Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №18 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №18 InfoMaster Mart 31, 2022 277 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 4 2 6-sinf Ona tili №18 SIFAT BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH SON BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH RAVISH BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH YAKUNIY DARS Mavzular yuzasidan testlar 1 / 56 Qaysi qatordagi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga h harfi qo‘yiladi? A) ar…eolog, mu…bir, i..tisos B) alo…ida, ba…o, ba…s C) asla…a, gazet…on, giyo… D) gul…an, a…ir, va…ima 2 / 56 Quyidagi so’zlarning qaysilarida so’z yasovchi qo’shimcha mavjud? 1.so’lim 2. qo’lim 3. bo’lim 4. kesim 5. elim 6. bo’rim 7. bosim 8. bitim 9.tunim A) 3,7,8 B) 2,3,8,9 C) 3,4,7,8 D) 3,4,5,7.9 3 / 56 O’timli fe'llar asosan qaysi kelishikdagi so’zlar bilan birga qo’llanadi ?. A) o’rin-payt. B) tushum. C) yo’nalish. D) qaratqich. 4 / 56 .Majhul nisbatdagi fe’l ishtirok etgan gapni aniqlang . A) Rota yana bir qator bo’lib yo’lida davom etmoqda . B) Yangi do’ppi va liboslar kiyildi . C) Sarimsoqboy bolalarga rosa maqtandi D) U to’yga borish uchun kiyindi, yaxshilab tarandi . 5 / 56 Harakat nomi ishtirok etgan gapni toping A) Ko’kdagi qoramtir bulutlar asta-sekin tarqala boshladi . B) Sizlar uyga borib turinglar ,men dalani bir aylanib kelaman C) Uning dili siyoh bo’ldi D) Amir Temurning hayoti va ijtimoiy –siyosiy faoliyatini o’rganish bizda endi boshlandi 6 / 56 Qaysi qatorda bo’lishsizlik ma’nosi ifodalangan ? A) B,C B) Boraman –a ,boraman ,borib bo’pman C) Hali tong otganicha yo’q D) Kampir qishlog’iga qaytib ketdi 7 / 56 1 Mohir qo'llar to'garagiga qatnab turibman . 2 Ikki soatdan beri shu yerda turibman. Har ikkala gapdagi turmoq fe'Ii qaysi qatorda to'g'ri izohlangan ? A) ikkala gapda ham mustaqil fe’l B) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l C) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l D) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l 8 / 56 Fe’l asoslariga -di, -b, -gan qo’shimchalarini va ulardan so’ng shaxs-son qo’shimchalarini qo’shish bilan qanday birlik hosil bo’ladi? A) o’tgan zamon shakllari B) hozirgi zamon shakllari C) kelasi zamon shakllari D) buyruq –istak mayl shakllari 9 / 56 Shart mayli edi , ekan to’liqsiz fe’llari bilan kelganda qanday ma’nolarni bildiradi? A) xabar B) orzu – istak C) buyruq - istak D) taxmin – gumon 10 / 56 Shaxs otli birikmalar berilgan qatorni toping A) o’quvchi,talaba ,o’qituvchi B) muhandis Davlatov, kashtachi Hilola C) tarixchi ,adabiyotshunos ,olima D) mutaxassis ,shifokor,olma 11 / 56 Turdosh otdan vujudga kelgan atoqli otlar qatorini aniqlang A) rentgen , Bo’ston , Xosiyatxon ,amper B) Olmos ,Yashin , Sulton ,Jo’ra C) Shirin , O’tkir , Majnun , Muborak D) To’xta , Turdi , Tursun , Berdi 12 / 56 Biroz yoqimsizroq havo. Ushbu gapdagi sifatning darajasini va daraja hosil qiluvchi vositani aniqlang. A) orttirma, fonetik. B) ozaytirma, morfologik, leksik. C) orttirma, leksik. D) ozaytirma, leksik. 13 / 56 Nutqimizda faol ishlatiladigan nechta sodda (tub) son bor. A) 35. B) 10. . C) 26 D) 23. 14 / 56 Bunaqasini birinchi marta eshityapman. Ushbu gapda sonning ma'no jihatdan qaysi turi qo’llangan. A) miqdor. B) jamlovchi. C) chama . D) tartib. 15 / 56 0‘rin ravishi qoilangan gap qaysi qatorda keltirilgan? A) 0‘zingiz harakat qilmasangiz, sizga chetdan birov yordam bermaydi. B) Chet ellami ko‘rib kelgan odamsiz-u, fikrlashingiz juda jo‘n. C) Bizning litsey chet tillami o‘qitishga ixtisoslashgan boiib, yaqinda ta’mirdan chiqarildi. D) Ariq chetida o‘tirib, momaqaymoqlami tomosha qilardi. 16 / 56 “Manmanlik insonga yarashmaydi, birlik doimo kishini kamolot sari etaklaydi”,-deydi bobo sevinchdan ko’zlari chaqnab. Berilgan gapdagi mavhum otlar qaysi so’z turkumidan yasalgan? A) olmosh, ot, sifat. B) sifat, son, ot, fe’l C) ot, sifat D) olmosh, son, sifat, fe’l 17 / 56 Morfologik usul bilan orttirma darajadagi sifat hosil bo’lgan qatorni belgilang. A) eng kichik, zo’r-zo’r polvonlar B) zahar qalampir, olov bola C) toza ko’ylak, yumshoq non D) dum-dumaloq, yap-yangi 18 / 56 Sifat gapda asosan qaysi bo’lak vazifasida keladi? A) ega, to’ldiruvchi B) aniqlovchi, kesim C) ega, kesim D) aniqlovchi, hol 19 / 56 Berilgan sifatlardan qaysi biri asliy sifat hisoblanmaydi? A) aqlli B) derazali C) oriyatli D) odobli 20 / 56 Barvasta, yoshi ellikka borib qolgan bo‘lsa ham, qomati sambitdek tik. Ushbu gapda qo‘llangan miqdor sonning ma’no turini aniqlang. A) sanoq son B) chama son C) jamlovchi son D) dona son 21 / 56 Tilshunoslikning morfologiya bo’limida nima o‘rganilishini aniqlang. 1) so‘zning atash ma’nosi; 2) so‘zning grammatik ma’nosi; 3) so‘zning grammatik shakli; 4) so‘z turkumlari. A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 2,3,4 D) faqat 4 22 / 56 1.Lek erur bisyor dushman, bo’lsa u bir dona ham . 2.Buloq boshida bir kishi ko’rindi . 3.Fahm aylagan kishiga bu so’z bir kitobdir .Ushbu gaplardagi bir so’zining ma’nodoshlarini tartib bo’yicha belgilang . A) qaysidir, qandaydir, shunday B) yolg’iz, qaysi, qandaydir C) qandaydir, shunaqa, yakka D) yagona, kimdir, shunday 23 / 56 Ota-bobolarimiz hamisha astoydil olg’a intilganlar.Ushbu gapda qo’llangan ravishning ma’no turini aniqlang. A) payt va holat ravishlari B) o’rin va payt ravishlari C) holat, o’rin va payt ravishlari D) o’rin ravishi 24 / 56 Agar yaxshiliging seni xursand qilib, yomonliging xafa qilsa,demak,sen mo’min ekansan. Ushbu gapdagi mustaqil so’zlar sonini toping ? A) 8 ta B) 10 ta C) 9 ta D) 7 ta 25 / 56 Hozirgi vaqtda bir yilda dunyo bo‘yicha taxminan sakkiz yuz ming tonnadan bir million tonnagacha choy yetishtiriladi, shuning uchdan bir qismi Hindistonga to‘g‘ri keladi. Berilgan gapda son turkumiga mansub nechta birlik qo’lIangan? A) 6 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 3 ta 26 / 56 Qaysi qatordagi atamalar morfologiyaga tegishli? A) kirish so’z, bosh so’z, undalma B) lug’aviy ma’no, ma’nodosh, ko’p ma’nolilik C) nisbat, sanoq son , mavhum otlar D) taqlid so’z, juft suz, badiiy uslub 27 / 56 Harakat-holatning bajarilish tarzi, payti, o’rni, daraja-miqdori kabi belgilarini bildiruvchi so’zlar … A) son B) olmosh C) sifat D) ravish 28 / 56 Choyxonachi patnisda non bilan qand-qurs,kabobpaz kabob olib keldi.Ushbu gapdagi mustaqil so’zlar sonini aniqlang. A) 6 B) 8 C) 7 D) 9 29 / 56 O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi. Ushbu fikr “Davlat tili haqida” gi Qonunning nechanchi moddasi? A) 2-moddasi B) 14-moddasi C) 24-moddasi D) 4-moddasi 30 / 56 1.Salmon ota gapni uzoqdan boshladi. 2.Orqasiga qarasa, uzoqdan bir ho’kiz uni to’xtovsiz chaqirib kelyapti. Ushbu gaplardagi uzoqdan so’zini izohlang. A) har ikkalasida payt bildiruvchi ravish B) birinchisida o’rin, ikkinchisida holat bildiruvchi ravish C) har ikkalasida o’rin bildiruvchi ravish D) birinchisida holat, ikkinchisida o’rin bildiruvchi ravish 31 / 56 Ravish ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Shu gapni aytganim uchun o‘zimdan o‘zim uyalib ketaman. B) 0‘z-o‘zimga shunday va’da bergan edim. C) Hamma ayb o‘z-o‘zimda. D) Savol bersam, o‘zidan o‘zi yig'lab yuborsa bo‘ladimi! 32 / 56 -lar qo’shimchasi sonlarga qo’shilganda sonlarning qaysi turi hosil boladi. A) miqdor. B) dona son. C) chama. D) tartib. 33 / 56 1 Partalarni nari-beri surdik. 2.Akbar nari-beri dars qildi.Ushbu gaplardagi nari-beri so’zi haqidagi qaysi fikr to’g’ri? A) 1-gapda holat ravishi,2-gapda o’rin ravishi B) 1-gapda o’rin ravishi,2-gapda holat ravishi C) har ikkala gapda holat ravishi D) har ikkala gapda o’rin ravishi 34 / 56 1 Yaxshiyam universitet yaqinda 2 Yaqinda o’qishni tugatadi Ushbu gaplardagi yaqinda so’zi haqidagi qaysi fikr to’g’ri ? A) birinchi gapda payt ravishi ,ikkinchi gapda o’rin ravishi B) har ikkala gapda payt ravishi C) har ikkala gapda o’rin ravishi D) birinchi gapda o’rin ravishi ,ikkinchi gapda payt ravishi 35 / 56 Qaysi qatorda sifat otlashgan? A) Yaxshi topib gapirar, yomon qopib gapirar. B) Uni zehni juda o`tkir. C) Yaxshi niyat – yarim mol. D) U yaxshi o`qiydi. 36 / 56 Har bir so‘zni bilib ayt, Ko‘pga ma’qul qilib ayt. Ushbu maqolda qaysi turkumga mansub so‘zlar qo’llanganini aniqlang.l) ot; 2) sifat; 3) son; 4) ravish; 5) fe’l; 6) olmosh. A) 1,2,4,5,6 B) l,4,5,6 C) l,2,4,5 D) 1,2, 3,4,5,6 37 / 56 Qaysi qatorda butunning,, guruhning yoki to'daning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan so‘zlar keltirilgan? A) to‘g‘ram, poy, boiak, shingil, chaqmoq B) og‘iz, luqma, siqim, tilim, quchoq C) burda, para, karch, chimdim, dasta D) tomchi, qatra, nimta, qultum, hovuch 38 / 56 Hoshimjon maktabning nomiga e’tibor bermagan ekan. U nima qilishni bilmasdan ishlarni nomiga qilardi. Berilgan gaplardagi nomiga so’ziga qaysi javobda to’g’ri izoh berilgan? A) 1-gapda turlangan ot , 2-gapda turlangan ot B) 1-gapda turlangan ot , 2-gapda ravish C) 1-gapda turlangan ravish, 2-gapda yasama ravish D) 1-gapda ravish, 2-gapda turlangan ot 39 / 56 Shaxslarning noaniq soni qaysi gapda ifodalangan. A) Oltovlon pahlavonlar ovga otlanishdi. B) Sen shu to’rtovini ishga olib borasan. C) Xiyobonga minglarcha odam yig’ildi. D) Beshalasi ham o’qishga kiradigan bo’lishdi. 40 / 56 Belgini to’g’ridan-to’g’ri ifodalaydigan va uni darajalab ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lgan sifatlar ........ A) nisbiy sifatlar B) qiyosiy daraja sifatlari C) orttirma daraja sifatlari D) asliy sifatlar 41 / 56 Belgini to’g’ridan –to’g’ri emas,balki boshqa bir tushunchaga nisbatan holda ifodalaydigan va daraja ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lmagan sifatlar .... A) qiyosiy daraja B) ozaytirma daraja C) asosiy sifatlar D) nisbiy sifatlar 42 / 56 . Butunlay otga aylanib ketgan sifatlar qaysi qatorda joylashgan? A) murod,shirin B) novvot ,asal C) kelajak,go’zallik D) ayol,o’g’il 43 / 56 Leksik usul bilan orttirma darajadagi sifat hosil bo’lgan qatorni belgilang. A) zap g’alati ish, haddan ziyod chiroyli gul B) ko’m-ko’k osmon, pak-pakana odam C) tekkis, chuquur D) yap-yangi uy, zahar qalampir 44 / 56 Qaysi sonlar sehrli sonlar sifatida ham talqin qilinadi ? 1) uch 2) yetti 3) to’qqiz 4) qirq A) 1,2 B) 2,3,4 C) 1,2,3,4 D) 1,2,4 45 / 56 So’z turkumlari ma’no va vazifasiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi? A) Undov so’zlar va taqlid so’zlar B) Mustaqil so’zlar ; yordamchi so’zlar; alohida guruh so’zlar . C) Mustaqil so’zlar va yordamchi so’zlar D) Mustaqil so’zlar, yordamchi so’zlar, undov so’zlar va modal so’zlar 46 / 56 Otabek mehmonlarni tanchaga o‘tqazib, fotihadan so‘ng Hasanalidan so‘radi: - Ba’zi yumushlar buyursam. Ushbu parchada qaysi mustaqil so‘z turkumlari ishtirok etgan? A) ot, ravish fe’l B) ot, olmosh, fe’l C) ot, ravish, olmosh, fe’l D) ot, sifat, fe’l 47 / 56 Kunduzi o‘ralashib yurganlardan bu yerda qittay ham qolmagan. Ushbu gapdagi ravishlar sonini aniqlang. A) 2 B) 3 C) 1 D) 4 48 / 56 Harakat-holatning belgisini bildiruvchi so’zlar turkumi qanday nomlanadi? A) ravish B) fe’l C) son D) sifat 49 / 56 Qaysi qatorda nisbiy sifatlar berilgan? A) chillaki, serunum, chaqqon B) mevali, tonggi, oilaviy C) mazmundor, xayoliy, chiroyli D) xushbichim, yasama, aqlli 50 / 56 Marosim nomini bildiruvchi son qatnashgan gapni toping. A) Kampirning yettisi o’tgandan so’ng Olim dadamga uchrabdi. B) Ikkinchi may kuni mehmon chaqirgan edik. C) Dehqon o’n ikki oy mehnat qiladi. D) Bunaqasini birinchi bor eshityapman. 51 / 56 Fonetik usul bilan orttirma darajadagi sifat hosil bo’lgan qatorni belgilang A) ne-ne olimlar, quling o’rgilsin bog’ B) ko’o’k osmon, muzzdek suv C) xo’p bemaza, cheksiz quvonchli D) tap-tayyor bino, soppa-sog’ odam 52 / 56 Ravishning ma’no jihatdan uch turi ishtirok etgan gapni aniqlang A) Ho’kiz kechqurun qorni ochib ,charchab kelsa unga bir bog’ quruq poyani tashlab qo’yar ekan B) Bular piyoda asta-sekin O’rdaga bordilar C) Keyin sal hushimni yig’ib qarasam,oyoqlarim o’zidan –o’zi yurib ketyapti D) Qarasa ,uzoqdan bir ho’kiz uni to’xtovsiz chaqirib kelyapti 53 / 56 Ravish qatnashgan gapni aniqlang. A) Nur sochib oy chiqadi yerga boqqani. B) Allaqayerda bo’rilar uvillashi eshitiladi. C) Asta — sekin tong ota boshladi. D) Bu voqea hech qachon yodimdan ko’tarilmaydi. 54 / 56 Qaysi qatordagi gapda jamlovchi son qo’llangan ? A) Ular tonnalab bug’doy yetishtirib berishadi B) Ikkala qumg’on sharaqlab bir vaqtda qaynadi C) Qishlog’imizda o’nlab fermer xo’jaliklari mavjud D) Bu xola yillab kutdi 55 / 56 Qaysi qatorda sifatlarning morfologik xususiyatlari ko’rsatilgan? 1.belgining darajasini ko’rsatadi. 2.otlashib keladi 3.gapda aniqlovchi bo’lib keladi. A) 1,2 B) 1 C) 2,3 D) 1,2,3 56 / 56 0‘rin va payt ravishlari ishtirok etgan gap qaysi qatorda berilgan? A) Yolg‘on gapga ishonmang, erta-yu kech daladaman. B) Erta-indin rejani to‘ldirgani haqidagi xushxabarni topshirmoqchi C) Keyin u yoqqa o'tamiz, — deb o‘ng tarafdagi oynavand uyga ishora qildi. D) Jiydazordan hozirginakeldim. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz