Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №17 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №17 InfoMaster Mart 31, 2022 197 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 6-sinf Ona tili №17 MIQDOR –DARAJA RAVISHLARI MUSTAHKAMLASH FE’L BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH OT BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH Mavzular yuzasidan testlar 1 / 55 Qaysi qatordagi barcha so’zlarda urg’u ma’no farqlaydi? A) oshiq, doston, ildizlar B) qoshlar,boshlar, yoshlar C) olma, surma, childirma D) fizik, yo’llar, gullar 2 / 55 Qaysi qatorda o'zakdosh so'zlar berilgan ? A) kasbdosh ,sinfdosh ,maslakdosh B) namunali ,odobli ,zehnli C) guldon ,siyohdon ,qalamdon D) yurtdosh ,yurtim ,yurtga 3 / 55 O'timli fellarni aniqlang 1 almashmoq 2 jiringlamoq 3 jilmaymoq 4 o'ramoq 5 joylashmoq 6 kiymoq A) l,4,6 B) 2,4 C) 2,3,5 D) 1,6 4 / 55 .Majhul nisbatdagi fe’l ishtirok etgan gapni aniqlang . A) Rota yana bir qator bo’lib yo’lida davom etmoqda . B) Sarimsoqboy bolalarga rosa maqtandi C) Yangi do’ppi va liboslar kiyildi . D) U to’yga borish uchun kiyindi, yaxshilab tarandi . 5 / 55 Harakat nomi berilgan gapni toping A) qo’rqmoq ,o’qish ,yashash B) o’qimoq ,kulgan ,oqqach C) otgani ,sepganda ,mustahkamlash D) o’rganish ,topmoq,kelib 6 / 55 Qaysi qatorda payt ravishdoshi ishtirok etmagan ? A) Suv qaynayvermagach olovni pasaytirdi B) Toqqa yetgach ,qo'ylarni o'z holiga tashlab qo'ydi C) Aslida ,qosh qorayguncha yetib olish kerak D) Kechga yaqinlashgach ,havo aynib ,shamol turdi 7 / 55 Qo'shma fe'llarning xususiyatlari noto'g'ri ko'rsatilgan javobni toping. A) bitta so'roqqajavob bo'ladi B) asoslar orasiga boshqa qo 'shimchalarni qo 'shsa bo'ladi C) birdan ortiq asosdan tashkil topadi D) qismlari ajratibyoziladi 8 / 55 Kelasi zamon fe’lining gumon, taxmin ma’nolari qaysi gapda mavjud? A) Dalaga suv chiqarganman, ekinlar gurkirab, yashnab ketadi . B) Mening akam kollejda o’qiydi. C) Kunlarning sanog’ini bilmay qolasan . D) Ertaga mashina kelar, kelmasa yo’lga chiqmayman . 9 / 55 Qaysi qatorda shaxs – son shakllarining xususiyatlari noto’g’ri ko’rsatilgan? A) fe’l-kesimni ega bilan bog’lab keladi. B) harakat va holatni bildiruvchi shaxsni ko’rsatadi. C) fe’lni kesim sifatida shakllantiradi D) ismlarni kesimlik shakliga xoslaydi 10 / 55 Qaysi qatorda o’rin –joy nomlari qo’llangan ? A) bino ,tashkilot ,muassasa B) Namangan , Bodomzor C) yoshlar ,aholi,xalq D) tajriba ,musobaqa tanlov 11 / 55 Qaysi qatorda sifat yasovchi sinonim qo’shimchalar berilgan? A) -li, ser-, ba B) -ag’on,-qir, -simon C) be-, bo-, ba- D) -chan,-gir,-dor 12 / 55 Asliy sifatlar ta’rifi qaysi qatorda to’g’ri izohlanagan? A) Belgining haddan tashqari kamligini ko’rsatuvchi sifatlar B) Predmet belgisini to’g’ridan to’g’ri ko’rsatuvchi sifatlar C) Belgining me’yordan ortiqligini ko’rsatuvchi sifatlar D) Predmet belgisini boshqa oredmetlarga muosabati asosida ko’rsatuvchi sifatlar 13 / 55 Qaysi atama songa xos emas ? A) tartib. B) yasama. C) qo’shma. D) juft. 14 / 55 Bunaqasini birinchi marta eshityapman. Ushbu gapda sonning ma'no jihatdan qaysi turi qo’llangan. A) tartib. B) miqdor. C) jamlovchi. D) chama . 15 / 55 Har yerni qilma orzu ,har yerda bordir tosh-u tarozi Ushbu gapda qo’llangan ravishning turini aniqlang A) o’rin B) payt C) holat D) daraja miqdor 16 / 55 Daraja -miqdor ravishi qatnashgan gap berilgan qatorni toping A) Bo'ying sal cho'zilsin bironta duradgor usta topilsa shogirdlikka boramiz. B) O'rtancha botir qo'rqmadi.jim turdi C) Tahqariga chiqib G'ofurjon boydan ketishga izm so'radi D) Yarim kechadan keyin olmon otaning uyqusi butunlay qochdi 17 / 55 Qaysi qatorda qo'shma fe'l ishtirok etmagan ? A) Saidaxon maqolani o'qiy boshladi B) Pul ,mol -dunyoga ruju qo'ymang ,ilm va ma'rifatni egallashga harakat qiling C) Rahimjon savol berdi ,Durdona javob berdi D) Azob chekmaguneha ,mehnat qilmaguncha ,rohat ko'rmaysan 18 / 55 Qaysi qatorda holat ravishdoshli birikmalar berilgan ? A) musiqa -tingach. qorong'u tuhmmcha B) suvga tikilgancha o'ylanib qoldi, yig'lay-yig'lay uxlamoq C) ko rgani bormoq gaplashgani to'planganmiz. D) qaynayvermagach olovni kuchaytirdi, qo'rqib kirmadi 19 / 55 Belgining belgisini bildirgan ravish keltirilgan qatorni toping A) Oqshom paytida shamol birdan to’xtadi B) Uning so’zlari bolalarcha sodda ,samimiy ,lekin aniq va ravshan edi C) Mashina tezroq yura boshladi D) Uzoqdan nayning mayin ovozi eshitila boshladi 20 / 55 Dam o’tmay o’quvchilarni nom-banom chaqirishib, xonalarga taklif qilishadi. Ushbu gapdagi ravishga oid so’zni belgilang. A) dam o’tmay, nom-banom B) nom-banom C) xonalarga D) dam o’tmay 21 / 55 Daraja- miqdor ravishi qatnashgan gapni aniqlang A) Bu yoqda domla otalik qildi-yu ,uni aspiranturada olib qoldi B) Domla Sirojiddinning ilmiy ishiga chindan jon kuydirmasa ham ,o’ziga yordam berdi C) Mashinaning ustini yuvish mayli –yu ,ichini tozalash odamni toliqtirib yuboradi D) Odam o’ziga yaqin kishining qilcha o’zgarishini ham darrov sezadi 22 / 55 Otga bog’lanib kelgan ravish qaysi gap tarkibida qo’llangan ? A) Yigitning ko’ngli tinchidi va aybdorlarcha tabassum bilan qizga qaradi B) Men qo’lim bilan shiringina taom qilib beraman C) Toshpo’latning yordamchilari birin-sirin kelishdi D) U ovoz kelayotgan tomonga borarkan kuy to’satdan o’zgardi 23 / 55 Qaysi gapda –lar qo’shimchasi grammatik ma’no ifodalagan ? A) Sening xotirangni unutmas aslo ,mening yuraklarim O’rta Osiyo B) Oradan besh kunlar o’tdi C) Avazlarning bir cheti chorbog’ga tutashgan kattagina hovlisi bor D) Bu ishlarning boshida G’ulomjon ,Qudrat ,Olim buvalar turishdi 24 / 55 “Manmanlik insonga yarashmaydi, birlik doimo kishini kamolot sari etaklaydi”,-deydi bobo sevinchdan ko’zlari chaqnab. Berilgan gapdagi mavhum otlar qaysi so’z turkumidan yasalgan? A) olmosh, ot, sifat. B) olmosh, son, sifat, fe’l C) ot, sifat D) sifat, son, ot, fe’l 25 / 55 Ko’z va lab so'zlariga qo'shilgan -lar qo'shimchasi qanday ma'noni ifodalaydi? A) ko'plik B) kuchaytirish C) hurmat D) umumlashtirish 26 / 55 aqindan musiqa ovozi eshitildi Ushbu gapda qatnashgan ravishni aniqlang A) ovozi B) musiqa C) yaqindan D) eshitildi 27 / 55 Gul ochildi. 2. Yig’ilish ochildi. Ushbu gaplardagi fe’llarning nisbatini aniqlang. A) 1-gapda o’zlik nisbat, 2-gapda. majhul nisbat B) Har ikkala gapda, majhul nisbat C) 1-gapda majhul nisbat, 2-gapda o’zlik nisbat D) 1-gapda aniq nisbat, 2-gapda majhul nisbat 28 / 55 Qaysi gapda -lar qo‘shimchasining umumlashtirish ma’nosini anglatishiga misol keltirilgan? A) Barcha hayvonlar o‘z ov qilish usuliga ega. B) Nigora Saidlamlkiga kirganda uyning chiroqlari yoqilgan edi. C) Ko'zlarim hali harf tanimas edi, qalam ushlolmasdi hali qo'Ilarim. D) Ey farzandlar- g'unchalar! Sizga mehrim shunchalar. 29 / 55 Daraja- miqdor ravishi qatnashgan gapni aniqlang A) Kecha havo bulut bo’lib ,kun bo’yi yomg’ir yog’di B) Oldingdan oqqan suvning qadri yo’q C) Birniki mingga ,mingniki tumanga D) Sayohatchilar yana yuqoriga ko’tarilib qarag’ayzor va archazorga yetdilar 30 / 55 Miqdor-daraja ravishi qatnashgan gapni aniqlang . A) Orqasiga qarasa, uzoqdan bir ho’kiz uni to’xtovsiz chaqirib kelyapti. B) Chol va kampir behad sevinishibdi . C) Uzoqdan – kunbotish tomondan, g’ira-shira uchqun ko’rinib qoldi . D) Oldinda Shirinbuloq qishlog’i butun bo’y basti bilan yastanib yotardi . 31 / 55 Qaysi qatordagi gap tarkibida o’zlik nisbati shaklidagi fe’l mavjud ? A) Bolalar hikoyani zavqlanib tingladilar B) O’ksinib ,xo’rsinib yig’lar yuragim C) Yigit bo’lib o’tgan voqealarni o’kinib so’zlab berdi D) Biz ajdodlarimiz bilan faxrlanamiz 32 / 55 Agar ahil bo’lib yashasangiz , sizni hech qanday kuch yenga olmaydi Misolda berilgan shart maylidagi fe’l qaysi ma’noni ifodalash uchun qo’llangan ? A) faraz ,gumon B) shart C) iltimos ,maslahat D) sabab 33 / 55 Har lahza zamonlar umridek uzun. Asrlar taqdiri lahzalarda hal. Umrdan o‘tajak har lahza uchun Qudratli qo’l bilan qo‘yaylik haykal. Ravishlar miqdorini aniqlang. A) 2 ta B) Ravish qo‘llanmagan. C) 3 ta D) 1 ta 34 / 55 Faqat ravishlar berilgan qatorni aniqlang. A) uyalab , boshlab , matlab B) tiklab, pag’alab , mo’ylab C) o’nlab ,yuzlab ,minglab D) haftalab ,kilolab ,saharlab 35 / 55 Mana shunday sharoitda har jihatdan bilimdon va til biladigan kishini ko'rsangiz, og‘zingiz ochilib qolishi turgan gap edi.Berilgan gapda fe’lning qanday vazifa shakllari qo'llangan? A) 1 ta harakat nomi, 2 ta sifatdosh, 1 ta sof fe’l B) 1 ta harakat nomi, 1 ta sifatdosh, 1 ta ravishdosh C) 1 ta harakat nomi, 2 ta sifatdosh, 1 ta ravishdosh, 1 ta sof fe’l D) 1 ta harakat nomi, 1 ta sifatdosh, 1 ta ravishdosh, 1 ta sof fe’l 36 / 55 -lar qo’shimchasi taxmin ma'nosini anglatgan gapni aniqlang. A) Oyoqlarim zirqirab og’riyapti. B) Qishloqqaham o’n chaqirimlar bor. C) Oyimlar ancha kech qaytdilar. D) Karimlar uylariga endi ketishdi. 37 / 55 Daraja-miqdor ravishi ishtirok etgan gapni toping A) Kun kech bo'ldi .Ertaga erta bilan yo'lga chiqamiz B) Uzoqdan kelgan mehmonlar chaqiriiib katta ziyofat berilibdi? C) Oldinda Sirinbuloq qihlog'i butun bo'y basti bilan yastanib yotardi D) Ko'p yaxhi o'ylabsiz ammo saltanatingiz uzoqqa bormasa kerak 38 / 55 Qaysi bandda berilgan gapda miqdor-daraja ravishi ishtirok etmagan? A) Mehmondorchilik tugagach, u uzundan-uzun duo qilib o‘rnidan turibdi. B) Suyunib cho‘ntagiga solib, biroz yuribdi. C) Dehqon: «Hay, mayli, ustki qismi oz boisa ham bizga qola qolsin», — dedi. D) Ikkita tuxum topib olibdi. 39 / 55 1.Tong yaqinlashib qolyapti, bu yerdan tez ketishimiz kerak. 2.Choy ichib olgach, biroz yuribdi. 3.Chol-u kampir behad sevindilar. 4.Otamizning o'lganiga anchayil bo 'lib ketdi. Qaysi gaplarda miqdor-daraja ravishlari ishtirok etgan? A) 2, 3, 4 B) 1,2,3 C) 2, 3 D) 1,2, 3,4 40 / 55 Ravish qaysi qatordagi gapda harakat belgisini darajalab ko’rsatgan ? A) Majlis kech tugadi B) Majlisga ko’proq ota-ona kelsa ,yaxshi bo’ladi C) U ancha jo’yaklarni oralab chiqdi D) Bahodir darsdan ertaroq qaytdi 41 / 55 Qaysi qatorda ko’makchi fe’llar berilgan? A) o’qiy boshlamoq, o’qib chiqmoq B) tarbiya qilmoq, chirs etmoq C) borib kelmoq, oshib tushmoq D) sotib olmoq, bunyod qilmoq 42 / 55 Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari nima deb ataladi? A) fe’lning ma’noviy shakllari B) fe’l mayli shakllari C) fe’lning nisbat shakllari D) fe’lning harakat tarsi shakllari 43 / 55 Darja -miqdor ravishi qatnashgan gapni aniqlang A) Eshik sal ochildi B) Ulg’aygach kashfiyotlar qilamiz ,kurashamiz va g’alaba qozonamiz C) Fidokorona mehnat qilayotgan odam doim niyati tomon intiladi D) Maqsadimiz –tinch yashash ,o’qish va baxtli bo’lish 44 / 55 Qaysi gapda qiyosiy darajadagi ravish ishtirok etgan? A) U dalada ishlab, juda-juda charchadi . B) Majlisga Karimning otasi oldinroq keldi . C) Munira Akramning kelayotganini ko’rib, qadamini tezlatdi . D) Bu yil O’zbekiston mexanizatorlari juda ko’p paxta terdilar. 45 / 55 Sobiq dengizchi Rinaldo Seldstrem gazetalarda “dengiz kasalligi” dan qutulishning bezarar ,oson ,arzon ,yuz foiz kafolatlangan usulini bilishini yozgan va bor-yo’g’I uch kronaning bahridan kechishga rozi bo’lganlarning barchasiga yuborishni va’da qilgan Berilgan matnda fe’lning vazifa shakllari miqdorini toping A) 7 ta B) 9 ta C) 8 ta D) 6ta 46 / 55 –lar qo’shimchasi qaysi qatorda ma’noni kuchaytirish uchun xizmat qilgan A) Do’konlarda unlar va yog’lar sotilmoqda B) Sizga qarab ,zavqlarim toshib ketdi C) ….”o’rta “ baho oldilar ,shekilli D) O’rtangan shirinlarning fojialari ,yor vaslini biyobonlardan izlagan majnunlarning sarguzashtlari xayolimda 47 / 55 Ravish turkumiga oid so’z qatnashgan gapni toping A) Saida bo’lib o’tgan hangomalarni kula –kula gapirib berdi B) …teraklarning bo’ylari balandroq ,adlroq ko’rinadi C) Bu xatlarga samimiy ,insoniy ,tuyg’ular bitilgan edi D) Qudrat unga xatni o’qitdi ,so’ng tortinibgina so’radi 48 / 55 Sifadosh qatnashgan gapni toping A) Men o’ylaymanki,bugungi kun sizning hayotingizda o’chmas iz qoldiradi B) Oyqiz keksa bog’bonning yelkasidan ushlab ,mehribonlik bilan o’tkazdi C) Sabr qiling ,hurmatli kitobxon ,oldin qishloq bilan tanishaylik D) Rashanlik tilning asosiy fazilati hisoblanadi 49 / 55 Tushum kelishigidagi so’zlar bilan bog’lanmaydigan fe’llar ... A) bo’lishsiz fe’llar B) o’timli fe’llar C) bo’lishli fe’llar D) o’timsiz fellar 50 / 55 Miqdor-daraja ravishlari berilgan qatorni aniqlang . A) hamon, hanuz, hamisha B) ataylab, jo’rttaga, qasddan C) qatorasiga, yonlamasiga, tikkasiga D) ancha, ko’p, xiyol 51 / 55 Yig’lasa, yig’lablar ketmaydimi?! gapidagi -lar qo’shimchasining vazifasini aniqlang. A) ko’plikni anglatish. B) ma'noni kuchaytirish. C) hurmatni ifodalash. D) tahmin chamani bildirish. 52 / 55 Qaysi qatordagi gapda ravish qatnashgan ? A) Agar Oftobxon ko’rib qolmasa ,onangdan ajrala yozgan ekansan B) Surishtirib qarasa ,Jonfig’on faqat o’n yeti kun ishlabdi xolos C) Bozorda qari cholni o’g’ri deya tutdilar Ura-sura sho’rlikni podsho sari eltdilar D) Bitta emas qo’ling qizim ,ikkita-ku sanab boq,Sanab ko’rar yana jim 53 / 55 Musobaqa g’olibi minbararga ko’tariladi (qarsaklar) Mustaqil (O’zbekiston madhiyasi yangraydi. Ushbu gapdagi fe'l zarnonini aniqlang. A) kelasi zamon fe’li. B) hozirgi kelasi zamon fe'li. C) hozirgi zamon fe'li. D) o’tgan zamon fe'Ii. 54 / 55 Yuzma –yuz uchrashuvda bo’lib o’tgan voqealarni kotiba to’g’ridan –to’g’ri ,naridan beri ,so’zma –so’z yozib berdi Mazkur gapdagi ravishlarni ko’rsating A) naridan –beri B) to’g’ridan to’g’ri , so’zma –so’z C) yuzma –yuz D) A,B ,C 55 / 55 Orttirma nisbat shaklidagi fe’llarni hosil qiluvchi qo’shimchalarni belgilang A) –l ,il B) –n ,-in C) –sh ,-ish D) –dir,-giz,-t 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz