Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 193 Ko'rishlar 7 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Behbudiy Arab tili grammatikasini qaysi tog‘asidan o‘rgangan? A) Muhammad Siddiq B) Mulla Odil C) Muhammad Sodiq D) Muhammad Solih 2 / 25 Kelishik qo‘shimchalari bilan bog'langan so‘z birikmalarini toping? A) ota-onalar majlisi, tilla zanjir B) vatanni sevmoq, mustaqil davlat C) kuchli davlat , uydan chiqmoq D) mening vatanim, maktab bog‘i 3 / 25 Qaysi gapda fonetik o‘zgarish lug’aviy shakl yasovchi ta’sirida paydo bo‘lgan so‘z qatnashgan? A) Orzum shul: o‘chmasin yongan chirog’ing B) So‘nggi pushaymon o‘zingga dushman C) Qiynalib erishilgan har bir narsa aziz D) Yurtidan ayrilgan yetti yil yig’lar 4 / 25 Qaysi javobda egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda tovush o‘zgarishi bilan yoziladigan tub so‘zlar qatori berilgan? A) yurak, buyruq, kerak B) sovuq, sana, o‘yin C) axloq, tirnoq, pishloq D) bilak, qovoq, chelak 5 / 25 “Ilohiy komediya” asarining muallifi kim? A) A.Oripov B) O.Balzak C) Shekspir D) Dante 6 / 25 «Abdulla Qodiriy iste’dodli, qalbi butun va o‘ziga xos ravishdagi shaxs edi... Abdulla Qodiriyning prozasi, birinchi navbatda, g‘oyatda hayotiyligi bilan ajralib turadi», – degan fikrni kim aytgan? A) Oybek. B) Abdulla Oripov C) Abdulla Qodiriy. D) Erkin Vohidov 7 / 25 Qaysi javobdagi barcha so‘zlar tarkibida til orqa burun undoshi qatnashgan? A) jarang, singil, bugungi B) tongi, yengildi, dengiz C) so‘nggi, kongress, tungi D) tong, shtanga, ko‘rdingiz 8 / 25 Fe’l+fe’l shaklidagi qo‘shma fe’llarni toping. A) olib qochmoq, ishlab chiqarmoq B) isib ketdi, yozib bordi C) sotib yubormoq,o‘ylab qolmoq D) quvonib keldi,shoshilib qo‘ydi 9 / 25 Furqatning qaysi g’azali Fuzuliy g’azaliga nazira sifatida yozilgan? A) Muncha zolim bo‘lmish ul xunrez qaro ko‘laring B) Chaman sahnida derlar sarv birla yosuman nozik C) Ul qora ko‘z ko‘zlariga surma bejo tortadur D) Surmadin ko‘zlar qaro,qo‘llar hinodin lolarang 10 / 25 Quyida berilganlardan qaysilari modal so‘z hisoblanadi? 1) xullas; 2) faqat; 3) darhaqiqat; 4) xayriyat; 5) chunki; 6) biroq. A) 1, 2, 4, 5 B) 3, 4, 5, 6 C) С) 1, 3, 4 D) 2, 3, 6 11 / 25 Qaysi gapda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilgan? A) Onam qo‘y go‘shtini o‘z yog‘iga qovurib berdilar. B) O ‘g‘il bolalar ariqlarni tozaladilar, qizlar esa hovlini supurdilar. C) Sap-sariq qovunlarning xushbo‘y hidi anqib turardi. D) Bugun yumushlarim ko‘payib ketdi, siz aytkan joyga bora olmadim. 12 / 25 Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan o‘zagida tovush o‘zgarishi bo‘ladigan so‘zlar qatorini toping. A) past, qasd B) o‘rin, gurs C) so‘ra, ravnaq D) qayir, qala 13 / 25 «Alisherbek naziri yo‘q kishi erdi. Turkiy til bila to she’r aytibturlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas» deb Navoiy haqida kim aytgan? A) Hakimshoh Qazviniy. B) Bobur. C) Rashidiy. D) Xondamir. 14 / 25 Asosi fe’l bo‘lgan ot turkumiga mansub yasama so‘zni belgilang. A) taroq, yo‘liq, bilim B) tiniq, terim, qochoq C) chiziq , chaqmoq, tilim D) so‘lim, qo‘nim, tinim 15 / 25 Qaysi qatorda holat ravishi o‘timsiz fe’lga bog’langan? A) Uyiga kelib biroz toliqqanini his qildi B) Qaysidir voqea sabab Karimaga qasddan turxmat qildi C) Kechga yaqin charchab, arang yetib kelishdi D) U eshik oldida hech narsa bo‘lmaganday,gerdayib turardi 16 / 25 Qaysi javobda o‘zaro zid ma’noli iboralar berilgan? A) tepa sochi tikka bo‘lmoq, qovog‘idan qor yog‘moq B) ko‘kka ko‘tarmoq, yerga urmoq C) tilining uchida turmoq, ko‘z qorachig'iday asramoq D) do‘ppisini osmonga otmoq, ko‘kka ko‘tarmoq 17 / 25 Bobur tarjima qilgan asar qaysi? A) «Xatti Boburiy» B) «Tarixi Rashidiy» C) «Mubayyin» D) «Risolayi volidiya» 18 / 25 Ey inson, har bir so‘zni o‘ylab gapir: tiling seni yo saodatmand etadi, yoxud halokatga boshlaydi. So‘z yasovchi qo‘shimchalar bilan yasalgan so‘zlardan nechtasining asosi bir bo‘g’indan iborat? A) 2 B) 3 C) 1 D) 4 19 / 25 Yoyiq undalma qatnashgan qo‘shma gapni aniqlang. A) Kamtarlik qilma, Yigitali, buni o‘zingning halol mehnating tufayli olding B) Chimxo‘rsan-da, shirin qizim, shu ham osh yeyishmi? C) Darhaqiqat, vatangadolikdan og‘ir dard yo‘q, do‘stim. D) Mening uchun xo‘p deya qolgin, jon o‘rtoq 20 / 25 Qaysi javobda ot turkumiga oid o‘zaro ma’nodosh so‘zlar juftligi berilgan? A) sovg‘a – tuhfa B) tabassum - yig‘i C) tantiqlik – saxiylik D) husn - go‘zal 21 / 25 Shekspirning qaysi asari “Greyz Inn” tetrida sahnaga qo‘yilgan? A) Romeo va Julyetta B) Venera va Adonis C) Hamlet D) Xatolar komediyasi 22 / 25 Yasama so‘z berilmagan javobni toping. A) U ko‘chaning boshida turib dodlar edi B) Hamma vaqt ham biz istaganday bo‘lavermaydi C) Bizni ko‘rib Dildora xonada yozilib yotgan to‘shaklarni yig’ishtira ketdi D) Uzr, o‘rtoq, kitobimni Husnoraga berib yuborgan edim 23 / 25 «O‘tkan kunlar» romani asosida suratga olingan filmda Homid rolida qaysi artist o‘ynagan? A) Hamza Umarov B) Abbos Bakirov C) Yoqub Ahmedov. D) O‘lmas Alixo‘jayev 24 / 25 Buyruq-xitob undovi qatnashgan gapni aniqlang. A) Iya, sen mehmonga kelasan-u, ovoragarchiligi bormi? B) Oh, qanday go‘zal bu olam! C) Voy, sen hali yalpiz nimaligini bilmaysanmi? D) Ey Luqmoni Hakim, sening dong‘ing tutdi olamni. 25 / 25 Nozuklik ichra belicha yo‘q tori gesuyi, O‘z haddini bilib belidin o‘ltirur quyi. Qaysi san’at qo‘llangan? A) husni ta’lil B) tardi aks C) tajohil orif D) tajnis 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz