Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №8 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №8 InfoMaster Mart 31, 2022 67 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 6-sinf Ona tili №8 FE’LLARNING ZAMON SHAKLLARI O’TGAN ZAMON SHAKLLARI O’TGAN ZAMON SHAKLLARINING YASALISHI O’TGAN ZAMON SHAKLLARIDA TO’LIQIZ FE’LNING ISHLATILISHI KELASI ZAMON SHAKLLARI MAYL SHAKLLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Shevaga xos so’zlar qaysi qatorda berilgan ? A) biz,siz ,men B) maktab ,non ,uzum C) buvi ,shoti ,shakarob D) kecha,biz ,erta 2 / 50 Sodda yasama so'zlar berilgan qatorni aniqlang. A) tok qaychi dunyoqarash tomorqa B) serhosil, o'xshovsiz, noto'g'ri C) yerto'la. belbog', mingoyoq D) alirgul, o'rinbosar, oqqush 3 / 50 Qaysi qator faqat o'timsiz fe'llardan iborat. A) yozdi, sotdi, yig’ladi. B) yozdi, payqadi, fahmladi. C) oldi, ketdi, uxladi, D) kuldi, dodladi, o’tirdi. 4 / 50 Orttirma nisbat xosil qiluvchi - gaz, - kaz, - kaz qo’shimchalari o’tmoq fe’liga qay tarzda qo’shilishi mumkin? A) o’tgaz, o’tkaz, o’tqaz tarzida B) faqat o’tqaz tarzida C) faqat o’tkaz tarzida D) o’tkaz, o’tqaz tarzida 5 / 50 Harakat nomi berilgan qatorni aniqlang A) yayov bormoq ,hikoya qilmoq B) ko’chish ,o’qish ,turmush C) boshqaruv ,o’lchov ,tinglash D) o’tov ,yaylov ,qatnov 6 / 50 Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang. A) Yaxshi ko’rgarimni bilasiz-da. B) Ko’rganni eshitgan yengadi. C) Men gulxan atrofida o’tirganlarni yilqi boquvchilar deb yanglishgan ekanman. D) Bemor otamni korgani kasalxonaga bordim. 7 / 50 Quyidagi fe’llardan qay biri nutqiy faoliyat fe'llari guruhiga kiradi? 1) gapirmoq; 2) pichirlamoq; 3)yozmoq; 4) o'qimoq; 5) ijod qilmoq; 6) fikrlamoq; 7) ekmoq; 8) duduqlanmoq; 9) yurmoq ; 10) qaramoq; 11) fahmlamoq; 12) isitmalamoq . A) I, 2. 8. B) 1. 4. 5 C) 8, 11,12. D) 3, 4, 5. 11. 8 / 50 Inson tirik ekan, hech qachon umidsizlanmasligi kerak? Ushbu gapda to`liqsiz fe’l qaysi turkumga oid so`z bilan birga qo`llangan. A) ravsh B) ot C) son D) sifat. 9 / 50 Fe’lning zamon, shaxs-son qo’shimchalarisiz qismi qaysi maylni ifodalaydi? A) ІІ shaxs buyruq - istak maylini B) І shaxs xabar maylini C) ІІІ shaxs buyruq - istak maylini D) І shaxs buyruq - istak maylini 10 / 50 Kelasi zamon fe’li shakllari qanday ma’nolarni ifodalaydi? A) Harakat yoki holatning aytilayotgan paytdan oldin yuz berishini bildiradi . B) Harakat yoki holatning doimiy, har uch zamonga oidligini ham ifodalaydi . C) Harakat yoki holatning gap aytilayotgan vaqtdan so’ng yuz berishini bildiradi . D) A va С 11 / 50 Kelasi zamon fe’lining gumon, taxmin ma’nolari qaysi gapda mavjud? A) Dalaga suv chiqarganman, ekinlar gurkirab, yashnab ketadi . B) Mening akam kollejda o’qiydi. C) Kunlarning sanog’ini bilmay qolasan . D) Ertaga mashina kelar, kelmasa yo’lga chiqmayman . 12 / 50 Qaysi gapda fe’lning zamon ma’nosi ko’chgan? A) Nasiba o’qishga kirish uchun hujjat topshiryapti. B) Bolalar bog’da yosh nihollarni parvarish qilyapti. C) Zamon zamonligini qilmoqda. D) Yuqoridagi gaplarda fe’lning zamon ma’nosi ko’chmagan . 13 / 50 Shaxs-son qo'shimchalarining -man, -san, -miz, siz, -di(-lar) shakllari qo'shiladigan o'tgan zamon turini hosil qiluvchi qo'shimcha qaysi javobda berilgan? A) –(i) b B) A,B. C) -gan D) -di 14 / 50 So’zlovchining so’zlayotgan vaqtdan so’ng bajariladigan ish…. A) kelasi zamon. B) fe’l mayli C) o’tgan zainoa. D) hozirgi zamon. 15 / 50 aysi gapda ikki to‘liqsiz fe’l ketma-ket qo‘llangan? A) Garchi jafo emaskan, Oshiq: “Kuydim”, - demaskan. B) Derlar: “Orzuga ayb yo‘q”, Meni sevib qolsayding. C) Beshta yanga yig'ilib, bitta ona bo‘lolmas. D) Bor ekan-da yo‘q ekan, och ekan-da to‘q ekan. 16 / 50 di qo’shimchasi bilan yasalgan o’tgan zamon shakli qanday ma’no bildiradi? A) so’zlovchining bevosita o’zi ko’rgan harakat va holatni bildiradi B) harakat va holatni ilgariroq bajarilganini C) ilgari ro’y bergan harakat va holatning so’zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi D) harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtda yuz berishini ifodalaydi 17 / 50 Quyidagi shakllardan qaysi biri kelasi zamon hosil qiladi ? 1-(a ) y ; 2 –(a) r 3 –di 4 –moqda 5 –ajak 6- gandi 7- moqchi A) 1,4,5,7 B) 1,2,5,7 C) 2,3,6,7 D) 3, 5,6,7 18 / 50 Bir kun qarasam, darchani buzaman deb bolta ko’tarib kelayotibdi Gapda qaysi zamon ma'nosi ifadalangan. A) hozirgi zamon fe'li. B) o’tgan zamon fe'ii. C) hozirgi kelasi zaraon leli. D) kelasi zamon fe'ii. 19 / 50 Kelasi zamon fe’li qatnashgan gapni toping . A) Qushlar sovuq tushishi bilan issiq o’lkalarga uchib ketadi . B) Men Sharqdan kelayotirman . C) –Yaxshi tush ko’ribsan , -dedi oyisi . – Demak, uyga mehmon kelayotir . D) Kecha qarasam, tog’ang bilan ketayotgan ekansan . 20 / 50 Fe’l asosiga zamon va shaxs-son qo’shimchalarini qo’shish bilan shakllanadigan maylni belgilang. A) Barcha fe’l mayallarya zamon va shaxs-son qo’himchalarini qo`shish bilan shakllanadi. B) shart C) buyruq-istak D) xabar 21 / 50 Kelasi zamon fe’llari yasaydigan qo’shimchalarni aniqlang A) -yotir, -moqda B) -a, -yotib C) -a, -y, -a (-r) D) -di, -ib 22 / 50 Qaysi so’z birikmalarida hozirgi zamon sifatdoshi mavjud ? A) yurayotgan mashina B) tug’ilgan chaqaloq C) ishlagan bola D) oqar so’z 23 / 50 Boshqa bir harakat va holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi uchun shart bo’lgan harakat va holat, shuningdek, istak-xohishni bildiradigan fe’l shakli ... A) xabar mayli B) buyruq-istak mayli C) shart mayli D) buyruq-istak va shart mayli 24 / 50 Qanday fe’llar to`liqsiz fe’l hisoblanadi? A) boshqa so`zlar bilan birgalikda qo`llanadigan fe’llar. B) yakka holda ish harakat ma’nosini bildirmaydigan fe’llar. C) shaxs-son qo`shimchalarini qabul qilmaydigan fe’llar. D) B, C 25 / 50 Notiq so’zini tugatadi (qarsaklar) Hamma o’rnidan turadi. Ushbu gapdagi fe'l zamonini aniqlang. A) hozirgi zamon davorn fe'li. B) o’tgan zamon fe'li. C) kelasi zamon fe'li. D) hozirgi keiasi zarnon fe'!l 26 / 50 Ovqatni yedig-u, meni uyqu bosdi: - Dada, keling, uxlaylik. Berilgan gapdagi fe’llar qanday mayl shakllarida pkanini aniqlang. A) 2 tasi xabar, 1 tasi buyruq-istak, 1 tasi shart maylida B) 2 tasi xabar, 2 tasi buyruq-istak maylida C) 1 tasi xabar, 2 tasi buyruq-istak, 1 tasi shart maylida D) 3 tasi xabar, 1 tasi buyruq-istak maylida 27 / 50 Fe’l o’zagi hech qanday grammatik ko’rsatkichlarsiz qo’llansa ,ular qaysi mayldagi fe’llar hisoblanadi A) shart B) xabar C) maqsad D) buyruq –istak 28 / 50 -gan qo’shimchasi bilan yasalgan o’tgan zamon shakli qanday ma’noni bildiradi? A) So’zlovchining o’zi o’tgan zamonda bevosita ko’rgan harakat va holatni bildiradi B) Harakat va holatning ilgariroq bajarilganini bildiradi . C) Harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtida yuz berishini bildiradi . D) Ilgari ro’y bergan harakat va holatning so’zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi . 29 / 50 Qaysi gapda kelasi zamon fe’li qatnashgan ? A) Lekin ko’chada qatnov,qiy-chuv brogan sari kuchaymoqda B) Oddiy haqiqatni kimga isbot etmoqchisan C) Kelinbuvim ukalarim bilan uyga qaytdi D) Tolibjon gapning ma’nosini darrov tushundi 30 / 50 Hozirgi zamon sifatdoshi hosil qiluvchi qo’shimchani toping. A) –ydigan B) –ayotgan C) –qan D) –mas 31 / 50 Uzoq o’tgan zamon fe'lini hosil qiluvchi qo’shimchalar qaysl javobda to’liq berilgan? A) edi, -ar edim. -mas edi. B) -di, -gan, -b edi. C) -moqchi edi, -yapman, -adi. D) -gan, -kan, -qan, -gan edi 32 / 50 Undosh bilan tugagan fe’l asoslariga kelasi zamonning qanday qo'shimchalari qo'shiladi? A) -у, -ar B) -y, -r C) -s, -y, -ar D) -a, -ar 33 / 50 Kelasi zamon ma'nosini ifodalagan boshqa zamon fe'li qatnashgan gapni toping. A) U Buxoroga oqishga borar ekan. B) Nargiza musavvir bo’lgani o’qibdi . C) O’shanda birga sayr qillmoqchi bo’ldik. D) O’sha yerda ishlab yuribman. 34 / 50 Fe’lning qanday mayl shakllari mavjud? A) buyruq, xabar va shart mayli B) xabar, istak va shart mayli C) xabar, buyruq-istak va shart mayli D) xabar, buyruq va istak mayli 35 / 50 Qaysi qo’shimchalar so’zlarga zamon qo’shimchalaridan keyin qo’yilishi mumkin? A) shaxs-son, mayl B) shaxs-son, nisbat C) faqat shaxs son D) shaxs-son, bo’lishsizlik 36 / 50 So’zlovchining gapirayotgan onidan avval bajarilgan ish harakat.... oid bo’ladi. A) payt ravishdoshi B) hozirgi zamon. C) o’tgan zamon D) kelasi zamon. 37 / 50 So'zlovcliining bcvosita o'zi ko'rgan harakat va holatni bildiradigan o'tgan zamon ishaklini yasovchi qo'sliimcha berilgan javobni-toping. A) -di B) -ib C) -b D) -gan 38 / 50 So’zlovchining istagi ,da’vati ,chaqirig’i ,buyrug’i kabi ma’nolarni ifodalash uchun qaysi fe’l shakli qo’llanadi ? A) buyruq istak mayli B) shart mayli C) xabar D) maqsad mayli 39 / 50 Kelasi zamon fe'llan qaysi javobda to’gri berilgan A) kurashmoqda, uxlamoqchi, yozganmiz. B) so’zlamoqchi, keladigan bo’ldi. kutarman C) bormoqda, aytmoqchi edi, o’ylayapman D) kuzatdilar. ko radllar, tushayapti. 40 / 50 Quyidagi zamon hosil qiluvchi qo'shimchalardan qaysi biri harakat yoki holatning takrorlanuvchanligini ifodalaydi ? A) -gan B) -gandi C) -ardi D) -di 41 / 50 Shaxsi va mayli ko’chgan holda qo’llangan gap qaysi qatorda ko’rsatilgan ? A) Olimjon akam keldilar . B) Qani yozamiz ,bolalar . C) Kechirasiz,sizni birinchi ko’rishim ,kolzozga yaqinda keldingizmi ? D) Biz G’irvonga A.Qodiriy izidan keldik , U kishi bundan 40 yil ilgari ocherk yozish uchun shu yerga kelgan ekanlar 42 / 50 0‘tgan zamon fe’lining qaysi shakli ilgari ro‘y bergan harakat va holatning so'zlovchi tomonidan eshitib bilinganini ifodalaydi? A) -di B) -gan (-kan, -qan) C) -b (-ib) D) - di, -b(-ib) 43 / 50 To’liqsiz fe’lning qisqargan shakli ishtrok etmagan gapni toping? A) O’g’limning bu ishlaridan faxrlandim B) Ayol yuziga rumolini tushurib piq-piq yig’larmish C) Mehmonni kutishga bozorlik qilib qo’ygandim D) Cholning ikki ko’zidan o’t chaqnardi 44 / 50 O’tgan zamon fe’li qatnashgan gapni toping. A) Maktabga boray, Siz aytgan narsani topay, keyin aytaman . B) Sinf rahbarimiz Hasan aka menga bildirmay G’anini uyga yuboribdilar. C) Daryoning suvi ko’paysa, baliqning chiqishi oson bo’ladi . D) Sen ko’rmayapsan, oshna, oy botib, yulduzlar birin-ketin so’nib borayapti . 45 / 50 Fe’l va fe’l bo`lmagan so`zlar bilan qo`llanilib turli ma’nolar ifodalovchi yordamchi vazifalarda qo`llanuvchi fazifalarda qo`llanuvchi fe’llar qanday nomlanadi? A) harakat nomi B) mustaqil fe’llar C) to`liqsiz fe’llar D) ko`makchi fe’llar 46 / 50 aysi qatordagi fe'l hozirgi zamonni bildiradi ? A) o’qib chiqibdi B) alqab yuboribdi. C) kulib gapirdi. D) gapiryapti 47 / 50 Kelasi zamon sifatdoshi hosil qiluvchi qo’shimchani toping. A) -adigan B) -gan C) -yotgan D) -qan 48 / 50 Hozirgi zamon fe'llarning talaffuzi yozilishidan farq qiladigan qo’shimchasi berilgan javobni toping. A) B,C B) -yotib C) -yotir D) -yap 49 / 50 Ibrohimjonning ovozida zarracha shikoyat oxangi yo’q edi. Aksincha, u alohida g’urur bilan gapiradi. Ushbu gapdagi fe’l qaysi zamon ma’nosini ifodalagan? A) hozirgi zamon B) o’tgan zamon C) kelasi zamon D) hozirgi va kelasi zamon 50 / 50 Fe’l asoslariga -di, -b, -gan qo’shimchalarini va ulardan so’ng shaxs-son qo’shimchalarini qo’shish bilan qanday birlik hosil bo’ladi? A) buyruq –istak mayl shakllari B) o’tgan zamon shakllari C) hozirgi zamon shakllari D) kelasi zamon shakllari 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz