Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 194 Ko'rishlar 7 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Qaysi qatorda holat ravishi o‘timsiz fe’lga bog’langan? A) Qaysidir voqea sabab Karimaga qasddan turxmat qildi B) U eshik oldida hech narsa bo‘lmaganday,gerdayib turardi C) Kechga yaqin charchab, arang yetib kelishdi D) Uyiga kelib biroz toliqqanini his qildi 2 / 25 Fe’l+fe’l shaklidagi qo‘shma fe’llarni toping. A) isib ketdi, yozib bordi B) olib qochmoq, ishlab chiqarmoq C) sotib yubormoq,o‘ylab qolmoq D) quvonib keldi,shoshilib qo‘ydi 3 / 25 Nozuklik ichra belicha yo‘q tori gesuyi, O‘z haddini bilib belidin o‘ltirur quyi. Qaysi san’at qo‘llangan? A) tajohil orif B) tajnis C) husni ta’lil D) tardi aks 4 / 25 Yasama so‘z berilmagan javobni toping. A) Hamma vaqt ham biz istaganday bo‘lavermaydi B) Bizni ko‘rib Dildora xonada yozilib yotgan to‘shaklarni yig’ishtira ketdi C) U ko‘chaning boshida turib dodlar edi D) Uzr, o‘rtoq, kitobimni Husnoraga berib yuborgan edim 5 / 25 Kelishik qo‘shimchalari bilan bog'langan so‘z birikmalarini toping? A) mening vatanim, maktab bog‘i B) vatanni sevmoq, mustaqil davlat C) ota-onalar majlisi, tilla zanjir D) kuchli davlat , uydan chiqmoq 6 / 25 Shekspirning qaysi asari “Greyz Inn” tetrida sahnaga qo‘yilgan? A) Hamlet B) Xatolar komediyasi C) Romeo va Julyetta D) Venera va Adonis 7 / 25 Qaysi gap tarkibida sifatdosh mavjud? A) Taxtga chiqqach adolat bilan ish ko‘ribdi B) Jahli chiqqanidan hech kim ko‘ziga ko‘rinmas edi C) Bilmaslik ayb emas,bilishni xohlamaslik ayb D) Rasm chizgani soy bo‘yiga bordik 8 / 25 Ey inson, har bir so‘zni o‘ylab gapir: tiling seni yo saodatmand etadi, yoxud halokatga boshlaydi. So‘z yasovchi qo‘shimchalar bilan yasalgan so‘zlardan nechtasining asosi bir bo‘g’indan iborat? A) 3 B) 4 C) 2 D) 1 9 / 25 Qaysi javobda asosi omonim bo‘lgan tub so‘z berilgan? A) kechikmoq B) tuzlamoq C) changimoq D) oqizmoq 10 / 25 Qaysi gapda / / shartli belgisi o‘rnida tire tinish belgisi tushirib qoldirilgan? A) Bildi ota / / foydasizdir kurashmoq. B) Mening opam ham / / talaba, bu yil oliygohga kirdilar. C) Tarixni o‘rganishdan asosiy maqsad / / milliy o‘zligimizni chuqurroq anglash. D) Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir / / tun yarmidan og‘ganda birdan uyg‘onib ketasiz. 11 / 25 Qaysi javobdagi barcha so‘zlar tarkibida til orqa burun undoshi qatnashgan? A) tongi, yengildi, dengiz B) so‘nggi, kongress, tungi C) tong, shtanga, ko‘rdingiz D) jarang, singil, bugungi 12 / 25 Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan o‘zagida tovush o‘zgarishi bo‘ladigan so‘zlar qatorini toping. A) qayir, qala B) so‘ra, ravnaq C) o‘rin, gurs D) past, qasd 13 / 25 Darhaqiqat, buyuk bobomiz faqat turkey emas, forsiy, arabiy, urdu, xitoy, mo‘g‘ul va boshqa tillardagi so‘zlardan ham mahorat bilan foydalangan. Ushbu gapda yordamchi so‘z turkumlariga mansub so‘zlar soni nechta? A) 4 B) 2 C) 3 D) 5 14 / 25 Buyruq-xitob undovi qatnashgan gapni aniqlang. A) Iya, sen mehmonga kelasan-u, ovoragarchiligi bormi? B) Ey Luqmoni Hakim, sening dong‘ing tutdi olamni. C) Voy, sen hali yalpiz nimaligini bilmaysanmi? D) Oh, qanday go‘zal bu olam! 15 / 25 Bobur tarjima qilgan asar qaysi? A) «Risolayi volidiya» B) «Tarixi Rashidiy» C) «Mubayyin» D) «Xatti Boburiy» 16 / 25 Behbudiy Arab tili grammatikasini qaysi tog‘asidan o‘rgangan? A) Muhammad Siddiq B) Muhammad Solih C) Muhammad Sodiq D) Mulla Odil 17 / 25 Qaysi javobda ot turkumiga oid o‘zaro ma’nodosh so‘zlar juftligi berilgan? A) tabassum - yig‘i B) tantiqlik – saxiylik C) husn - go‘zal D) sovg‘a – tuhfa 18 / 25 Qaysi javobda egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda tovush o‘zgarishi bilan yoziladigan tub so‘zlar qatori berilgan? A) yurak, buyruq, kerak B) sovuq, sana, o‘yin C) axloq, tirnoq, pishloq D) bilak, qovoq, chelak 19 / 25 Qaysi javobda o‘zaro zid ma’noli iboralar berilgan? A) do‘ppisini osmonga otmoq, ko‘kka ko‘tarmoq B) ko‘kka ko‘tarmoq, yerga urmoq C) tilining uchida turmoq, ko‘z qorachig'iday asramoq D) tepa sochi tikka bo‘lmoq, qovog‘idan qor yog‘moq 20 / 25 Qaysi gapda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilgan? A) Onam qo‘y go‘shtini o‘z yog‘iga qovurib berdilar. B) Bugun yumushlarim ko‘payib ketdi, siz aytkan joyga bora olmadim. C) Sap-sariq qovunlarning xushbo‘y hidi anqib turardi. D) O ‘g‘il bolalar ariqlarni tozaladilar, qizlar esa hovlini supurdilar. 21 / 25 Asosi fe’l bo‘lgan ot turkumiga mansub yasama so‘zni belgilang. A) chiziq , chaqmoq, tilim B) tiniq, terim, qochoq C) taroq, yo‘liq, bilim D) so‘lim, qo‘nim, tinim 22 / 25 “Ilohiy komediya” asarining muallifi kim? A) O.Balzak B) Shekspir C) A.Oripov D) Dante 23 / 25 Quyida berilganlardan qaysilari modal so‘z hisoblanadi? 1) xullas; 2) faqat; 3) darhaqiqat; 4) xayriyat; 5) chunki; 6) biroq. A) 1, 2, 4, 5 B) 2, 3, 6 C) 3, 4, 5, 6 D) С) 1, 3, 4 24 / 25 Qaysi gapda fonetik o‘zgarish lug’aviy shakl yasovchi ta’sirida paydo bo‘lgan so‘z qatnashgan? A) Orzum shul: o‘chmasin yongan chirog’ing B) Yurtidan ayrilgan yetti yil yig’lar C) So‘nggi pushaymon o‘zingga dushman D) Qiynalib erishilgan har bir narsa aziz 25 / 25 «O‘tkan kunlar» romani asosida suratga olingan filmda Homid rolida qaysi artist o‘ynagan? A) Abbos Bakirov B) O‘lmas Alixo‘jayev C) Hamza Umarov D) Yoqub Ahmedov. 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz