Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №14 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №14 InfoMaster Mart 31, 2022 93 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №14 SONLARNING MA’NO GURUHLARI SANOQ SON DONA SON ,UNING YASALISHI CHAMA SON ,UNING YASALISHI JAMLOVCHI SON ,UNING YASALISHI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 53 Tarixiy so ‘zlar qatorini aniqlang. A) yo'qsil, avom B) vazir, mufti C) sarf, nahv D) onhazrat, takyagoh 2 / 53 Olaverasizmi so'zi nechta ma'noli qismga ajraladi? A) 6ta B) 3ta C) 4ta D) 5ta 3 / 53 Shaxs narsalarning jismoniy faoliyati natijasida ro'y bergan harakatni bildiruvchi fe'Ilar A) to'liqsiz fe'llar B) harakat fe'llari C) holat fe'llari D) harakat tarzi 4 / 53 O’zlik nisbatdagi fe’l qaysi gapda qo’llangan ? A) Hovli orqali uyga kiriladi B) Ot qoqildi C) Odil ishdan bo’shatildi D) Mix qoqildi 5 / 53 Harakat nomi berilgan qatorni ko’rsating A) Poezd soat ikkilarda stansiyadan qo’zg’aldi . B) Halimaning ko’zida sevinch chaqnaydi . C) Hayot yashash uchun kurashdan iborat . D) Muzdekkina tong shabadasi ochiq derazadan esadi 6 / 53 Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang. A) Boshi bog’langani ish qilmaslik uchun bahona bo’ldi B) U boshi bog’langan holda hovliga chiqdi. C) U boshini nomiga emas, balki tang’ib bog’ladi. D) U ataylab boshini bog’lab oldi. 7 / 53 Quyidagi fe'llarning qay biri sifatdan yasalgan? 1) tuzlamoq; 2) dodlamoq; 3) yangilamoq; 4) tezlamoq; 5) yaxshilamoq; 6) varaqlamoq; 7) to'g'rilamoq; 8) sekinlamoq; 9) ho'plamoq; 10) qishlamoq.. A) 4. 8, 9 B) 5. 7. 8 C) 4, 5.10. D) 3. 5. 7 8 / 53 Fe'l asosiga zamon va shaxs-son qo'shimchalarini qo'shish bilangina hosil qilinadigan fe'l maylini ko'rsating A) shart B) xabar mayli C) buyruq-istak D) A va B. 9 / 53 Ajdodlarim yotgan xokni, Bermagayman hech qachon! Bu zaminning har zarrasi, Qalbimga ildiz otgan. Ushbu she’riy parchada xabar maylidagi nechta fe’l mavjud? A) Mavjud emas. B) 3 ta C) 1 ta D) 2 ta 10 / 53 Qaysi qatorda imloviy xatoga yo'l qo'yilgan ? A) Kampirning o’tovi Zolariqning chap qirg'og'ida edi B) Ko'kda oy shu'la sochmoqda C) Qorasuv kunchiqar va kunbotar tomonlari qo'shni qishloqlar bilan kun yurish tarafida qishloq ahli Qayir deb atovchi Qoradaryo o'zani bilan tutahib ketgan ariq edi D) Yer quyosh atrofida ,oy yer atrofida aylanadi 11 / 53 Qaysi qator faqat kichraytirish va erkalash otlaridan iborat ? A) yulduzcha , archa , cho’pchak B) ko’rpacha ,toychoq , qizilcha C) kelinchak , bo’taloq , kitobcha D) tugunchak, yalinchoq ,qo’g’irchoq 12 / 53 Sifatlar tuzilishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? A) sodda, juft B) sodda va qo’shma C) sodda, qo’shma, juft D) sodda, qo’shma, juft va takror 13 / 53 Jumladagi sifatning ma’no turini toping Uning ynoqlari uzunchaqroq edi A) shakl ko’rinish bildiruvchi B) hid bildiruvchi C) rang-tus bildiruvchi D) holat bildiruvchi 14 / 53 Ruxsat bersangiz, oilamiz haqida ham... og‘iz so'zlabo‘tsam. Nuqtalar o‘rniga qanday son mos kelishi mumkin? A) chama son B) jamlovchi son C) dona son D) taqsim son 15 / 53 Chama sonlar berilgan gap qaysi javobda ? A) XI asrda yashab o’tgan buyuk tilshunos olim Abulqosim Zamahshariy arab tiliga oid ellikdan ortiq asar yozdi B) Birga –birga sayr etaylik C) Ikkovining maqsadi bitta edi D) Yig’ilishga yuz nafar odam to’plandi 16 / 53 Chama son ishtirok etgan gapni toping. A) Navoiy XV asrda yashagan. B) Quyosh atrofida to’qqizta sayyora aylanadi. C) Bizning snfda 21 o’quvchi o’qiydi. D) O’zbekistonda har yili yuzlab turli soha mutaxasislari yetishib chiqmoqda. 17 / 53 Jamlovchi son qaysi qatorda. A) Saida uyiga kech soat o’n birlarda qaytdi. B) So’rining shundoq yoniga ikki dona olma tushibdi. C) Patnisda to’rtta kulcha, ikki bosh oq uzum bor edi. D) Shunday qilib, to’rtala nomzod ham ro’yxatda qoldi. 18 / 53 Jamlovchi son ishtirok etmagan javobni tanlang. A) To’rtovlari qotib-qotib kuldi. B) Qizlarning uchoviga ham mukofot berildi. C) Maktabda o’n chog’li bola yig’ilgan. D) Shu oltovimiz bir tan, bir jon bo’lib kurashaylik. 19 / 53 Dona son qatnashgan gaplarni aniqlang. 1.Bolalar davrani ikki aylandi, qo’l berib ko’rishishdi. 2.Kecha tog’ang berib ketgan zog’oradan i kkitasini olib qo’yganman , birgalashib choy ichamiz. 3.Ikki hafta davomida erta tongdan qorong’u tushguncha loy tashishdi. 4.Hovlimizdagi atirgullarning uch donasi ochildi . A) 4 B) 2,4 C) 1,2,3,4 D) 2 20 / 53 Dona son ishtirok etgan gap qaysi qatorda qo’llangan? A) Shahrimizda o’nlab teatrlar bor B) Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi C) Bu sinfda yigirma beshta o’quvchi ta’lim oladi D) Paxtakorlarning uchdan biri jamoa xo’jaligiga o’tkazildi 21 / 53 Sonlar avvalo ikki guruhga ajratiladi: …. A) jamlovchi son ,dona son B) miqdor son ,tartib son C) Hamma javoblar to'g'ri D) chama son,taqsaim son 22 / 53 Chama sonlar qanday hosil qilinadi? A) A, B, С B) sanoq songa –tacha,-lab qo’shimchalarini qo’shish bilan C) sonlarga qo’shilgan ko’plik qo’shimchasi yordamida D) ikki sanoq sonni juftlab keltirish orqali 23 / 53 Ushbu gapda qo’llangan sonning ma'no turi qaysi javobda to’g’ri berilgan. Ikkalangiz devoriy gazetaga maqola yozing. A) tartib B) kasr C) jamlovchi D) chama 24 / 53 Qaysi qatordagi gapda chama son qo’llangan ? A) Qishlog’imizda o’nlab fermer xo’jaliklari mavjud B) kkala qumg’on sharaqlab bir vaqtda qaynadi C) Ular tonnalab bug’doy yetishtirib berishadi D) Bu xola yillab kutdi 25 / 53 Teshaboy ham ikki-uch og’iz gap qildi. Ushbu gapda sonning ma'no jihatdan qaysi turi qo’llangan. A) jamlovchi. B) miqdor. C) chama. D) tartib. 26 / 53 Qaysi qatordagi gapda jamlovchi son qo’llangan ? A) Bu xola yillab kutdi B) Ular tonnalab bug’doy yetishtirib berishadi C) Qishlog’imizda o’nlab fermer xo’jaliklari mavjud D) Ikkala qumg’on sharaqlab bir vaqtda qaynadi 27 / 53 Sanoq sonlar juft holda qo’llanganda qanday ma’noni bildiradi ? A) taxmin ,chama ma’nosini B) tartib va miqdorni C) ko’plik ma’nosini D) grammatik jamlikni 28 / 53 Qaysi gapdagi sonni chama songa aylantirishda ko'plik shaklidan foydalaniladi? A) Bekatda o'n odam avtobus kutib turishardi. B) Yo'q, uning oldida bundan besh-olti yil ilgarigi yarimta tana emas, katta qalb, katta hayot egasi go'zal hayot qo'shig'ini kuylardi. C) Mashrab bilan Akmal esa o'n besh-yigirma bolaga javobgar. D) Barvasta, yoshi ellikka borib qolgan bo'lsa ham, qomati sambitdek tik. 29 / 53 Sanoq son ishtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Biz Turkiston tizma tog'ining etagida shahardan ikki-uch chaqirim naridagi qihloqda turar edik B) Bu sopol ko’za-chi so’zimga ishon , Sodiq xizmat qildi ming yil odamga . C) Shaharda bitta doktorxona bor D) Laylak har yili uchtadan bola ochar ekan 30 / 53 Bunaqasini birinchi marta eshityapman. Ushbu gapda sonning ma'no jihatdan qaysi turi qo’llangan. A) chama . B) miqdor. C) tartib. D) jamlovchi. 31 / 53 Donalab sanaladigan narsalarning turini ta’kidlash uchun qo’llanuvchi nafar suzi asosan qanday holatda ishlatiladi? A) har qanday donalab sanaladigan narsalarning miqdorini ko’rsatishda B) jonli narsalarni donalab sanashda C) nima? so’rog’iga javob bo’luvchi barcha otlardan oldin kelib, uning miqdorini ko’rsatadi D) shaxslarga nisbatan miqdorni ko’rsatishda 32 / 53 Faqat jamlovchi son yasovchi qo’shimchalar qaysi qatorda berilgan. A) -lab, -lar. B) -ovlon, -lar. C) -ov, -ala. D) -(i)nchi, -larcha. 33 / 53 Chama sonlar berilgan qatorni toping. A) birinchi, yigirmanchi B) beshtadan, o’nta-o’ntadan. C) uchchov, beshovlon. D) yuztacha, minglab. 34 / 53 Sonlardagi -ta qo'shimchasi o'rnida qo'llanadigan so'zlarni ko'rsating. A) bosh, nafar B) barchasi to 'g 'ri. C) tup, litr D) litr. gramm 35 / 53 Qaysi sonlardan jamlovchi sonlar yasalganda tovush tushishi hosil bo’ladi. A) ikki, to’rt, yetti. B) ikki ,olti, yetti. C) ikki, besh, olti, yetti. D) ikki, uch, olti. 36 / 53 Sanoq sonlar qatnashgan qatorni toping. A) Eshakning ustiga ikkitadan bo’lib mindik . B) Rejaning uchdan ikki qismi bajarildi . C) Bolalar davrani ikki aylandi, qo’l berib ko’rishishdi . D) Bayroq dastasida, stanokda, g’ishtda ming-minglab qo’llar taftini sezaman . 37 / 53 Qaysi gapda chama son qatnashgan? A) To’tiniso hovlini sotib, ikki yetimni o’z qishlog’i Rafqonga olib ketdi. B) Nafis chayqaladi bir tup na’matak, Yuksakda shamolning belanchagida. C) Anjumanda viloyatlardan o’ntacha vakil ishtirok etdi . D) Botirlar birov eshitmasin deb, sekin –sekin qadam bosishdi 38 / 53 Chama son yasovchi qo’shimchalarni belgilang. A) -ovlashib,-ov,-ala B) -ta,-tadan C) –tacha,-lab,-larcha D) -larcha,-cha,-nchi 39 / 53 Sanoq son ishtirok etgan gapni toping. A) U to’rni olib,baliq oviga yakka jo’nadi . B) Rosa o’n olti yil ”Toshkent oqshomi” gazetasida bo’lim mudiri bo’lib ishladim. C) Hindistonda haftalab yomg’ir yog’adi . D) Toshkentdan qirqinchi fonarlarni olib kelganman . 40 / 53 Qaysi qator faqat dona sonlardan iborat. A) ikki-uch, uchtacha, uchta. B) besh, beshinchi, bitta. C) beshov, olti, oltitacha. D) o’nta , ikkita , uchta 41 / 53 O’zbekistonda yovvoyi mevali daraxtlarning 50 dan ortiq turi, 1000 ga yaqin navi bor. Ushbu gapda qo’llangan sonning ma'no turi qaysi javobda to’g’ri berilgan. A) sanoq. B) kasr. C) jamlovchi. D) chama. 42 / 53 –ov qo’shimchasi yordamida hosil qilingan jamlovchi sonlar qaysi egalik qo’shimchasi bilan birga qo’llanmaydi ? A) 1 shaxs ko’plik B) 1 shaxs birlik C) 2,3 shaxs birlik D) 2 shaxs ko’plik 43 / 53 7 -ov qo’shimchasi yordamida hosil qilingan jamlovchi sonlar qaysi egalik qo’shimchalari bilan doim birga qo’llanadi ? A) 2va 3 shaxs birlik va ko’plik qo’shimchalari bilan B) 2 va 3 shaxs birlik va ko’plik qo’shimchalari bilan C) faqat 3 shaxs birlik va ko’plik qo’shimchalari bilan D) barcha egalik qo’shimchalari bilan 44 / 53 Chama son qo’llangan gapni ko’rsating A) Oradan ming –ming yillar o’tsa hamki ,buyuklar yashayveradi B) A,B C) Oltovlon bir bo’lib ,sherga hamla qilishibdi D) Uch –to’rt kishi bir bo’lsangiz ,bitta shaftoliga kuchingiz yetmaydi 45 / 53 Sonning ma’no turlarini hosil qiluvchi qo‘shimchalar qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra qaysi turiga mansub boiadi? A) lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar B) so‘z yasovchi qo‘shimchalar C) old qo‘shimchalar D) sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar 46 / 53 Chama son ihtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Qulupnayning mevasi naviga qarab uch -saksontagacha ham bo'lishi mumkin B) Besh -oltita tinish belgi kelib bugun o'tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig'in C) Shaharda bitta doktorxona bor D) Yetti o'lchab bir kes 47 / 53 Qaysi gapda sanoq son berilgan? A) Saida oltinchi qatorga borib o’tirdi. B) Yuzlab yigit va qizlar oliy o’quv yurtlarini bitirishdi. C) Axir, o’n ikki yashar ukasini ko’rmaysizmi, shu yoshidan uloq chopmoqchi. D) Shoikrom o’n kuncha ilgari ishga ketayotib birrov kirib ukasidan hol so’ragan edi. 48 / 53 U yoshi yetmishlarga borib qolgan dilkash chol edi. Ushbu gapda sonning ma'no jihatdan qaysi turi qo’llangan. A) tartib. B) chama. C) jamlovchi. D) miqdor. 49 / 53 Chama son berilgan qatorni toping. A) Ming qatla shukrki katta bo’lib qoldim. B) Siz bilan yana ko’p marta uchrashamiz. C) Botirlar birov eshitmasin deb, sekin –sekin qadam bosishdi D) Shahrimizda o’nlab teatrlar, yuzlab kinoteatrlar bor. 50 / 53 Dona son ishtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Besh -oltita tinish belgi kelib bugun o'tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig'in. B) Ikkovining orasida hech qanday sir yotmaydi . C) Menga ikki dona non bering. D) Qulupnayning mevasi naviga qarab uch -saksontagacha ham bo'lishi mumkin 51 / 53 Qaysi so’zdagi -ovlon qo’shimchasini -ala qo’shimchasi bilan almashtirish mumkin ? A) Ikkovlon yaxshi dam oldik B) Uchovlon botirlar g’ordan eshitilayotgan gaplarga diqqat bilan quloq tutishdi. C) Har uchala gapdagi-ovlon qo’shimchasini -ala qo’shimchasi bilan almashtirish mumkin. D) Oltovlon ola bo’lsa, og’izdagini oldirar 52 / 53 Jamlovchi son ishtirok etgan gap beritgan qatorni aniqlang A) Besh -oltita tinish belgi kelib bugun o'tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig'in B) Durroj ham Sherning so'zini ma'qul ko'rdi va shu o'rmonda ikkovi do'stona yashay boshladi. C) Biz Turkiston tizma tog'ining etagida shahardan ikki-uch chaqirim naridagi qishloqda turar edik D) Shaharda bitta doktorxona bor 53 / 53 Men ikkoviga bittadan ezilgan shaftoli beraman. Ushbu gapdagi sonning turi ...... A) taqsim son B) chama son C) sanoq son D) dona son 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz