Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 7-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiada 7-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Aprel 21, 2022 695 Ko'rishlar 283 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 7-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar 1 / 25 Biz kelajagi buyuk Vatanning farzandlarimiz. Ushbu gapda olmoshlarning qaysi turi ishtirok etgan? A) ko’rsatish B) o’zlik C) gumon D) Kishilik 2 / 25 Qaysi ko‘makchilar bosh kelishikdagi ismlarga qo‘shiladi? A) bilan, singari, yarasha B) muvofiq, singari, bilan, bo‘ylab C) kabi, uchun, singari, sari D) -dek, yanglig‘, tomon, doir 3 / 25 Sizlarga baxt yor bo’lsin. Ushbu gapda olmoshning qaysi turi ishtirok etgan? A) kishilik olmoshi B) Belgilash olmoshi C) Ko’rsatish olmoshi D) so’roq olmoshi 4 / 25 Mirtemirning ijodiy qiyofasini belgilaydigan, uni o`zbek kitobxoni uchun ardoqli qilgan narsa nima? A) uning tarjima asarlari B) uning hikoyalari C) uning dostonlari D) uning she’riyati. 5 / 25 Mirmuhsinning qaysi asarlarida bolalar hayoti va ruhiy dunyosi tasvirlangan? A) “Luqmon va O‘roqboy”, “Degrez o‘g‘li” B) “Jamila”, “Tungi chaqmoqlar” C) “Sheralining mardligi”, “Ovchi bolalar” D) “Ovchi bolalar”, “Jamila 6 / 25 Nima sababdan “birov” so’zi gumon olmoshi hisoblanadi? A) “birov” so’zi gumon olmoshi emas B) “Nimadir” so’zi bilan erkin almasha olgani uchun C) –ov qo’shimchasi mavjudligi uchun D) “Kimdir” so’zi bilan erkin almashina olgani uchun 7 / 25 Avaz O'tar devonining nomi? A) ,, Maktab’’ B) ,,Til’’ C) ,,Saodat ul- iqbol’’ D) ,,Fidoiy xalqim,, 8 / 25 Quyidagi misralar kimning she’ridan olingan?”Aziz tuprog’ingni ko’zimga surtib, Bahorda barglarga yuzimni surtib Insonlik hurmati ichaman qasam.” A) A.Muxtor “Tug’ilish” B) S.Zunnunova “Mening vatanim” C) Mirtemir “Bu men tug’ilgan tuproq…” D) Shuhrat “Mardlik afsonasi”balladasi” 9 / 25 Uylarning mo`rilaridan pag`a-pag`a tutunlar chiqa boshladi. -Gapdagi sifat haqidagi izoh qaysi javobda to`g`ri berilgan? A) yasama sifat B) juft sifat C) oddiy sifat D) takroriy sifat 10 / 25 Quyidagi parchada she'riy san'atlardan qaysi biri qo'llanilgan? Bu labi jonbaxshu bu husni malohat sendadur, Yo seni Yusuf desunlar, yo Masixo, yo Habib. A) Talmeh. B) Tashbeh C) Tazmin. D) Tajnis. 11 / 25 Olmoshlarga xos bo’lmagan xususiyat ko’rsatilgan javobni aniqlang. A) Boshqa so’z, so’z birikmasi va gap o’rnida o’rnida almashinib qo’llanadi B) Atash ma’nosiga ega bo’ladi C) So’roq ma’nolarini ifodalaydi D) So’z yoki so’z birikmalariga ishora qiladi 12 / 25 Qaysi qatordagi gapni quyidagi gap bilan almashtirish mumkin? Hech bir yangilik to’siqlarsiz amalga oshmaydi. A) Musiqa har qanday kishi diliga orom beradi. B) Har bir yangilikni amalga oshirishda to’siqlar bo’ladi. C) Yassaviy barcha yovuzliklar ildizini xudo bexabarlik, ma’rifatsizlik deb bilgan. D) Anor har qanday kasallikka davo. 13 / 25 Shuhrat qalamiga mansub dostonlar qaysi qatorda berilgan? A) “Ona va farzand”, “Jamila” B) “Raymonda” , “Shinelli yillar” C) “Farzand”, “So`lmas chechaklar” D) “Uch qiz afsonasi”, “Guldurdun” 14 / 25 Quyidagi berilgan qaysi so`zlar tarkibidagi egalik qo`shimchalari o`z vazifasini yo`qotib yaxlitlanib qolgan? A) Barchasida yaxlitlanib qolgan B) Kechasi ishlaydi, kunduzi uxlaydi. C) Tuni bilan mijja qoqmadi. D) Kunduz kunlari aniq ko`rinadi. 15 / 25 “Me’mor” asari qahramonlari yo`l safarida qanday tabiiy falokatdan omon qolishdi? A) chaqmoqdan B) zilziladan C) girdiboddan D) seldan 16 / 25 Zavqiy qaysi she’rida 46 rasta boyini hajv qilgan? A) « Ajab ermas » B) « Ahli rasta hajvi » C) « Ajab zamona » D) «Qahatchilik » 17 / 25 Qaysi qatordagi ko'makchili birikma atalganlik ma'nosini ifodalayapti? A) . Imkon qadar bajarmoq, soy bo'yidan yurmoq. B) Sahna uchun asar, usta uchun ganch. C) Kelajak uchun poydevor, sog'lom avlod uchun sharoit. D) Bajarish uchun mas'ul, kuyga solmoq. 18 / 25 “Gar bulbul yo’qotsa gulin, nolasin, Hasratin so’zlamasdan bo’lurmu?”. Turkman shoiri Maxtumquli ushbu misralarini nima munosabat bilan yozgan? A) Vatanidan ayrilganligi munosabati bilan B) Sevgilisi Menglixondan ayrilishi munosabati bilan C) O’g’illarining o’limi munosabati bilan D) Onasining o’limi munosabati bilan 19 / 25 Inkor bog’lovchi shaklini olgan gapning kesimi qaysi shaklda bo’ladi? A) tasdiq shaklida B) buyruq C) Inkor shaklida D) so’roq shaklida 20 / 25 Yorning quli emas, balki guli keladi. Ushbu gapda balki so’zi qanday vazifada kelgan? A) Modal so’z B) yuklama C) bog’lovchi vazifasida D) undov so’z 21 / 25 Uyushiq bo’laklarni va o’zaro teng munosabatdagi gaplarni bog’lab keluvchi bog’lovchilarga…… deyiladi? A) zidlov bog’lovchi B) inkor bog’lovchi C) ayiruv D) Teng bog’lovchi 22 / 25 Nima uchun Zulxumor uzukni ko`rganidan keyin Ravshanni qabul qildi? A) uzukning qimmatbaholigini ko`rib B) uzuk ko`zida o`z qismatini ko`rib C) uzuk unga yoqib, unga erishish uchun D) uzukning sehrliligini ko`rib 23 / 25 «Ko'ksimda qo'rg'oshin, quyosh tog'ida, Tog`lar orasida yotibman bejon» misralaridagi «tog'lar» so'zi qaysi tushunchaga ishora qilmoqda? A) mavhum bir makon B) ilohiy maskan C) shoirning vatani Dog'istonga D) yer sayyorasi 24 / 25 Nuqtalar o'rniga qaysi ko'makchilarni qo'yish mumkin? To'maris ... rivoyat Xorodotning «Tarix kitobi» ... yetib kelgan. A) Qadar, singari. B) Uchun, bilan C) Haqida, orqali. D) To'g'risida, kabi 25 / 25 Bilan ko'makchisi vosita ma'nosini anglatgan birikmalar qatorini aniqlang. A) G'ayrat bilan ishlamoq, mas'uliyat bilan yondashmoq. B) Shoirlar bilan uchrashuv, kitob bilan muloqot. C) Shaxd bilan kirmoq, qunt bilan o'rganmoq. D) Pochta bilan jo'natmoq, poezd bilan bormoq 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 12 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6