Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 3199 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 8 7 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Qaysi qo‘shma gap qismlari nisbiy so‘z yordamida birikmagan? A) Siz Hindistonda neniki ko‘rgan bo‘lsangiz, shularning barchasini jam etib, bir kitob yozmog’ingiz darkor. B) Qalandarov yugurdagini “Eshon, hoy!”, deb chaqirganda Saida qanchalik xursand bo‘lgan bo‘lsa, buni ko‘rib, ta’bi shunchalik tirriq bo‘ldi C) Yerga mehringni bersang, u senga rizq beradi D) Kimning ko‘ngli to‘g’ri bo‘lsa, uning o‘zi ham to‘g’ri bo‘ladi 2 / 25 “Yurtim,ado bo‘lmas armonlaring bor” she’rida “jayrondek termulgan’ ta’rifi kimga beriladi? A) A.Ikromov B) Fitrat C) U.Nosir D) Cho‘lpon 3 / 25 Qo‘shma gap berilmagan qatorni toping A) Komila, nihoyat, tavakkaliga bir qovunni uzdi-da, hidlab olib chiqdi B) Kuchli shovqin nafaqat katta yoshdagi kishilar, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatiga ham zarar keltiradi C) Yigit-qizlarimiz O‘zbekistonning, insoniyatning bolasi bo‘lsa, hamma faxrlanadi D) Umuman, odam bolasi tug’ilibdiki, nimanidir himoya qilib yashaydi 4 / 25 Ushbu gaplarning qaysi birida // shartli belgisi o‘rnida ikki nuqta qo‘yiladi? A) Mening bir jaydari falsafamdir shu// Hargiz iltimosga kuning qolmasin. B) Yana uvlar dahshat shamoli// Ko‘kni qora bulut quchadi. C) Ruboiyni ichida o‘qidi// yuzini tabassum qopladi. D) Hamal keldi // amal keldi. 5 / 25 Ko‘makchili qurilmalar yordamida bog’langan qo‘shma gaplar tarkibida bosh gapning o‘rni qanday bo‘ladi? A) ko‘makchili qurilmalar bog’langan qo‘shma gap tarkibida keladi B) ergash gapdan keyin keladi C) ergash gapdan oldin keladi D) ergash gapdan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin 6 / 25 Qaysi gapda kelishik qo‘shimchalari uslubiy jihatdan to‘g‘ri qo‘llangan? A) Buncha bino qo‘yma zarrin choponlarga, Saratonda yaproq bo‘lgin dehqonlarga. B) Tilda e’tiborsiz – elga e’tiborsiz. C) Ayrilganning ayiq yer, Bo‘linganning bo‘ri yer. D) Har yerni qilma orzu, har yerga bor tosh-u tarozi. 7 / 25 Ko‘k rang ochiq osmon va dengiz rangi sifatida o‘zida yuksaklik va chuqurlikni ifoda etadi. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar qanday sintaktik vazifalarni bajargan? A) to‘lduruvchi,aniqlovchi, hol. B) to‘ldiruvchi, aniqlovchi. C) to‘ldiruvchi, kesim D) to‘ldiruvchi, aniqlovchi, kesim 8 / 25 Men dadil ayta olamanki ,halol mehnat qilishga odatlangan odam hech qayerda uyalib qolmaydi. Ushbu qo‘shma gap haqidagi to‘g'ri hukmlarni belgilang. 1)ergashgan gap bosh gap tarkibida ifodalanmagan to‘ldiruvchini izohlamoqda; 2) ergash gap bosh gapdan oldin joylashgan; 3)ergash gap bosh gapga bog'lovchi vazifasidagi vosita yordamida bog'langan; 4)bosh gap shaxsi umumlashgan gap hisoblanadi; 5)qo‘shma gap tarkibida bitishuvli birikmalar soni 3ta A) 1,3,5. B) 2.4 C) 1,2,4 D) 1,2,3,4,5. 9 / 25 Kesimlaridan biri ot, ikkinchisi fe'l bilan ifodalangan qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan. A) Navbahor ochildi gullar sabza bo‘ldi bog'lar. B) Halol yashamoq- xalqqa xizmat qilmoq. C) So‘z chertib olinishi, har yoqdan tanlanishi lozim. D) Bizning yurtimiz chaman, unda quvnab o‘saman. 10 / 25 A’loxon o‘zining xatosini angladi va gapirolmay g’uldirab javob berdi: “Sizsiz menga dunyo tor”. Gapdagi yasama so‘zlar miqdori. A) 3ta B) 4ta C) 5ta D) 6ta 11 / 25 Bo‘lsa, esa so‘zlari qo‘shma gapning qaysi turini bog’lash uchun xizmat qiladi? A) ergashgan qo‘shma gap B) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap C) bog’lovchisiz qo‘shma gap D) bog’langan qo‘shma gap 12 / 25 Hol ergash gapli qo‘shma gap berilmagan qatorni qaniqlang. A) Qay vaqt uyga kirmay, uni ko‘raman. B) Qayerda intizom bo‘lsa, tartib kuchli bo‘ladi. C) Yutug’imiz shu darajada oshdiki, har bir xodim o‘z vazifasini yaxshi biladi. D) Shohga bildirdilarki, navkarlar beklar xizmatiga o‘tib ketadi. 13 / 25 Berilgan gaplarning qaysilarida kiritma mavjud? 1)Hoy,aylanay,o‘g'rigina bolam, boshimda shunday musibat turganda ko‘zimga uyqu keladimi? 2)Voy- bo‘y deb yubordi-u .-Yerimiz muncha chiroyli! 3)Voy,sen-ey,-deya Chuchuk uloqchaning shalpang quloqlaridan tortqilab qo‘ydi.4)Ey Luqmon Hakim, sening dong'ing tutdi olamni. A) 2,3,4. B) 1,2,3,4 C) berilgan gaplarda kiritma mavjud emas. D) 3,4. 14 / 25 Qaysi gapdagi uyushgan aniqlovchilar orasida fonetik hodisaga uchragan yasama so‘z mavjud? A) Ko‘p o‘tmasdan sergo‘sht shavla tortildi B) Bu yerda xalqning, sizning, mening farzandlarimiz ta'lim olishadi. C) Serchang ,sershovqin ko‘chalarda odamlar daryoday oqib borar edi. D) Chaqaloq kichkina,oppoq va dumaloq qo‘llarini cho‘zib menga talpindi. 15 / 25 ”Sog’inish”she’rida “eng kichik zarradan Yupitergacha,o‘zing murabbiysan”deya nimaga nisbatan murojaat qilinadi? A) oy B) Sog’inch C) quyosh D) Alloh 16 / 25 Vatanning dardi bilan yashamoq, uning baxtidan quvonmoq, u bilan faxrlanmoq kerak. Ushbu gapda nechta otli birikma mavjud? A) 3ta B) 2ta C) 1ta D) 4ta 17 / 25 erilgan birliklarning qaysilari ham so‘z birikmasi, ham turg‘un birikma sifatida qo‘llanishi mumkin? 1) boshiga yetmoq; 2) qulog‘iga quymoq; 3) o‘z yog‘iga qovurilmoq; 4) yaxshi ko‘rmoq; 5) to‘nini teskari kiymoq; 6) ko‘nglidan o‘tkazmoq A) 1,2,3,4,5 B) 2,4,5 C) 2,3,4,5 D) 1,2,3,4,5,6 18 / 25 Qaysi gapda -dir qo‘shimchasi gumon ma’nosini bildirib kelgan? A) Nadir millat qudratining tamadduni, Amir Temur haykalidan so‘rang buni. B) Ot mindirib kim qaytardi yurtga uni? Jahongiri bexonumon yurt edi bu. C) Taskin berib onam yig‘laydir, Qolganlari yolg‘on yig‘laydir. D) Bir vaqtlar meni deb halok bo‘lgan kimdir, Men uning uchun ham yashab yuribman. 19 / 25 Kelishik qo'shimchalari bilan birikkan so’z birikmalari qatorini belgilang? A) Bulbul navosi,so’z sehri B) Bog’da sayr,kitob uchun gilof C) Diqqat bilan tinglash,kitobni o’qimoq D) Ijodiy uchrashuv,bahordagi shabada 20 / 25 Hamma ham do‘stlarini, yaqin kishilarini e’zozlaydi, ularning ko‘p bo‘lishini istaydi. Ushbu gapda qaysi gap bo‘lagi uyushgan? A) to‘ldiruvchi B) aniqlovchi C) hol D) ega 21 / 25 Berilgan qaysi gapda murakkab ot kesim qatnashgan? A) Vazifamiz – o‘qish, o‘qiganda ham a’lo o‘qish. B) Aka, juda mohir ustasiz, sizdan o‘rnak olish bizga foyda keltiradi. C) Kun juda isib ketgan edi, shuning uchun eshiklarni ochib qo‘ydik. D) Mening dadam shifoxonada eng tajribali jarrohlardan biri sanaladi. 22 / 25 “Farhod va Shirin” dostonida Xusravning vaziri kim edi? A) Sheruya Parviz B) Shopur C) Buzrug Ummid D) Davron Xallos 23 / 25 Oybekning qaysi she’ri erksizlik, tutqunlikka bo‘ysunmagan ijodkor ruhining, olamni qutqaruvchi bezavol go‘zallikning so‘nmas timsoli bo‘lib qoldi? A) Qoraxat B) O‘zbekiston C) Na’matak D) Kuz yomg’iri 24 / 25 Xoja qaysi mashhur avliyoning avlodlaridan hisoblanadi? A) Xo‘ja Ahror Valiy B) Bahouddin Naqshband C) Abduxoliq G’ijduvoniy D) Zangi Ota 25 / 25 XIX asr oxiridan XX asr boshlarigacha dostonlarning variantlari bilan qo‘shib hisoblaganda jami nechta doston yozib olingan? A) 400 B) 150 C) 100 dan ortiq D) 200 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 12 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6