Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 306 Ko'rishlar 8 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 9 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 “Osiy banda” asarining janri? A) roman B) qissa C) drama D) hikoya 2 / 25 “Nozik” g’azalida yor husnda qaysi payg’ambardan ham ustun qo‘yiladi? A) Muso B) Yaqub C) Yusuf D) Iso 3 / 25 Suhbatning oqibati shu bo‘ldiki, Qalandarov tumanga qaytdi. Qo‘shma gap turini toping A) kesim ergash gap B) to‘ldiruvchi ergash gap C) aniqlovchi ergash gap D) ega ergash gap 4 / 25 Qiyoslash ma’nosini bildiruvchi bog’langan qo‘shma gapni aniqlang. A) Chiroylidir go‘yo yosh kelin B) To‘g’ri til toshni yoradi, egri til esa boshni yoradi C) Soni ko‘p, lekin salmog’i yo‘q D) Gapni cho‘zma, chunki hayot qisqadir 5 / 25 “Rustamxon” dostonida Sultonxonning nechta zaifasi (xotini ) bor edi? A) 3ta B) 7ta C) 2ta D) 4ta 6 / 25 «pul» ma’nosidagi mullajiring so‘zida so‘zlashuv uslubiga mansublik belgisi qaday bo‘yoqni yuzaga chiqaradi? A) funksional bo‘yoq B) uslubiy bo‘yoq C) salbiy bo‘yoq D) emotsional-ekspressiv bo‘yoq 7 / 25 Qaysi gapda mustaqil va nomustaqil vositasiz to‘ldiruvchi ishtirok etgan? A) Doshqozonga olov yoqilgan, kabobpaz sixlarini ko‘raga tergan, qassob esa allaqachon qo‘yni tinchitgan edi. B) Rayxongullar terib katta bo‘lgan bu qadimiy ko‘chalar unga nimalarnidir eslatar edi. C) Zardushtiylik dini zohiriy udum va marosimlarni ko‘r-ko‘rona bajarmaslikdan, mavhumlik va xurofotdan xabar beradi D) Shu vajdanki har kun singlimdan so‘roqlaysan ahvolimni san 8 / 25 Bulbul gulzorni izlar, boyo‘g’li esa hamisha vayronani ko‘zlardi. Berilgan gapdagi yasama so‘zlar qaysi turkumlarga mansub? A) ot, sifat B) ot, fe’l C) sifat, fe’l D) ot, sifat, fe’l 9 / 25 “Al-jome as-sahih” asarining birinchi va ikkincghi boblari qanday mavzuda? A) tavoze va hayo B) iymon va ilm C) adolat va ilm D) odob va iymon 10 / 25 Quyidagi gapda egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llangan so‘zlar nechta? Bag’rim yoniq, yuzim qora, ko‘nglim siniq, bo‘yim bukik, sening ziyoratingga keldim, sultonim. A) 6 B) 5 C) 8 D) 7 11 / 25 Ma’naviyat insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, irodasini baquvvat qiladigan, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuchdir.Ushbu gapdagi so‘z yasovchilar sonini toping. A) 6 ta B) 7 ta C) 5 ta D) 4 ta 12 / 25 Sening har bir ishing boshqalarga doimo ibrat bo‘lishini unutma! Ushbu gapda nechta so‘z hokim bo‘lak vazifasini bajara olmaydi? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta 13 / 25 Qaysi qatorda ergash gapdan oldin kelgan bosh gap egasi yasama so‘z bilan ifodalangan? A) Kimki birovga qasd qilsa, o‘sha pushaymonlik to‘nini kiyadi. B) Bu o‘zgarishlar hammaga yoqdi, chunkibarchaningko‘nglidagiishlarbo‘lganedi. C) Giyohvandlik insoniyat kushandasi, shuning uchun unga qarshi ommaviy kurash olib borilmoqda. D) O‘quvchilar musobaqalarda yaxshi natijalarni qo‘lga kiritsin deb, maktabimizda sport klubi faoliyat olib bormoqda 14 / 25 Pir yoki eshonga qo‘l berib, so‘fiylik yo‘liga kirgan shaxs qanday ataladi? A) murshid B) murid C) shayx D) eshon 15 / 25 Yunon tarixchisi Polien kim haqidagi afsona mazmunini yozib qoldirgan? A) Shiroq B) Sarbadorlar C) A.Temur D) To‘maris 16 / 25 Ogahiy “Taviz ul-oshiqin” da she’riyatning nechta janrida ijod qilgan? A) 30ga yaqin B) 30dan ortiq C) 20 dan ortiq D) 16 dan ortiq 17 / 25 Ko‘k rang ochiq osmon va dengiz rangi sifatida o‘zida yuksaklik va chuqurlikni ifoda etadi. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar qanday sintaktik vazifalarni bajargan? A) to‘ldiruvchi, kesim B) to‘ldiruvchi, aniqlovchi. C) to‘lduruvchi,aniqlovchi, hol. D) to‘ldiruvchi, aniqlovchi, kesim 18 / 25 Ko‘chirma gap qaysi qatorda to‘g'ri yozilgan? A) "Eng buyuk jasorat, deydi yurtboshimiz, -bu ma'naviy jasorat " B) "Eng buyuk jasorat, -deydi Yurtboshimiz, -bu ma'naviy jasorat " C) "Eng buyuk jasorat- deydi yurtboshimiz- bu ma'naviy jasorat ". D) "Eng buyuk jasorat- deydi Yurtboshimiz- bu ma'naviy jasorat " 19 / 25 Qaysi javobda sifat turkumiga oid o‘zaro ma’nodosh so‘zlar juftligi berilgan? A) chiroyli – suluv B) ozodlik – mustaqillik C) husn - go‘zal D) tantiq – saxiy 20 / 25 To‘ldiruvchi tobe gapli qo‘shma gapni toping A) Yutug’imiz shundaki,har bir xodim o‘z vazifasini yaxshi biladi. B) Shohga bildirdilarki, navkarlar beklar xizmatiga o‘tib ketadi. C) Qayerda intizom bo‘lsa, tartib kuchli bo‘ladi. D) Qay vaqt uyga kirmay, uni ko‘raman. 21 / 25 Qaysi gap tarkibida sifatdosh mavjud? A) Rasm chizgani soy bo‘yiga bordik B) Taxtga chiqqach adolat bilan ish ko‘ribdi C) Jahli chiqqanidan hech kim ko‘ziga ko‘rinmas edi D) Bilmaslik ayb emas,bilishni xohlamaslik ayb 22 / 25 Uzun sochingdin uzmasmen ko‘ngulni, Ayog’ing qanda bo‘lsa, boshim anda. Misralardagi badiiy san’atni aniqlang? A) ishtiqoq, tazod B) tazod, tashbeh C) mubolag’a, tazod D) ishtiqoq, tadrij 23 / 25 Oybekning xotirlashicha, uning birinchi she’ri qaysi gazetada nashr ettirilgan edi? A) Tong shu’lasi B) Tong yulduzi C) Tong nafasi D) Sharq yulduzi 24 / 25 Bosh gap va ergash gap –sa shart mayli orqali bog’langanda qo‘shma gaplar orasida qanday munosabat yuzaga chiqadi? A) sabab, payt B) maqsad, sabab C) qiyos, shart D) shart, payt 25 / 25 Bog’langan qo‘shma gapni aniqlang. A) To‘g’ri til toshni yoradi, egri til esa boshni yoradi B) Chiroylidir go‘yo yosh kelin C) Soni ko‘p, lekin salmog’i yo‘q D) Gapni cho‘zma, chunki hayot qisqadir 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz