Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №14 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №14 InfoMaster Mart 31, 2022 50 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 6-sinf Ona tili №14 SONLARNING MA’NO GURUHLARI SANOQ SON DONA SON ,UNING YASALISHI CHAMA SON ,UNING YASALISHI JAMLOVCHI SON ,UNING YASALISHI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 53 Muayyan predmet yoki voqea-hodisalar haqida xabar beriladigan matn …hisoblanadi ? A) tasviriy matn B) rivoyat matn C) muhokama matn D) hikoya matn 2 / 53 Quyidagi so'zlarning qaysisi uchta ma'noli qismlarga bo'linmaydi? A) sevinch B) o'tinch C) sog’inch D) yupanch 3 / 53 Osmon mo’tabar otaxonlarimiz va onaxonlarimizning duolari singari oppoq va dilga yaqin. Ushbu gapda nechta lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar ishtirok etgan? A) 2 B) 5 C) 3 D) 4 4 / 53 Unli tovush bilan tugagan fe’llardan qaysi qo’shimchalar orqali orttirma nisbat hosil qilish mumkin ? A) –tir,-dir,-giz ,-qiz ,-t B) –t C) -t,-g’iz D) –t,-dir 5 / 53 Yuvintirishdi fe’li qaysi nisbatdaligini aniqlang A) o’zlik B) birgalik C) orttirma D) majhul 6 / 53 Ravishdosh haqida aytilgan qaysi fikr to’g’ri? 1.Ravishdosh fe’lning ravishga xoslangan shaklidir .2.Ravishdosh harakatning belgisini bildiradi . 3.Ravishdosh gapda hol bo’lib keladi . 4.jarangli undosh bilan tugagan fe’l asoslariga –gach, -guncha, -gani qo’shimchalari qo’shilib, -kach, -kuncha, -kani tarzida yoziladi . A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2 C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 3 7 / 53 Harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma'nosini bildiradigan ko'makchi fe'l berilgan javobni toping. A) tashlamoq B) qo'ymoq C) yurmoq D) olmoq 8 / 53 Qaysi qatorda qo’shma fe’l hozirgi zamonda? A) Shamol kuchayib ,daraxtlarning shoxlarini egib borayotir B) Majnuntol suvga egilib salom berayotir C) Yomg’ir tobora kuchayib borayotir D) Barglar sarg’ayib to’kilmoqda 9 / 53 Bir turdagi narsa, voqea-hodisa harakat-holat, o’rin-joylarning birini yoki umumiy nomini bildirishiga ko’ra otlar qanday tasniflanadi? A) Turdosh otlar, atoqli otlar B) Kishi otlari, narsa otlari C) Qavm-qarindoshlik otlari kasb-ko’riga ko’ra shaxs otlari D) Mavhum otlar, aniq otlar 10 / 53 Qaysi javobda sodda yasama faoliyat-jarayon otlari to‘g‘ri ko'rsatilgan? 1) chopiq; 2) terim; 3) ko'rik; 4) g'allachilik; 5) loygarchilik; 6) sayr 7) qassobiik. A) 1,2, 3, 4, 5, 6, 7 B) 1,2, 3, 4, 5, 7 C) 4, 5, 6, 7 D) 1,2, 3, 6 11 / 53 Qaysi sifat yasovchi o'xshashlik ma'nosidagi sifat yasaydi ? A) li B) -simon C) -gi ,-ki D) -(v ) iy 12 / 53 Qaysi gapdagi sifat darajasi leksik usulda hosil qilingan? A) U otasi Muzaffar Farmonovning batamom aksi: dadasi yum- yumaloq, baqaloq boisa, bu xushqad, xushsurat. B) Hulkaming och jigarrang yonoqlarida ajib bir qizillik o‘ynaydi. C) Ona Yeming xushbo‘y tafti mast qiladi kishini. D) Ko‘z oldimdan ichakuzdi qiliqlar qilayotgan qiziqchilar ketmasdi. 13 / 53 Otlashgan sifat qaysi gapda berilgan? A) Dilshod tun-u kun tinmay ishladi. B) Kasal bolani darov shifokorga ko`rsatdim. C) Chiroyli kiyingan bolalar sf tortishdi. D) Safimizda qoloqlar qolmadi. 14 / 53 Qaysi gapda sanoq son berilgan? A) Yuzlab yigit va qizlar oliy o’quv yurtlarini bitirishdi. B) Axir, o’n ikki yashar ukasini ko’rmaysizmi, shu yoshidan uloq chopmoqchi. C) Saida oltinchi qatorga borib o’tirdi. D) Shoikrom o’n kuncha ilgari ishga ketayotib birrov kirib ukasidan hol so’ragan edi. 15 / 53 Sanoq son ishtirok etgan gapni toping. A) Toshkentdan qirqinchi fonarlarni olib kelganman . B) Hindistonda haftalab yomg’ir yog’adi . C) U to’rni olib,baliq oviga yakka jo’nadi . D) Rosa o’n olti yil ”Toshkent oqshomi” gazetasida bo’lim mudiri bo’lib ishladim. 16 / 53 Bunaqasini birinchi marta eshityapman. Ushbu gapda sonning ma'no jihatdan qaysi turi qo’llangan. A) chama . B) tartib. C) miqdor. D) jamlovchi. 17 / 53 –ov qo’shimchasi yordamida hosil qilingan jamlovchi sonlar qaysi egalik qo’shimchasi bilan birga qo’llanmaydi ? A) 1 shaxs ko’plik B) 2 shaxs ko’plik C) 2,3 shaxs birlik D) 1 shaxs birlik 18 / 53 Chama sonlar qanday hosil qilinadi? A) A, B, С B) sanoq songa –tacha,-lab qo’shimchalarini qo’shish bilan C) ikki sanoq sonni juftlab keltirish orqali D) sonlarga qo’shilgan ko’plik qo’shimchasi yordamida 19 / 53 Jamlovchi son ishtirok etmagan javobni tanlang. A) Maktabda o’n chog’li bola yig’ilgan. B) To’rtovlari qotib-qotib kuldi. C) Shu oltovimiz bir tan, bir jon bo’lib kurashaylik. D) Qizlarning uchoviga ham mukofot berildi. 20 / 53 Qaysi qator faqat dona sonlardan iborat. A) besh, beshinchi, bitta. B) beshov, olti, oltitacha. C) ikki-uch, uchtacha, uchta. D) o’nta , ikkita , uchta 21 / 53 Teshaboy ham ikki-uch og’iz gap qildi. Ushbu gapda sonning ma'no jihatdan qaysi turi qo’llangan. A) jamlovchi. B) chama. C) miqdor. D) tartib. 22 / 53 Dona son hosil qiluvchi –ta qo’shimchasi o’rniga qaysi so’zlarni keltirish mumkin? A) bosh B) nafar C) yuqoridagilarning barchasi D) tup 23 / 53 Chama son ishtirok etgan gapni toping. A) O’zbekistonda har yili yuzlab turli soha mutaxasislari yetishib chiqmoqda. B) Bizning snfda 21 o’quvchi o’qiydi. C) Navoiy XV asrda yashagan. D) Quyosh atrofida to’qqizta sayyora aylanadi. 24 / 53 Qaysi gapda chama son qatnashgan? A) Nafis chayqaladi bir tup na’matak, Yuksakda shamolning belanchagida. B) Anjumanda viloyatlardan o’ntacha vakil ishtirok etdi . C) To’tiniso hovlini sotib, ikki yetimni o’z qishlog’i Rafqonga olib ketdi. D) Botirlar birov eshitmasin deb, sekin –sekin qadam bosishdi 25 / 53 Sanoq sonlar qatnashgan qatorni toping. A) Bolalar davrani ikki aylandi, qo’l berib ko’rishishdi . B) Rejaning uchdan ikki qismi bajarildi . C) Bayroq dastasida, stanokda, g’ishtda ming-minglab qo’llar taftini sezaman . D) Eshakning ustiga ikkitadan bo’lib mindik . 26 / 53 Chama sonlar berilgan qatorni toping. A) beshtadan, o’nta-o’ntadan. B) birinchi, yigirmanchi C) uchchov, beshovlon. D) yuztacha, minglab. 27 / 53 Sonlar avvalo ikki guruhga ajratiladi: …. A) Hamma javoblar to'g'ri B) jamlovchi son ,dona son C) miqdor son ,tartib son D) chama son,taqsaim son 28 / 53 Ruxsat bersangiz, oilamiz haqida ham... og‘iz so'zlabo‘tsam. Nuqtalar o‘rniga qanday son mos kelishi mumkin? A) jamlovchi son B) dona son C) chama son D) taqsim son 29 / 53 Qaysi qatordagi gapda jamlovchi son qo’llangan ? A) Ikkala qumg’on sharaqlab bir vaqtda qaynadi B) Ular tonnalab bug’doy yetishtirib berishadi C) Qishlog’imizda o’nlab fermer xo’jaliklari mavjud D) Bu xola yillab kutdi 30 / 53 Sonning ma’no turlarini hosil qiluvchi qo‘shimchalar qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra qaysi turiga mansub boiadi? A) sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar B) old qo‘shimchalar C) lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar D) so‘z yasovchi qo‘shimchalar 31 / 53 Qaysi qatordagi gapda chama son qo’llangan ? A) Qishlog’imizda o’nlab fermer xo’jaliklari mavjud B) kkala qumg’on sharaqlab bir vaqtda qaynadi C) Bu xola yillab kutdi D) Ular tonnalab bug’doy yetishtirib berishadi 32 / 53 7 -ov qo’shimchasi yordamida hosil qilingan jamlovchi sonlar qaysi egalik qo’shimchalari bilan doim birga qo’llanadi ? A) barcha egalik qo’shimchalari bilan B) faqat 3 shaxs birlik va ko’plik qo’shimchalari bilan C) 2va 3 shaxs birlik va ko’plik qo’shimchalari bilan D) 2 va 3 shaxs birlik va ko’plik qo’shimchalari bilan 33 / 53 Sanoq son ishtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Shaharda bitta doktorxona bor B) Biz Turkiston tizma tog'ining etagida shahardan ikki-uch chaqirim naridagi qihloqda turar edik C) Laylak har yili uchtadan bola ochar ekan D) Bu sopol ko’za-chi so’zimga ishon , Sodiq xizmat qildi ming yil odamga . 34 / 53 Sanoq sonlar juft holda qo’llanganda qanday ma’noni bildiradi ? A) tartib va miqdorni B) grammatik jamlikni C) ko’plik ma’nosini D) taxmin ,chama ma’nosini 35 / 53 Qaysi gapdagi sonni chama songa aylantirishda ko'plik shaklidan foydalaniladi? A) Bekatda o'n odam avtobus kutib turishardi. B) Yo'q, uning oldida bundan besh-olti yil ilgarigi yarimta tana emas, katta qalb, katta hayot egasi go'zal hayot qo'shig'ini kuylardi. C) Barvasta, yoshi ellikka borib qolgan bo'lsa ham, qomati sambitdek tik. D) Mashrab bilan Akmal esa o'n besh-yigirma bolaga javobgar. 36 / 53 Chama son yasovchi qo’shimchalarni belgilang. A) -ovlashib,-ov,-ala B) –tacha,-lab,-larcha C) -larcha,-cha,-nchi D) -ta,-tadan 37 / 53 Chama son qo’llangan gapni ko’rsating A) A,B B) Uch –to’rt kishi bir bo’lsangiz ,bitta shaftoliga kuchingiz yetmaydi C) Oradan ming –ming yillar o’tsa hamki ,buyuklar yashayveradi D) Oltovlon bir bo’lib ,sherga hamla qilishibdi 38 / 53 Donalab sanaladigan narsalarning turini ta’kidlash uchun qo’llanuvchi nafar suzi asosan qanday holatda ishlatiladi? A) jonli narsalarni donalab sanashda B) har qanday donalab sanaladigan narsalarning miqdorini ko’rsatishda C) nima? so’rog’iga javob bo’luvchi barcha otlardan oldin kelib, uning miqdorini ko’rsatadi D) shaxslarga nisbatan miqdorni ko’rsatishda 39 / 53 Men ikkoviga bittadan ezilgan shaftoli beraman. Ushbu gapdagi sonning turi ...... A) dona son B) sanoq son C) taqsim son D) chama son 40 / 53 Dona son ishtirok etgan gap qaysi qatorda qo’llangan? A) Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi B) Paxtakorlarning uchdan biri jamoa xo’jaligiga o’tkazildi C) Bu sinfda yigirma beshta o’quvchi ta’lim oladi D) Shahrimizda o’nlab teatrlar bor 41 / 53 Faqat jamlovchi son yasovchi qo’shimchalar qaysi qatorda berilgan. A) -ov, -ala. B) -(i)nchi, -larcha. C) -ovlon, -lar. D) -lab, -lar. 42 / 53 Chama son berilgan qatorni toping. A) Shahrimizda o’nlab teatrlar, yuzlab kinoteatrlar bor. B) Botirlar birov eshitmasin deb, sekin –sekin qadam bosishdi C) Ming qatla shukrki katta bo’lib qoldim. D) Siz bilan yana ko’p marta uchrashamiz. 43 / 53 Qaysi sonlardan jamlovchi sonlar yasalganda tovush tushishi hosil bo’ladi. A) ikki, uch, olti. B) ikki, to’rt, yetti. C) ikki ,olti, yetti. D) ikki, besh, olti, yetti. 44 / 53 Qaysi so’zdagi -ovlon qo’shimchasini -ala qo’shimchasi bilan almashtirish mumkin ? A) Uchovlon botirlar g’ordan eshitilayotgan gaplarga diqqat bilan quloq tutishdi. B) Ikkovlon yaxshi dam oldik C) Oltovlon ola bo’lsa, og’izdagini oldirar D) Har uchala gapdagi-ovlon qo’shimchasini -ala qo’shimchasi bilan almashtirish mumkin. 45 / 53 Dona son ishtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Besh -oltita tinish belgi kelib bugun o'tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig'in. B) Qulupnayning mevasi naviga qarab uch -saksontagacha ham bo'lishi mumkin C) Ikkovining orasida hech qanday sir yotmaydi . D) Menga ikki dona non bering. 46 / 53 Chama son ihtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Qulupnayning mevasi naviga qarab uch -saksontagacha ham bo'lishi mumkin B) Besh -oltita tinish belgi kelib bugun o'tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig'in C) Shaharda bitta doktorxona bor D) Yetti o'lchab bir kes 47 / 53 Qaysi gapda chama son qo’llangan? A) U akasiga beyuzlarcha o’shqirib berdi . B) Grammlab yig’ilgan oltin obro’yim C) Biz bozordan kilolab baliq sotib oldik . D) Uzoqdan besh-oltita otliq ko’rindi 48 / 53 Dona son qatnashgan gaplarni aniqlang. 1.Bolalar davrani ikki aylandi, qo’l berib ko’rishishdi. 2.Kecha tog’ang berib ketgan zog’oradan i kkitasini olib qo’yganman , birgalashib choy ichamiz. 3.Ikki hafta davomida erta tongdan qorong’u tushguncha loy tashishdi. 4.Hovlimizdagi atirgullarning uch donasi ochildi . A) 2 B) 1,2,3,4 C) 2,4 D) 4 49 / 53 Ushbu gapda qo’llangan sonning ma'no turi qaysi javobda to’g’ri berilgan. Ikkalangiz devoriy gazetaga maqola yozing. A) jamlovchi B) kasr C) chama D) tartib 50 / 53 Chama sonlar berilgan gap qaysi javobda ? A) XI asrda yashab o’tgan buyuk tilshunos olim Abulqosim Zamahshariy arab tiliga oid ellikdan ortiq asar yozdi B) Ikkovining maqsadi bitta edi C) Yig’ilishga yuz nafar odam to’plandi D) Birga –birga sayr etaylik 51 / 53 O’zbekistonda yovvoyi mevali daraxtlarning 50 dan ortiq turi, 1000 ga yaqin navi bor. Ushbu gapda qo’llangan sonning ma'no turi qaysi javobda to’g’ri berilgan. A) sanoq. B) kasr. C) jamlovchi. D) chama. 52 / 53 Sonlardagi -ta qo'shimchasi o'rnida qo'llanadigan so'zlarni ko'rsating. A) barchasi to 'g 'ri. B) tup, litr C) bosh, nafar D) litr. gramm 53 / 53 Jamlovchi son qaysi qatorda. A) Shunday qilib, to’rtala nomzod ham ro’yxatda qoldi. B) Patnisda to’rtta kulcha, ikki bosh oq uzum bor edi. C) Saida uyiga kech soat o’n birlarda qaytdi. D) So’rining shundoq yoniga ikki dona olma tushibdi. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz