Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 5-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiada 5-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Aprel 21, 2022 611 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 1234567891011121314151617181920 Vaqtingiz tugadi! 5-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar 1 / 20 Ham undalma, ham ega ishlatilgan gapni belgilang. A) Orol! Sening qurib ketishingga yo’l qo’ymaymiz B) Ona tabiatni asraylik C) Samarqand! Sen bizning faxrimizsan D) Qushlar – bizning do’stimiz 2 / 20 Fe’ldan anglashilgan harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik paytini, o’rnini bildirgan bo’laklar ostiga tahlilda qanay chiziq chiziladi? A) uzuq chiziq B) nuqtalardan iborat chiziq C) bir to’g’ri chiziq D) to’lqinli chiziq 3 / 20 O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili to`g`risida”gi qonuni necha moddadan iborat? A) 25 B) 24 C) 26 D) 29 4 / 20 Qaysi gap bo’lagi hokim bo’lakdan anglashilgan narsaning uchta shaxsdan biriga qarashli ekanini bildiradi? A) vositasiz to’ldiruvchi B) aniqlovchi, ega C) ega D) qaratqich aniqlovchi 5 / 20 Yaxshilikka yomonlik sog`insa, albatta, jazolanadi, degan xulosa qaysi masalga tegishli? A) ”Bo`ri bilan Laylak” B) ”Yovvoyi echkilar bilan cho`pon” C) ”Eshak bilan baqalar D) ”Kiyik bilan tokzor” 6 / 20 Ko’makchi orqali hokim bo’lakka birikkan to’ldiruvchi qaysi qatorda mavjud? A) Ular yong’oq tagidan ketishi bilan ayiqchalar daraxtga tirmashib chiqishdi. B) Saqlay desang o’zingni, yomondan yum ko’zingni. C) Bahor kelishi bilan qaldirg’ochlar uya qura boshladilar. D) Ayiq mehmonni yong’oq bilan siylamoqchi bo’lib, katta o’g’liga yong’oqqa chiqishini buyuribdi. 7 / 20 Qaysi turdagi gaplarda kesim ko’pincha gapning oldida keladi? A) so’roq gap B) his-hayajon gap C) istak gap D) buyruq gap 8 / 20 Ot kesim tarkibida shaxs-son qo’shimchalari qo’llanmasa, … A) ega va kesim shaxs-sonda moslashmaydi B) kesim bilan birga kerak, lozim, darkor so’zlari qo’llanadi C) egadan keyin tire qo’yiladi D) ega ifodalanmaydi 9 / 20 1925-1930 yillarda O’rta Osiyo Davlat dorulfuninida ijtimoiy fakultetda o’qigan adib A) G’afur G’ulom B) Oybek C) Abdulla Qahhor D) Hamid Olimjon 10 / 20 Qaysi gapdagi nuqtalar o’rniga shaxs so’rog’i qo’yilishi lozim? A) Bobo, … odobli? B) … xalq ertaklarini o’qigansiz? C) Mustaqil yurt deganda … tushunasiz? D) Ketsang, yana … kelasan? 11 / 20 Qaysi vositalar orqali hosil qilingan so’roq gaplar so’roqqa javob bo’luvchi so’zni talab qiladi? A) ohang B) so’roq yuklamalari C) so’roq olmoshlari va ohang D) so’roq olmoshlari 12 / 20 Egalik qo`shimchasi qo`shilganda tovush o`zgarishi sodir bo`ladigan so`zlar berilgan qatorni toping? A) yurak, qishloq B) ona, uka C) baxt, o`qish D) kitob, daftar 13 / 20 Alisher Hirotda, Mashhadda ko’p yil tahsil oldi. Gapda qaysi gap bo’lagi uyishib kelgan? A) kesim B) ega C) to’ldiruvchi D) hol 14 / 20 Maktab binosi yangi qurilgan. Gapda qaratqich aniqlovchini aniqlang? A) Qurilgan B) Binosi C) Maktab D) Yangi 15 / 20 M.Shayxzodaning 30-yillarda yaratilgan to`plamlari? A) ”Jumhuriyat”,”Kurash nechun”,”Ko`ngil deydiki” B) ”Zamon torlari”,”Chorak asr devoni”,Toshkentnoma” C) ”Jang va qo`shiq”,”Kapitan Gastello”,”Shu`la”. D) ”O`n she`r”,”Undoshlarim”,”Uchinchi kitob” 16 / 20 Oybekning avtobiografik asari qaysi? A) “Bolalik” B) “Ulug` yo`l” C) “Nur qidirib” D) “Turmush yo`lida” 17 / 20 Ushbu qatоrdan to`ldiruvchili gapni tоping A) «Ukam оldi»- dedi Sоbir B) Yoqimli kuy yangradi. C) Vatan sajdagоh kabi muqaddasdir D) Xalqimiz uyatning o’limdan qattiqligini uqtiradi 18 / 20 Mustaqillik ordeniga birinchi bo’lib sazovor bo’lgan adib kim? A) Oybek B) G’. G’ulom C) Shukrullo D) A. Qodiriy 19 / 20 Yurtim, senga she`r bitdim bugun. Ushbu gap qanday bo`laklardantuzilgan? A) undalma, ega, hol, kesim, hol B) undalma,hol kesim, hol C) undalma, to`ldiruvchi, to`ldiruvchi kesim, hol D) undalma, olmosh, ot, fe`l 20 / 20 Ot kesim ishtirok etmagan gapni ko’rsating. A) Ko’pdan quyon qochib qutilmas. B) Ko’z qo’rqoq, qo’l botir. C) Do’stlik – barcha boylikdan ustun. D) Izlaganga tole yor. 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 12 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6