Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №17 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №17 InfoMaster Mart 31, 2022 191 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 6-sinf Ona tili №17 MIQDOR –DARAJA RAVISHLARI MUSTAHKAMLASH FE’L BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH OT BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH Mavzular yuzasidan testlar 1 / 55 Olimlar kompyuterni inson miyasidan andaza olib yaratgan . O’ylaydi Hisob –kitob qiladi .Muammolar yechadi .Xulosa chiqaradi .Eslab qoladi …Faqat kompyuterning insondan bitta ustunligi bor :keraksiz axborotni xohlagan paytda xotirasidan o’chirib tashlash mumkin ... Odam esa yomon xotiralarni miyasidan o’chirib tashlolmay aziyat chekadi …( O’ Hoshimov ) Yuqoridagi matn matnning qaysi turiga mansubligini aniqlang . A) rivoyat matn B) muhokama matn C) hikoya matn D) tasviriy matn 2 / 55 Asabiylashtirmoq so'zi tarkibidagi so'z yasovchi qo'shimchalar miqdorini toping, A) 4ta B) 1ta C) 2ta D) 3ta 3 / 55 O'timsiz fe'llarni aniqlang 1 almashmoq 2 jiringlamoq 3 jilmaymoq 4 o'ramoq 5 joylashmoq 6 kiymoq A) 1,4,6 B) 1,6 C) 2,3,5 D) 2,4 4 / 55 Aniq nisbatdagi fe’l qaysi qatordagi gapda qatnashgan ? A) Fanda inqilobni biz qildik avval B) Binoning keng va og’ir eshigi ochildi C) Elchinbek yuvindi ,qurindi ,so’ng bir nimani unutganday uzoq o’ylandi .. D) Abdulla ko’rpacha ustiga cho’zildi 5 / 55 Harakat nomlari gapda qanday bo’lak vazifasida keladi? A) bosh bo’lak vazifasida B) A, C C) faqat ega vazifasida D) ikkinchi darajali bo’lak vazifasida 6 / 55 Bo’lishsiz fe’llar qaysi vositalar yordamida hosil qilinadi ? A) edi ,emish ,emas,ekan B) –magan ,_maydigan ,ekan C) –ma ,-(i)sh ,-(i)b D) yo’q ,emas,-ma ,-mas 7 / 55 Qaysi qatordagi gapda qo’shma fe’l berilgan? A) Bugun havo juda isib ketdi. B) Hakim bobo har bir niholni parvarish qilardi. C) Mashinada u — bularni yuborasiz. D) Dadasining qo’lidan ushlab, dikir — dikir sakrab, o’ynoqlab ketaberdi. 8 / 55 di qo’shimchasi bilan yasalgan o’tgan zamon shakli qanday ma’no bildiradi? A) harakat va holatni ilgariroq bajarilganini B) harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtda yuz berishini ifodalaydi C) so’zlovchining bevosita o’zi ko’rgan harakat va holatni bildiradi D) ilgari ro’y bergan harakat va holatning so’zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi 9 / 55 Ichkari tarafdan keksa bir xodima — eshikochar xola ko'rinib, Gulshanga salom berdi va "Xush keldilar!" - dedi. Ushbu gapda ostiga ehizilgan birlikning shaxs-soni haqida ifodalangan to'g'ri hukmni aniqlang. A) III shaxs birlik shakli III shaxs ko'plik ma'nosida B) III shaxs ko'plik shakli III shaxs birlik ma'nosida C) III shaxs ko'plik shakli II shaxs birlik ma'nosida D) III shaxs ko'plik shakli II shaxs ko'plik ma'nosida 10 / 55 Faoliyat-jarayon oti berilmagan qatorni aniqlang. A) terim B) yozish C) tomosha D) kosibchilik 11 / 55 Qaysi qatorda sifat yasovchi sinonim qo’shimchalar berilgan? A) -ag’on,-qir, -simon B) be-, bo-, ba- C) -li, ser-, ba D) -chan,-gir,-dor 12 / 55 Shunda ulg‘aydi bo‘yi, Ko‘ring bo’ldi yigitcha. Vazmin, tiyrak, chaqnoq ko‘z, Sarg‘ish soch-u oppoq yuz.(Po‘lat Mo'min Berilgan she’riyjumladagi sifatlar qanday daraja shakir i- ekanini aniqlang. l)oddiy; 2)orttirma; 3)qiyosiy; 4) ozaytirma. A) 1, 3,4 B) 1,2,3,4 C) 1,2, 4 D) l, 2 13 / 55 Qaysi gapda xususiyat bildiruvchi sifat qo’llangan? A) Hovli tor, devorlari baland edi. B) Mamat olachipor, yashil tepalikdan pastlikka tomon yayov ketmoqda C) Bultur bahorda eshigimiz oldidagi gullarni sug’orayotgan edim, yap-yangi “Moskvich” kelib to’xtadi. D) Chumchuqlar ham nima shirin, nima achchiqligini bilsa kerak. 14 / 55 Qaysi sonlardan jamlovchi sonlar yasalganda tovush tushishi hosil bo’ladi. A) ikki, besh, olti, yetti. B) ikki ,olti, yetti. C) ikki, to’rt, yetti. D) ikki, uch, olti. 15 / 55 Kasr son qo’llangan qatorni ko’rsating. A) Ikki hovli qo’shib yuborilgan edi. B) ... to’rt —beshtacha chakana havaskorlargina kelibdi C) Novvoyxonadan ikkita issiq. non olib chiqay D) ... qizarib —bo’zarib, ketmondek oyning yarmi ko’rinadi. 16 / 55 Gul ochildi. 2. Yig’ilish ochildi. Ushbu gaplardagi fe’llarning nisbatini aniqlang. A) 1-gapda majhul nisbat, 2-gapda o’zlik nisbat B) Har ikkala gapda, majhul nisbat C) 1-gapda o’zlik nisbat, 2-gapda. majhul nisbat D) 1-gapda aniq nisbat, 2-gapda majhul nisbat 17 / 55 Daraja- miqdor ravishi qatnashgan gapni aniqlang A) Birniki mingga ,mingniki tumanga B) Kecha havo bulut bo’lib ,kun bo’yi yomg’ir yog’di C) Sayohatchilar yana yuqoriga ko’tarilib qarag’ayzor va archazorga yetdilar D) Oldingdan oqqan suvning qadri yo’q 18 / 55 –lar qo’shimchasi qaysi qatorda ma’noni kuchaytirish uchun xizmat qilgan A) Sizga qarab ,zavqlarim toshib ketdi B) ….”o’rta “ baho oldilar ,shekilli C) O’rtangan shirinlarning fojialari ,yor vaslini biyobonlardan izlagan majnunlarning sarguzashtlari xayolimda D) Do’konlarda unlar va yog’lar sotilmoqda 19 / 55 Dam o’tmay o’quvchilarni nom-banom chaqirishib, xonalarga taklif qilishadi. Ushbu gapdagi ravishga oid so’zni belgilang. A) dam o’tmay, nom-banom B) xonalarga C) nom-banom D) dam o’tmay 20 / 55 Qaysi qatorda qo'shma fe'l ishtirok etmagan ? A) Saidaxon maqolani o'qiy boshladi B) Rahimjon savol berdi ,Durdona javob berdi C) Pul ,mol -dunyoga ruju qo'ymang ,ilm va ma'rifatni egallashga harakat qiling D) Azob chekmaguneha ,mehnat qilmaguncha ,rohat ko'rmaysan 21 / 55 Qaysi gapda -lar qo‘shimchasining umumlashtirish ma’nosini anglatishiga misol keltirilgan? A) Barcha hayvonlar o‘z ov qilish usuliga ega. B) Ko'zlarim hali harf tanimas edi, qalam ushlolmasdi hali qo'Ilarim. C) Nigora Saidlamlkiga kirganda uyning chiroqlari yoqilgan edi. D) Ey farzandlar- g'unchalar! Sizga mehrim shunchalar. 22 / 55 Ravish qaysi qatordagi gapda harakat belgisini darajalab ko’rsatgan ? A) Bahodir darsdan ertaroq qaytdi B) Majlis kech tugadi C) Majlisga ko’proq ota-ona kelsa ,yaxshi bo’ladi D) U ancha jo’yaklarni oralab chiqdi 23 / 55 Tushum kelishigidagi so’zlar bilan bog’lanmaydigan fe’llar ... A) bo’lishli fe’llar B) o’timsiz fellar C) bo’lishsiz fe’llar D) o’timli fe’llar 24 / 55 Orttirma nisbat shaklidagi fe’llarni hosil qiluvchi qo’shimchalarni belgilang A) –n ,-in B) –sh ,-ish C) –l ,il D) –dir,-giz,-t 25 / 55 -lar qo’shimchasi taxmin ma'nosini anglatgan gapni aniqlang. A) Qishloqqaham o’n chaqirimlar bor. B) Oyimlar ancha kech qaytdilar. C) Oyoqlarim zirqirab og’riyapti. D) Karimlar uylariga endi ketishdi. 26 / 55 Otga bog’lanib kelgan ravish qaysi gap tarkibida qo’llangan ? A) Toshpo’latning yordamchilari birin-sirin kelishdi B) Men qo’lim bilan shiringina taom qilib beraman C) U ovoz kelayotgan tomonga borarkan kuy to’satdan o’zgardi D) Yigitning ko’ngli tinchidi va aybdorlarcha tabassum bilan qizga qaradi 27 / 55 Qaysi gapda qiyosiy darajadagi ravish ishtirok etgan? A) U dalada ishlab, juda-juda charchadi . B) Munira Akramning kelayotganini ko’rib, qadamini tezlatdi . C) Bu yil O’zbekiston mexanizatorlari juda ko’p paxta terdilar. D) Majlisga Karimning otasi oldinroq keldi . 28 / 55 Ko’z va lab so'zlariga qo'shilgan -lar qo'shimchasi qanday ma'noni ifodalaydi? A) umumlashtirish B) kuchaytirish C) ko'plik D) hurmat 29 / 55 Mana shunday sharoitda har jihatdan bilimdon va til biladigan kishini ko'rsangiz, og‘zingiz ochilib qolishi turgan gap edi.Berilgan gapda fe’lning qanday vazifa shakllari qo'llangan? A) 1 ta harakat nomi, 2 ta sifatdosh, 1 ta sof fe’l B) 1 ta harakat nomi, 2 ta sifatdosh, 1 ta ravishdosh, 1 ta sof fe’l C) 1 ta harakat nomi, 1 ta sifatdosh, 1 ta ravishdosh, 1 ta sof fe’l D) 1 ta harakat nomi, 1 ta sifatdosh, 1 ta ravishdosh 30 / 55 Daraja- miqdor ravishi qatnashgan gapni aniqlang A) Mashinaning ustini yuvish mayli –yu ,ichini tozalash odamni toliqtirib yuboradi B) Odam o’ziga yaqin kishining qilcha o’zgarishini ham darrov sezadi C) Bu yoqda domla otalik qildi-yu ,uni aspiranturada olib qoldi D) Domla Sirojiddinning ilmiy ishiga chindan jon kuydirmasa ham ,o’ziga yordam berdi 31 / 55 Qaysi gapda –lar qo’shimchasi grammatik ma’no ifodalagan ? A) Sening xotirangni unutmas aslo ,mening yuraklarim O’rta Osiyo B) Oradan besh kunlar o’tdi C) Avazlarning bir cheti chorbog’ga tutashgan kattagina hovlisi bor D) Bu ishlarning boshida G’ulomjon ,Qudrat ,Olim buvalar turishdi 32 / 55 Musobaqa g’olibi minbararga ko’tariladi (qarsaklar) Mustaqil (O’zbekiston madhiyasi yangraydi. Ushbu gapdagi fe'l zarnonini aniqlang. A) hozirgi zamon fe'li. B) o’tgan zamon fe'Ii. C) hozirgi kelasi zamon fe'li. D) kelasi zamon fe’li. 33 / 55 Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari nima deb ataladi? A) fe’lning harakat tarsi shakllari B) fe’lning ma’noviy shakllari C) fe’l mayli shakllari D) fe’lning nisbat shakllari 34 / 55 Agar ahil bo’lib yashasangiz , sizni hech qanday kuch yenga olmaydi Misolda berilgan shart maylidagi fe’l qaysi ma’noni ifodalash uchun qo’llangan ? A) faraz ,gumon B) sabab C) shart D) iltimos ,maslahat 35 / 55 aqindan musiqa ovozi eshitildi Ushbu gapda qatnashgan ravishni aniqlang A) yaqindan B) musiqa C) eshitildi D) ovozi 36 / 55 1.Tong yaqinlashib qolyapti, bu yerdan tez ketishimiz kerak. 2.Choy ichib olgach, biroz yuribdi. 3.Chol-u kampir behad sevindilar. 4.Otamizning o'lganiga anchayil bo 'lib ketdi. Qaysi gaplarda miqdor-daraja ravishlari ishtirok etgan? A) 2, 3 B) 1,2,3 C) 2, 3, 4 D) 1,2, 3,4 37 / 55 Darja -miqdor ravishi qatnashgan gapni aniqlang A) Eshik sal ochildi B) Ulg’aygach kashfiyotlar qilamiz ,kurashamiz va g’alaba qozonamiz C) Fidokorona mehnat qilayotgan odam doim niyati tomon intiladi D) Maqsadimiz –tinch yashash ,o’qish va baxtli bo’lish 38 / 55 Qaysi qatorda holat ravishdoshli birikmalar berilgan ? A) suvga tikilgancha o'ylanib qoldi, yig'lay-yig'lay uxlamoq B) musiqa -tingach. qorong'u tuhmmcha C) qaynayvermagach olovni kuchaytirdi, qo'rqib kirmadi D) ko rgani bormoq gaplashgani to'planganmiz. 39 / 55 Belgining belgisini bildirgan ravish keltirilgan qatorni toping A) Mashina tezroq yura boshladi B) Uning so’zlari bolalarcha sodda ,samimiy ,lekin aniq va ravshan edi C) Uzoqdan nayning mayin ovozi eshitila boshladi D) Oqshom paytida shamol birdan to’xtadi 40 / 55 Faqat ravishlar berilgan qatorni aniqlang. A) o’nlab ,yuzlab ,minglab B) uyalab , boshlab , matlab C) tiklab, pag’alab , mo’ylab D) haftalab ,kilolab ,saharlab 41 / 55 Qaysi qatorda ko’makchi fe’llar berilgan? A) sotib olmoq, bunyod qilmoq B) o’qiy boshlamoq, o’qib chiqmoq C) borib kelmoq, oshib tushmoq D) tarbiya qilmoq, chirs etmoq 42 / 55 Sobiq dengizchi Rinaldo Seldstrem gazetalarda “dengiz kasalligi” dan qutulishning bezarar ,oson ,arzon ,yuz foiz kafolatlangan usulini bilishini yozgan va bor-yo’g’I uch kronaning bahridan kechishga rozi bo’lganlarning barchasiga yuborishni va’da qilgan Berilgan matnda fe’lning vazifa shakllari miqdorini toping A) 7 ta B) 6ta C) 8 ta D) 9 ta 43 / 55 Birpasgina bo’lsa ham ko’rinish berib, notavon ko’nglimni tinchitib ketsang bo’lgani. Ushbu gapdagi ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasini toping. A) tinchitib ketsang B) ketsang bo’lgani C) ko’nglimni tinchitib D) tinchitib ketsang bo’lgani 44 / 55 Sifadosh qatnashgan gapni toping A) Oyqiz keksa bog’bonning yelkasidan ushlab ,mehribonlik bilan o’tkazdi B) Sabr qiling ,hurmatli kitobxon ,oldin qishloq bilan tanishaylik C) Rashanlik tilning asosiy fazilati hisoblanadi D) Men o’ylaymanki,bugungi kun sizning hayotingizda o’chmas iz qoldiradi 45 / 55 Qaysi qatordagi gap tarkibida o’zlik nisbati shaklidagi fe’l mavjud ? A) Yigit bo’lib o’tgan voqealarni o’kinib so’zlab berdi B) O’ksinib ,xo’rsinib yig’lar yuragim C) Biz ajdodlarimiz bilan faxrlanamiz D) Bolalar hikoyani zavqlanib tingladilar 46 / 55 Daraja-miqdor ravishi ishtirok etgan gapni toping A) Kun kech bo'ldi .Ertaga erta bilan yo'lga chiqamiz B) Oldinda Sirinbuloq qihlog'i butun bo'y basti bilan yastanib yotardi C) Ko'p yaxhi o'ylabsiz ammo saltanatingiz uzoqqa bormasa kerak D) Uzoqdan kelgan mehmonlar chaqiriiib katta ziyofat berilibdi? 47 / 55 Ravish turkumiga oid so’z qatnashgan gapni toping A) Saida bo’lib o’tgan hangomalarni kula –kula gapirib berdi B) Bu xatlarga samimiy ,insoniy ,tuyg’ular bitilgan edi C) Qudrat unga xatni o’qitdi ,so’ng tortinibgina so’radi D) …teraklarning bo’ylari balandroq ,adlroq ko’rinadi 48 / 55 Har lahza zamonlar umridek uzun. Asrlar taqdiri lahzalarda hal. Umrdan o‘tajak har lahza uchun Qudratli qo’l bilan qo‘yaylik haykal. Ravishlar miqdorini aniqlang. A) 1 ta B) 3 ta C) 2 ta D) Ravish qo‘llanmagan. 49 / 55 Daraja -miqdor ravishi qatnashgan gap berilgan qatorni toping A) O'rtancha botir qo'rqmadi.jim turdi B) Bo'ying sal cho'zilsin bironta duradgor usta topilsa shogirdlikka boramiz. C) Tahqariga chiqib G'ofurjon boydan ketishga izm so'radi D) Yarim kechadan keyin olmon otaning uyqusi butunlay qochdi 50 / 55 Miqdor-daraja ravishlari berilgan qatorni aniqlang . A) hamon, hanuz, hamisha B) ancha, ko’p, xiyol C) ataylab, jo’rttaga, qasddan D) qatorasiga, yonlamasiga, tikkasiga 51 / 55 Yig’lasa, yig’lablar ketmaydimi?! gapidagi -lar qo’shimchasining vazifasini aniqlang. A) ma'noni kuchaytirish. B) ko’plikni anglatish. C) tahmin chamani bildirish. D) hurmatni ifodalash. 52 / 55 Mavhum otlarni toping. A) yupanch, ustachilik, qabohat B) ishonch, dehqonchilik, haqiqat C) qo’rqinch, odamiylik, tarovat D) suyanch, duradgorlik, samimiyat 53 / 55 Qaysi qatordagi gapda ravish qatnashgan ? A) Agar Oftobxon ko’rib qolmasa ,onangdan ajrala yozgan ekansan B) Bitta emas qo’ling qizim ,ikkita-ku sanab boq,Sanab ko’rar yana jim C) Surishtirib qarasa ,Jonfig’on faqat o’n yeti kun ishlabdi xolos D) Bozorda qari cholni o’g’ri deya tutdilar Ura-sura sho’rlikni podsho sari eltdilar 54 / 55 Qaysi bandda berilgan gapda miqdor-daraja ravishi ishtirok etmagan? A) Dehqon: «Hay, mayli, ustki qismi oz boisa ham bizga qola qolsin», — dedi. B) Suyunib cho‘ntagiga solib, biroz yuribdi. C) Ikkita tuxum topib olibdi. D) Mehmondorchilik tugagach, u uzundan-uzun duo qilib o‘rnidan turibdi. 55 / 55 “Manmanlik insonga yarashmaydi, birlik doimo kishini kamolot sari etaklaydi”,-deydi bobo sevinchdan ko’zlari chaqnab. Berilgan gapdagi mavhum otlar qaysi so’z turkumidan yasalgan? A) olmosh, ot, sifat. B) ot, sifat C) sifat, son, ot, fe’l D) olmosh, son, sifat, fe’l 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz