On tili va adabiyot attestatsiya №9

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


On tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №9

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 

e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi.
Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

Ayol kishiga
Qo‘l ko‘tarish nimaligin bilurmisan?
Ayt!
Sen-ku odam bolasisan,
Qaysi bir hayvon
Emayotib, uzib olar onasin ko‘ksin.
Shohlarni-ku qo‘ya turay, payg‘ambarlar ham,
Nabilar ham tug‘ilgan-ku ayol zotidan.
Unutibsan,
Senga bir vaqt aytib bergandim,
To‘maris deb atalguvchi yovqur momomiz
Turon zamin erki uchun maydonga chiqib,
Eron shohin kallasini qonga bo‘ktirgan. u ham ayol bo‘lgan,
Bilib qo‘y, o‘g‘lim!
Rafiqasiga qo‘l ko‘targan o‘g‘ilga qarata ota tomonidan aytilgan ushbu misralar “Sohibqiron” dramasida qaysi qahramonga qarata aytilganligini aniqlang?

2 / 40

"Bu ko'ylak sal qizilroq ekan." Ushbu gapda sifatning qaysi darajasi qatnashgan? Qaysi yo'l bilan hosil qilingan?

3 / 40

Qo`lida piyola ushlagan be`morlar suv ichgani ketyapti. Ushbu gapda qaysi kelishik belgisiz qo`llangan?

4 / 40

Tog’ning ko’rki tosh bilan, odamning ko’rki bosh bilan. Ushbu maqolda qaysi so’z turkumiga oid so’zlar ishtirok etgan?

5 / 40

Qaysi javobda “Ravshan” dostoni voqealari bayoni to’g’ri berilgan?

6 / 40

Oybekning “Bolaning ko’ngli podsho” parchasida supuruqsiz, qarovsiz qolgan keng hovli kimniki edi?

7 / 40

“O’tkan kunlar” romanida kimni zamona hokimlarining tuzugi bo’lsa ham, ko’p bo’lmasa ham, ozroq ularning ta’siri bunda hamn bor edi deb aytiladi?

8 / 40

Qaysi gapda -dir qo‘shimchasi gumon ma’nosini bildirib kelgan?

9 / 40

Matnni o`qing va ushbu matn asosida tuzilgan topshiriqlarni bajaring.

Aytishlaricha, Iskandar taxtga o`tirgach, jahonda u tasarruf qilmagan joy qolmadi. Dunyoning barcha shohlari uning qullug`ini ado etishni o`zlariga sharaf deb biladilar. Yetti iqlim dur-u javohirlari uning xazinasi sari oqib keldi. Yurti obod, xalqi farovon bo`ldi. Dunyoning jami oqil-u donishmandlarini jam etdiki, barcha ilm-u ma`rifat singari u uchun ayon bo`ldi. Shunday jahongir shoh ajal oldida ojiz qolib vasiyat qiladi: “ Meni ko`mish uchun qabristongaolib borayotganda tobutdan bir qo`limni tashqariga chiqarib qo`ying. Toki unga boqqan kishilar yetti iqlimni olgan, yetti falak mushkulini hal qilgan qudratli hukmdor oxir-oqibat bu dunyoni tark etib, quruq qo`l bilan u dunyoga ketayotganini ko`rsinlar. So`nggi yo`lga ketar ekanman, istaymanki, menday jahongirning dunyodan quruq qo`l bilan ketayotgani mol-dunyo to`plashga ruju qo`ygan odamlar uchun ibrat bo`lsin!
Iskandardek qudratli shohning mol-mulki o`ziga vafo qilmadi, ammo uning adli, ilm-urfoni tillarda doston bo`lib qoldi, zero insonning umri davomida to`plagan mol-u dunyosi bebaqodir, undan faqat ezgu amallargina yodgor bo`lib qoladi.

Qaysi javobda quyidagi gap matn mazmuniga mos ravishda to`g`ri davom ettirilgan? Shoh Iskandar… .

10 / 40

Hayotsevarlik shoir ijodida asosiy mavzulardan biri edi. Uning umumijodida bu g`oya bosh masala yanglig` ilgari suriladi. “______” dagi mashhur: Xushdurur bog`i koinot guli, Borchadin yaxshiroq – hayot guli, – degan bayt yorqin misoldir. Adib va asar nomi to`g`ri berilgan qator?

11 / 40

Qaysi qatorda harakat nomi shakli qo`llangan?

12 / 40

“Raymando” balladasi muallifining birinchi romanini aniqlang?

13 / 40

To`rtlikdagi urg`u olmaydigan qo`shimchalar miqdori? Xormisan yo gulmisan, Tojdormisan yo qulmisan, Chug‘zmisan, bulbulmisan, Nolon o‘zing, xushxon o‘zing…

14 / 40

Qaysi ijodkor Pushkin, Bayron kabi ulug` shoirlarni o`ziga muallim deb bilgan?

15 / 40

Hosil bo`lish o`rniga ko`ra boshqalaridan farq qiluvchi ovozdorlar guruhiga kiruvchi undosh tovush alifboda nechanchi o`rinda joylashgan?

16 / 40

Qaysi gapda o‘z sinonimi o‘rniga xato qo‘llangan ot qatnashgan?

17 / 40

“Shinni dog`i tekkan quroq dasturxon”, “ bo`shalgan sopol tovoq”, “bandi kuygan yog`och qoshiq”.  Salbiylikni ifodalashga xizmat qilgan bu sifatlar qaysi asarda ko`zda tashlanadi?

18 / 40

Berilgan so`zlarning qaysilarining paronim jufti mavjud? 1) jodu; 2) ariq; 3) ba’d; 4) adl; 5) artish; 6) tambur; 7) tib; 8) tarif;

19 / 40

Shaytonning qamchisiday bu bepusht kimga kerak… (“Oq kema”) Ajratib ko`rsatilgan so`zda urg`u nechanchi bo`g`inda bo`ladi?

20 / 40

Qaysi dostonning bosh qahramoni ikki gavhar donadan paydo bo`lgan?

21 / 40

Kechagi har bir gapingiz biz ishonib kelgan aqidalarga mos bo`ladi. Ushbu gapda tarkibidagi undoshlari hosil bo`lish o`rniga ko`ra umumiylik kasb etuvchi so`zlar nechta?

22 / 40

“Do`st ila dushman so`zining farqiga bor,
Fahm etar har kimki, o`lsa hushyor”.

Bayt quyida berilgan qaysi hikoyaga ilova qilingan?

23 / 40

Qaysi javobda berilgan sifatlar belgini ta`kidlab, kuchaytirib ifodalagan?

24 / 40

Qaysi qatordagi misollarda aldoqchi unli tovushlar berilgan?

25 / 40

Qaysi javobdagi gapda barcha so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan?

26 / 40

Dunyoning ustunu - pul, pul topishqin, Meros – davlat demak, davlat pul demak”. Boylik haqida so`zlangan bu fikrlar qaysi asarda uchraydi?

27 / 40

Basralik bir arabning javohirchilarga shunday hikoya aytib berganini eshitgandim: „Bir paytlar sahroda yo‘limni yo‘qotdim. Yonimda na yeydigan taom, na ichadigan bir qultum suv bor edi. O‘lishimga ishongan onimda uzoqda bir to‘rvani ko‘rib qoldim. Shunday yugurdimki, o‘sha paytdagi hayajonimni hech qachon unutolmayman. To‘rvani ochdim. Qarasam, uning ichi to‘la oltin ekan! To‘rvada non va suvning yo‘qligidan shunchalik xafa bo‘ldimki, bu achchiq iztirobni hech qachon unutolmayman“. Hikoyani eshitib, boriga shukur qilish ham ne’matdir, degan xulosaga keldim. (Shayx Sa’diy Sheroziy) Matn tarkibidagi fonetik hodisaga uchragan so`zlar miqdori nechta?

28 / 40

Qaysi gap tarkibidagi so`zlar faqat uch turkumga mansub?

29 / 40

Berilgan parchada nechta yasama so`z qatnashgan? “Jang maydoni yigitlarga husn bag‘ishlaydi. Yigit uchun mardlik, qahramonlikdan o‘zga ulug‘roq, oliyroq bir fazilat bormi?” – dedi Navoiy.

30 / 40

Basralik bir arabning javohirchilarga shunday hikoya aytib berganini eshitgandim: „Bir paytlar sahroda yo‘limni yo‘qotdim. Yonimda na yeydigan taom, na ichadigan bir qultum suv bor edi. O‘lishimga ishongan onimda uzoqda bir to‘rvani ko‘rib qoldim. Shunday yugurdimki, o‘sha paytdagi hayajonimni hech qachon unutolmayman. To‘rvani ochdim. Qarasam, uning ichi to‘la oltin ekan! To‘rvada non va suvning yo‘qligidan shunchalik xafa bo‘ldimki, bu achchiq iztirobni hech qachon unutolmayman“. Hikoyani eshitib, boriga shukur qilish ham ne’matdir, degan xulosaga keldim. (Shayx Sa’diy Sheroziy) Matnda qatnashgan so`z yasovchi qo`shimchalar qaysi qatorda berilgan?

31 / 40

Basralik bir arabning javohirchilarga shunday hikoya aytib berganini eshitgandim: „Bir paytlar sahroda yo‘limni yo‘qotdim. Yonimda na yeydigan taom, na ichadigan bir qultum suv bor edi. O‘lishimga ishongan onimda uzoqda bir to‘rvani ko‘rib qoldim. Shunday yugurdimki, o‘sha paytdagi hayajonimni hech qachon unutolmayman. To‘rvani ochdim. Qarasam, uning ichi to‘la oltin ekan! To‘rvada non va suvning yo‘qligidan shunchalik xafa bo‘ldimki, bu achchiq iztirobni hech qachon unutolmayman“. Hikoyani eshitib, boriga shukur qilish ham ne’matdir, degan xulosaga keldim. (Shayx Sa’diy Sheroziy) Berilgan matnga mos bo`lmagan maqolni toping?

32 / 40

Berilgan qaysi gapda undov, modal, taqlid so`zlarning barcha turiga mansub birliklar qo`llangan?

33 / 40

Zulfiya qalamiga mansub “ Haykal” she`rida nima non, suv, she`r va durga o`xshatilgan?

34 / 40

Qaysi qatorda berilgan maqol fikrlar zanjiridan uzilib qolgan?

35 / 40

Jadvalda berilgan qaysi she`riy san`at(lar)ning ma`nosi notog`ri berilgan?

36 / 40

“Zarbulmasal”da Qul Muhammad Bahodirdan bo`lagini bilmaydigan obraz?

37 / 40

Quyidagi vazifadosh ko`makchilardan nechtasi ot turkumidan hosil bo`lgan? Ost, tomon, oldin, yon, ust, orqa, so`ng, atab.

38 / 40

Qaysi javobda ma’noli qismlari asos+lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha+so‘z yasovchi qo‘shimcha+sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha tartibida joylashgan ot turkumiga oid so‘z qatnashgan?

39 / 40

Talabalar sevinganidan terisiga sig‘may ketdi. Ushbu gapda ishtirok etgan bo'laklarni aniqlang.

40 / 40

A. Avloniy she`rida aytilishicha, “milliy xayol” qayerda yoki kim (nima)da?

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0