Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №14 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №14 InfoMaster Mart 31, 2022 59 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 6-sinf Ona tili №14 SONLARNING MA’NO GURUHLARI SANOQ SON DONA SON ,UNING YASALISHI CHAMA SON ,UNING YASALISHI JAMLOVCHI SON ,UNING YASALISHI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 53 Ma’lum hududdagina ishlatilib, faqat shu yerda yashovchi kishilar tushunarli bo’lgan so’lar qanday nomlanadi. A) Paronomlar B) Umumxalq ishlatiladigan so’zlar. C) Shevaga xos so’zlar D) Atamalar 2 / 53 Xato bilimdonlikdan bilimsizlik afzal. Ushbu gapdagi bilimdonlikdan so'zidagi so'z yasovchi qo'shimchalar miqdorini toping. A) 2 B) 4 C) 5 D) 3 3 / 53 Fe’l asosida ifodalangan harakat —holat haqidagi xabar ma’nosini ifodalovchi fe’l shakli qanday shakl sanaladi? A) nisbat shakli B) mayl shakli C) shaxs-son shakli D) zamon shakli 4 / 53 Qaysi nisbat qo’shimchalari fe’lga birdan ortiq tarzda qo’shiladi? A) o’zlik nisbat B) birgalik nisbat C) orttirma nisbat D) majhullik nisbat 5 / 53 Qaysi gapda o’tgan zamon sifatdoshi qatnashmagan ? A) Yaxshi o’qigani uchun u mukofotlandi B) Salima yaxshi dars tayyorlagani uchun maqtovga sazovor bo’ldi. C) Shuncha o’qisa ham, uning bilganidan bilmagani ko’p ekan. D) Bolalar o’ynab kelgani ko’chaga chiqdi 6 / 53 Unli va jarangli undoshlar bilan tugagan fe’l asoslariga ravishdoshning qaysi qo’shimchalari qo’shiladi? A) –kach, -kuncha, -kani B) –gach, -guncha, -gancha C) yuqoridagilarning barchasi qo’shiladi D) –qach, -quncha, -qani 7 / 53 Qaysi gapda qo'shma fe'l juft fe'lning bir qismi bo'lib kelgan? A) O'qituvchilarning oldiga shartta kiraman-da, konspekt daftarini olib, o'sha yerda ko'chiraman-qo'yaman. B) Ana, hech narsa bo'lmagandek yayrab-quvnab, ochilib-sochilib yurishibdi. C) Bu niyatni Mohlaroyim ham qo'llab-quvvatlar edi.' D) Qayerga qadami tegsa, u yerni birpasda saranjom qiladi-qo'yadi. 8 / 53 Ovqatni yedig-u, meni uyqu bosdi: - Dada, keling, uxlaylik. Berilgan gapdagi fe’llar qanday mayl shakllarida pkanini aniqlang. A) 2 tasi xabar, 1 tasi buyruq-istak, 1 tasi shart maylida B) 2 tasi xabar, 2 tasi buyruq-istak maylida C) 1 tasi xabar, 2 tasi buyruq-istak, 1 tasi shart maylida D) 3 tasi xabar, 1 tasi buyruq-istak maylida 9 / 53 Qisqartma so’zlar yasash qaysi so’z turkumlariga xos? A) Barcha so’z turkumlariga B) faqat otga C) ot, sifat, fe’l turkimlariga D) faqat sifatga 10 / 53 O’rin –joy nomlari qaysi qatorda berilgan? A) Sardoba ,To’raqo’rg’on ,Yakkasaroy B) Gulgun,Mohira,Dilso’z C) bino,inshooat,tashkilot D) baxt,mehr,muruvvat 11 / 53 Kichraytirish ,erkalash otlari qaysi qo’shimchalar bilan yasaladi ? A) –cha , -oy ,-zor ,-ak B) –loq ,-gina , -cha , -poshsha, jon C) –chak ,-aloq , -boy ,-boz D) –xon ,-bibi ,-iston ,-kash 12 / 53 Shunda ulg‘aydi bo‘yi, Ko‘ring bo’ldi yigitcha. Vazmin, tiyrak, chaqnoq ko‘z, Sarg‘ish soch-u oppoq yuz.(Po‘lat Mo'min Berilgan she’riyjumladagi sifatlar qanday daraja shakir i- ekanini aniqlang. l)oddiy; 2)orttirma; 3)qiyosiy; 4) ozaytirma. A) 1,2, 4 B) l, 2 C) 1,2,3,4 D) 1, 3,4 13 / 53 Qaysi gapda hid bildiruvchi sifatlar mavjud? A) Bog’dagi gullarning muattar bo’yi atrofga taralmoqda. B) Ko’chadagi bolalar yugurib ketishdi. C) Biz achchiqqina sho’rvani ichib oldik. D) Andishali odam qo’rqoq bo’lmaydi. 14 / 53 Ruxsat bersangiz, oilamiz haqida ham... og‘iz so'zlabo‘tsam. Nuqtalar o‘rniga qanday son mos kelishi mumkin? A) chama son B) dona son C) jamlovchi son D) taqsim son 15 / 53 U yoshi yetmishlarga borib qolgan dilkash chol edi. Ushbu gapda sonning ma'no jihatdan qaysi turi qo’llangan. A) chama. B) tartib. C) jamlovchi. D) miqdor. 16 / 53 Jamlovchi son qaysi qatorda. A) So’rining shundoq yoniga ikki dona olma tushibdi. B) Shunday qilib, to’rtala nomzod ham ro’yxatda qoldi. C) Patnisda to’rtta kulcha, ikki bosh oq uzum bor edi. D) Saida uyiga kech soat o’n birlarda qaytdi. 17 / 53 Qaysi qatordagi gapda jamlovchi son qo’llangan ? A) Ular tonnalab bug’doy yetishtirib berishadi B) Bu xola yillab kutdi C) Ikkala qumg’on sharaqlab bir vaqtda qaynadi D) Qishlog’imizda o’nlab fermer xo’jaliklari mavjud 18 / 53 –ov qo’shimchasi yordamida hosil qilingan jamlovchi sonlar qaysi egalik qo’shimchasi bilan birga qo’llanmaydi ? A) 1 shaxs birlik B) 1 shaxs ko’plik C) 2 shaxs ko’plik D) 2,3 shaxs birlik 19 / 53 Qaysi sonlardan jamlovchi sonlar yasalganda tovush tushishi hosil bo’ladi. A) ikki ,olti, yetti. B) ikki, uch, olti. C) ikki, to’rt, yetti. D) ikki, besh, olti, yetti. 20 / 53 Dona son qatnashgan gaplarni aniqlang. 1.Bolalar davrani ikki aylandi, qo’l berib ko’rishishdi. 2.Kecha tog’ang berib ketgan zog’oradan i kkitasini olib qo’yganman , birgalashib choy ichamiz. 3.Ikki hafta davomida erta tongdan qorong’u tushguncha loy tashishdi. 4.Hovlimizdagi atirgullarning uch donasi ochildi . A) 2,4 B) 1,2,3,4 C) 2 D) 4 21 / 53 Chama son ishtirok etgan gapni toping. A) Bizning snfda 21 o’quvchi o’qiydi. B) Quyosh atrofida to’qqizta sayyora aylanadi. C) Navoiy XV asrda yashagan. D) O’zbekistonda har yili yuzlab turli soha mutaxasislari yetishib chiqmoqda. 22 / 53 Teshaboy ham ikki-uch og’iz gap qildi. Ushbu gapda sonning ma'no jihatdan qaysi turi qo’llangan. A) jamlovchi. B) chama. C) miqdor. D) tartib. 23 / 53 Sonlardagi -ta qo'shimchasi o'rnida qo'llanadigan so'zlarni ko'rsating. A) bosh, nafar B) barchasi to 'g 'ri. C) tup, litr D) litr. gramm 24 / 53 Qaysi so’zdagi -ovlon qo’shimchasini -ala qo’shimchasi bilan almashtirish mumkin ? A) Ikkovlon yaxshi dam oldik B) Har uchala gapdagi-ovlon qo’shimchasini -ala qo’shimchasi bilan almashtirish mumkin. C) Oltovlon ola bo’lsa, og’izdagini oldirar D) Uchovlon botirlar g’ordan eshitilayotgan gaplarga diqqat bilan quloq tutishdi. 25 / 53 Donalab sanaladigan narsalarning turini ta’kidlash uchun qo’llanuvchi nafar suzi asosan qanday holatda ishlatiladi? A) har qanday donalab sanaladigan narsalarning miqdorini ko’rsatishda B) jonli narsalarni donalab sanashda C) nima? so’rog’iga javob bo’luvchi barcha otlardan oldin kelib, uning miqdorini ko’rsatadi D) shaxslarga nisbatan miqdorni ko’rsatishda 26 / 53 7 -ov qo’shimchasi yordamida hosil qilingan jamlovchi sonlar qaysi egalik qo’shimchalari bilan doim birga qo’llanadi ? A) barcha egalik qo’shimchalari bilan B) 2 va 3 shaxs birlik va ko’plik qo’shimchalari bilan C) faqat 3 shaxs birlik va ko’plik qo’shimchalari bilan D) 2va 3 shaxs birlik va ko’plik qo’shimchalari bilan 27 / 53 Chama son qo’llangan gapni ko’rsating A) Oradan ming –ming yillar o’tsa hamki ,buyuklar yashayveradi B) Uch –to’rt kishi bir bo’lsangiz ,bitta shaftoliga kuchingiz yetmaydi C) A,B D) Oltovlon bir bo’lib ,sherga hamla qilishibdi 28 / 53 Chama sonlar berilgan qatorni toping. A) birinchi, yigirmanchi B) uchchov, beshovlon. C) beshtadan, o’nta-o’ntadan. D) yuztacha, minglab. 29 / 53 Bunaqasini birinchi marta eshityapman. Ushbu gapda sonning ma'no jihatdan qaysi turi qo’llangan. A) miqdor. B) chama . C) jamlovchi. D) tartib. 30 / 53 O’zbekistonda yovvoyi mevali daraxtlarning 50 dan ortiq turi, 1000 ga yaqin navi bor. Ushbu gapda qo’llangan sonning ma'no turi qaysi javobda to’g’ri berilgan. A) chama. B) kasr. C) sanoq. D) jamlovchi. 31 / 53 Faqat jamlovchi son yasovchi qo’shimchalar qaysi qatorda berilgan. A) -ov, -ala. B) -(i)nchi, -larcha. C) -ovlon, -lar. D) -lab, -lar. 32 / 53 Qaysi gapdagi sonni chama songa aylantirishda ko'plik shaklidan foydalaniladi? A) Mashrab bilan Akmal esa o'n besh-yigirma bolaga javobgar. B) Yo'q, uning oldida bundan besh-olti yil ilgarigi yarimta tana emas, katta qalb, katta hayot egasi go'zal hayot qo'shig'ini kuylardi. C) Barvasta, yoshi ellikka borib qolgan bo'lsa ham, qomati sambitdek tik. D) Bekatda o'n odam avtobus kutib turishardi. 33 / 53 Dona son ishtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Qulupnayning mevasi naviga qarab uch -saksontagacha ham bo'lishi mumkin B) Menga ikki dona non bering. C) Besh -oltita tinish belgi kelib bugun o'tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig'in. D) Ikkovining orasida hech qanday sir yotmaydi . 34 / 53 Qaysi qator faqat dona sonlardan iborat. A) besh, beshinchi, bitta. B) o’nta , ikkita , uchta C) ikki-uch, uchtacha, uchta. D) beshov, olti, oltitacha. 35 / 53 Chama sonlar berilgan gap qaysi javobda ? A) Birga –birga sayr etaylik B) Yig’ilishga yuz nafar odam to’plandi C) Ikkovining maqsadi bitta edi D) XI asrda yashab o’tgan buyuk tilshunos olim Abulqosim Zamahshariy arab tiliga oid ellikdan ortiq asar yozdi 36 / 53 Chama son berilgan qatorni toping. A) Siz bilan yana ko’p marta uchrashamiz. B) Botirlar birov eshitmasin deb, sekin –sekin qadam bosishdi C) Shahrimizda o’nlab teatrlar, yuzlab kinoteatrlar bor. D) Ming qatla shukrki katta bo’lib qoldim. 37 / 53 Sonlar avvalo ikki guruhga ajratiladi: …. A) jamlovchi son ,dona son B) miqdor son ,tartib son C) chama son,taqsaim son D) Hamma javoblar to'g'ri 38 / 53 Dona son hosil qiluvchi –ta qo’shimchasi o’rniga qaysi so’zlarni keltirish mumkin? A) yuqoridagilarning barchasi B) bosh C) nafar D) tup 39 / 53 Sanoq son ishtirok etgan gapni toping. A) Toshkentdan qirqinchi fonarlarni olib kelganman . B) U to’rni olib,baliq oviga yakka jo’nadi . C) Hindistonda haftalab yomg’ir yog’adi . D) Rosa o’n olti yil ”Toshkent oqshomi” gazetasida bo’lim mudiri bo’lib ishladim. 40 / 53 Jamlovchi son ishtirok etmagan javobni tanlang. A) Qizlarning uchoviga ham mukofot berildi. B) To’rtovlari qotib-qotib kuldi. C) Maktabda o’n chog’li bola yig’ilgan. D) Shu oltovimiz bir tan, bir jon bo’lib kurashaylik. 41 / 53 Sanoq sonlar qatnashgan qatorni toping. A) Bayroq dastasida, stanokda, g’ishtda ming-minglab qo’llar taftini sezaman . B) Rejaning uchdan ikki qismi bajarildi . C) Eshakning ustiga ikkitadan bo’lib mindik . D) Bolalar davrani ikki aylandi, qo’l berib ko’rishishdi . 42 / 53 Jamlovchi son ishtirok etgan gap beritgan qatorni aniqlang A) Biz Turkiston tizma tog'ining etagida shahardan ikki-uch chaqirim naridagi qishloqda turar edik B) Shaharda bitta doktorxona bor C) Durroj ham Sherning so'zini ma'qul ko'rdi va shu o'rmonda ikkovi do'stona yashay boshladi. D) Besh -oltita tinish belgi kelib bugun o'tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig'in 43 / 53 Men ikkoviga bittadan ezilgan shaftoli beraman. Ushbu gapdagi sonning turi ...... A) dona son B) chama son C) sanoq son D) taqsim son 44 / 53 Sanoq son ishtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Shaharda bitta doktorxona bor B) Laylak har yili uchtadan bola ochar ekan C) Bu sopol ko’za-chi so’zimga ishon , Sodiq xizmat qildi ming yil odamga . D) Biz Turkiston tizma tog'ining etagida shahardan ikki-uch chaqirim naridagi qihloqda turar edik 45 / 53 Qaysi gapda sanoq son berilgan? A) Saida oltinchi qatorga borib o’tirdi. B) Axir, o’n ikki yashar ukasini ko’rmaysizmi, shu yoshidan uloq chopmoqchi. C) Shoikrom o’n kuncha ilgari ishga ketayotib birrov kirib ukasidan hol so’ragan edi. D) Yuzlab yigit va qizlar oliy o’quv yurtlarini bitirishdi. 46 / 53 Chama son ihtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Besh -oltita tinish belgi kelib bugun o'tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig'in B) Qulupnayning mevasi naviga qarab uch -saksontagacha ham bo'lishi mumkin C) Shaharda bitta doktorxona bor D) Yetti o'lchab bir kes 47 / 53 Sanoq sonlar juft holda qo’llanganda qanday ma’noni bildiradi ? A) taxmin ,chama ma’nosini B) ko’plik ma’nosini C) tartib va miqdorni D) grammatik jamlikni 48 / 53 Qaysi qatordagi gapda chama son qo’llangan ? A) Ular tonnalab bug’doy yetishtirib berishadi B) kkala qumg’on sharaqlab bir vaqtda qaynadi C) Bu xola yillab kutdi D) Qishlog’imizda o’nlab fermer xo’jaliklari mavjud 49 / 53 Qaysi gapda chama son qo’llangan? A) Uzoqdan besh-oltita otliq ko’rindi B) U akasiga beyuzlarcha o’shqirib berdi . C) Biz bozordan kilolab baliq sotib oldik . D) Grammlab yig’ilgan oltin obro’yim 50 / 53 Sonning ma’no turlarini hosil qiluvchi qo‘shimchalar qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra qaysi turiga mansub boiadi? A) lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar B) sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar C) so‘z yasovchi qo‘shimchalar D) old qo‘shimchalar 51 / 53 Dona son ishtirok etgan gap qaysi qatorda qo’llangan? A) Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi B) Shahrimizda o’nlab teatrlar bor C) Paxtakorlarning uchdan biri jamoa xo’jaligiga o’tkazildi D) Bu sinfda yigirma beshta o’quvchi ta’lim oladi 52 / 53 Chama son yasovchi qo’shimchalarni belgilang. A) -larcha,-cha,-nchi B) -ta,-tadan C) –tacha,-lab,-larcha D) -ovlashib,-ov,-ala 53 / 53 Chama sonlar qanday hosil qilinadi? A) ikki sanoq sonni juftlab keltirish orqali B) A, B, С C) sonlarga qo’shilgan ko’plik qo’shimchasi yordamida D) sanoq songa –tacha,-lab qo’shimchalarini qo’shish bilan 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz