Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №15 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №15 InfoMaster Mart 31, 2022 525 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 6-sinf Ona tili №15 TAQSIM SON ,UNING YASALISHI KASR SONLAR .ULARNING YASALISHI VA IMLOSI HISOB SO’ZLARI TARTIB SONLAR MUSTAHKAMLASH Mavzular yuzasidan testlar 1 / 54 Tasviriy matn haqida berilgan qaysi hukmlar to’g’ri ? 1 Tasviriy matn darsliklarda ko’proq qo’llaniladi . 2 Tasviriy matn badiiy adabiyotda ko’proq qo’llaniladi . 3 Tasviriy matn ilmiy adabiyotlarda ko’proq qo’llaniladi . A) 1,2,3 B) 1,3 C) 1,2 D) faqat 2 2 / 54 Qaysi so'z tarkibida ikkita so'z yasovchi qo'shimcha mavjud? A) chidamli B) suvoqchilik C) qavariqroq D) qochirim 3 / 54 Faqat lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar ishtirok etgan so’zlarni toping. A) asabiylashmoq, kelinchak, keltirish B) kulimsiramoq, ellardagi, ketguncha. C) aybsitmoq, ulg’aytirgan, bormadi. D) giyohlarni, ajratildi, topildi 4 / 54 Fe'lning lug'aviy shakllariga qaysi bandda misol berilgan? A) kelmoq, kelib, kelar B) o'qish, o'qimoq, o'qimoqda C) yozdi, yozmoqda, yozmoqchi D) kel, kelgan, kelsa 5 / 54 Harakat nomlari gapda qanday bo’lak vazifasida keladi? A) ikkinchi darajali bo’lak vazifasida B) A, C C) faqat ega vazifasida D) bosh bo’lak vazifasida 6 / 54 Uning ko’rmagan va eshitmagan hodisasi yo’q edi . Sifatdoshning bo’lishsiz shaklini ko’rsating A) ko’rmagan, eshitmagan, hodisasi yo’q edi B) ko’rmagan, eshitmagan, yo’q edi C) ko’rmagan D) ko’rmagan, eshitmagan 7 / 54 1 Tushimda dorda yuribman 2 Men ko'pdan beri bu yigitni ko'rib yuribman Har ikkala gapdagi yurmoq fc'li qaysi qatorda to'g’ri izohlangan ? A) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l B) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l C) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l D) ikkala gapda ham mustaqil fe’l 8 / 54 Qaysi gapda kelasi zamon fe’li qatnashgan ? A) Lekin ko’chada qatnov,qiy-chuv brogan sari kuchaymoqda B) Oddiy haqiqatni kimga isbot etmoqchisan C) Kelinbuvim ukalarim bilan uyga qaytdi D) Tolibjon gapning ma’nosini darrov tushundi 9 / 54 Otlar qanday so’roqlarga javob bo’ladi? A) kim? nima? qayer? B) kim? nima? qayer? qaysi? C) kim? nima? qaysi? D) kim? nima? 10 / 54 Modda ma’dan otlari qaysi qatorda berilgan? A) dunyo ,olam ,jahon B) kitob,jurnal,gazeta C) korxona,shifoxona ,darsxona D) zumrad,yoqut,sadaf 11 / 54 Jahonda nimaiki oq, unga ona suti timsol; nimaiki jo'shqin, unga ham ona mehri timsol; nimaiki chidamli, sabr-toqatli, unga ham ona irodasi timsol; kimki pok muhabbat, mehridaryolik da’vo qilsa, onaning pok qalbi timsol. Berilgan gapda sifat turkumiga oid so'zlar necha o'rinda qo'llangan? A) 5 B) 4 C) 7 D) 6 12 / 54 Qoshi sal qoraroq yigit edi. Ushbu gapdagi sifatning darajasini va daraja hosil qiluvchi vositani aniqlang. A) ozaytirma, leksik. B) orttirma, leksik. C) ozaytirma, leksik, morfologik D) qiyyosiy, leksik. 13 / 54 .Hajm-o’lchov sifatlari berilgan qatorni toping. A) katta, behisob, og’ir B) odobli, kamtarin, sodda C) xursand, ma’yus, keksa D) sirtqi, ichki, qishki 14 / 54 Dona son hosil qiluvchi –ta qo’shimchasi o’rniga qaysi so’zlarni keltirish mumkin? A) nafar B) yuqoridagilarning barchasi C) bosh D) tup 15 / 54 Qaysi gapda qo’llangan o’lchov so’zi alohida olinganda predmet nomini bildirib matn ichidagi o’lchov ma’nosini bildiradi ? A) To’rt yashik xurmo terishdi . B) Uyning orqasida to’rt sotix ekin maydoni bor C) To’rt nafar talaba darsga qatnashmadi D) Shahargacha hali uch chaqirim bor 16 / 54 Kasr son berilgan gapni aniqlang. A) Uchovimizning maqsadimiz bir. B) Bir bor gapirdim, ikki bor gapirdim, quloq solmadi. C) Bobom yarimta tishini ko’rsatib kuldi. D) Ahmadjon ularga qarab uch sidra o’q yog’dirdi. 17 / 54 Qaysi sonlar ma’no jihatidan sifatlarga yaqin turadi? A) kasr sonlar B) jamlovchi sonlar C) tartib sonlar D) miqdor sonlar 18 / 54 Javoblarning qaysi birida kasr son mavjud. A) Biz ikki yarim yil ichida ko’p yutuqlarga erishdik. B) Uchovimizning maqsadimiz bir. C) Besh oylar chamasi o’tgach, Ummatalini chaqirishibdi. D) Saida birinchi majlisni o’ttkazishga tayyorgarlik ko’ra boshladi. 19 / 54 Qaysi gapda kasr son hisoblanuvchi so’z qatnashgan. A) Yolg’iz otning changi chiqmas. B) Nurullo uchlasiga rosa sinchiklab tikildi. C) Soat uch yarimlarda uchrashsak. D) Kelganlarning uchdan biri notanish edi. 20 / 54 Numerativlar (hisob )so’zlar qaysi so’z turkumlari bilan ifodalanadi ? A) son ,sanoq sonlar B) otlar bilan C) sifatlar ,asosan yasama sifatlar D) gumon olmoshi bilan 21 / 54 1 Milliy istiqlolga birinchi qadam 1989 - yil 21- oktabr ”Davlat tili haqida”gi Qonunni qabul qilish bilan qo’yildi. Ushbu gapdagi birinchi so’zi o’rniga uning ma’nodoshlaridan qaysi birini qo’ysa mantiqan to’g’ri bo’ladi? 1.avvalgi 2.dastlabki 3.ilk 4.eng yaxshi A) 2,3 B) 2,3,4 C) 1,2,3,4 D) 1,4 22 / 54 Qaysi qatorda butunning,, guruhning yoki to'daning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan so‘zlar keltirilgan? A) og‘iz, luqma, siqim, tilim, quchoq B) to‘g‘ram, poy, bo’lak, shingil, chaqmoq C) tomchi, qatra, nimta, qultum, hovuch D) burda, para, karch, chimdim, dasta 23 / 54 Taqsim son qaysi gap tarkibida mavjud emas? A) Qulupnayning mevasi naviga qarab, uchtadan - saksontagacha bo‘lishi ham mumkin. B) Qurolsiz, navkarsiz mulla Fazliddin Ahmad Tanbalday yuz-ikki yuztadan qurolli yigitlari bor beklarga qanday bas keladi?! C) U bu yilgi bahorda har yuz ona qo‘ydan bir yuz yigirma bittadan qorako‘l qo‘zisi oldi. D) Azim har yelkasiga to‘rttadan odam sig‘adigan yigit boiibdi. 24 / 54 Taqsim son qaysi gap tarkibida qo’llangan? A) Hozir uyida shunaqa antiqa bodringdan to’rttasi bor. B) Ularning ikkovi ham jim qolishdi. C) So’rining shundoq yonida ikki dona olma tushibdi. D) Bemorlar palatalarga to’rttadan joylashtirildi. 25 / 54 Qaysi qatorda taqsim son hosil qiluvchi qo’shimcha berilgan. A) -ovlon. B) -tacha. C) -tadan. D) -ov 26 / 54 Hisob so’zlar qo’llangan gapni toping A) Topgan bir dasta gul ,topmagan bir bog’ piyoz B) Tanklar jangini Ahmadjon birinchi marta ko’rishi edi C) Ikki do’st suhbatlashib o’tirishardi D) Yarim yorti ishlar bizga yoqmaydi 27 / 54 Hisob so’zlar asosan sonning qaysi turi bilan birga qo’llanadi ? A) dona son B) sanoq son C) jamlovchi son D) chama son 28 / 54 Tartib son yasovchi qo’shimchani toping. A) -lab. B) -(i)nchi. C) –lar D) -larcha. 29 / 54 Qaysi qatordagi gapda hisob so’zlari mavjud? A) Aravaga qo’shib bo’lmaydigan begona ikki otdan tamoman darak yo’q. B) Beshinchi, oltinchi kechuvga borganda dara ancha torayib qoldi. C) Cho’ponlar har tunda bittadan qo’y g’oyib bo’layotganini sezib qolishdi. D) Shu orada mezbon ikki hovuch arpa solingan tog’olchani keltirib qo’ydi. 30 / 54 Kasr son haqida aytilgan qaysi hukm to’g’ri? A) Butun miqdorni bildiruvchi qism asosan o’rin payt kelishigida yeladi B) Butun miqdorni bildiruvchi qism asosan qaratqich kelishigida keladi. C) Butun miqdorni bildiruvchi qism ko’pincha chiqish va qaratqich kelishigida keladi. D) Butun miqdorni bildiruvchi qism ko’pincha chiqish kelishigida keladi. 31 / 54 Quyidagi guruhdan taqsim sonli gapni aniqlang. A) Uchovi qabulxonaga kirishdi. B) Har birimiz bittadan kitob oldik. C) Ikala moysafid ham ko’chatzorga borishdi. D) Zarifa ikki-uch og’iz gap qildi. 32 / 54 Sanoq son bilan sanaladigan narsalarni ifodalovchi so’z o’rtasida qo’llanib, bu narsaning o’lchovini bildiradigan so’zlar ... A) taqsim son B) kasr son C) hisob so’zlari D) tartib son 33 / 54 Qaysi gapda kasr son mavjud ? A) Qizaloq yarim tishini ko’rsatdi. B) Ikki yorti-bir butun. C) A, B , C D) Bu yarim yo’lda yodiga tushdi. 34 / 54 Taqsim son qanday hosil bo’ladi. A) Hisob so’zlardan keyin -dan qo’shimchasini keltirish orqali. B) .A, С C) dona sonni takrorlash orqali. D) Ikki sonni juftlash orqali. 35 / 54 Qaysi songa egalik qo’shimchasi ikki marta qo’shilgan? A) o’ntasiga B) beshovini C) yuztachasini D) yarmisini 36 / 54 Ma’lum bir miqdordagi narsa-buyumlarni bir butunlik sifatida jamlab keladigan sonlar ......... deyiladi. A) jamlovchi son B) chama son C) kasr son D) sanoq son 37 / 54 Qaysi qatorda kasr son ishtirok etgan ? 1 Bolalar eshaklarga yem berib o'zlari ham oz-ozdan non yeb olishguncha yarim soatcha vaqt o'tdi 2 Oilada kimda kim sahar soat to'rt yarim behlarda uyg'onsa o'sha yuzga yaqin odamdan iborat navbatga chopadi 3. Yo'lning kengligi 10,5 m ni tashkil qiladi 4 Rejaning uchdan ikki qimi bajarildi A) 1,2 B) 2,3,4 C) 3,4,5 D) 1,2,3,4 38 / 54 Kasr son qatnashgan gapni toping. A) Azim har yelkasiga to’rttadan odam o’tiradigan yigit bo’libdi. B) Sizlar mana shu to’qqizta xivichni birga qo’shib sindirib ko’ringlar-chi! C) Bolalar eshaklarga yem berib, o’zlari ham oz-ozdan non yeb olishguncha yarim soat vaqt o’tdi. D) Bekatda o’ntacha odam avtobus kutib turardi. 39 / 54 Qaysi sonlar omonimlik xususiyatiga ega bo’lishi mumkin? 1.ikki 2.yuz 3.yigirma 4.to’rt 5.uch 6.qirq A) 2,3,5,6 B) 2,5,6 C) 1,2,6 D) 1,2,3,4,5,6 40 / 54 Berilgan gapdagi son anglatgan ma'noga muvofiq so’zni tanlang. Bu shubhasiz, bizning yutug’imiz. Lekin ikkinchi tomonini ham esdan chiqarmaslik kerak. A) teng. B) g’alati. C) birov. D) boshqa. 41 / 54 Numerativlar (hisob )so’zlar sonlar bilan qo’llanganda qanday tinish belgisi qo’yiladi ? A) tinish belgisi qo’yilmaydi B) ikki nuqta C) nuqtali vergul D) tire, vergul 42 / 54 Berilgan gapdagi son anglatgan ma'noga muvofiq so’zni tanlang. Bu gapni ikkinchi gapirmang . A) birov. B) teng. C) boshqa. D) g’alati. 43 / 54 Qachon tartib sonlardan keyin chiziqcha qo’yiladi? A) so’zlar bilan ifodalanganda B) arab raqami bilan yozilganda C) A, C D) rim raqamlari bilan ifodalanganda 44 / 54 Tartib son yasovchi –inchi (-nchi) qo’shimchalari murakkab sonlarga qay tarzda qo’shiladi? A) birinchi songa qo’shiladi B) vaziyatga qarab murakkab sonning talab etilgan qismiga qo’shiladi. C) faqat oxirgi songa qo’shiladi D) hamma songa qo’shiladi 45 / 54 Butunning bo’lagini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so’zlar berilgan qatorni toping A) nafar, bosh , nusxa B) siqim , to’da , botmon C) dasta ,shoda , bog’ D) chaqmoq , luqma , shingil 46 / 54 Quyida berilgan hisob so’z qanday ifoda uchun xizmat qilgan ? Bir qultum suvga zor bo’lib A) og’irlik o’lchovi B) butunning bo’lagi C) predmetni yakkalab hisoblash D) masofa 47 / 54 Tartib son ma’no vazifasiga ko’ra qaysi so’z turkumiga yaqin turadi? A) ravishlarga B) sifatlarga C) olmoshlarga D) otlarga 48 / 54 Qaysi qatorda otlashgan sonlarga egalik qo’shimchasi noto’g’ri qo’shilgan? A) beshovim, ikkalam B) uchovi, to’rtovi C) uchovlari, beshalangiz D) ikkovimiz, to’rtalasi 49 / 54 Qaysi javobda bir xil kasr sonlar berilgan. A) nol butun uchdan ikki, bir chorak, sakkiz yarim. B) yettidan besh, uchdan ikki, oltidan bir. C) bir butun, beshdan uch, nimchorak, ikki yarim. D) to’rtdan uch, yarim chorak, bir yarim. 50 / 54 Javoblarning qaysi birida kasr son mavjud. A) U uchalasiga rosa sinchiklab tikildi. B) Beshovlon birdan xoxolab yubordik. C) Yoniga yarimta nonni tiqib, yo’lga otlandi. D) Shu yerda o’n besh minut turamiz. 51 / 54 Kasr son qo’llangan qatorni ko’rsating. A) Ikki hovli qo’shib yuborilgan edi. B) ... qizarib —bo’zarib, ketmondek oyning yarmi ko’rinadi. C) Novvoyxonadan ikkita issiq. non olib chiqay D) ... to’rt —beshtacha chakana havaskorlargina kelibdi 52 / 54 Taqsim son ishtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Biz Turkiston tizma tog'ining etagida shahardan ikki-uch chaqirim naridagi qihloqda turar edik B) Shaharda bitta doktorxona bor C) Laylak har yili uchtadan bola ochar ekan D) Qulupnayning mevasi naviga qarab uch -saksontagacha ham bo'lishi raumkin 53 / 54 Qaysi son arning yozilishida chiziqcha noto’g’ri ishlatilgan? 1. 14-bob 2. 26-uy 3. XV-asr 4. 1980-yil 5. 8-Mart A) 1,2,3 B) 2,3 C) 3 D) 4,5 54 / 54 Quyidagi gapdagi sonning ma'nosini aniqlang. Tokchadagi beshinchi chiroq lippillab yonar edi. A) aniq miqdorni. B) narsaning turini. C) tartibni. D) noaniqlik ma'nosini. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz