Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №17 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №17 InfoMaster Mart 31, 2022 191 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 6-sinf Ona tili №17 MIQDOR –DARAJA RAVISHLARI MUSTAHKAMLASH FE’L BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH OT BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH Mavzular yuzasidan testlar 1 / 55 Tasviriy matn haqida berilgan qaysi hukmlar to’g’ri ? 1 Tasviriy matn darsliklarda ko’proq qo’llaniladi . 2 Tasviriy matn badiiy adabiyotda ko’proq qo’llaniladi . 3 Tasviriy matn ilmiy adabiyotlarda ko’proq qo’llaniladi . A) 1,2,3 B) 1,2 C) faqat 2 D) 1,3 2 / 55 Qaysi so'z tarkibida uchta so'z yasovchi qo'shimcha mavjud A) terimchilik B) ko'pchilik C) etikdo'z D) ishlarmiz 3 / 55 Fe’l asoslariga qo’shilib, gapda kesim vazifasida qo’llanishiga xoslovchi shakllar ... A) mayl qo’shimchallari hisoblanadi . B) munosabat shakllari hisoblanadi . C) zamon qo’shimchalari hisoblanadi . D) shaxs-son qo’shimchalari hisoblanadi 4 / 55 Qaysi nisbat qo’shimchalari fe’lga birdan ortiq tarzda qo’shiladi? A) orttirma nisbat B) birgalik nisbat C) o’zlik nisbat D) majhullik nisbat 5 / 55 Qaysi javobdagi fe’llarda ikkita nisbat qo’shimchasi qo’shilgan ? A) kesilguncha ,tarqalsa ,ilg’ab olmoq B) so’ratasan,borilgan ,terilibdi C) uqtirdi ,to’kishdi ,ilindi ,olingan D) kiyintiribdi ,yozdirildi ,ko’rsatilgan 6 / 55 Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang. A) Men gulxan atrofida o’tirganlarni yilqi boquvchilar deb yanglishgan ekanman. B) Ko’rganni eshitgan yengadi. C) Bemor otamni korgani kasalxonaga bordim. D) Yaxshi ko’rgarimni bilasiz-da. 7 / 55 Fe'l yasovchi qaysi qo'shimcha qo'shilganda ikkinchi bo'g'indagi tovushi tushib qoladi? A) -a B) -sa C) -illa D) barchasi to'g'ri 8 / 55 Notiq so’zini tugatadi (qarsaklar) Hamma o’rnidan turadi. Ushbu gapdagi fe'l zamonini aniqlang. A) hozirgi keiasi zarnon fe'!l B) o’tgan zamon fe'li. C) kelasi zamon fe'li. D) hozirgi zamon davorn fe'li. 9 / 55 Nimadeysan, eyg'ayurinson? G'iybatlaring qildi meni qon. Sen ham bir kun o‘tarsan, inon, Mehr qolur, muhabbat qolur. Ushbu she’riy bandda kelasi zamon xabar maylidgi nechta fe’l mavjud? A) 6 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta 10 / 55 Mahsulotga atab qo’yilgan nomlar qaysi qatorda berilgan? A) mosh ,gurunch,no’xat B) “Lazzat”pechenisi ,”Oq oltin “shkoladi C) holva ,pashmak,qand D) jiyda,yong’oq,mayiz 11 / 55 Kichraytirish va erkalash otlari qaysi javobda berilgan A) archa ,chiroq , konfet , qo’ng’iroq B) yulduzcha , qo’zichoq , kelinchak,bo’taloq C) Erkin ,Ahmad , Oyniso D) daryo , buloq , qalam 12 / 55 Oddiy darajadagi sifatlarning birinchi bo‘g‘inidagi oxirgi undoshni m yoki p undoshiga almashtirish orqali orttirma daraja hosil qilingan so'zlarni aniqlang. 1) ko‘m-ko‘k; 2) sap-sariq; 3) but-butun; 4) yum-yumaloq A) 1,2,3,4 B) 1,2 C) 1,2,4 D) 1 13 / 55 Ozaytirma sifat hosil qiluvchi qo’shimchalardan qaysi biri rang bildiruvchi sifatdan boshqalariga ham qo’shilishi mumkin? A) –imtir B) –gina ( -kina ,-qina ) C) boshqasiga qo’shilmaydi D) –ish 14 / 55 Dona son ishtirok etgan gap qaysi qatorda qo’llangan? A) Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi B) Paxtakorlarning uchdan biri jamoa xo’jaligiga o’tkazildi C) Shahrimizda o’nlab teatrlar bor D) Bu sinfda yigirma beshta o’quvchi ta’lim oladi 15 / 55 Qaysi qatorda hisob so’zlar berilgan? A) gektar , tanob , qop B) beshtadan , uchovlon ,yuztacha C) minglab ,minglarcha,o’nlab D) uchdan biri , yarimta , nimchorak 16 / 55 Yig’lasa, yig’lablar ketmaydimi?! gapidagi -lar qo’shimchasining vazifasini aniqlang. A) ko’plikni anglatish. B) ma'noni kuchaytirish. C) tahmin chamani bildirish. D) hurmatni ifodalash. 17 / 55 Daraja -miqdor ravishi qatnashgan gap berilgan qatorni toping A) Tahqariga chiqib G'ofurjon boydan ketishga izm so'radi B) O'rtancha botir qo'rqmadi.jim turdi C) Bo'ying sal cho'zilsin bironta duradgor usta topilsa shogirdlikka boramiz. D) Yarim kechadan keyin olmon otaning uyqusi butunlay qochdi 18 / 55 Otga bog’lanib kelgan ravish qaysi gap tarkibida qo’llangan ? A) Yigitning ko’ngli tinchidi va aybdorlarcha tabassum bilan qizga qaradi B) U ovoz kelayotgan tomonga borarkan kuy to’satdan o’zgardi C) Men qo’lim bilan shiringina taom qilib beraman D) Toshpo’latning yordamchilari birin-sirin kelishdi 19 / 55 “Manmanlik insonga yarashmaydi, birlik doimo kishini kamolot sari etaklaydi”,-deydi bobo sevinchdan ko’zlari chaqnab. Berilgan gapdagi mavhum otlar qaysi so’z turkumidan yasalgan? A) olmosh, son, sifat, fe’l B) ot, sifat C) sifat, son, ot, fe’l D) olmosh, ot, sifat. 20 / 55 Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari nima deb ataladi? A) fe’l mayli shakllari B) fe’lning harakat tarsi shakllari C) fe’lning nisbat shakllari D) fe’lning ma’noviy shakllari 21 / 55 Dam o’tmay o’quvchilarni nom-banom chaqirishib, xonalarga taklif qilishadi. Ushbu gapdagi ravishga oid so’zni belgilang. A) nom-banom B) dam o’tmay, nom-banom C) xonalarga D) dam o’tmay 22 / 55 Qaysi qatorda holat ravishdoshli birikmalar berilgan ? A) ko rgani bormoq gaplashgani to'planganmiz. B) musiqa -tingach. qorong'u tuhmmcha C) qaynayvermagach olovni kuchaytirdi, qo'rqib kirmadi D) suvga tikilgancha o'ylanib qoldi, yig'lay-yig'lay uxlamoq 23 / 55 Qaysi gapda qiyosiy darajadagi ravish ishtirok etgan? A) Majlisga Karimning otasi oldinroq keldi . B) Munira Akramning kelayotganini ko’rib, qadamini tezlatdi . C) U dalada ishlab, juda-juda charchadi . D) Bu yil O’zbekiston mexanizatorlari juda ko’p paxta terdilar. 24 / 55 Agar ahil bo’lib yashasangiz , sizni hech qanday kuch yenga olmaydi Misolda berilgan shart maylidagi fe’l qaysi ma’noni ifodalash uchun qo’llangan ? A) faraz ,gumon B) sabab C) iltimos ,maslahat D) shart 25 / 55 Qaysi qatordagi gapda ravish qatnashgan ? A) Bozorda qari cholni o’g’ri deya tutdilar Ura-sura sho’rlikni podsho sari eltdilar B) Surishtirib qarasa ,Jonfig’on faqat o’n yeti kun ishlabdi xolos C) Bitta emas qo’ling qizim ,ikkita-ku sanab boq,Sanab ko’rar yana jim D) Agar Oftobxon ko’rib qolmasa ,onangdan ajrala yozgan ekansan 26 / 55 Yuzma –yuz uchrashuvda bo’lib o’tgan voqealarni kotiba to’g’ridan –to’g’ri ,naridan beri ,so’zma –so’z yozib berdi Mazkur gapdagi ravishlarni ko’rsating A) A,B ,C B) naridan –beri C) to’g’ridan to’g’ri , so’zma –so’z D) yuzma –yuz 27 / 55 Tushum kelishigidagi so’zlar bilan bog’lanmaydigan fe’llar ... A) bo’lishli fe’llar B) o’timli fe’llar C) bo’lishsiz fe’llar D) o’timsiz fellar 28 / 55 Faqat ravishlar berilgan qatorni aniqlang. A) tiklab, pag’alab , mo’ylab B) o’nlab ,yuzlab ,minglab C) haftalab ,kilolab ,saharlab D) uyalab , boshlab , matlab 29 / 55 Daraja- miqdor ravishi qatnashgan gapni aniqlang A) Sayohatchilar yana yuqoriga ko’tarilib qarag’ayzor va archazorga yetdilar B) Kecha havo bulut bo’lib ,kun bo’yi yomg’ir yog’di C) Birniki mingga ,mingniki tumanga D) Oldingdan oqqan suvning qadri yo’q 30 / 55 Sifadosh qatnashgan gapni toping A) Men o’ylaymanki,bugungi kun sizning hayotingizda o’chmas iz qoldiradi B) Oyqiz keksa bog’bonning yelkasidan ushlab ,mehribonlik bilan o’tkazdi C) Sabr qiling ,hurmatli kitobxon ,oldin qishloq bilan tanishaylik D) Rashanlik tilning asosiy fazilati hisoblanadi 31 / 55 -lar qo’shimchasi taxmin ma'nosini anglatgan gapni aniqlang. A) Oyoqlarim zirqirab og’riyapti. B) Karimlar uylariga endi ketishdi. C) Oyimlar ancha kech qaytdilar. D) Qishloqqaham o’n chaqirimlar bor. 32 / 55 aqindan musiqa ovozi eshitildi Ushbu gapda qatnashgan ravishni aniqlang A) ovozi B) eshitildi C) yaqindan D) musiqa 33 / 55 Ravish qaysi qatordagi gapda harakat belgisini darajalab ko’rsatgan ? A) U ancha jo’yaklarni oralab chiqdi B) Majlisga ko’proq ota-ona kelsa ,yaxshi bo’ladi C) Majlis kech tugadi D) Bahodir darsdan ertaroq qaytdi 34 / 55 Orttirma nisbat shaklidagi fe’llarni hosil qiluvchi qo’shimchalarni belgilang A) –l ,il B) –dir,-giz,-t C) –sh ,-ish D) –n ,-in 35 / 55 1.Tong yaqinlashib qolyapti, bu yerdan tez ketishimiz kerak. 2.Choy ichib olgach, biroz yuribdi. 3.Chol-u kampir behad sevindilar. 4.Otamizning o'lganiga anchayil bo 'lib ketdi. Qaysi gaplarda miqdor-daraja ravishlari ishtirok etgan? A) 2, 3, 4 B) 2, 3 C) 1,2,3 D) 1,2, 3,4 36 / 55 Miqdor-daraja ravishlari berilgan qatorni aniqlang . A) ancha, ko’p, xiyol B) hamon, hanuz, hamisha C) ataylab, jo’rttaga, qasddan D) qatorasiga, yonlamasiga, tikkasiga 37 / 55 Daraja- miqdor ravishi qatnashgan gapni aniqlang A) Odam o’ziga yaqin kishining qilcha o’zgarishini ham darrov sezadi B) Domla Sirojiddinning ilmiy ishiga chindan jon kuydirmasa ham ,o’ziga yordam berdi C) Bu yoqda domla otalik qildi-yu ,uni aspiranturada olib qoldi D) Mashinaning ustini yuvish mayli –yu ,ichini tozalash odamni toliqtirib yuboradi 38 / 55 Musobaqa g’olibi minbararga ko’tariladi (qarsaklar) Mustaqil (O’zbekiston madhiyasi yangraydi. Ushbu gapdagi fe'l zarnonini aniqlang. A) hozirgi kelasi zamon fe'li. B) hozirgi zamon fe'li. C) kelasi zamon fe’li. D) o’tgan zamon fe'Ii. 39 / 55 Belgining belgisini bildirgan ravish keltirilgan qatorni toping A) Mashina tezroq yura boshladi B) Uzoqdan nayning mayin ovozi eshitila boshladi C) Uning so’zlari bolalarcha sodda ,samimiy ,lekin aniq va ravshan edi D) Oqshom paytida shamol birdan to’xtadi 40 / 55 Qaysi bandda berilgan gapda miqdor-daraja ravishi ishtirok etmagan? A) Ikkita tuxum topib olibdi. B) Mehmondorchilik tugagach, u uzundan-uzun duo qilib o‘rnidan turibdi. C) Suyunib cho‘ntagiga solib, biroz yuribdi. D) Dehqon: «Hay, mayli, ustki qismi oz boisa ham bizga qola qolsin», — dedi. 41 / 55 –lar qo’shimchasi qaysi qatorda ma’noni kuchaytirish uchun xizmat qilgan A) ….”o’rta “ baho oldilar ,shekilli B) O’rtangan shirinlarning fojialari ,yor vaslini biyobonlardan izlagan majnunlarning sarguzashtlari xayolimda C) Sizga qarab ,zavqlarim toshib ketdi D) Do’konlarda unlar va yog’lar sotilmoqda 42 / 55 Qaysi qatorda qo'shma fe'l ishtirok etmagan ? A) Saidaxon maqolani o'qiy boshladi B) Pul ,mol -dunyoga ruju qo'ymang ,ilm va ma'rifatni egallashga harakat qiling C) Azob chekmaguneha ,mehnat qilmaguncha ,rohat ko'rmaysan D) Rahimjon savol berdi ,Durdona javob berdi 43 / 55 Gul ochildi. 2. Yig’ilish ochildi. Ushbu gaplardagi fe’llarning nisbatini aniqlang. A) Har ikkala gapda, majhul nisbat B) 1-gapda o’zlik nisbat, 2-gapda. majhul nisbat C) 1-gapda aniq nisbat, 2-gapda majhul nisbat D) 1-gapda majhul nisbat, 2-gapda o’zlik nisbat 44 / 55 Qaysi gapda –lar qo’shimchasi grammatik ma’no ifodalagan ? A) Oradan besh kunlar o’tdi B) Avazlarning bir cheti chorbog’ga tutashgan kattagina hovlisi bor C) Sening xotirangni unutmas aslo ,mening yuraklarim O’rta Osiyo D) Bu ishlarning boshida G’ulomjon ,Qudrat ,Olim buvalar turishdi 45 / 55 Mavhum otlarni toping. A) qo’rqinch, odamiylik, tarovat B) yupanch, ustachilik, qabohat C) suyanch, duradgorlik, samimiyat D) ishonch, dehqonchilik, haqiqat 46 / 55 Har lahza zamonlar umridek uzun. Asrlar taqdiri lahzalarda hal. Umrdan o‘tajak har lahza uchun Qudratli qo’l bilan qo‘yaylik haykal. Ravishlar miqdorini aniqlang. A) 3 ta B) 2 ta C) Ravish qo‘llanmagan. D) 1 ta 47 / 55 Qaysi gapda -lar qo‘shimchasining umumlashtirish ma’nosini anglatishiga misol keltirilgan? A) Ko'zlarim hali harf tanimas edi, qalam ushlolmasdi hali qo'Ilarim. B) Ey farzandlar- g'unchalar! Sizga mehrim shunchalar. C) Nigora Saidlamlkiga kirganda uyning chiroqlari yoqilgan edi. D) Barcha hayvonlar o‘z ov qilish usuliga ega. 48 / 55 Miqdor-daraja ravishi qatnashgan gapni aniqlang . A) Chol va kampir behad sevinishibdi . B) Uzoqdan – kunbotish tomondan, g’ira-shira uchqun ko’rinib qoldi . C) Oldinda Shirinbuloq qishlog’i butun bo’y basti bilan yastanib yotardi . D) Orqasiga qarasa, uzoqdan bir ho’kiz uni to’xtovsiz chaqirib kelyapti. 49 / 55 Qaysi qatordagi gap tarkibida o’zlik nisbati shaklidagi fe’l mavjud ? A) O’ksinib ,xo’rsinib yig’lar yuragim B) Yigit bo’lib o’tgan voqealarni o’kinib so’zlab berdi C) Bolalar hikoyani zavqlanib tingladilar D) Biz ajdodlarimiz bilan faxrlanamiz 50 / 55 Ko’z va lab so'zlariga qo'shilgan -lar qo'shimchasi qanday ma'noni ifodalaydi? A) kuchaytirish B) hurmat C) ko'plik D) umumlashtirish 51 / 55 Daraja-miqdor ravishi ishtirok etgan gapni toping A) Kun kech bo'ldi .Ertaga erta bilan yo'lga chiqamiz B) Ko'p yaxhi o'ylabsiz ammo saltanatingiz uzoqqa bormasa kerak C) Uzoqdan kelgan mehmonlar chaqiriiib katta ziyofat berilibdi? D) Oldinda Sirinbuloq qihlog'i butun bo'y basti bilan yastanib yotardi 52 / 55 Birpasgina bo’lsa ham ko’rinish berib, notavon ko’nglimni tinchitib ketsang bo’lgani. Ushbu gapdagi ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasini toping. A) tinchitib ketsang bo’lgani B) ketsang bo’lgani C) tinchitib ketsang D) ko’nglimni tinchitib 53 / 55 Darja -miqdor ravishi qatnashgan gapni aniqlang A) Eshik sal ochildi B) Ulg’aygach kashfiyotlar qilamiz ,kurashamiz va g’alaba qozonamiz C) Fidokorona mehnat qilayotgan odam doim niyati tomon intiladi D) Maqsadimiz –tinch yashash ,o’qish va baxtli bo’lish 54 / 55 Ravish turkumiga oid so’z qatnashgan gapni toping A) Bu xatlarga samimiy ,insoniy ,tuyg’ular bitilgan edi B) Qudrat unga xatni o’qitdi ,so’ng tortinibgina so’radi C) Saida bo’lib o’tgan hangomalarni kula –kula gapirib berdi D) …teraklarning bo’ylari balandroq ,adlroq ko’rinadi 55 / 55 Qaysi qatorda ko’makchi fe’llar berilgan? A) sotib olmoq, bunyod qilmoq B) tarbiya qilmoq, chirs etmoq C) borib kelmoq, oshib tushmoq D) o’qiy boshlamoq, o’qib chiqmoq 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz