‘ja Ahror Valiy C) Abduxoliq G’ijduvoniy D) Bahouddin Naqshband 9 / 25 Men turkcha boshlabon rivoyat, Qildim bu fasonani hikoyat. “Xamsa”ning qaysi dostonida Navoiy asarini turkiy tilda bitganini aytgan? A) Hayrat ul-abror” B) D)”Sabbayi sayyor” C) ”Farhod va Shirin” D) C)Layli va Majnun” 10 / 25 Kelishik qo'shimchalari bilan birikkan so’z birikmalari qatorini belgilang? A) Bog’da sayr,kitob uchun gilof B) Diqqat bilan tinglash,kitobni o’qimoq C) Bulbul navosi,so’z sehri D) Ijodiy uchrashuv,bahordagi shabada 11 / 25 A’loxon o‘zining xatosini angladi va gapirolmay g’uldirab javob berdi: “Sizsiz menga dunyo tor”. Gapdagi yasama so‘zlar miqdori. A) 5ta B) 6ta C) 3ta D) 4ta 12 / 25 Ko‘makchili qurilmalar yordamida bog’langan qo‘shma gaplar tarkibida bosh gapning o‘rni qanday bo‘ladi? A) ergash gapdan oldin keladi B) ergash gapdan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin C) ergash gapdan keyin keladi D) ko‘makchili qurilmalar bog’langan qo‘shma gap tarkibida keladi 13 / 25 Hol ergash gapli qo‘shma gap berilmagan qatorni qaniqlang. A) Shohga bildirdilarki, navkarlar beklar xizmatiga o‘tib ketadi. B) Qay vaqt uyga kirmay, uni ko‘raman. C) Yutug’imiz shu darajada oshdiki, har bir xodim o‘z vazifasini yaxshi biladi. D) Qayerda intizom bo‘lsa, tartib kuchli bo‘ladi. 14 / 25 Oybekning qaysi she’ri erksizlik, tutqunlikka bo‘ysunmagan ijodkor ruhining, olamni qutqaruvchi bezavol go‘zallikning so‘nmas timsoli bo‘lib qoldi? A) Qoraxat B) Na’matak C) O‘zbekiston D) Kuz yomg’iri 15 / 25 Berilgan qaysi gapda murakkab ot kesim qatnashgan? A) Aka, juda mohir ustasiz, sizdan o‘rnak olish bizga foyda keltiradi. B) Vazifamiz – o‘qish, o‘qiganda ham a’lo o‘qish. C) Kun juda isib ketgan edi, shuning uchun eshiklarni ochib qo‘ydik. D) Mening dadam shifoxonada eng tajribali jarrohlardan biri sanaladi. 16 / 25 Men dadil ayta olamanki ,halol mehnat qilishga odatlangan odam hech qayerda uyalib qolmaydi. Ushbu qo‘shma gap haqidagi to‘g'ri hukmlarni belgilang. 1)ergashgan gap bosh gap tarkibida ifodalanmagan to‘ldiruvchini izohlamoqda; 2) ergash gap bosh gapdan oldin joylashgan; 3)ergash gap bosh gapga bog'lovchi vazifasidagi vosita yordamida bog'langan; 4)bosh gap shaxsi umumlashgan gap hisoblanadi; 5)qo‘shma gap tarkibida bitishuvli birikmalar soni 3ta A) 2.4 B) 1,2,3,4,5. C) 1,2,4 D) 1,3,5. 17 / 25 Berilgan qaysi gapda gap bo‘laklari to‘ldiruvchi, aniqlovchi, ega va kesim tartibida joylashgan? A) Hovlini qizlarning qahqahasi tutib ketdi. B) Xonaga sochlarining yarmi oqargan kishi kirib keldi. C) Uning gapiga kim ham quloq solardi. D) Yigitlarga ishning hammasini topshirib ketdi. 18 / 25 Kesimlaridan biri ot, ikkinchisi fe'l bilan ifodalangan qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan. A) So‘z chertib olinishi, har yoqdan tanlanishi lozim. B) Halol yashamoq- xalqqa xizmat qilmoq. C) Bizning yurtimiz chaman, unda quvnab o‘saman. D) Navbahor ochildi gullar sabza bo‘ldi bog'lar. 19 / 25 Qaysi qo‘shma gap qismlari nisbiy so‘z yordamida birikmagan? A) Kimning ko‘ngli to‘g’ri bo‘lsa, uning o‘zi ham to‘g’ri bo‘ladi B) Qalandarov yugurdagini “Eshon, hoy!”, deb chaqirganda Saida qanchalik xursand bo‘lgan bo‘lsa, buni ko‘rib, ta’bi shunchalik tirriq bo‘ldi C) Yerga mehringni bersang, u senga rizq beradi D) Siz Hindistonda neniki ko‘rgan bo‘lsangiz, shularning barchasini jam etib, bir kitob yozmog’ingiz darkor. 20 / 25 Bo‘lsa, esa so‘zlari qo‘shma gapning qaysi turini bog’lash uchun xizmat qiladi? A) bog’langan qo‘shma gap B) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap C) ergashgan qo‘shma gap D) bog’lovchisiz qo‘shma gap 21 / 25 Qo‘shma gap berilmagan qatorni toping A) Kuchli shovqin nafaqat katta yoshdagi kishilar, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatiga ham zarar keltiradi B) Yigit-qizlarimiz O‘zbekistonning, insoniyatning bolasi bo‘lsa, hamma faxrlanadi C) Komila, nihoyat, tavakkaliga bir qovunni uzdi-da, hidlab olib chiqdi D) Umuman, odam bolasi tug’ilibdiki, nimanidir himoya qilib yashaydi 22 / 25 Vatanning dardi bilan yashamoq, uning baxtidan quvonmoq, u bilan faxrlanmoq kerak. Ushbu gapda nechta otli birikma mavjud? A) 2ta B) 1ta C) 3ta D) 4ta 23 / 25 Ushbu gaplarning qaysi birida // shartli belgisi o‘rnida ikki nuqta qo‘yiladi? A) Hamal keldi // amal keldi. B) Ruboiyni ichida o‘qidi// yuzini tabassum qopladi. C) Mening bir jaydari falsafamdir shu// Hargiz iltimosga kuning qolmasin. D) Yana uvlar dahshat shamoli// Ko‘kni qora bulut quchadi. 24 / 25 erilgan birliklarning qaysilari ham so‘z birikmasi, ham turg‘un birikma sifatida qo‘llanishi mumkin? 1) boshiga yetmoq; 2) qulog‘iga quymoq; 3) o‘z yog‘iga qovurilmoq; 4) yaxshi ko‘rmoq; 5) to‘nini teskari kiymoq; 6) ko‘nglidan o‘tkazmoq A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,4,5,6 C) 2,4,5 D) 2,3,4,5 25 / 25 XIX asr oxiridan XX asr boshlarigacha dostonlarning variantlari bilan qo‘shib hisoblaganda jami nechta doston yozib olingan? A) 400 B) 200 C) 100 dan ortiq D) 150 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz