Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 3126 Ko'rishlar 7 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 4 8 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Qaysi javobda o‘zaro zid ma’noli iboralar berilgan? A) tepa sochi tikka bo‘lmoq, qovog‘idan qor yog‘moq B) tilining uchida turmoq, ko‘z qorachig'iday asramoq C) do‘ppisini osmonga otmoq, ko‘kka ko‘tarmoq D) ko‘kka ko‘tarmoq, yerga urmoq 2 / 25 Yasama so‘z berilmagan javobni toping. A) U ko‘chaning boshida turib dodlar edi B) Bizni ko‘rib Dildora xonada yozilib yotgan to‘shaklarni yig’ishtira ketdi C) Uzr, o‘rtoq, kitobimni Husnoraga berib yuborgan edim D) Hamma vaqt ham biz istaganday bo‘lavermaydi 3 / 25 Fe’l+fe’l shaklidagi qo‘shma fe’llarni toping. A) isib ketdi, yozib bordi B) quvonib keldi,shoshilib qo‘ydi C) olib qochmoq, ishlab chiqarmoq D) sotib yubormoq,o‘ylab qolmoq 4 / 25 Furqatning qaysi g’azali Fuzuliy g’azaliga nazira sifatida yozilgan? A) Surmadin ko‘zlar qaro,qo‘llar hinodin lolarang B) Chaman sahnida derlar sarv birla yosuman nozik C) Muncha zolim bo‘lmish ul xunrez qaro ko‘laring D) Ul qora ko‘z ko‘zlariga surma bejo tortadur 5 / 25 Ey inson, har bir so‘zni o‘ylab gapir: tiling seni yo saodatmand etadi, yoxud halokatga boshlaydi. So‘z yasovchi qo‘shimchalar bilan yasalgan so‘zlardan nechtasining asosi bir bo‘g’indan iborat? A) 4 B) 3 C) 2 D) 1 6 / 25 Buyruq-xitob undovi qatnashgan gapni aniqlang. A) Ey Luqmoni Hakim, sening dong‘ing tutdi olamni. B) Voy, sen hali yalpiz nimaligini bilmaysanmi? C) Oh, qanday go‘zal bu olam! D) Iya, sen mehmonga kelasan-u, ovoragarchiligi bormi? 7 / 25 Qaysi gapda fonetik o‘zgarish lug’aviy shakl yasovchi ta’sirida paydo bo‘lgan so‘z qatnashgan? A) Yurtidan ayrilgan yetti yil yig’lar B) Qiynalib erishilgan har bir narsa aziz C) Orzum shul: o‘chmasin yongan chirog’ing D) So‘nggi pushaymon o‘zingga dushman 8 / 25 She’riy parchada kesimlar qaysi so‘z turkumlari bilan ifodalangan? Bulutlar haydar shamol Goh yog’ib o‘tar yomg’ir Barglar pokiza,zilol Goh quyosh to‘kadi nur. A) ot, sifat ,fe’l B) sifat ,fe’l C) ot, sifat, D) ot, fe’l 9 / 25 “Ilohiy komediya” asarining muallifi kim? A) Shekspir B) O.Balzak C) A.Oripov D) Dante 10 / 25 Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan o‘zagida tovush o‘zgarishi bo‘ladigan so‘zlar qatorini toping. A) so‘ra, ravnaq B) past, qasd C) qayir, qala D) o‘rin, gurs 11 / 25 Nozuklik ichra belicha yo‘q tori gesuyi, O‘z haddini bilib belidin o‘ltirur quyi. Qaysi san’at qo‘llangan? A) tajnis B) tajohil orif C) tardi aks D) husni ta’lil 12 / 25 Qaysi javobdagi barcha so‘zlar tarkibida til orqa burun undoshi qatnashgan? A) tong, shtanga, ko‘rdingiz B) so‘nggi, kongress, tungi C) jarang, singil, bugungi D) tongi, yengildi, dengiz 13 / 25 Qaysi gap tarkibida sifatdosh mavjud? A) Jahli chiqqanidan hech kim ko‘ziga ko‘rinmas edi B) Bilmaslik ayb emas,bilishni xohlamaslik ayb C) Taxtga chiqqach adolat bilan ish ko‘ribdi D) Rasm chizgani soy bo‘yiga bordik 14 / 25 Qaysi gapda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilgan? A) Bugun yumushlarim ko‘payib ketdi, siz aytkan joyga bora olmadim. B) Sap-sariq qovunlarning xushbo‘y hidi anqib turardi. C) O ‘g‘il bolalar ariqlarni tozaladilar, qizlar esa hovlini supurdilar. D) Onam qo‘y go‘shtini o‘z yog‘iga qovurib berdilar. 15 / 25 Qaysi javobda ot turkumiga oid o‘zaro ma’nodosh so‘zlar juftligi berilgan? A) husn - go‘zal B) tantiqlik – saxiylik C) sovg‘a – tuhfa D) tabassum - yig‘i 16 / 25 Asosi fe’l bo‘lgan ot turkumiga mansub yasama so‘zni belgilang. A) tiniq, terim, qochoq B) chiziq , chaqmoq, tilim C) taroq, yo‘liq, bilim D) so‘lim, qo‘nim, tinim 17 / 25 Darhaqiqat, buyuk bobomiz faqat turkey emas, forsiy, arabiy, urdu, xitoy, mo‘g‘ul va boshqa tillardagi so‘zlardan ham mahorat bilan foydalangan. Ushbu gapda yordamchi so‘z turkumlariga mansub so‘zlar soni nechta? A) 2 B) 4 C) 5 D) 3 18 / 25 Behbudiy Arab tili grammatikasini qaysi tog‘asidan o‘rgangan? A) Muhammad Sodiq B) Mulla Odil C) Muhammad Solih D) Muhammad Siddiq 19 / 25 Shekspirning qaysi asari “Greyz Inn” tetrida sahnaga qo‘yilgan? A) Xatolar komediyasi B) Romeo va Julyetta C) Hamlet D) Venera va Adonis 20 / 25 Qaysi gapda / / shartli belgisi o‘rnida tire tinish belgisi tushirib qoldirilgan? A) Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir / / tun yarmidan og‘ganda birdan uyg‘onib ketasiz. B) Bildi ota / / foydasizdir kurashmoq. C) Mening opam ham / / talaba, bu yil oliygohga kirdilar. D) Tarixni o‘rganishdan asosiy maqsad / / milliy o‘zligimizni chuqurroq anglash. 21 / 25 Qaysi javobda egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda tovush o‘zgarishi bilan yoziladigan tub so‘zlar qatori berilgan? A) yurak, buyruq, kerak B) sovuq, sana, o‘yin C) axloq, tirnoq, pishloq D) bilak, qovoq, chelak 22 / 25 Bobur tarjima qilgan asar qaysi? A) «Mubayyin» B) «Risolayi volidiya» C) «Xatti Boburiy» D) «Tarixi Rashidiy» 23 / 25 Qaysi javobda asosi omonim bo‘lgan tub so‘z berilgan? A) oqizmoq B) tuzlamoq C) kechikmoq D) changimoq 24 / 25 «O‘tkan kunlar» romani asosida suratga olingan filmda Homid rolida qaysi artist o‘ynagan? A) Hamza Umarov B) O‘lmas Alixo‘jayev C) Yoqub Ahmedov. D) Abbos Bakirov 25 / 25 Qaysi qatorda holat ravishi o‘timsiz fe’lga bog’langan? A) Qaysidir voqea sabab Karimaga qasddan turxmat qildi B) Uyiga kelib biroz toliqqanini his qildi C) U eshik oldida hech narsa bo‘lmaganday,gerdayib turardi D) Kechga yaqin charchab, arang yetib kelishdi 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 12 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6