Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №14 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №14 InfoMaster Mart 31, 2022 94 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №14 SONLARNING MA’NO GURUHLARI SANOQ SON DONA SON ,UNING YASALISHI CHAMA SON ,UNING YASALISHI JAMLOVCHI SON ,UNING YASALISHI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 53 “Ona “ so’zidagi harflar o’rniga alifbodagi tartib raqami berilgan javob variantini aniqlang . A) 14,21,1 B) 19,18,2 C) 14,13,1 D) 14,15,1 2 / 53 Qaysi so'z tarkibida ikkita so'z yasovchi qo'shimcha mavjud? A) chidamli B) qavariqroq C) suvoqchilik D) qochirim 3 / 53 Qaysi gapda holat fe’li ishtirok etgan? A) Keyin unga ot qilidan tor tortdi va tirnoq barmoqlari bilan asta chertib ko‘rdi. B) Ojizgina vizillagan toviish eshitildi. C) Mehnat baxt keltiradi. D) Bir bo‘lakyog‘och parchasini pichoq bilan yo‘ndi. 4 / 53 Qaysi qatordagi fe’llardan o’zlik nisbati shakli yasalmaydi ? A) ket,tur,yop,kiy,maqta B) chop,yugur,tikla,kiy C) kel,yot ,och ,so’ra ,tashla D) bor,uxla,qichqir ,yayra 5 / 53 Qaysi javobdagi fe’llarda ikkita nisbat qo’shimchasi qo’shilgan ? A) uqtirdi ,to’kishdi ,ilindi ,olingan B) kiyintiribdi ,yozdirildi ,ko’rsatilgan C) so’ratasan,borilgan ,terilibdi D) kesilguncha ,tarqalsa ,ilg’ab olmoq 6 / 53 Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang. A) Ko’rganni eshitgan yengadi. B) Men gulxan atrofida o’tirganlarni yilqi boquvchilar deb yanglishgan ekanman. C) Yaxshi ko’rgarimni bilasiz-da. D) Bemor otamni korgani kasalxonaga bordim. 7 / 53 Sifatdan fe’l yasovchi qo’shimchani toping. A) -ira B) -sa C) -ar D) -illa 8 / 53 Kelasi zamon fe’li qatnashgan gapni toping . A) Men Sharqdan kelayotirman . B) Qushlar sovuq tushishi bilan issiq o’lkalarga uchib ketadi . C) –Yaxshi tush ko’ribsan , -dedi oyisi . – Demak, uyga mehmon kelayotir . D) Kecha qarasam, tog’ang bilan ketayotgan ekansan . 9 / 53 Xabar maylidagi fellarni ko’rsating . A) Ketgan, uxlayapdi, bajarmoqda . B) Olunguncha ,chiqdi ,o’qisin C) Yozmoqchi, kelyapdi, olmoqda D) Topilgan ,kelsa ,olingach. 10 / 53 Qaysi qo'shimcha bilan yasalgan otlar odatda birgalik, yaqinlik ma'osini bildiradi? A) -xon B) -dor. C) -kash. D) -dosh. 11 / 53 Kichraytirish va erkalash otlari qaysi qatorda qo’llangan ? A) osmondagi ,qirdagi , qishloqdagi B) o’rdakcha , qizaloq , baliqcha C) ko’chagacha , oyog’igacha , markazgacha D) dadamlar ,tog’amlar , ammamlar 12 / 53 Sifatlar tuzilishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? A) sodda, qo’shma, juft va takror B) sodda va qo’shma C) sodda, juft D) sodda, qo’shma, juft 13 / 53 Berilgan gaplarning qaysi birida son ma'nosida qo’llangan so’z bor. A) Mirhaydar Mamadaliga qo’sh ho’kizini berib qo’yibdi. B) Yolg’iz otning changi chiqmas. C) Bir-bir gapirib chiqdi. D) B,C 14 / 53 Jamlovchi son qaysi qatorda. A) So’rining shundoq yoniga ikki dona olma tushibdi. B) Shunday qilib, to’rtala nomzod ham ro’yxatda qoldi. C) Saida uyiga kech soat o’n birlarda qaytdi. D) Patnisda to’rtta kulcha, ikki bosh oq uzum bor edi. 15 / 53 Chama son yasovchi qo’shimchalarni belgilang. A) -ta,-tadan B) -ovlashib,-ov,-ala C) -larcha,-cha,-nchi D) –tacha,-lab,-larcha 16 / 53 Dona son qatnashgan gaplarni aniqlang. 1.Bolalar davrani ikki aylandi, qo’l berib ko’rishishdi. 2.Kecha tog’ang berib ketgan zog’oradan i kkitasini olib qo’yganman , birgalashib choy ichamiz. 3.Ikki hafta davomida erta tongdan qorong’u tushguncha loy tashishdi. 4.Hovlimizdagi atirgullarning uch donasi ochildi . A) 1,2,3,4 B) 2,4 C) 2 D) 4 17 / 53 Dona son hosil qiluvchi –ta qo’shimchasi o’rniga qaysi so’zlarni keltirish mumkin? A) nafar B) yuqoridagilarning barchasi C) tup D) bosh 18 / 53 7 -ov qo’shimchasi yordamida hosil qilingan jamlovchi sonlar qaysi egalik qo’shimchalari bilan doim birga qo’llanadi ? A) faqat 3 shaxs birlik va ko’plik qo’shimchalari bilan B) 2va 3 shaxs birlik va ko’plik qo’shimchalari bilan C) barcha egalik qo’shimchalari bilan D) 2 va 3 shaxs birlik va ko’plik qo’shimchalari bilan 19 / 53 Sanoq sonlar juft holda qo’llanganda qanday ma’noni bildiradi ? A) grammatik jamlikni B) tartib va miqdorni C) taxmin ,chama ma’nosini D) ko’plik ma’nosini 20 / 53 Sonning ma’no turlarini hosil qiluvchi qo‘shimchalar qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra qaysi turiga mansub boiadi? A) lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar B) old qo‘shimchalar C) so‘z yasovchi qo‘shimchalar D) sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar 21 / 53 Sanoq son ishtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Biz Turkiston tizma tog'ining etagida shahardan ikki-uch chaqirim naridagi qihloqda turar edik B) Bu sopol ko’za-chi so’zimga ishon , Sodiq xizmat qildi ming yil odamga . C) Shaharda bitta doktorxona bor D) Laylak har yili uchtadan bola ochar ekan 22 / 53 Qaysi qator faqat dona sonlardan iborat. A) ikki-uch, uchtacha, uchta. B) o’nta , ikkita , uchta C) besh, beshinchi, bitta. D) beshov, olti, oltitacha. 23 / 53 Sonlar avvalo ikki guruhga ajratiladi: …. A) Hamma javoblar to'g'ri B) chama son,taqsaim son C) jamlovchi son ,dona son D) miqdor son ,tartib son 24 / 53 Teshaboy ham ikki-uch og’iz gap qildi. Ushbu gapda sonning ma'no jihatdan qaysi turi qo’llangan. A) miqdor. B) chama. C) tartib. D) jamlovchi. 25 / 53 Qaysi gapdagi sonni chama songa aylantirishda ko'plik shaklidan foydalaniladi? A) Yo'q, uning oldida bundan besh-olti yil ilgarigi yarimta tana emas, katta qalb, katta hayot egasi go'zal hayot qo'shig'ini kuylardi. B) Bekatda o'n odam avtobus kutib turishardi. C) Mashrab bilan Akmal esa o'n besh-yigirma bolaga javobgar. D) Barvasta, yoshi ellikka borib qolgan bo'lsa ham, qomati sambitdek tik. 26 / 53 Faqat jamlovchi son yasovchi qo’shimchalar qaysi qatorda berilgan. A) -(i)nchi, -larcha. B) -ov, -ala. C) -ovlon, -lar. D) -lab, -lar. 27 / 53 Ruxsat bersangiz, oilamiz haqida ham... og‘iz so'zlabo‘tsam. Nuqtalar o‘rniga qanday son mos kelishi mumkin? A) jamlovchi son B) taqsim son C) chama son D) dona son 28 / 53 Dona son ishtirok etgan gap qaysi qatorda qo’llangan? A) Bu sinfda yigirma beshta o’quvchi ta’lim oladi B) Paxtakorlarning uchdan biri jamoa xo’jaligiga o’tkazildi C) Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi D) Shahrimizda o’nlab teatrlar bor 29 / 53 Qaysi qatordagi gapda chama son qo’llangan ? A) Qishlog’imizda o’nlab fermer xo’jaliklari mavjud B) kkala qumg’on sharaqlab bir vaqtda qaynadi C) Bu xola yillab kutdi D) Ular tonnalab bug’doy yetishtirib berishadi 30 / 53 Chama son qo’llangan gapni ko’rsating A) Oradan ming –ming yillar o’tsa hamki ,buyuklar yashayveradi B) A,B C) Uch –to’rt kishi bir bo’lsangiz ,bitta shaftoliga kuchingiz yetmaydi D) Oltovlon bir bo’lib ,sherga hamla qilishibdi 31 / 53 Qaysi so’zdagi -ovlon qo’shimchasini -ala qo’shimchasi bilan almashtirish mumkin ? A) Har uchala gapdagi-ovlon qo’shimchasini -ala qo’shimchasi bilan almashtirish mumkin. B) Ikkovlon yaxshi dam oldik C) Uchovlon botirlar g’ordan eshitilayotgan gaplarga diqqat bilan quloq tutishdi. D) Oltovlon ola bo’lsa, og’izdagini oldirar 32 / 53 Jamlovchi son ishtirok etgan gap beritgan qatorni aniqlang A) Besh -oltita tinish belgi kelib bugun o'tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig'in B) Biz Turkiston tizma tog'ining etagida shahardan ikki-uch chaqirim naridagi qishloqda turar edik C) Durroj ham Sherning so'zini ma'qul ko'rdi va shu o'rmonda ikkovi do'stona yashay boshladi. D) Shaharda bitta doktorxona bor 33 / 53 Qaysi sonlardan jamlovchi sonlar yasalganda tovush tushishi hosil bo’ladi. A) ikki, to’rt, yetti. B) ikki ,olti, yetti. C) ikki, uch, olti. D) ikki, besh, olti, yetti. 34 / 53 Donalab sanaladigan narsalarning turini ta’kidlash uchun qo’llanuvchi nafar suzi asosan qanday holatda ishlatiladi? A) har qanday donalab sanaladigan narsalarning miqdorini ko’rsatishda B) nima? so’rog’iga javob bo’luvchi barcha otlardan oldin kelib, uning miqdorini ko’rsatadi C) jonli narsalarni donalab sanashda D) shaxslarga nisbatan miqdorni ko’rsatishda 35 / 53 Chama son ishtirok etgan gapni toping. A) O’zbekistonda har yili yuzlab turli soha mutaxasislari yetishib chiqmoqda. B) Navoiy XV asrda yashagan. C) Quyosh atrofida to’qqizta sayyora aylanadi. D) Bizning snfda 21 o’quvchi o’qiydi. 36 / 53 Sonlardagi -ta qo'shimchasi o'rnida qo'llanadigan so'zlarni ko'rsating. A) barchasi to 'g 'ri. B) tup, litr C) litr. gramm D) bosh, nafar 37 / 53 Chama sonlar berilgan qatorni toping. A) birinchi, yigirmanchi B) uchchov, beshovlon. C) beshtadan, o’nta-o’ntadan. D) yuztacha, minglab. 38 / 53 Chama sonlar qanday hosil qilinadi? A) sonlarga qo’shilgan ko’plik qo’shimchasi yordamida B) A, B, С C) sanoq songa –tacha,-lab qo’shimchalarini qo’shish bilan D) ikki sanoq sonni juftlab keltirish orqali 39 / 53 Sanoq son ishtirok etgan gapni toping. A) Toshkentdan qirqinchi fonarlarni olib kelganman . B) Rosa o’n olti yil ”Toshkent oqshomi” gazetasida bo’lim mudiri bo’lib ishladim. C) U to’rni olib,baliq oviga yakka jo’nadi . D) Hindistonda haftalab yomg’ir yog’adi . 40 / 53 Jamlovchi son ishtirok etmagan javobni tanlang. A) Shu oltovimiz bir tan, bir jon bo’lib kurashaylik. B) To’rtovlari qotib-qotib kuldi. C) Maktabda o’n chog’li bola yig’ilgan. D) Qizlarning uchoviga ham mukofot berildi. 41 / 53 Bunaqasini birinchi marta eshityapman. Ushbu gapda sonning ma'no jihatdan qaysi turi qo’llangan. A) tartib. B) chama . C) miqdor. D) jamlovchi. 42 / 53 Sanoq sonlar qatnashgan qatorni toping. A) Rejaning uchdan ikki qismi bajarildi . B) Bayroq dastasida, stanokda, g’ishtda ming-minglab qo’llar taftini sezaman . C) Bolalar davrani ikki aylandi, qo’l berib ko’rishishdi . D) Eshakning ustiga ikkitadan bo’lib mindik . 43 / 53 Men ikkoviga bittadan ezilgan shaftoli beraman. Ushbu gapdagi sonning turi ...... A) taqsim son B) chama son C) dona son D) sanoq son 44 / 53 Qaysi gapda chama son qatnashgan? A) Anjumanda viloyatlardan o’ntacha vakil ishtirok etdi . B) Botirlar birov eshitmasin deb, sekin –sekin qadam bosishdi C) Nafis chayqaladi bir tup na’matak, Yuksakda shamolning belanchagida. D) To’tiniso hovlini sotib, ikki yetimni o’z qishlog’i Rafqonga olib ketdi. 45 / 53 Chama son berilgan qatorni toping. A) Ming qatla shukrki katta bo’lib qoldim. B) Shahrimizda o’nlab teatrlar, yuzlab kinoteatrlar bor. C) Siz bilan yana ko’p marta uchrashamiz. D) Botirlar birov eshitmasin deb, sekin –sekin qadam bosishdi 46 / 53 Chama son ihtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Shaharda bitta doktorxona bor B) Yetti o'lchab bir kes C) Besh -oltita tinish belgi kelib bugun o'tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig'in D) Qulupnayning mevasi naviga qarab uch -saksontagacha ham bo'lishi mumkin 47 / 53 U yoshi yetmishlarga borib qolgan dilkash chol edi. Ushbu gapda sonning ma'no jihatdan qaysi turi qo’llangan. A) jamlovchi. B) chama. C) tartib. D) miqdor. 48 / 53 Qaysi gapda chama son qo’llangan? A) Uzoqdan besh-oltita otliq ko’rindi B) Biz bozordan kilolab baliq sotib oldik . C) Grammlab yig’ilgan oltin obro’yim D) U akasiga beyuzlarcha o’shqirib berdi . 49 / 53 Qaysi gapda sanoq son berilgan? A) Shoikrom o’n kuncha ilgari ishga ketayotib birrov kirib ukasidan hol so’ragan edi. B) Saida oltinchi qatorga borib o’tirdi. C) Yuzlab yigit va qizlar oliy o’quv yurtlarini bitirishdi. D) Axir, o’n ikki yashar ukasini ko’rmaysizmi, shu yoshidan uloq chopmoqchi. 50 / 53 O’zbekistonda yovvoyi mevali daraxtlarning 50 dan ortiq turi, 1000 ga yaqin navi bor. Ushbu gapda qo’llangan sonning ma'no turi qaysi javobda to’g’ri berilgan. A) chama. B) jamlovchi. C) sanoq. D) kasr. 51 / 53 –ov qo’shimchasi yordamida hosil qilingan jamlovchi sonlar qaysi egalik qo’shimchasi bilan birga qo’llanmaydi ? A) 1 shaxs birlik B) 2 shaxs ko’plik C) 2,3 shaxs birlik D) 1 shaxs ko’plik 52 / 53 Qaysi qatordagi gapda jamlovchi son qo’llangan ? A) Bu xola yillab kutdi B) Qishlog’imizda o’nlab fermer xo’jaliklari mavjud C) Ikkala qumg’on sharaqlab bir vaqtda qaynadi D) Ular tonnalab bug’doy yetishtirib berishadi 53 / 53 Chama sonlar berilgan gap qaysi javobda ? A) Birga –birga sayr etaylik B) XI asrda yashab o’tgan buyuk tilshunos olim Abulqosim Zamahshariy arab tiliga oid ellikdan ortiq asar yozdi C) Ikkovining maqsadi bitta edi D) Yig’ilishga yuz nafar odam to’plandi 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz