Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 5-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiada 5-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Aprel 21, 2022 553 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 1234567891011121314151617181920 Vaqtingiz tugadi! 5-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar 1 / 20 Ushbu qatоrdan to`ldiruvchili gapni tоping A) Vatan sajdagоh kabi muqaddasdir B) Yoqimli kuy yangradi. C) Xalqimiz uyatning o’limdan qattiqligini uqtiradi D) «Ukam оldi»- dedi Sоbir 2 / 20 Ot kesim tarkibida shaxs-son qo’shimchalari qo’llanmasa, … A) egadan keyin tire qo’yiladi B) kesim bilan birga kerak, lozim, darkor so’zlari qo’llanadi C) ega va kesim shaxs-sonda moslashmaydi D) ega ifodalanmaydi 3 / 20 Ham undalma, ham ega ishlatilgan gapni belgilang. A) Ona tabiatni asraylik B) Samarqand! Sen bizning faxrimizsan C) Qushlar – bizning do’stimiz D) Orol! Sening qurib ketishingga yo’l qo’ymaymiz 4 / 20 Fe’ldan anglashilgan harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik paytini, o’rnini bildirgan bo’laklar ostiga tahlilda qanay chiziq chiziladi? A) uzuq chiziq B) bir to’g’ri chiziq C) nuqtalardan iborat chiziq D) to’lqinli chiziq 5 / 20 Ko’makchi orqali hokim bo’lakka birikkan to’ldiruvchi qaysi qatorda mavjud? A) Ular yong’oq tagidan ketishi bilan ayiqchalar daraxtga tirmashib chiqishdi. B) Saqlay desang o’zingni, yomondan yum ko’zingni. C) Ayiq mehmonni yong’oq bilan siylamoqchi bo’lib, katta o’g’liga yong’oqqa chiqishini buyuribdi. D) Bahor kelishi bilan qaldirg’ochlar uya qura boshladilar. 6 / 20 Maktab binosi yangi qurilgan. Gapda qaratqich aniqlovchini aniqlang? A) Yangi B) Maktab C) Binosi D) Qurilgan 7 / 20 Alisher Hirotda, Mashhadda ko’p yil tahsil oldi. Gapda qaysi gap bo’lagi uyishib kelgan? A) kesim B) hol C) to’ldiruvchi D) ega 8 / 20 Yurtim, senga she`r bitdim bugun. Ushbu gap qanday bo`laklardantuzilgan? A) undalma, olmosh, ot, fe`l B) undalma,hol kesim, hol C) undalma, to`ldiruvchi, to`ldiruvchi kesim, hol D) undalma, ega, hol, kesim, hol 9 / 20 1925-1930 yillarda O’rta Osiyo Davlat dorulfuninida ijtimoiy fakultetda o’qigan adib A) Oybek B) Hamid Olimjon C) Abdulla Qahhor D) G’afur G’ulom 10 / 20 Yaxshilikka yomonlik sog`insa, albatta, jazolanadi, degan xulosa qaysi masalga tegishli? A) ”Yovvoyi echkilar bilan cho`pon” B) ”Eshak bilan baqalar C) ”Kiyik bilan tokzor” D) ”Bo`ri bilan Laylak” 11 / 20 Qaysi gapdagi nuqtalar o’rniga shaxs so’rog’i qo’yilishi lozim? A) Mustaqil yurt deganda … tushunasiz? B) … xalq ertaklarini o’qigansiz? C) Bobo, … odobli? D) Ketsang, yana … kelasan? 12 / 20 Qaysi vositalar orqali hosil qilingan so’roq gaplar so’roqqa javob bo’luvchi so’zni talab qiladi? A) so’roq olmoshlari B) ohang C) so’roq olmoshlari va ohang D) so’roq yuklamalari 13 / 20 Egalik qo`shimchasi qo`shilganda tovush o`zgarishi sodir bo`ladigan so`zlar berilgan qatorni toping? A) baxt, o`qish B) ona, uka C) yurak, qishloq D) kitob, daftar 14 / 20 Qaysi turdagi gaplarda kesim ko’pincha gapning oldida keladi? A) istak gap B) buyruq gap C) his-hayajon gap D) so’roq gap 15 / 20 Oybekning avtobiografik asari qaysi? A) “Ulug` yo`l” B) “Turmush yo`lida” C) “Nur qidirib” D) “Bolalik” 16 / 20 M.Shayxzodaning 30-yillarda yaratilgan to`plamlari? A) ”O`n she`r”,”Undoshlarim”,”Uchinchi kitob” B) ”Jang va qo`shiq”,”Kapitan Gastello”,”Shu`la”. C) ”Zamon torlari”,”Chorak asr devoni”,Toshkentnoma” D) ”Jumhuriyat”,”Kurash nechun”,”Ko`ngil deydiki” 17 / 20 Qaysi gap bo’lagi hokim bo’lakdan anglashilgan narsaning uchta shaxsdan biriga qarashli ekanini bildiradi? A) aniqlovchi, ega B) qaratqich aniqlovchi C) vositasiz to’ldiruvchi D) ega 18 / 20 Mustaqillik ordeniga birinchi bo’lib sazovor bo’lgan adib kim? A) Oybek B) Shukrullo C) G’. G’ulom D) A. Qodiriy 19 / 20 Ot kesim ishtirok etmagan gapni ko’rsating. A) Do’stlik – barcha boylikdan ustun. B) Izlaganga tole yor. C) Ko’pdan quyon qochib qutilmas. D) Ko’z qo’rqoq, qo’l botir. 20 / 20 O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili to`g`risida”gi qonuni necha moddadan iborat? A) 25 B) 29 C) 26 D) 24 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6