Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №11 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №11 InfoMaster Mart 31, 2022 80 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 6-sinf Ona tili №11 OTLARNING LUG’AVIY SHAKLLARI .SON SHAKLLARI OTLARNING KICHRAYTIRISH VA ERKALASH OTLARI MUSTAHKAMLASH SIFAT SIFATLARNING YASALISHI SIFAT YASOVCHI QO’SHIMCHALAR VA ULARNING IMLOSI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Muhokama matn haqida berilgan qaysi hukmlar to’g’ri ? 1 Muhokama matn darsliklarda ko’proq qo’llaniladi . 2 Muhokama matn badiiy adabiyotda ko’proq qo’llaniladi . 3 Muhokama matn ilmiy adabiyotlarda ko’proq qo’llaniladi . A) faqat 2 B) 1,2 C) 1,3 D) 1,2,3 2 / 50 Tub so'z qaysi qatorda berilgan? A) og'riq B) loyiq C) tiniq D) yamoq 3 / 50 Qaysi qator faqat o’timli fellardan iborat ? A) kiymoq, uxlamoq, yalamoq. B) yurgizmoq, bilib olmoq, chaqirmoq. C) yuvmoq, kuldirmbq, yetim olmoq. D) ochmoq, uxlatmoq, zavqlanmoq. 4 / 50 Fe’lning otga xoslangan shakli ...... deyiladi? A) ravishdosh B) shart mayli C) harakat nomi D) sifatdosh 5 / 50 Harakat nomi berilmagan gapni toping A) Bilim o’qish va takrorlash mevasidir . B) O’qish,o’rganish—hammaning burchi C) Botirlar qo’rquvni bilmaydilar . D) Maqsadimiz – tinch yashash ,o’qish va ishlash 6 / 50 Qaysi qatordagi gapda ravishdosh yasovchi qo’shimcha yetakchi fe'l bilan ko’makchi fe'lni bog’lashga xizmat qilgan ? A) Sayohatchilar qorong’u tushguncha yetib oldilar. B) Usta Alim qo’shnisining yerini sotib oldi. C) Dadasi yangi uy pchun kerakli jihozlarni olb keldi. D) Sarvar devordan oshib tushdi . 7 / 50 Fe’lning qanday ma’noviy guruhlari mavjud? 1 nutqiy faoliyat fe’llari 2 aqliy faoliyat fe’llari 3 jismoniy faoliyat fe’llari 4 holat fe’llari A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,4 D) 2,3,4 8 / 50 Undosh bilan tugagan fe’l asoslariga kelasi zamonning qanday qo'shimchalari qo'shiladi? A) -у, -ar B) -a, -ar C) -y, -r D) -s, -y, -ar 9 / 50 Bir turdagi narsa, voqea-hodisa harakat-holat, o’rin-joylarning birini yoki umumiy nomini bildirishiga ko’ra otlar qanday tasniflanadi? A) Kishi otlari, narsa otlari B) Turdosh otlar, atoqli otlar C) Mavhum otlar, aniq otlar D) Qavm-qarindoshlik otlari kasb-ko’riga ko’ra shaxs otlari 10 / 50 Qaysi qatordagi so’zlar faqat mavhum otlardan iborat. A) yongln, toshqin, tuzdon, kuldon. B) tuyg’un, keskin, qumdon, xumdon. C) uchqun, to’lqin, bilimdon, qalamdon. D) uyqu ,jahl ,shodlik 11 / 50 Kichraytirish ,erkalash otlari qaysi qo’shimchalar bilan yasaladi ? A) –xon ,-bibi ,-iston ,-kash B) –chak ,-aloq , -boy ,-boz C) –loq ,-gina , -cha , -poshsha, jon D) –cha , -oy ,-zor ,-ak 12 / 50 Ko’plik qo’ shimchasi -lar qaysi qatorda hurmat ma'nosini bildirmoqda. A) A, B, C B) Katta opamlar zardo’zlik fabrikasida zardo’z bo’lib ishlaydilar. C) Togamlar bugun ertalab keldilar. D) Aya, aya dadamlar keldi. 13 / 50 Ko’plik qo’shimchasini olmaydigan so’zlar qatnashgan qatorni belgilang. A) safar, oqshom, u, olim. B) kun, baliq, ishchi, kiyim. C) siz, kitob, qalam. D) quvonch, men, sen. 14 / 50 Quyidagi gapda -lar qo’shimchasi qanday ma'noni anglatgan. O’rikning ertapishar navi may oylarining oxirlarida pishadi. A) sof ko’plik ma'nosini. B) tur ma'nosini. C) kuchaytirish, takid ma'nosini. D) taxmin, chama ma'nosini. 15 / 50 Asosda ifodalangan-belgiga egalikni ifodalovchi qo'shimchalar berilgan javobni toping. A) -li, -dor, ser- B) -ma, -mand, ba- C) A va C. D) -gi, -simon, -iy 16 / 50 Kichraytirish va erkalash otlari qaysi qatorda qo’llangan ? A) dadamlar ,tog’amlar , ammamlar B) osmondagi ,qirdagi , qishloqdagi C) o’rdakcha , qizaloq , baliqcha D) ko’chagacha , oyog’igacha , markazgacha 17 / 50 Un, yog’ ,suv kabi so’zlarga lar qo’shimchasi qo’shilganda qanday ma'no ifodalanadi? A) kuchaytirish va takid. B) grammatik ko’plik. C) jamlik va to’da D) hil, nav, mo’llik. 18 / 50 Qaysi qatordagi so’z jamlovchi otlarga mansub emas? A) guruh B) xalq C) daraxt. D) armiya. 19 / 50 Kichraytirish qo'shimchasi qaysi o'z turkumiga qo'shilishi mumkin? 1 ot 2 sifat 3 ravshish 4 olmosh 5 fe'l A) 1,2 B) 1 C) 1,2,3 D) 1,4 20 / 50 Chuqur va xayolchan ko’zlarida sirli va sehrli bir holat aks etadi. Ushbu gapda nechta yasama sifat mavjud? A) 2 ta B) 1 ta C) 4 ta D) 3 ta 21 / 50 Faqat turdosh otlar asosida paydo bo’lgan atoqli otlar qatorini aniqlang A) Ergash ,Lobar , Gulchehra ,To’xtamurod B) Ortiq ,Quvonch , Xursand ,Vali C) Ulug’ ,Suluv ,Dilbar ,Go’zal D) Juma ,Bahri ,Rayhon ,Nilufar 22 / 50 Yasama sifat qatnashgan gapni toping. 1.Otin bibi qari, jiddiy, savlatli xotin. 2.Orzu millatga hayotbaxsh ruh bag’ishlaydi. 3.U yo’lni piyoda bosib o’tdi. 4.Oqqo’rg’onning anjir va uzumlari hil-hil pishdi. A) 1,2 B) 1,2,3,4 C) 2,3,4 D) 1,2,3 23 / 50 Ko’plik qo’shimchasi chama tahmin ma’nolarni ifodalagan misolni aniqlang. A) Vatandoshlarim bilan quvonaman. B) Kechqurunlari bo’sh bo’laman, keling suhbatlashamiz. C) Onda-sonda ochilgan chanoqlar bu ko’k dengizda sadafdek yaltirardi. D) Quvnashdi havasdan ko’p bilan ko’ngillar. 24 / 50 no-, -siz, be- qo’shimchalari qaysi belgiga egalik bildiruvchi qo’shimcha bilan ziddosh bo’la olmaydi? A) ser- B) –mand C) -dor D) -li 25 / 50 Qaysi sifat yasovchi o'xshashlik ma'nosidagi sifat yasaydi ? A) -(v ) iy B) li C) -gi ,-ki D) -simon 26 / 50 Ko’plik ma'nosini ifoda etuvchi birlik sondagi ot berilgan gap qaysi qatorda ko’rsatilgan. A) «Qutlug’ qon» romanida 1916 yilgi xalq qo’zg’oloni haqqoniy aks ettiriladi. B) Og’riqdan ko’zlarim tinib ketdi. C) Amakimlar dadamga juda o’xshaydilar. D) Sayyoralar bizdan bir sinf yuqorida o’qishardi. 27 / 50 -iq qo’shimchasi bilan yasalgan sifatlar qaysi qatorda berilgan? A) qichqiriq, chiziq B) to’liq, yopiq C) chiniq, yo’liq D) chiziq, yo’riq 28 / 50 Qaysi qator faqat kichraytirish va erkalash otlaridan iborat ? A) tugunchak, yalinchoq ,qo’g’irchoq B) kelinchak , bo’taloq , kitobcha C) ko’rpacha ,toychoq , qizilcha D) yulduzcha , archa , cho’pchak 29 / 50 Qaysi qatordagi ko’plik ma'nosi leksik morfologik usul bilan hosil bo’lgan. A) Ig’vo-yu , nizolar umr yo’lini qisqartiradi. B) Xalq dengizdir, xalq to’lqindir, xalq kuchdir. C) Majlisga ko’p ota-onalar kelishdi. D) Dasta-dasta gul tutay. 30 / 50 Kichraytirish qo’shimchalari qaysi turkumga oid so’zlarga qo’shiladi ? A) otlarga ,sifatlarga B) faqat otlarga C) sonlarga D) faqat sifatlarga 31 / 50 Fe’ldan yasalgan sifatlar qatorini belgilang. A) terish ,sinish B) siniq,sayroqi C) chiziq,ekin D) o’qigan ,termulgan 32 / 50 Erkalash otlari berilgan qatorni ko’rsating A) Barnoxon ,kitobxon B) bolaginam ,onajonim C) Sardorbek,Manzuraxon D) qizgina ,shugina 33 / 50 Quyidagi –cha qo’shimchasi bilan shakllangan so’zlarning qaysi qatorda kichraytirish ma’nosi ifodalanmagan ? A) yulduzcha , bog’cha ,kitobcha B) qushcha , bolg’acha ,zarracha C) novcha , yangicha , o’zgacha D) qizcha ,ko’zacha , daftarcha 34 / 50 Jahonda nimaiki oq, unga ona suti timsol; nimaiki jo'shqin, unga ham ona mehri timsol; nimaiki chidamli, sabr-toqatli, unga ham ona irodasi timsol; kimki pok muhabbat, mehridaryolik da’vo qilsa, onaning pok qalbi timsol. Berilgan gapda sifat turkumiga oid so'zlar necha o'rinda qo'llangan? A) 6 B) 5 C) 7 D) 4 35 / 50 Ko’plik qo’shimchasi qaysi javobda nav (tur, hil) tushunchasini ifodalagan. A) Nonlarning yuzi issiq ekan. B) Ombordan choylarni tanlab olasiz, ogxayni. C) Odamlarning bolalarcha quvonishidan zavqim keldi. D) Onizor bolalarga mehribon bolar ekan. 36 / 50 Faqat sifat yasovchi qo’shimchalar olgan so’zlarni toping A) ko’zik,bizbizak,suyanchiq B) kamchilik,arzonchilik,yo’qla C) butunlayin,qisqacha,o’tmas D) kuyunchak,yulg’ich,jannati 37 / 50 Qaysi qatordagi otlarga qo’shilgan -lar qo’shimchasi ma'noni kuchaytiradi. A) ko’ngillar, baxtlar, uyqular. B) yog’lar, suvlar, unlar. C) maysalar, daraxtlar, tog’lar. D) farhodlar, oybeklar, matrosovlar. 38 / 50 Otga bog’lanib uning belgisini bildiradigan so’z... A) ravishdosh B) ravish C) sifatdosh D) sifat 39 / 50 -gi (-ki) ,-simon,-iy sifat yasovchi qo’shimchalari qanday belgi bildiruvchi sifatlar yasaydi ? A) rang-tus,maza-ta’m va o’rin bildiruvchi B) payt, o’xshatish va xoslik bildiruvchi C) egalik va shakl-hajm bildiruvchi D) ortiqlik va o’xshatishni bildiruvchi 40 / 50 Kichraytirish va erkalash otlari berilgan qatorni aniqlang A) qizaloq , ovloq B) kelinchak , kitobcha C) kulgancha , uycha D) qo’zichoq , olchoq 41 / 50 Qaysi qo'shimcha xoslik belgisini.bildiruvchi sifat yasaydi ? A) -simon B) li C) -gi ,-ki D) –(y )iy 42 / 50 Faqat birlikda qo’llanadigan otlar qatorini toping. A) sport, qo’zg’olon, muallim. B) Toshkent, Farg’ona, Qo’qon, Qarshi. C) ko’z, quloq, burun, g’ildirak. D) bola, o’quvchi, temir, mis. 43 / 50 Qaysi gapda fe’ldan yasalgan sifat qo’llangan? A) Sog’lom tanda sog’lom aql bo’ladi. B) Biz mehnatkash odamlarni mukofotlaymiz. C) Qish kelib, zerikarli tunlar boshlandi. D) Avval zaruriy ishlarni bajaringlar. 44 / 50 Turdosh otdan vujudga kelgan atoqli otlar qatorini aniqlang A) rentgen , Bo’ston , Xosiyatxon ,amper B) To’xta , Turdi , Tursun , Berdi C) Olmos ,Yashin , Sulton ,Jo’ra D) Shirin , O’tkir , Majnun , Muborak 45 / 50 Qanday otlarga ko‘plik qo'shimchasi qo'shilganda kuchaytirish, ta’kidlash ma’nosi anglashilmaydi? A) donalab sanalmaydigan otlarga B) odamning toq a’zolari nomiga C) odamning juft a’zolari nomiga D) mavhum otlarga 46 / 50 Qaysi javobda quyida berilgan gapi sifatga oid so'zlar soni to'g'ri ko'rsatilgan ? Samoning bulutlar siyrak, zangorsir sahnida ham to'lishmagan qandaydir beshakl oy xira, rangsiz yiltiraydi. A) oltita B) beshta C) uchta D) to'rtta 47 / 50 Ko’plik ma'nosi morfologik yo’l bilan ifodalangan qatorni belgilang. A) o’nta kitob B) to’da C) dasta-dasta gul D) uylar 48 / 50 Atoqli ot asosida paydo bo’lgan turdosh otlar qatorini belgilang A) yetmish , bultur , turdi , ra’no B) rentgen ,xosiyatxon ,michurinchilar C) anor , lola , shirin , to’qson D) asal ,rayhon , arslon ,muhabbat 49 / 50 Erkalash qoshimchalari qaysi turkumga oid so’zlarga qo’shiladi ? A) sonlarga B) otlarga ,sifatlarga C) faqat sifatlarga D) faqat otlarga 50 / 50 Qaysi sifat yasovchi qo'shimcha payt bildiruvchi otlarga qo'shilib paytga xos belgini bikliradi ? A) li B) –(v )-iy C) -gi ,-ki D) -simon 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz