Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 5-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiada 5-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Aprel 21, 2022 569 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 4 Savollar 1234567891011121314151617181920 Vaqtingiz tugadi! 5-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar 1 / 20 Ushbu qatоrdan to`ldiruvchili gapni tоping A) «Ukam оldi»- dedi Sоbir B) Vatan sajdagоh kabi muqaddasdir C) Yoqimli kuy yangradi. D) Xalqimiz uyatning o’limdan qattiqligini uqtiradi 2 / 20 M.Shayxzodaning 30-yillarda yaratilgan to`plamlari? A) ”Jang va qo`shiq”,”Kapitan Gastello”,”Shu`la”. B) ”Jumhuriyat”,”Kurash nechun”,”Ko`ngil deydiki” C) ”Zamon torlari”,”Chorak asr devoni”,Toshkentnoma” D) ”O`n she`r”,”Undoshlarim”,”Uchinchi kitob” 3 / 20 Yurtim, senga she`r bitdim bugun. Ushbu gap qanday bo`laklardantuzilgan? A) undalma,hol kesim, hol B) undalma, olmosh, ot, fe`l C) undalma, to`ldiruvchi, to`ldiruvchi kesim, hol D) undalma, ega, hol, kesim, hol 4 / 20 1925-1930 yillarda O’rta Osiyo Davlat dorulfuninida ijtimoiy fakultetda o’qigan adib A) G’afur G’ulom B) Oybek C) Hamid Olimjon D) Abdulla Qahhor 5 / 20 Mustaqillik ordeniga birinchi bo’lib sazovor bo’lgan adib kim? A) Oybek B) Shukrullo C) A. Qodiriy D) G’. G’ulom 6 / 20 Qaysi vositalar orqali hosil qilingan so’roq gaplar so’roqqa javob bo’luvchi so’zni talab qiladi? A) so’roq olmoshlari B) so’roq yuklamalari C) so’roq olmoshlari va ohang D) ohang 7 / 20 Ko’makchi orqali hokim bo’lakka birikkan to’ldiruvchi qaysi qatorda mavjud? A) Ayiq mehmonni yong’oq bilan siylamoqchi bo’lib, katta o’g’liga yong’oqqa chiqishini buyuribdi. B) Bahor kelishi bilan qaldirg’ochlar uya qura boshladilar. C) Saqlay desang o’zingni, yomondan yum ko’zingni. D) Ular yong’oq tagidan ketishi bilan ayiqchalar daraxtga tirmashib chiqishdi. 8 / 20 O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili to`g`risida”gi qonuni necha moddadan iborat? A) 24 B) 26 C) 29 D) 25 9 / 20 Qaysi turdagi gaplarda kesim ko’pincha gapning oldida keladi? A) so’roq gap B) his-hayajon gap C) istak gap D) buyruq gap 10 / 20 Ham undalma, ham ega ishlatilgan gapni belgilang. A) Qushlar – bizning do’stimiz B) Orol! Sening qurib ketishingga yo’l qo’ymaymiz C) Samarqand! Sen bizning faxrimizsan D) Ona tabiatni asraylik 11 / 20 Yaxshilikka yomonlik sog`insa, albatta, jazolanadi, degan xulosa qaysi masalga tegishli? A) ”Eshak bilan baqalar B) ”Yovvoyi echkilar bilan cho`pon” C) ”Bo`ri bilan Laylak” D) ”Kiyik bilan tokzor” 12 / 20 Egalik qo`shimchasi qo`shilganda tovush o`zgarishi sodir bo`ladigan so`zlar berilgan qatorni toping? A) ona, uka B) yurak, qishloq C) baxt, o`qish D) kitob, daftar 13 / 20 Qaysi gapdagi nuqtalar o’rniga shaxs so’rog’i qo’yilishi lozim? A) Mustaqil yurt deganda … tushunasiz? B) Ketsang, yana … kelasan? C) … xalq ertaklarini o’qigansiz? D) Bobo, … odobli? 14 / 20 Alisher Hirotda, Mashhadda ko’p yil tahsil oldi. Gapda qaysi gap bo’lagi uyishib kelgan? A) hol B) to’ldiruvchi C) ega D) kesim 15 / 20 Ot kesim ishtirok etmagan gapni ko’rsating. A) Do’stlik – barcha boylikdan ustun. B) Ko’z qo’rqoq, qo’l botir. C) Izlaganga tole yor. D) Ko’pdan quyon qochib qutilmas. 16 / 20 Fe’ldan anglashilgan harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik paytini, o’rnini bildirgan bo’laklar ostiga tahlilda qanay chiziq chiziladi? A) bir to’g’ri chiziq B) nuqtalardan iborat chiziq C) to’lqinli chiziq D) uzuq chiziq 17 / 20 Oybekning avtobiografik asari qaysi? A) “Bolalik” B) “Ulug` yo`l” C) “Turmush yo`lida” D) “Nur qidirib” 18 / 20 Qaysi gap bo’lagi hokim bo’lakdan anglashilgan narsaning uchta shaxsdan biriga qarashli ekanini bildiradi? A) vositasiz to’ldiruvchi B) aniqlovchi, ega C) ega D) qaratqich aniqlovchi 19 / 20 Maktab binosi yangi qurilgan. Gapda qaratqich aniqlovchini aniqlang? A) Binosi B) Yangi C) Maktab D) Qurilgan 20 / 20 Ot kesim tarkibida shaxs-son qo’shimchalari qo’llanmasa, … A) egadan keyin tire qo’yiladi B) kesim bilan birga kerak, lozim, darkor so’zlari qo’llanadi C) ega ifodalanmaydi D) ega va kesim shaxs-sonda moslashmaydi 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6