Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №18 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №18 InfoMaster Mart 31, 2022 321 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 4 0 6-sinf Ona tili №18 SIFAT BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH SON BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH RAVISH BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH YAKUNIY DARS Mavzular yuzasidan testlar 1 / 56 Yopiq bo'g'inlarni toping A) gul-chi,so-at,pesh-voz B) yu-bor,ham-dam,ol-ma C) qu-loq,so-ya,jang D) os-mon,mak-tab,tok-zor 2 / 56 "qoramtir" so'zida nechta so'z yasovchi qo'shimch bor? A) 2ta B) 1 ta C) 3ta D) Bu tub so'z 3 / 56 Fe’l asoslariga qo’shilib, gapda kesim vazifasida qo’llanishiga xoslovchi shakllar ... A) munosabat shakllari hisoblanadi . B) mayl qo’shimchallari hisoblanadi . C) shaxs-son qo’shimchalari hisoblanadi D) zamon qo’shimchalari hisoblanadi . 4 / 56 O’zlik nisbatdagi fe’l qaysi gapda qo’llangan ? A) Hovli orqali uyga kiriladi B) Odil ishdan bo’shatildi C) Mix qoqildi D) Ot qoqildi 5 / 56 Harakat nomi qanday sintaktik vazifa bajaradi? A) to'ldiruvchi B) Barcha gap bo'laklari vazifasida kela oladi. C) ega D) kesim 6 / 56 Uning ko’rmagan va eshitmagan hodisasi yo’q edi . Sifatdoshning bo’lishsiz shaklini ko’rsating A) ko’rmagan B) ko’rmagan, eshitmagan C) ko’rmagan, eshitmagan, yo’q edi D) ko’rmagan, eshitmagan, hodisasi yo’q edi 7 / 56 Jilmaymoq so’zi fe’lning qaysi ma’noviy guruhiga mansub? A) jismoniy faoliyat fe’li B) nutqiy faoliyat fe’li C) aqliy faoliyat fe’li D) holat fe’li 8 / 56 Shaxsi va mayli ko’chgan holda qo’llangan gap qaysi qatorda ko’rsatilgan ? A) Biz G’irvonga A.Qodiriy izidan keldik , U kishi bundan 40 yil ilgari ocherk yozish uchun shu yerga kelgan ekanlar B) Qani yozamiz ,bolalar . C) Olimjon akam keldilar . D) Kechirasiz,sizni birinchi ko’rishim ,kolzozga yaqinda keldingizmi ? 9 / 56 Buyruq istak maylidagi fe’llar qatorini toping A) isidi,ketadi,o’qiyapti B) ishlay ,boraylik,aytsin C) o’qisam,borsak, ko’rmasa D) bildirmoqchi ,chaqirmoqchiman ,ishlamoqchiman 10 / 56 Qaysi qatordagi sovzlar faqat mavhum otlardan iborat. A) omonlik, oqava, osmon. B) buloq, diyor, gulzor C) olomon. ohak, ozodlik. D) diyonat, sevgi, shodlik. 11 / 56 Atoqli ot asosida paydo bo’lgan turdosh otlar qatorini belgilang A) yetmish , bultur , turdi , ra’no B) asal ,rayhon , arslon ,muhabbat C) rentgen ,xosiyatxon ,michurinchilar D) anor , lola , shirin , to’qson 12 / 56 Biroz yoqimsizroq havo. Ushbu gapdagi sifatning darajasini va daraja hosil qiluvchi vositani aniqlang. A) orttirma, fonetik. B) ozaytirma, morfologik, leksik. C) orttirma, leksik. D) ozaytirma, leksik. 13 / 56 Maza-ta’m sifatlari berilgan qatorni aniqlang. A) serob, kamchil B) badbo’y, sovuq C) nimtatir, chuchmal D) bo’ydor, xushbo’y 14 / 56 Dona son ishtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Ikkovining orasida hech qanday sir yotmaydi . B) Menga ikki dona non bering. C) Besh -oltita tinish belgi kelib bugun o'tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig'in. D) Qulupnayning mevasi naviga qarab uch -saksontagacha ham bo'lishi mumkin 15 / 56 To’satdan , tubdan ravishlarini ma’noli qimlarga ajratib bering. A) to’sat+dan, tubdan B) Bu ravishlarda –dan kelishik qo’shimchasi asos qism bilan mustahkam birikib, ajralmas holga kelib qolgan . C) to’sat+dan, tub+dan D) to’s+at+dan, tub+dan 16 / 56 Mavhum otlarni toping. A) qo’rqinch, odamiylik, tarovat B) ishonch, dehqonchilik, haqiqat C) yupanch, ustachilik, qabohat D) suyanch, duradgorlik, samimiyat 17 / 56 Qaysi qatorda butunning,, guruhning yoki to'daning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan so‘zlar keltirilgan? A) burda, para, karch, chimdim, dasta B) to‘g‘ram, poy, boiak, shingil, chaqmoq C) og‘iz, luqma, siqim, tilim, quchoq D) tomchi, qatra, nimta, qultum, hovuch 18 / 56 Qaysi qatorda sifat otlashgan? A) Uni zehni juda o`tkir. B) Yaxshi niyat – yarim mol. C) U yaxshi o`qiydi. D) Yaxshi topib gapirar, yomon qopib gapirar. 19 / 56 . Butunlay otga aylanib ketgan sifatlar qaysi qatorda joylashgan? A) ayol,o’g’il B) kelajak,go’zallik C) novvot ,asal D) murod,shirin 20 / 56 Otabek mehmonlarni tanchaga o‘tqazib, fotihadan so‘ng Hasanalidan so‘radi: - Ba’zi yumushlar buyursam. Ushbu parchada qaysi mustaqil so‘z turkumlari ishtirok etgan? A) ot, ravish, olmosh, fe’l B) ot, sifat, fe’l C) ot, ravish fe’l D) ot, olmosh, fe’l 21 / 56 Choyxonachi patnisda non bilan qand-qurs,kabobpaz kabob olib keldi.Ushbu gapdagi mustaqil so’zlar sonini aniqlang. A) 7 B) 6 C) 8 D) 9 22 / 56 1 Yaxshiyam universitet yaqinda 2 Yaqinda o’qishni tugatadi Ushbu gaplardagi yaqinda so’zi haqidagi qaysi fikr to’g’ri ? A) birinchi gapda o’rin ravishi ,ikkinchi gapda payt ravishi B) har ikkala gapda o’rin ravishi C) har ikkala gapda payt ravishi D) birinchi gapda payt ravishi ,ikkinchi gapda o’rin ravishi 23 / 56 Belgini to’g’ridan –to’g’ri emas,balki boshqa bir tushunchaga nisbatan holda ifodalaydigan va daraja ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lmagan sifatlar .... A) asosiy sifatlar B) nisbiy sifatlar C) ozaytirma daraja D) qiyosiy daraja 24 / 56 Qaysi qatordagi atamalar morfologiyaga tegishli? A) lug’aviy ma’no, ma’nodosh, ko’p ma’nolilik B) taqlid so’z, juft suz, badiiy uslub C) nisbat, sanoq son , mavhum otlar D) kirish so’z, bosh so’z, undalma 25 / 56 Hoshimjon maktabning nomiga e’tibor bermagan ekan. U nima qilishni bilmasdan ishlarni nomiga qilardi. Berilgan gaplardagi nomiga so’ziga qaysi javobda to’g’ri izoh berilgan? A) 1-gapda turlangan ot , 2-gapda turlangan ot B) 1-gapda turlangan ravish, 2-gapda yasama ravish C) 1-gapda ravish, 2-gapda turlangan ot D) 1-gapda turlangan ot , 2-gapda ravish 26 / 56 Qaysi qatorda sifatlarning morfologik xususiyatlari ko’rsatilgan? 1.belgining darajasini ko’rsatadi. 2.otlashib keladi 3.gapda aniqlovchi bo’lib keladi. A) 1,2,3 B) 1,2 C) 2,3 D) 1 27 / 56 1.Salmon ota gapni uzoqdan boshladi. 2.Orqasiga qarasa, uzoqdan bir ho’kiz uni to’xtovsiz chaqirib kelyapti. Ushbu gaplardagi uzoqdan so’zini izohlang. A) har ikkalasida payt bildiruvchi ravish B) birinchisida holat, ikkinchisida o’rin bildiruvchi ravish C) birinchisida o’rin, ikkinchisida holat bildiruvchi ravish D) har ikkalasida o’rin bildiruvchi ravish 28 / 56 So’z turkumlari ma’no va vazifasiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi? A) Mustaqil so’zlar ; yordamchi so’zlar; alohida guruh so’zlar . B) Mustaqil so’zlar va yordamchi so’zlar C) Undov so’zlar va taqlid so’zlar D) Mustaqil so’zlar, yordamchi so’zlar, undov so’zlar va modal so’zlar 29 / 56 Berilgan sifatlardan qaysi biri asliy sifat hisoblanmaydi? A) aqlli B) derazali C) oriyatli D) odobli 30 / 56 Belgini to’g’ridan-to’g’ri ifodalaydigan va uni darajalab ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lgan sifatlar ........ A) nisbiy sifatlar B) qiyosiy daraja sifatlari C) asliy sifatlar D) orttirma daraja sifatlari 31 / 56 Qaysi qatordagi gapda jamlovchi son qo’llangan ? A) Ikkala qumg’on sharaqlab bir vaqtda qaynadi B) Ular tonnalab bug’doy yetishtirib berishadi C) Bu xola yillab kutdi D) Qishlog’imizda o’nlab fermer xo’jaliklari mavjud 32 / 56 Qaysi sonlar sehrli sonlar sifatida ham talqin qilinadi ? 1) uch 2) yetti 3) to’qqiz 4) qirq A) 1,2,4 B) 1,2,3,4 C) 2,3,4 D) 1,2 33 / 56 Qaysi qatorda nisbiy sifatlar berilgan? A) xushbichim, yasama, aqlli B) mazmundor, xayoliy, chiroyli C) mevali, tonggi, oilaviy D) chillaki, serunum, chaqqon 34 / 56 Harakat-holatning bajarilish tarzi, payti, o’rni, daraja-miqdori kabi belgilarini bildiruvchi so’zlar … A) son B) olmosh C) ravish D) sifat 35 / 56 Ota-bobolarimiz hamisha astoydil olg’a intilganlar.Ushbu gapda qo’llangan ravishning ma’no turini aniqlang. A) holat, o’rin va payt ravishlari B) o’rin va payt ravishlari C) payt va holat ravishlari D) o’rin ravishi 36 / 56 Kunduzi o‘ralashib yurganlardan bu yerda qittay ham qolmagan. Ushbu gapdagi ravishlar sonini aniqlang. A) 1 B) 3 C) 2 D) 4 37 / 56 Ravishning ma’no jihatdan uch turi ishtirok etgan gapni aniqlang A) Keyin sal hushimni yig’ib qarasam,oyoqlarim o’zidan –o’zi yurib ketyapti B) Bular piyoda asta-sekin O’rdaga bordilar C) Qarasa ,uzoqdan bir ho’kiz uni to’xtovsiz chaqirib kelyapti D) Ho’kiz kechqurun qorni ochib ,charchab kelsa unga bir bog’ quruq poyani tashlab qo’yar ekan 38 / 56 Ravish qatnashgan gapni aniqlang. A) Bu voqea hech qachon yodimdan ko’tarilmaydi. B) Allaqayerda bo’rilar uvillashi eshitiladi. C) Asta — sekin tong ota boshladi. D) Nur sochib oy chiqadi yerga boqqani. 39 / 56 Barvasta, yoshi ellikka borib qolgan bo‘lsa ham, qomati sambitdek tik. Ushbu gapda qo‘llangan miqdor sonning ma’no turini aniqlang. A) dona son B) chama son C) jamlovchi son D) sanoq son 40 / 56 0‘rin va payt ravishlari ishtirok etgan gap qaysi qatorda berilgan? A) Erta-indin rejani to‘ldirgani haqidagi xushxabarni topshirmoqchi B) Keyin u yoqqa o'tamiz, — deb o‘ng tarafdagi oynavand uyga ishora qildi. C) Yolg‘on gapga ishonmang, erta-yu kech daladaman. D) Jiydazordan hozirginakeldim. 41 / 56 Marosim nomini bildiruvchi son qatnashgan gapni toping. A) Bunaqasini birinchi bor eshityapman. B) Kampirning yettisi o’tgandan so’ng Olim dadamga uchrabdi. C) Ikkinchi may kuni mehmon chaqirgan edik. D) Dehqon o’n ikki oy mehnat qiladi. 42 / 56 Sonlarga xos atamalar qaysi javobda to’g’ri berilgan. A) tuslanish, zamon, nisbat, mayl. B) sanoq, chama, tartib, dona. C) egalik, kelishik, son, turlanish. D) son, atoqli, turdosh, daraja. 43 / 56 1.Lek erur bisyor dushman, bo’lsa u bir dona ham . 2.Buloq boshida bir kishi ko’rindi . 3.Fahm aylagan kishiga bu so’z bir kitobdir .Ushbu gaplardagi bir so’zining ma’nodoshlarini tartib bo’yicha belgilang . A) qaysidir, qandaydir, shunday B) qandaydir, shunaqa, yakka C) yagona, kimdir, shunday D) yolg’iz, qaysi, qandaydir 44 / 56 Tilshunoslikning morfologiya bo’limida nima o‘rganilishini aniqlang. 1) so‘zning atash ma’nosi; 2) so‘zning grammatik ma’nosi; 3) so‘zning grammatik shakli; 4) so‘z turkumlari. A) faqat 4 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3 D) 2,3,4 45 / 56 Ravish ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Hamma ayb o‘z-o‘zimda. B) Shu gapni aytganim uchun o‘zimdan o‘zim uyalib ketaman. C) 0‘z-o‘zimga shunday va’da bergan edim. D) Savol bersam, o‘zidan o‘zi yig'lab yuborsa bo‘ladimi! 46 / 56 O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi. Ushbu fikr “Davlat tili haqida” gi Qonunning nechanchi moddasi? A) 24-moddasi B) 4-moddasi C) 14-moddasi D) 2-moddasi 47 / 56 Sifat gapda asosan qaysi bo’lak vazifasida keladi? A) aniqlovchi, hol B) ega, to’ldiruvchi C) aniqlovchi, kesim D) ega, kesim 48 / 56 Harakat-holatning belgisini bildiruvchi so’zlar turkumi qanday nomlanadi? A) sifat B) son C) ravish D) fe’l 49 / 56 -lar qo’shimchasi sonlarga qo’shilganda sonlarning qaysi turi hosil boladi. A) miqdor. B) dona son. C) chama. D) tartib. 50 / 56 Har bir so‘zni bilib ayt, Ko‘pga ma’qul qilib ayt. Ushbu maqolda qaysi turkumga mansub so‘zlar qo’llanganini aniqlang.l) ot; 2) sifat; 3) son; 4) ravish; 5) fe’l; 6) olmosh. A) 1,2,4,5,6 B) 1,2, 3,4,5,6 C) l,2,4,5 D) l,4,5,6 51 / 56 Shaxslarning noaniq soni qaysi gapda ifodalangan. A) Oltovlon pahlavonlar ovga otlanishdi. B) Sen shu to’rtovini ishga olib borasan. C) Beshalasi ham o’qishga kiradigan bo’lishdi. D) Xiyobonga minglarcha odam yig’ildi. 52 / 56 Morfologik usul bilan orttirma darajadagi sifat hosil bo’lgan qatorni belgilang. A) zahar qalampir, olov bola B) eng kichik, zo’r-zo’r polvonlar C) dum-dumaloq, yap-yangi D) toza ko’ylak, yumshoq non 53 / 56 Fonetik usul bilan orttirma darajadagi sifat hosil bo’lgan qatorni belgilang A) ko’o’k osmon, muzzdek suv B) xo’p bemaza, cheksiz quvonchli C) tap-tayyor bino, soppa-sog’ odam D) ne-ne olimlar, quling o’rgilsin bog’ 54 / 56 Hozirgi vaqtda bir yilda dunyo bo‘yicha taxminan sakkiz yuz ming tonnadan bir million tonnagacha choy yetishtiriladi, shuning uchdan bir qismi Hindistonga to‘g‘ri keladi. Berilgan gapda son turkumiga mansub nechta birlik qo’lIangan? A) 5 ta B) 6 ta C) 4 ta D) 3 ta 55 / 56 Leksik usul bilan orttirma darajadagi sifat hosil bo’lgan qatorni belgilang. A) zap g’alati ish, haddan ziyod chiroyli gul B) tekkis, chuquur C) ko’m-ko’k osmon, pak-pakana odam D) yap-yangi uy, zahar qalampir 56 / 56 1 Partalarni nari-beri surdik. 2.Akbar nari-beri dars qildi.Ushbu gaplardagi nari-beri so’zi haqidagi qaysi fikr to’g’ri? A) har ikkala gapda holat ravishi B) 1-gapda holat ravishi,2-gapda o’rin ravishi C) 1-gapda o’rin ravishi,2-gapda holat ravishi D) har ikkala gapda o’rin ravishi 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz