Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 255 Ko'rishlar 7 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 6 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Qaysi javobdagi barcha so‘zlar tarkibida til orqa burun undoshi qatnashgan? A) jarang, singil, bugungi B) tongi, yengildi, dengiz C) tong, shtanga, ko‘rdingiz D) so‘nggi, kongress, tungi 2 / 25 Qaysi gapda fonetik o‘zgarish lug’aviy shakl yasovchi ta’sirida paydo bo‘lgan so‘z qatnashgan? A) Orzum shul: o‘chmasin yongan chirog’ing B) Yurtidan ayrilgan yetti yil yig’lar C) So‘nggi pushaymon o‘zingga dushman D) Qiynalib erishilgan har bir narsa aziz 3 / 25 Furqatning qaysi g’azali Fuzuliy g’azaliga nazira sifatida yozilgan? A) Surmadin ko‘zlar qaro,qo‘llar hinodin lolarang B) Muncha zolim bo‘lmish ul xunrez qaro ko‘laring C) Chaman sahnida derlar sarv birla yosuman nozik D) Ul qora ko‘z ko‘zlariga surma bejo tortadur 4 / 25 «O‘tkan kunlar» romani asosida suratga olingan filmda Homid rolida qaysi artist o‘ynagan? A) Abbos Bakirov B) Yoqub Ahmedov. C) Hamza Umarov D) O‘lmas Alixo‘jayev 5 / 25 Qaysi javobda egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda tovush o‘zgarishi bilan yoziladigan tub so‘zlar qatori berilgan? A) sovuq, sana, o‘yin B) yurak, buyruq, kerak C) axloq, tirnoq, pishloq D) bilak, qovoq, chelak 6 / 25 Behbudiy Arab tili grammatikasini qaysi tog‘asidan o‘rgangan? A) Muhammad Siddiq B) Mulla Odil C) Muhammad Sodiq D) Muhammad Solih 7 / 25 Shekspirning qaysi asari “Greyz Inn” tetrida sahnaga qo‘yilgan? A) Hamlet B) Romeo va Julyetta C) Xatolar komediyasi D) Venera va Adonis 8 / 25 Kelishik qo‘shimchalari bilan bog'langan so‘z birikmalarini toping? A) mening vatanim, maktab bog‘i B) vatanni sevmoq, mustaqil davlat C) kuchli davlat , uydan chiqmoq D) ota-onalar majlisi, tilla zanjir 9 / 25 She’riy parchada kesimlar qaysi so‘z turkumlari bilan ifodalangan? Bulutlar haydar shamol Goh yog’ib o‘tar yomg’ir Barglar pokiza,zilol Goh quyosh to‘kadi nur. A) ot, sifat, B) ot, sifat ,fe’l C) ot, fe’l D) sifat ,fe’l 10 / 25 Bobur tarjima qilgan asar qaysi? A) «Mubayyin» B) «Risolayi volidiya» C) «Tarixi Rashidiy» D) «Xatti Boburiy» 11 / 25 Yoyiq undalma qatnashgan qo‘shma gapni aniqlang. A) Kamtarlik qilma, Yigitali, buni o‘zingning halol mehnating tufayli olding B) Chimxo‘rsan-da, shirin qizim, shu ham osh yeyishmi? C) Mening uchun xo‘p deya qolgin, jon o‘rtoq D) Darhaqiqat, vatangadolikdan og‘ir dard yo‘q, do‘stim. 12 / 25 «Alisherbek naziri yo‘q kishi erdi. Turkiy til bila to she’r aytibturlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas» deb Navoiy haqida kim aytgan? A) Hakimshoh Qazviniy. B) Rashidiy. C) Bobur. D) Xondamir. 13 / 25 Ey inson, har bir so‘zni o‘ylab gapir: tiling seni yo saodatmand etadi, yoxud halokatga boshlaydi. So‘z yasovchi qo‘shimchalar bilan yasalgan so‘zlardan nechtasining asosi bir bo‘g’indan iborat? A) 3 B) 1 C) 2 D) 4 14 / 25 Qaysi javobda o‘zaro zid ma’noli iboralar berilgan? A) do‘ppisini osmonga otmoq, ko‘kka ko‘tarmoq B) tilining uchida turmoq, ko‘z qorachig'iday asramoq C) tepa sochi tikka bo‘lmoq, qovog‘idan qor yog‘moq D) ko‘kka ko‘tarmoq, yerga urmoq 15 / 25 Asosi fe’l bo‘lgan ot turkumiga mansub yasama so‘zni belgilang. A) chiziq , chaqmoq, tilim B) taroq, yo‘liq, bilim C) so‘lim, qo‘nim, tinim D) tiniq, terim, qochoq 16 / 25 Qaysi javobda asosi omonim bo‘lgan tub so‘z berilgan? A) kechikmoq B) tuzlamoq C) changimoq D) oqizmoq 17 / 25 Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan o‘zagida tovush o‘zgarishi bo‘ladigan so‘zlar qatorini toping. A) qayir, qala B) o‘rin, gurs C) past, qasd D) so‘ra, ravnaq 18 / 25 Qaysi gap tarkibida sifatdosh mavjud? A) Bilmaslik ayb emas,bilishni xohlamaslik ayb B) Rasm chizgani soy bo‘yiga bordik C) Taxtga chiqqach adolat bilan ish ko‘ribdi D) Jahli chiqqanidan hech kim ko‘ziga ko‘rinmas edi 19 / 25 “Ilohiy komediya” asarining muallifi kim? A) O.Balzak B) A.Oripov C) Shekspir D) Dante 20 / 25 Fe’l+fe’l shaklidagi qo‘shma fe’llarni toping. A) isib ketdi, yozib bordi B) olib qochmoq, ishlab chiqarmoq C) quvonib keldi,shoshilib qo‘ydi D) sotib yubormoq,o‘ylab qolmoq 21 / 25 Qaysi gapda / / shartli belgisi o‘rnida tire tinish belgisi tushirib qoldirilgan? A) Bildi ota / / foydasizdir kurashmoq. B) Tarixni o‘rganishdan asosiy maqsad / / milliy o‘zligimizni chuqurroq anglash. C) Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir / / tun yarmidan og‘ganda birdan uyg‘onib ketasiz. D) Mening opam ham / / talaba, bu yil oliygohga kirdilar. 22 / 25 Buyruq-xitob undovi qatnashgan gapni aniqlang. A) Ey Luqmoni Hakim, sening dong‘ing tutdi olamni. B) Iya, sen mehmonga kelasan-u, ovoragarchiligi bormi? C) Voy, sen hali yalpiz nimaligini bilmaysanmi? D) Oh, qanday go‘zal bu olam! 23 / 25 Darhaqiqat, buyuk bobomiz faqat turkey emas, forsiy, arabiy, urdu, xitoy, mo‘g‘ul va boshqa tillardagi so‘zlardan ham mahorat bilan foydalangan. Ushbu gapda yordamchi so‘z turkumlariga mansub so‘zlar soni nechta? A) 3 B) 2 C) 5 D) 4 24 / 25 Nozuklik ichra belicha yo‘q tori gesuyi, O‘z haddini bilib belidin o‘ltirur quyi. Qaysi san’at qo‘llangan? A) husni ta’lil B) tajnis C) tajohil orif D) tardi aks 25 / 25 «Abdulla Qodiriy iste’dodli, qalbi butun va o‘ziga xos ravishdagi shaxs edi... Abdulla Qodiriyning prozasi, birinchi navbatda, g‘oyatda hayotiyligi bilan ajralib turadi», – degan fikrni kim aytgan? A) Erkin Vohidov B) Oybek. C) Abdulla Oripov D) Abdulla Qodiriy. 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz