Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №13 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №13 InfoMaster Mart 31, 2022 69 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 6-sinf Ona tili №13 SIFATLARNING QIYOSIY DARAJA SHAKLI SIFATLARNING OZAYTIRMA DARAJA SHAKLI SIFATLARNING MA’NO TURLARI XUSUSIYAT ,HAJM –O’LCHOV ,MAKON –ZAMON SIFATLARI RANG –TUS ,MAZA-TA’M VA HID SIFATLARI SIFATLARNING OTLASHUVI MUSTAHKAMLSH SON Mavzular yuzasidan testlar 1 / 52 Atama ishtirok etgan gapni toping A) Xullas, bor haqiqatni qayta kashf etdim B) Sifat va otdan yasalgan qo’shma otlarga misol keltiring C) Bo’zchi belbog’ga yolchimas D) Insonlar Alloh oldida bir biriga teng bo’lgandek ,bir birlari oldida ham teng bo’lishlari lozim 2 / 52 Kamtar bo’l, barchani etgil bahramand, Sening ham martabang bo‘lg‘usi baland. (A. Jomiy) Ushbu baytda nechta qo‘shimcha ishtirok etgan? A) 7ta B) 5 ta C) 4ta D) 6ta 3 / 52 O'timsiz fe'llarni aniqlang 1 almashmoq 2 jiringlamoq 3 jilmaymoq 4 o'ramoq 5 joylashmoq 6 kiymoq A) 1,6 B) 2,3,5 C) 1,4,6 D) 2,4 4 / 52 Qaysi gapda orttirma nisbat shaklidagi fe’l qo‘llanmagan? 1 Donishmandlar yalqovlik muhtojlik eshigi ekanligini uqtirganlar. 2 Alisher Navoiy ota va onani oy-u quyoshga o‘xshatgan. 3 Olimlar ortiqcha saodatga intilish saodatni qo’lga kiritishga to‘sqinlik qilishligini aytishgan. A) 2 B) 3 C) 1,2 D) 1,2,3 5 / 52 O’tgan zamon sifatdoshi berilgan so’zlar qatorini aniqlang . A) soqqan ,kechikkan ,qo’rqqan B) gapirmoq ,bormoq ,aytmoq C) qizil ,pushti ,oq D) bilimli ,siniq ,torgina 6 / 52 Bo’lishlilik shakli orqali bo’lishsizlik ifodalangan gapni toping A) Yordam bersangiz ,kolxozni ko’tarish uchun kuch –quvvatimni ayarmidim ?! B) Bu hol qishloqda sezilmay qolmaydi C) Tez orada uncha - muncha mexanikka gap bermay qo’yadi . D) Men xalqni aldamoqchi emasman ! 7 / 52 Sifatdan fe’l yasovchi qo’shimchani toping. A) -ar B) -sa C) -illa D) -ira 8 / 52 Boshqa bir harakat va holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi uchun shart bo’lgan harakat va holat, shuningdek, istak-xohishni bildiradigan fe’l shakli ... A) buyruq-istak mayli B) xabar mayli C) buyruq-istak va shart mayli D) shart mayli 9 / 52 Xabar mayli qanday shakllanadi? A) fe’l asosiga hech qanday qo’shimcha qo’shmagan holda B) fe’l asosiga ravishdosh va sifatdosh qo’shimchalarini qo’shish orqali C) fe’l asosiga zamon va shaxs - son qo’shimchalarini qo’shish orqali D) fe’l asosiga sifatdosh va harakat nomi qo’shimchalari qo’shish orqali 10 / 52 Qaysi gapda yasama shaxs otlarining miqdori ko’proq? A) Uloqchilargina emas, hatto otlar ham bu tortishuvning zavqini anglagandek, shavq bilan chopadi. B) Shayxontohurda baqqollar, sartaroshlar, zargarlar juda serob. C) Aravakash mo'mingina, muloyim, kamgap kishi. D) Baqqollar, nosvoychilar, samovarchilar issiqdan garang. 11 / 52 Otga bog’lanib uning belgisini bildiradigan so’z... A) ravishdosh B) ravish C) sifatdosh D) sifat 12 / 52 Sifatlar tuzilishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? A) sodda, qo’shma, juft va takror B) sodda, qo’shma, juft C) sodda, juft D) sodda va qo’shma 13 / 52 Sonning morfologik hususiyatlari qaysilar ? A) Sondan turli so’z turkumlari yasalishi mumkin. B) Sonlar gapda aniqlovchi va kesim vazifasida keladi. C) A, B D) Boshqa so’z turkumlaridan son yasalmaydi. 14 / 52 -imtir, -ish qo’shimchalari sifatning qaysi ma’no guruhlariga qo’shiladi? 1. xususiyat 2. rang-tus 3. maza-ta’m 4. hajm-o’lchov 5. hid 6. makon-zamon A) 2, 3, 6 B) 1, 2, 5 C) 1, 4, 5 D) faqat 2 15 / 52 Ozaytirma darajadagi sifat qatnashgan gapni toping A) Tilimiz dag'alroq ,ldkin juda boy ,rangli ,ohori to'kilmagan . B) Lola qizil ,oq ,sariq ranglarda tovlanib ochiladi C) Onamning ismi Enaxon ,nihoyatda ko'ngilchan ,zahmatkash ayol D) Shamning qizg'ish shu'lasi kulbaga fayz berib turar edi 16 / 52 Qaysi gapda son qatnashgan? A) Salomatlik- tuman boylik. B) Momom yettinchi lampani tokchaga qo'yib, оЧчп sola boshladi. C) Biz ro‘yxatni birma-bir ko‘zdan kechirdik D) Bir u gapiradi, bir bu. 17 / 52 Otlashgan sifat qaysi gapda berilgan? A) Kasal bolani darov shifokorga ko`rsatdim. B) Safimizda qoloqlar qolmadi. C) Dilshod tun-u kun tinmay ishladi. D) Chiroyli kiyingan bolalar sf tortishdi. 18 / 52 Berilgan gaplarning qaysi birida son ma'nosida qo’llangan so’z bor. A) Bir-bir gapirib chiqdi. B) B,C C) Mirhaydar Mamadaliga qo’sh ho’kizini berib qo’yibdi. D) Yolg’iz otning changi chiqmas. 19 / 52 Qaysi gapda hid bildiruvchi sifatlar mavjud? A) Biz achchiqqina sho’rvani ichib oldik. B) Andishali odam qo’rqoq bo’lmaydi. C) Bog’dagi gullarning muattar bo’yi atrofga taralmoqda. D) Ko’chadagi bolalar yugurib ketishdi. 20 / 52 Qaysi sonlar shaxslar nomini bildirib atoqli ot bo’lib kelishi mumkin. A) barcha sonlar atoqli ot bo’la oladi. B) yuzlik C) birlik D) o’nlik 21 / 52 Erkalash, suyish qo’shimchalari sifatlarga qo’shilgan gapni toping. A) Kechir, arslonim, hozir uyingga bormoqchi edim. B) Oyqizginam, sen bilan maslahatlashadigan ishlarim ko’payib ketdi. C) Kelinglar, qizaloqlarim, gullolalarim, o’tiringlar. D) Tentakkinangiz savlatlikkina yigit bo’lib qaytdi-da, sallotlikdan. 22 / 52 Predmet belgisining kamligini ko’rsatuvchi -mtir( -imtir) , -roq, -ish qo’shimchalari qaysi so'’zlar doirasida o’zaro sinonim sifatida qollanishi mumkin? A) oq, qora, sariq. B) yashil , sariq, qizil. C) oq, sariq, ko’k D) oq, qora,yashil 23 / 52 Qaysi atama songa xos emas ? A) qo’shma. B) tartib. C) yasama. D) juft. 24 / 52 Samoning bulutlar siyrak, zangorisimon sahnida ham to'lishrpagan qandaydir beshakl oyxira, rangsiz yiltiradi. Berilgan gapda rang –tus bildiruvchi nechta sifat ishtirok etgan ? A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 1 ta 25 / 52 Ki hisob ichra bor edi o’n lak, Har laki o’n tuman kelib beshak (Navoiy). Navoiyning misralarida qo’llangan bir lak nechaga teng. A) yuz B) million. C) ming D) yuz ming 26 / 52 Qaysi gapda hid bildiruvchi sifatlar qatnashgan? A) Bir g’uncha edingiz yel ham tegmagan,ifor taraladi sizdan muattar B) Hovli tor, devorlari baland, xuddi kattakon hovuzga o’xshaydi. C) Sap-sariq oltinday behilar sotuvga chiqarildi. D) Elmurod chaynaganini yutinib, nonga tikilib qoldi. 27 / 52 Qaysi qatorda ozaytirma sifatlari berilgan. A) oriqqina, yam-yashil, sarg’ish, jingalak. B) nim pushti, oqimtir, qizilroq, tim qora. C) ko’kish, qoramtir, och sariq, qattiqqina. D) sinovchan, olg’ir, pastgina, och yashil. 28 / 52 Otlashgan sifatlar qaysi gapda berilgan? A) Hunarli o’lmas, hunarsiz kun ko’rmas. B) Dono, aqlli odamlar hech qachon yo’ldan adashmaydi. C) Yaxshilik, ezgulik insonning eng oliy fazilatidir. D) Oramizda bilimdon o’quvchilar ko’p. 29 / 52 Boshqa turkumlardan sifatga ko’chgan so’zlar qatnashgan birikmalarni toping. A) ko’rpalik chit, yozgi bino B) tilla odam, kumush qish C) zangori osmon, beparvo odam D) bemor kishi, och odam 30 / 52 Bu qadar past ketasan deb о 'ylamagan edim. Gapda qo'llangan sifat turkumiga mansub so‘z haqidagi to‘g‘ri mulohazani belgilang. A) asliy, sodda tub sifat, ozaytirma darajada B) nisbiy, sodda tub sifat, ozaytirma darajada C) asliy, sodda tub sifat, oddiy darajada D) Bu gapda sifat ishtirok etmagan. 31 / 52 .Sifatlarning ma’no guruhlarini belgilang. 1.Xususiyat bildiruvchi sifatlar 2.Rang-tus bildiruvchi sifatlar 3.Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar 4.Hajm-o’lchov bildiruvchi sifatlar 5.Hid bildiruvchi sifatlar 6.Makon-zamon belgisini bildiruvchi sifatlar A) 1,2,3,4 B) yuqoridagilarning barchasi C) 1,2,4 D) 1,2,3,4,5 32 / 52 1. Lobarxon oyoqlarida zo‘rg‘a tursa ham, nur ko'rganidanmi yo dimog'ini qitiqlayotgan yoqimli hiddanmi, har qalay tinmay jilmayar edi. 2. U juda dono qiz, Navoiy, Mashrab, Hofizlami, mayin, yoqimli ovozi bilan, chiroyli ohang berib juda ravon o'qiydi. Berilgan gaplardagi yoqimli so‘zi sifatning qaysi turiga mansub? A) 1-gapda hajm-o‘lchov, 2-gapda xususiyat B) 1-gapda xususiyat, 2-gapda maza-ta’m C) 1-gapda hid, 2-gapda xususiyat D) 1-gapda hid, 2-gapda maza-ta’m 33 / 52 Qaysi gapda arab raqamlari ishlatilgan. A) O’zbekistonda 2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari “ yili deb e'lon qilindi. B) Mahmud Koshg’ariy XL asrda yashagan. C) Ikkinchi qavatga ko’tarilsangiz, biznikiga chiqqan bo’lasiz. D) Sen birovga birni bersang boshqa senga mingni beradi. 34 / 52 Maza-ta’m sifatlari berilgan qatorni aniqlang. A) badbo’y, sovuq B) nimtatir, chuchmal C) serob, kamchil D) bo’ydor, xushbo’y 35 / 52 Qiyosiy darajadagi sifat qatnashgan gapni toping A) Lola qizil ,oq 5sariq ranglarda tovlanib ochiladi B) Tilimiz dag'alroq ,lekin juda boy ,rangli ,ohori to'kilmagan . C) Shamning qizg'ish shu'lasi kulbaga fayz berib turar edi D) Onamning ismi Enaxon ,nihoyatda ko'ngilchan ,zahmatkash ayol 36 / 52 Qaysi gapdagi sifat otga ko’chgan ? A) Yaxshining so’zi qaymoq ,yomonning so’zi to’qmoq B) Terimchilar ashula boshladilar C) Hayyo yaramas ishlardan tiyadi D) Tez orada tuzalib ketasiz ,-dedi shifokor kasalga 37 / 52 Predmetning xususiyatnini bildiruvchi sifatlar qaysi javobda berilgan ? A) shirin ,achchiq , nordon B) novcha , og’ir , katta C) kamtar, xushfe’l , sho’x D) ko’k ,sariq , yashil 38 / 52 Jumladagi sifatning ma’no turini toping Uning ynoqlari uzunchaqroq edi A) shakl ko’rinish bildiruvchi B) rang-tus bildiruvchi C) hid bildiruvchi D) holat bildiruvchi 39 / 52 Oddiy va qiyosiy darajadigi sifat qaysi gapda qo’llangan. A) To’g’ri odam egri so’zdan or qilar. B) Sayohatchilar tog’ning eng baland cho’qqisiga chiqdilar. C) Anorning urug’i sersuv, nordon shirin. D) Ota, yurtimizning bu kuni baxtli, chiroyli, ertasi, indini yana baxtliroq, chiroyliroq bo’ladi. 40 / 52 Nutqimizda faol ishlatiladigan nechta sodda (tub) son bor. A) 23. B) 26 C) 10. . D) 35. 41 / 52 Qaysi gapda paytga munosabat bildiruvchi sifat mavjud? A) Sport musobaqalarida dastlabki natijalar chakki emas. B) Uydagi gap ko’chaga chiqmasin. C) Buvim va bobom pastki hovlida o’tirishadi. D) Shodmonqul ertalab guzarga chiqib ketdi. 42 / 52 Sifat so’z turkumlari berilgan qatorni toping. A) to’lqin,qoziq,maysa B) oltin,kumush,yoqut C) salqin,jimjit,durkun D) go’zallik,yaxshilik,xotirjamlik 43 / 52 Ozaytirma sifat shakli sifatning qaysi ma'no turidan yasaladi. A) xarakter-hususiyat bildiruvchi. B) rang tus bildiruvchi. C) ma'za-ta'm bildiruvchi. D) holatni bildiruvchi. 44 / 52 Qaysi qatorda sifat otlashmagan? A) Ko`r tutganini qo`ymas, kar eshitganini. B) Axir, musulmonman, aylanay dedi Hoji xola. C) Tong otishiga yaqin uch yarim sotixcha joyning past-balandini tekislab bo`lgandi. D) Senga o`xshash bilmasvoy bolalarga ketgan mehnatlarimga achinmayman. 45 / 52 Bu go’zal qiz ...oq-sariq tusda yaratilgan edi.Ra’noning sochi gungurt-qora ,ya’ni quyoshsiz joylarda qora ko’rinsa ham,quyoshda biroz sarg’ish bo’lib ko’rinar edi.Sochlari juda quyuq,sanoqsiz kokillar orqa-o’ngini tutib yotar. Ushbu matnda nechta sifat mavjud? A) 10ta B) 9ta C) 8ta D) 7ta 46 / 52 Otlashgan sifat qaysi gapda qo'llangan? 1. Sen meni yomon deding. 2 To'g'ri, haqiqategiladi, biroq sinmaydi, 3. Testlarning ko 'pida xato qildim. 4. Bu yerda о 'z ishining ustalari yig 'ilgan. A) 3,4 B) 2, 4 C) 1, 4 D) faqat 1 47 / 52 Qaysi gapda xususiyat bildiruvchi sifat qo’llangan? A) Chumchuqlar ham nima shirin, nima achchiqligini bilsa kerak. B) Hovli tor, devorlari baland edi. C) Mamat olachipor, yashil tepalikdan pastlikka tomon yayov ketmoqda D) Bultur bahorda eshigimiz oldidagi gullarni sug’orayotgan edim, yap-yangi “Moskvich” kelib to’xtadi. 48 / 52 Javoblarning qaysi birida otlashgan sifatlar qo`llanilgan? A) To`g`ri gap hammaga ham yoqavermaydi. B) Mardni maydonda sina . C) Qiziqarli kitob oldim. D) Mard odamni maydonda sina. 49 / 52 Qiyosiy darajadagi sifat berilgan gapni aniqlang. A) Sa'va chumchuqqa qaraganda kichikroq qush. B) Sa'vaning dumi qora. C) Ziyrak juda xursand edi D) Sa'va-kichik, chiroyli qush. 50 / 52 .Otlashgan sifat qatnashgan gapni aniqlang. A) Sayyohlar chaqqon-chaqqon harakatlar bilan qirga ko’tarila boshladilar. B) Barcha ezguliklar zamirida xosiyatli orzular yotadi. C) Baxilning qo’lida oy bo’lsa, olamni yoritmas. D) Salim aka elliklardan oshgan, tarvuzdek yum - yumaloq, hazilkash, shirinso’z odam. 51 / 52 Qaysi qatordagi gapda ozaytirma sifat mavjud? A) Ro’molchamning och rangi ham bilinmay ketdi. B) Musobaqaga mening shirinimgina qatnashmadi. C) Daraxtlarning bargi asta shivirlagandek bo’lardi. D) Tug’ilgan kunga nimpushti atirgullarni saralab oldik. 52 / 52 Bu bog’lar ichida qizg’ish, nafis, havorang marmardan qurilgan ko’rkam binolar, ko’shklar, kichik-kichik sayyoralar ko’zga tashlanadi Ushbu gapdagi sifatlar haqida bildirilgan qaysi hukm noto’g’ri? A) gapdagi uchta sifat rang-tus bildiradi. B) gapdagi sifatlarning tuzilishiga ko’ra uchta …….. ishtirok etgan C) gapda bitta qo’shma sifat,bitta takror sifat mavjud. D) gapda beshta sifat qatnashgan 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz