Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №7 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №7 InfoMaster Mart 31, 2022 405 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №7 KO’MAKCHI FE’LLAR KO’MAKCHI FE’LNING MA’NOLARI FE’LLARNING YASALISHI QO’SHMA FE’LLAR JUFT FE’LLAR FE’LNING MA’NOVIY GURUHLARI FE’LLARNING MUNOSABAT SHAKLLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Qaysi jarangli undoshlar sirg'aluvchi tovushlarga mansub emas ? A) j,g' B) v,z C) m,g D) y.n 2 / 50 Qaysi so'z tarkibida uchta so'z yasovchi qo'shimcha mavjud A) terimchilik B) ko'pchilik C) etikdo'z D) ishlarmiz 3 / 50 Qaysi qatorda o'zak+so'z yasovchi qo'shimcha+so'z yasovchi qo'shimcha+so'z yasovchi qo'shimcha shaklidagi so'z berilgan? A) pishiqchilik B) yamoqchiniki C) barcha so'zlar o'zak va uch so'z yasovchi qo'shimchadan iborat D) sanoqsiz 4 / 50 O’zlik nisbatidagi fe’lni toping A) afsuslandi B) ko’rindi C) olindi D) ajablandi 5 / 50 Otlashgan sifatdosh ishtirok etgan qatorni aniqlang . A) Hamma xonalar nihoyatda did bilan bezatilgan . B) Arzimas narsa uchun xafa bo’laveradigan kishining do’stlari dushmanga aylanaveradi C) O’zaro kurashayotgan tomonlar tinchlik yo’lidagi sog’lom tashabbuslarni tushunishni istamayaptilar D) Ayrilganni ayiq yer ,bo’linganni bo’ri yer . 6 / 50 Qaysi qatorda bo’lishsiz ma’noli harakat nomlari qatnashgan ? A) Bilmaslik ayb emas ,lekin bilishni istamaslik ayb . B) Bolalarning o’quv qurollarini avaylab asrashni ota –onalariga moddiy yordamdir . C) Tanlovda Omon Turdi kuyini juda ta’sirli chaldi D) Tilni qunt bilan o’rganish nutqni boyitib borish demakdir 7 / 50 Sifatdan fe’l yasovchi qo’shimchani toping. A) -ar B) -sa C) -ira D) -illa 8 / 50 Quyidagi fe’llardan qay biri nutqiy faoliyat fe'llari guruhiga kiradi? 1) gapirmoq; 2) pichirlamoq; 3)yozmoq; 4) o'qimoq; 5) ijod qilmoq; 6) fikrlamoq; 7) ekmoq; 8) duduqlanmoq; 9) yurmoq ; 10) qaramoq; 11) fahmlamoq; 12) isitmalamoq . A) I, 2. 8. B) 1. 4. 5 C) 8, 11,12. D) 3, 4, 5. 11. 9 / 50 Qaysi qatordagi gapda sodda tub fe’l ishtirok etgan? A) Butun mavjudot qaytadan yasharmoqda. B) Bir —birimiz bilan eski qadrdonlardek suhbatlashdik. C) Kunlardan bir kunu Durroj: «Men tuzoqqa tushdim» — deb sherni aldadi. D) Dunyoda pok odamlar qanchalik ko’paysa, nopok odamlar shunchalik kamayadi. 10 / 50 Ot turkumiga o'tmagan juft fe'llarni toping. A) bordi-keldi B) aytdi-qo'ydi C) qo’ydi-chiqdi D) oldi-berdi 11 / 50 Qaysi juft fe'llar ot so'z turkumiga ko'chishi mumkin ? 1 oldi-berdi 2 urindi-turtindi 3 qochdi-ketdi 4 bordi-keldi 5 ur-yiqit 6 so'radi —qo'ydi A) 3,4,5,6,7 B) 1,2,3,4 C) l ,4,5 D) 1,2 12 / 50 Qo'shma fe'llar berilgan javobni toping. A) olib keldi B) charaqlab ketdi C) yig 'ishtirib oldi D) oshib qolgan 13 / 50 Harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydigan ko'makchi fe'l berilgan javobni toping. A) qo'ymoq B) yurmoq C) chiqmoq D) yotmoq 14 / 50 Jilmaymoq so’zi fe’lning qaysi ma’noviy guruhiga mansub? A) jismoniy faoliyat fe’li B) aqliy faoliyat fe’li C) holat fe’li D) nutqiy faoliyat fe’li 15 / 50 Fe'l yasovchi qaysi qo'shimcha qo'shilganda ikkinchi bo'g'indagi tovushi tushib qoladi? A) -a B) -sa C) barchasi to'g'ri D) -illa 16 / 50 Qo'shma fe'llarning xususiyatlari noto'g'ri ko'rsatilgan javobni toping. A) asoslar orasiga boshqa qo 'shimchalarni qo 'shsa bo'ladi B) bitta so'roqqajavob bo'ladi C) qismlari ajratibyoziladi D) birdan ortiq asosdan tashkil topadi 17 / 50 Qaysi qatorda qo’shma fe’lning ta’rifi to’g’ri va to’liqroq berilgan? A) Birdan ortiq asosdan tashkil topib, asoslar orasiga boshqa qo’shimchalarni qo’shib bo’lmaydigan, bitta so’roqqa javob bo’luvchi fe’llar . B) Etakchi va ko’makchi fe’llardan tashkil topib, nima qildi?, nima qiladi ? kabi so’roqlarga javob bo’luvchi fe’llar . C) Ikki yoki undan ortiq so’zdan tashkil topib, nima qildi? nima qilyapti? so’rog’iga javob bo’luvchi fe’llar D) Birdan ortiq so’zlarning birikuvidan yangi ma’noli boshqa bir fe’l hosil bo’lgan so’zlar 18 / 50 Quyidagi fe'llarning qay biri otdan yasalgan? 1) tuzlamoq; 2) dodlamoq; 3) yangilamoq; 4) tezlamoq; 5) yaxshilamoq; 6) varaqlamoq; 7) to'g'rilamoq; 8) sekinlamoq; 9) ho'plamoq; 10) qishlamoq. A) 5, 7. 8 B) 4. 8, 9 C) 3,5,7 D) 1, 6, 10. 19 / 50 Qaysi so’z turkumlaridan fe’l yasaladi ? 1.otdan 2.sifatdan 3.sondan 4.olmoshdan 5.ravishdan 6.taqlid so’zdan A) 1,2,3,4,5,6 B) 1,2,4,5,6 C) 1,2 D) 1,2,5,6 20 / 50 Qaysi gapda qo'shma fe'l juft fe'lning bir qismi bo'lib kelgan? A) O'qituvchilarning oldiga shartta kiraman-da, konspekt daftarini olib, o'sha yerda ko'chiraman-qo'yaman. B) Ana, hech narsa bo'lmagandek yayrab-quvnab, ochilib-sochilib yurishibdi. C) Qayerga qadami tegsa, u yerni birpasda saranjom qiladi-qo'yadi. D) Bu niyatni Mohlaroyim ham qo'llab-quvvatlar edi.' 21 / 50 Qaysi qatorda ko'rsatilgan fe’l shakli uning munosabat shakli hisoblanmaydi? A) o’qib B) o’qisa C) o’qidi D) o’qiding 22 / 50 Harakatning to’la yakunlanganini ifodalovchi ko’makchi fe’lni toping. A) yubormoq B) qo’ymoq C) tashlamoq D) chiqmoq 23 / 50 Quyidagi fe'llarning qay biri sifatdan yasalgan? 1) tuzlamoq; 2) dodlamoq; 3) yangilamoq; 4) tezlamoq; 5) yaxshilamoq; 6) varaqlamoq; 7) to'g'rilamoq; 8) sekinlamoq; 9) ho'plamoq; 10) qishlamoq.. A) 3. 5. 7 B) 4, 5.10. C) 4. 8, 9 D) 5. 7. 8 24 / 50 Ot, sifatlardan fe'l yasamaydigan qo'shimchalar berilgan javobni toping. A) -sa, sira B) AvaB. C) illa, -ira D) - (a)y, -i, 25 / 50 Fe'llarning munosabat shakllari noto'g'ri ko'rsatilgan javobni toping. A) ntsbat qo 'shimchalari B) zambn qo 'shimchalari C) mayl qo 'shimchalarl D) shaxs-son qo 'shimchalari 26 / 50 1 Anchadan heri .shu joyda o'tiribman 2 Men sodda shuning gapiga ishonib o'tiribman Har ikkala gapdagi o'tirmoq fe'l qaysi qatorda to'g'ri izohlangan ? A) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l B) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l C) ikkala gapda ham mustaqil fe’l D) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l 27 / 50 Quyidagilardan qaysilar fe’lning munosabat shakllari hisoblanadi ? 1 shaxs son ; 2 o’timli,o’timsizlik 3 zamon 4 bo’lishli ,bo’lishsizlik 5 vazifa shakli 6 mayl A) 1,2,6 B) 2,3,4,5 C) 1,3,6 D) 2,4,5,6 28 / 50 Titramoq so’zi fe’lning qaysi ma’noviy guruhiga mansub? A) nutqiy faoliyat fe’li B) aqliy faoliyat fe’li C) holat fe’li D) jismoniy faoliyat fe’li 29 / 50 1 Biz diqqat bilan kuzata boshladik 2 Biz ishni boshladik Har ikkala gapdagi boshlamoq fe'li qaysi qatorda to'g'ri izohlangan ? A) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l B) ikkala gapda ham mustaqil fe’l C) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l D) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l 30 / 50 aqlid so'zlardan fe'l yasaydigan qo'shimchalar berilgan javobni toping. A) -(a)y, -i, B) -sa, -(a)r C) -la, -a D) illa, -ira 31 / 50 Fe’lning munosabat shakllariga qaysilar kiradi? 1.zamon shakli 2.mayl shakli 3.shaxs-son shakli A) 1, 2 B) 2, 3 C) 1, 2, 3 D) 2 32 / 50 –ay qo’shimchasi qaysi so’z turkumlaridan fe’l yasaydi? A) ot, sifat va ravishdan B) ravishdan C) sifatdan D) sifat va ravishdan 33 / 50 Fe’l+fe’l shaklidagi qo’shma fe’llarni toping. A) olib qochmoq,ishlab chiqarmoq B) sotib yubormoq,o’ylab qolmoq C) isib ketdi,yozib bordi D) quvonib keldi,shoshilib qo’ydi 34 / 50 Qaysi qatordagi so'zlarda fe'l yasovchi qo'shimchalar qo’shilsa, o'zakda o’zgarish ro'y beradi ? A) bosh, ish, osh, bo’sh B) o’t, so'z:, oq. tun. C) chiq. bor, suv. uyqu. D) yosh, ot, son, ong. 35 / 50 Otdan, sifatdan, ravishdan va undov so’zdan yasalgan fe’llarni tartib bilan belgilang . A) tuzla, sekinla, boshla, ohla B) ishla, yaxshilan, tezla, yarqira C) gapir, to’g’rila, tezla, dodla D) shodlan, chirsilla,gulla, ho’pla 36 / 50 1 Bu kitobni o'qib ko'ring 2 Shirin tushlar ko'ring Har ikkala gapdagi ko'rmoq fc'li qaysi qatorda to'g'ri izohlangan ? A) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l B) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l C) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l D) ikkala gapda ham mustaqil fe’l 37 / 50 Ot, sifat, undov so'zlardan fe'l yasaydigan qo'shimchalar berilgan javobni toping. A) illa, -ira B) -(a)y. -i, C) -sa, -(a)r. D) -la, -a 38 / 50 U bu gapni bilmasdan aytib yubordi. Ushbu gapda ko’makchi fe’lning ma’nosi ... A) bajarishga imkoniyat B) to’la yakunlanish C) tez va oson D) davomiylik 39 / 50 Qaysi gapda juft fe'llar mavjud? A) Onasiga u haqda bilganlarini aytdi-qo'ydi,o'ylab o'tirmadi. B) Qo'ydi-chiqdini eshitsam ,yuragim orqaga tortib ketadi. C) To'y o'tib, keldi-ketdi ancha kamaygan edl D) Sengaergashib bor -yo'g'imdan ayrildim 40 / 50 Qaysi juft fe'l ot so'z turkumiga ko'chmagan ? 1 oldi-berdi 2 urindi-turtindi 3 qochdi-ketdi 4 bordi-keldi 5 ur-yiqit 6 aytdi -qo'ydi A) 2,3,6 B) 1,2,3,4 C) 1,2 D) 3,4,5,6,7 41 / 50 Ikki fe’l juftligidan tashkil topgan qaysi birliklar fe’l turkumiga oid so’zlar hisoblanadi? A) aytdi-qo’ydi B) keldi-ketdi C) ur-yiqit D) bordi-keldi 42 / 50 Qaysi gapda bo ‘lmoq so‘zi qo‘shma fe’l hosil qilgan? A) Ha, men o‘sha kasal bo’laman. B) Bu yurishda men kasal bo‘laman. C) Meni xavotirga solgan voqea, nihoyat, bo‘ldi. D) Men, albatta, siz aytgan joyda bo’laman. 43 / 50 Qo'shma fe'lni aniqlang. A) o'qib chiqdi B) chiza oldi C) olib chiqdi D) quvonib ketdi 44 / 50 Qaysi qo'shimchalar ot va sifatlardan fe'l yasaydi ? 1-(a)-y 2 –sira 3 -i 4 -sa A) 1,2,3,4 B) 1,3,4 C) 3,4,5 D) 2,3 45 / 50 1 Zarur topshiriqlarni yozib oling 2 Bu kitobni kecha oldim. Har ikkala gapdagi olmoq fe'li qaysi qatorda to'g'ri izohlangan ? A) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l B) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l C) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l D) ikkala gapda ham mustaqil fe’l 46 / 50 1 Tushimda dorda yuribman 2 Men ko'pdan beri bu yigitni ko'rib yuribman Har ikkala gapdagi yurmoq fc'li qaysi qatorda to'g’ri izohlangan ? A) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l B) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l C) ikkala gapda ham mustaqil fe’l D) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l 47 / 50 Qaysi qatordagi gapda nutqiy faoliyat fe’li mavjud? A) Shonazar o’tirganlarning gapidan xursand bo’ldi B) Oppoq paxtalarni hasharchilar birpasda terib tashladilar C) Men uning gapidan ko’p narsalarni fahmladim . D) Murtazo sherigiga engashib, uning qulog’iga sekin pichirladi . 48 / 50 Qaysi qatordagi gapda qo’shma fe’l berilgan? A) Mashinada u — bularni yuborasiz. B) Dadasining qo’lidan ushlab, dikir — dikir sakrab, o’ynoqlab ketaberdi. C) Bugun havo juda isib ketdi. D) Hakim bobo har bir niholni parvarish qilardi. 49 / 50 Qaysi qatorda aqliy faoliyat fe’llari berilgan? A) o’ylamoq, ikkilanmoq B) haydamoq, parchalamoq C) yig’ilmoq, qaytarmoq D) ishlamoq, to’xtamoq 50 / 50 Harakatning davomiyligini bildirgan ko’makchi fe’lli gapni aniqlang. A) Gohida shu ish ustiga uy egasining o’rtancha o’g’li Rasul kelib qoladi . B) Chor atrofi baland devor bilan o’ralgan tor joyda uning aqli yetmaydigan ajoyibotlar to’lib-toshib yotibdi . C) Samandar avval indamay turdi-da, so’ng baralla ovoz bilan kuylab yubordi . D) Salima dugonasidan kelgan maktubni o’qib chiqdi . 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz