Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 1953 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 3 2 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Qaysi gapda -dir qo‘shimchasi gumon ma’nosini bildirib kelgan? A) Ot mindirib kim qaytardi yurtga uni? Jahongiri bexonumon yurt edi bu. B) Nadir millat qudratining tamadduni, Amir Temur haykalidan so‘rang buni. C) Taskin berib onam yig‘laydir, Qolganlari yolg‘on yig‘laydir. D) Bir vaqtlar meni deb halok bo‘lgan kimdir, Men uning uchun ham yashab yuribman. 2 / 25 erilgan birliklarning qaysilari ham so‘z birikmasi, ham turg‘un birikma sifatida qo‘llanishi mumkin? 1) boshiga yetmoq; 2) qulog‘iga quymoq; 3) o‘z yog‘iga qovurilmoq; 4) yaxshi ko‘rmoq; 5) to‘nini teskari kiymoq; 6) ko‘nglidan o‘tkazmoq A) 2,4,5 B) 1,2,3,4,5 C) 1,2,3,4,5,6 D) 2,3,4,5 3 / 25 Oybekning qaysi she’ri erksizlik, tutqunlikka bo‘ysunmagan ijodkor ruhining, olamni qutqaruvchi bezavol go‘zallikning so‘nmas timsoli bo‘lib qoldi? A) Qoraxat B) O‘zbekiston C) Na’matak D) Kuz yomg’iri 4 / 25 Berilgan qaysi gapda murakkab ot kesim qatnashgan? A) Vazifamiz – o‘qish, o‘qiganda ham a’lo o‘qish. B) Mening dadam shifoxonada eng tajribali jarrohlardan biri sanaladi. C) Kun juda isib ketgan edi, shuning uchun eshiklarni ochib qo‘ydik. D) Aka, juda mohir ustasiz, sizdan o‘rnak olish bizga foyda keltiradi. 5 / 25 Berilgan gaplarning qaysilarida kiritma mavjud? 1)Hoy,aylanay,o‘g'rigina bolam, boshimda shunday musibat turganda ko‘zimga uyqu keladimi? 2)Voy- bo‘y deb yubordi-u .-Yerimiz muncha chiroyli! 3)Voy,sen-ey,-deya Chuchuk uloqchaning shalpang quloqlaridan tortqilab qo‘ydi.4)Ey Luqmon Hakim, sening dong'ing tutdi olamni. A) 3,4. B) 1,2,3,4 C) berilgan gaplarda kiritma mavjud emas. D) 2,3,4. 6 / 25 Qaysi gapda kelishik qo‘shimchalari uslubiy jihatdan to‘g‘ri qo‘llangan? A) Ayrilganning ayiq yer, Bo‘linganning bo‘ri yer. B) Tilda e’tiborsiz – elga e’tiborsiz. C) Har yerni qilma orzu, har yerga bor tosh-u tarozi. D) Buncha bino qo‘yma zarrin choponlarga, Saratonda yaproq bo‘lgin dehqonlarga. 7 / 25 Berilgan qaysi gapda gap bo‘laklari to‘ldiruvchi, aniqlovchi, ega va kesim tartibida joylashgan? A) Xonaga sochlarining yarmi oqargan kishi kirib keldi. B) Yigitlarga ishning hammasini topshirib ketdi. C) Hovlini qizlarning qahqahasi tutib ketdi. D) Uning gapiga kim ham quloq solardi. 8 / 25 “Odamga quvvat beradigan umid,boshini toshdan qiladigan ishonch barq urib turgan haqiqiy hayot manzarasidir” “Ufq” asariga berilgan ushbu ta’rif muallifi kim? A) A.Qahhor B) O‘Hoshimov C) Oybek D) O.Sharafiddinov 9 / 25 Ko‘k rang ochiq osmon va dengiz rangi sifatida o‘zida yuksaklik va chuqurlikni ifoda etadi. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar qanday sintaktik vazifalarni bajargan? A) to‘ldiruvchi, aniqlovchi, kesim B) to‘ldiruvchi, kesim C) to‘ldiruvchi, aniqlovchi. D) to‘lduruvchi,aniqlovchi, hol. 10 / 25 Vatanning dardi bilan yashamoq, uning baxtidan quvonmoq, u bilan faxrlanmoq kerak. Ushbu gapda nechta otli birikma mavjud? A) 2ta B) 1ta C) 3ta D) 4ta 11 / 25 ”Sog’inish”she’rida “eng kichik zarradan Yupitergacha,o‘zing murabbiysan”deya nimaga nisbatan murojaat qilinadi? A) Sog’inch B) Alloh C) quyosh D) oy 12 / 25 Hol ergash gapli qo‘shma gap berilmagan qatorni qaniqlang. A) Shohga bildirdilarki, navkarlar beklar xizmatiga o‘tib ketadi. B) Yutug’imiz shu darajada oshdiki, har bir xodim o‘z vazifasini yaxshi biladi. C) Qayerda intizom bo‘lsa, tartib kuchli bo‘ladi. D) Qay vaqt uyga kirmay, uni ko‘raman. 13 / 25 Hamma ham do‘stlarini, yaqin kishilarini e’zozlaydi, ularning ko‘p bo‘lishini istaydi. Ushbu gapda qaysi gap bo‘lagi uyushgan? A) aniqlovchi B) hol C) to‘ldiruvchi D) ega 14 / 25 Qo‘shma gap berilmagan qatorni toping A) Kuchli shovqin nafaqat katta yoshdagi kishilar, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatiga ham zarar keltiradi B) Umuman, odam bolasi tug’ilibdiki, nimanidir himoya qilib yashaydi C) Yigit-qizlarimiz O‘zbekistonning, insoniyatning bolasi bo‘lsa, hamma faxrlanadi D) Komila, nihoyat, tavakkaliga bir qovunni uzdi-da, hidlab olib chiqdi 15 / 25 M.Shayxzoda qaysi mutafakkir ijodi va faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan jiddiy tadqiqotlar olib borgan? A) Bobur B) A.Navoiy C) Ibn Sino D) Ganjaviy 16 / 25 XIX asr oxiridan XX asr boshlarigacha dostonlarning variantlari bilan qo‘shib hisoblaganda jami nechta doston yozib olingan? A) 400 B) 200 C) 100 dan ortiq D) 150 17 / 25 Ushbu gaplarning qaysi birida // shartli belgisi o‘rnida ikki nuqta qo‘yiladi? A) Yana uvlar dahshat shamoli// Ko‘kni qora bulut quchadi. B) Hamal keldi // amal keldi. C) Mening bir jaydari falsafamdir shu// Hargiz iltimosga kuning qolmasin. D) Ruboiyni ichida o‘qidi// yuzini tabassum qopladi. 18 / 25 Bo‘lsa, esa so‘zlari qo‘shma gapning qaysi turini bog’lash uchun xizmat qiladi? A) bog’langan qo‘shma gap B) bog’lovchisiz qo‘shma gap C) ergashgan qo‘shma gap D) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap 19 / 25 Kelishik qo'shimchalari bilan birikkan so’z birikmalari qatorini belgilang? A) Diqqat bilan tinglash,kitobni o’qimoq B) Ijodiy uchrashuv,bahordagi shabada C) Bulbul navosi,so’z sehri D) Bog’da sayr,kitob uchun gilof 20 / 25 A’loxon o‘zining xatosini angladi va gapirolmay g’uldirab javob berdi: “Sizsiz menga dunyo tor”. Gapdagi yasama so‘zlar miqdori. A) 6ta B) 4ta C) 3ta D) 5ta 21 / 25 Qaysi qo‘shma gap qismlari nisbiy so‘z yordamida birikmagan? A) Kimning ko‘ngli to‘g’ri bo‘lsa, uning o‘zi ham to‘g’ri bo‘ladi B) Qalandarov yugurdagini “Eshon, hoy!”, deb chaqirganda Saida qanchalik xursand bo‘lgan bo‘lsa, buni ko‘rib, ta’bi shunchalik tirriq bo‘ldi C) Yerga mehringni bersang, u senga rizq beradi D) Siz Hindistonda neniki ko‘rgan bo‘lsangiz, shularning barchasini jam etib, bir kitob yozmog’ingiz darkor. 22 / 25 “Farhod va Shirin” dostonida Xusravning vaziri kim edi? A) Davron Xallos B) Shopur C) Buzrug Ummid D) Sheruya Parviz 23 / 25 Men dadil ayta olamanki ,halol mehnat qilishga odatlangan odam hech qayerda uyalib qolmaydi. Ushbu qo‘shma gap haqidagi to‘g'ri hukmlarni belgilang. 1)ergashgan gap bosh gap tarkibida ifodalanmagan to‘ldiruvchini izohlamoqda; 2) ergash gap bosh gapdan oldin joylashgan; 3)ergash gap bosh gapga bog'lovchi vazifasidagi vosita yordamida bog'langan; 4)bosh gap shaxsi umumlashgan gap hisoblanadi; 5)qo‘shma gap tarkibida bitishuvli birikmalar soni 3ta A) 1,2,3,4,5. B) 1,2,4 C) 1,3,5. D) 2.4 24 / 25 Qaysi javobda o‘zaro sinonim iboralar qo‘llangan? A) O‘takasi yorildi – o‘pkasi o‘g‘ziga keldi B) Tepa sochi tikka bo‘ldi – kapalagi uchib ketdi C) Tegirmonga tushsa, butun chiqadi – tegganga tegib, tegmaganga kesak otadi D) Tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi – hafsalasi pir bo‘ldi 25 / 25 Men turkcha boshlabon rivoyat, Qildim bu fasonani hikoyat. “Xamsa”ning qaysi dostonida Navoiy asarini turkiy tilda bitganini aytgan? A) D)”Sabbayi sayyor” B) C)Layli va Majnun” C) Hayrat ul-abror” D) ”Farhod va Shirin” 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz