Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №12 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №12 InfoMaster Mart 31, 2022 427 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №12 SIFATLARNING TUZILISHIGA KO’RA TURLARI JUFT SIFATLAR VA ULARNING IMLOSI TAKRORIY SIFATLAR VA ULARNING IMLOSI ASLIY VA NISBIY SIFATLAR SIFAT DARAJALARI SIFATLARNING ODDIY DARAJA SHAKLLARI SIFATLARNING ORTTIRMA DARAJA SHAKLI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 51 G‘afur akaning o‘zi o‘sha buyuk ustozlar izidan borishga intilardi. Shuning uchun ham u tariximizni mukammal bilar, rasmlar chizar edi. U raqs tushganda , zo‘r raqqosalar ham davradan chiqib, tomosha qilardi. Qo‘liga taqsimcha olib, xalq termalarini aytganda, hamma jimib qolardi. Dutor chertganda, tinglovchilar bosh egib tebranishardi. G‘afur aka Yusuf qiziqlar bilan teng kelib askiya qilardi. Ushbu parcha matnning qaysi turiga mansub? A) tavsifiy matn B) muhokama matni C) tasviriy matn D) hikoya matni 2 / 51 Qaysi zo'z tarkibida ikkita so'z yasovchi qo'shimcha mavjud? A) tinchlikni B) mehnatkashlardan C) sersuvroq D) boshladik 3 / 51 Qaysi qator faqat o’timli fellardan iborat ? A) yurgizmoq, bilib olmoq, chaqirmoq. B) kiymoq, uxlamoq, yalamoq. C) ochmoq, uxlatmoq, zavqlanmoq. D) yuvmoq, kuldirmbq, yetim olmoq. 4 / 51 Birgalik nisbat shklidagi fe’llar qatorini belgilang A) terishmoq ,ekishmoq,kulishmoq B) gullatmoq ,bitirmoq ,yedirmoq C) kiyilmoq,taralmoq ,yuvilmoq D) tabriklamoq ,yozmoq,kelmoq 5 / 51 Harakat nomi berilgan gapni toping A) o’rganish ,topmoq,kelib B) qo’rqmoq ,o’qish ,yashash C) otgani ,sepganda ,mustahkamlash D) o’qimoq ,kulgan ,oqqach 6 / 51 Qaysi qatorda bo’lishlilik ma’nosi ifodalangan ? A) aytmay ketma B) aytib ketma C) aytma ketma D) aytmay ket 7 / 51 Quyidagi fe'llarning qay biri otdan yasalgan? 1) tuzlamoq; 2) dodlamoq; 3) yangilamoq; 4) tezlamoq; 5) yaxshilamoq; 6) varaqlamoq; 7) to'g'rilamoq; 8) sekinlamoq; 9) ho'plamoq; 10) qishlamoq. A) 1, 6, 10. B) 4. 8, 9 C) 5, 7. 8 D) 3,5,7 8 / 51 So’zlovchining so’zlayotgan vaqtdan so’ng bajariladigan ish…. A) o’tgan zainoa. B) hozirgi zamon. C) kelasi zamon. D) fe’l mayli 9 / 51 Ot turkumiga xos gramatik ko’rsatgich ( kategoriya) lar qaysi javobda berilgan? A) daraja,nisbat B) kelishik,son,egalik C) bo’lishli va bo’lishsizlik D) mayl,zamon,nisbat,shaxs,son 10 / 51 O’rin-joy ma’nosini bildiruvchi otlarni aniqlang. A) tug’ma, achitqi, qamishzor B) qishloq, to’plam, toshloq C) ko’cha, guzar, shahar D) mahalla, bostirma, bezak 11 / 51 Qaysi qatordagi ko’plik ma'nosi leksik morfologik usul bilan hosil bo’lgan. A) Majlisga ko’p ota-onalar kelishdi. B) Dasta-dasta gul tutay. C) Ig’vo-yu , nizolar umr yo’lini qisqartiradi. D) Xalq dengizdir, xalq to’lqindir, xalq kuchdir. 12 / 51 Qaysi qatorda asliy sifat bor ? A) Bilimli va hunarli kishi hamma joyda azizdir B) Hunarli kihi xor bo’lmas C) Chaqqon terimchilar oppoq paxtalarni terayotirlar D) Rejali ish buzilmas 13 / 51 Oddiy darajadagi sifatni aniqlang. A) juda yaxshi, nihoyatda baland, g’oyat qo’rqinchli. B) go’zal, hushyor, odobli. C) yam-yashil, ko’m-ko’k, oppoq. D) silliqroq, novcharoq, baxtliroq. 14 / 51 Qaysi gapda orttirma darajadagi sifat qo’llangan? A) Nomus jondan ham qimmatliroq B) Hovli ham, uy ham bo’m-bo’sh, hammayoq suv quygandek jimjit edi C) Mevasi yetilib pishganda sershira bo’ladi. D) Uning nazarida bundan ham suyumliroq, bundan ham zavqliroq va shavqliroq ish yo’q edi. 15 / 51 Orttirma daraja yasovchi vositalar qaysi qatorda to’g’ri berilgan. A) ser, hush, no. B) -(i)sh, -(i)mtr, -ish. C) juda, -roq, -m. D) eng, nihoyatda, g’oyat. 16 / 51 Orttirma darajadagi sifat qaysi qatorda berilgan. A) bebaho, so’lg’in, eng ko’rkam. B) sarglmtir, ko’kish, yam-yashil. C) eng go’zal, g’oyatda chiroyli. D) yap-yangi, oppoq, ko’kimtir. 17 / 51 Qaysi qatorda takroriy sifat qatnashmagan ? A) To'p-to'p daraxtlar tag'in lipillab orqada qolib ketdi B) Alg'ov -dalg'ov shamol esib turar edi C) Yirik—yirik tomchilar yer-u ko'kni savalay ketdi D) Ko'chani sho'x-ho'x bolalar to'ldirib o'tishdi 18 / 51 Oddiy darajadagi sifatlarning birinchi bo‘g‘inidagi oxirgi undoshni m yoki p undoshiga almashtirish orqali orttirma daraja hosil qilingan so'zlarni aniqlang. 1) ko‘m-ko‘k; 2) sap-sariq; 3) but-butun; 4) yum-yumaloq A) 1,2,3,4 B) 1 C) 1,2 D) 1,2,4 19 / 51 Oddiy darajadagi sifatni aniqlang. A) ko’rkam, suluv, barno, ochiq. B) kattaroq, shirinroq, go’zalroq. C) xushfe'1, go’zal, oppoq. D) ko’m-ko’k, yam-yashil, sap-sariq. 20 / 51 Asliy sifatlar ta’rifi qaysi qatorda to’g’ri izohlanagan? A) Belgining me’yordan ortiqligini ko’rsatuvchi sifatlar B) Belgining haddan tashqari kamligini ko’rsatuvchi sifatlar C) Predmet belgisini boshqa oredmetlarga muosabati asosida ko’rsatuvchi sifatlar D) Predmet belgisini to’g’ridan to’g’ri ko’rsatuvchi sifatlar 21 / 51 Predmetdagi bir belgining boshqa predmetdagi huddi shunday belgidan ortiq ekanligini ko’rsatuvchi vositaning nomini toping. A) oddiy daraja. B) orttirma daraja. C) qiyosiy daraja. D) A, B. 22 / 51 Takroriy sifat qatnashmagan gapni toping A) To'p-to'p daraxtlar tag'in lipillab orqada qolib ketdi B) Yirik-yirik tomchilar yer-u ko'kni avalay ketdi C) Sarvinozxon gul-gul ochilib bog'chaga ketdi D) Ko'chani sho'x-sho'x bolalar to'ldirib o'tishdi 23 / 51 Quyida berilgan parchadagi takroriy sifatlar sonini aniqlang. 0‘z onamni elas-elas xotirlayman. Ko'zlari tim qora, chiroyli. Uzun-uzun kipriklari qilt etmaydi. A) uchta B) ikkita C) bitta D) to'rtta 24 / 51 U uzundan uzoq ma'ruza qildi. Ushbu gapdagi sifat darajasini belgilang. A) sifat qo’llanmagan. B) ozaytirma. C) oddiy. D) orttirma. 25 / 51 Orttirma darajadagi sifat qaysi qatorda berilgan. A) nihoyatda go’zal, aqlliroq. B) qoramtir, qizg’ish, sargish. C) nim pushti, och sariq, dum-dumaloq. D) qop-qora, ko’m-ko’k, tim qora. 26 / 51 Asliy sifatlar qatorini belgilang A) tarixiy , pishiq , sersuv B) sho’x , pok , mukammal C) oppoq , o’tkir , insonparvar D) iliq , noto’g’ri , beg’ubor 27 / 51 Choriboy o’lguday ziqna. xasis odam edi. Ushbu gapdagi sifatning darajasi qanday. A) oddiy daraja. B) daraja ifodalanmagan. C) orttirma daraja. D) ozaytirma daraja. 28 / 51 Qaysi gapda nisbiy sifat qo’llangan ? A) Bola shirin uyquda edi B) Yangi kitob o’qidim C) Kengroq yerni tanladi D) Tushki ovqatni yedik 29 / 51 Oddiy darajadagi sifat qatnashgan gapni toping A) Onamning ismi Enaxon jii hoyatda ko'ngilchan ,zahmatkash ayol B) Shamning qizg'ish shu'lasi kulbaga fayz berib turar edi C) Tilimiz dag'alroq ,lekin juda boy ,rangli ,ohori to'kilmagan. D) Lola qizil ,oq ,sariq ranglarda tovlanib ochiladi 30 / 51 Qaysi qatorda sifat+ot shaklidagi qo’shma sifatlar berilgan ? A) erksevar,sheryurak,devqomat B) toshbag’ir,sofdil,uzunquloq C) bodomqovoq, qirqoyoq,kunbotar D) ochko’z,sho’rtumshuq, balandparvoz 31 / 51 uft sifatlar qanday yasaladi? A) A, C B) shakldosh so’zlardan C) qarama-qarshi so’zlardan D) o’zaro yaqin ma’noli so’zlardan 32 / 51 Qaysi qatordagi juft sifatlarning qismida yasama so’z mavjud? A) xo’l-quruq B) sog’-salomat C) uzun-qisqa D) eski-tuski 33 / 51 Oddiy darajadagi sifatlar qaysi javobdagi gapda mavjud. A) Gilos olchadan yirikroq. B) Bulbulning sayrashi boshqa qushlarning sayrashiga qaraganda yoqimliroq. C) Dastlab tog’ning eng baland cho’qqilari pushti rangda tovlanadi. D) Qorli tog’lar ostidagi baxmal o’tloqlarda yurganmisiz. 34 / 51 Sofdil va jonkuyar odamlar bilan bu dunyo oboddir.Ushbu gapdagi sifatlar miqdori va turini aniqlang. A) 3 ta: 2 ta qo’shma, 1 ta sodda yasama B) 3 ta: 2 ta qo’shma, 1 ta sodda tub C) 4 ga: 2 ta qo’shma, 2 ta sodda tub D) 4 ta: 2 ta qo’shma, 2 ta sodda. yasama 35 / 51 Qoshi sal qoraroq yigit edi. Ushbu gapdagi sifatning darajasini va daraja hosil qiluvchi vositani aniqlang. A) orttirma, leksik. B) qiyyosiy, leksik. C) ozaytirma, leksik. D) ozaytirma, leksik, morfologik 36 / 51 Takroriy sifat qatnashgan gapni aniqlang. A) Bozordan qovun-povun, bug’doy-mug’doylar sotib oldik-da. B) Yap-yangi binoga ko’chib kirdik. C) Yirik-yirik tomchilar yer-u ko’kni savalay ketdi. D) Menga o’xshash esli-hushli yigitga zoriqib o’tirgan ekan. 37 / 51 Shunda ulg‘aydi bo‘yi, Ko‘ring bo’ldi yigitcha. Vazmin, tiyrak, chaqnoq ko‘z, Sarg‘ish soch-u oppoq yuz.(Po‘lat Mo'min Berilgan she’riyjumladagi sifatlar qanday daraja shakir i- ekanini aniqlang. l)oddiy; 2)orttirma; 3)qiyosiy; 4) ozaytirma. A) l, 2 B) 1,2,3,4 C) 1,2, 4 D) 1, 3,4 38 / 51 Sifatning oddiy daraja shakli deb nimaga aytiladi? A) Belgining me’yordan kam ekanligini bildiruvchi sifat shakli B) Belgining odatdagi me’yorda ekanligini bildiruvchi va boshqa darajalar uchun asos bo’lib xizmat qiluvchi sifat shakli C) Belgining me’yordan biroz kam ekanligini qiyosan ifodalaydigan sifat shakli D) Belgining me’yordan ortiq ekanligini bildiradigan sifat shakli 39 / 51 Orttirma darajadagi sifatlar berilgan qatorni aniqlang. A) Dunyoda eng orzumand xalq o’zbek bo’lsa ajabmas B) Ular yolg’izoyoq yo’ldan nihoyatda sekin borishardi. C) Quvvatsizligidan juda tez charchab qolardi D) barcha javoblar to’g’ri 40 / 51 Qaysi qatorda nisbiy sifat qo’llangan ? A) Mevazorda shirin ,nordon ,qizil va oq olmalar ko’p B) Davlatimiz butun tarbiyaviy ishlarda yosh avlodning o’sib kamolotga yetishiga alohida ahamiyat berib keladi C) Maktabimiz yonida katta bog’ bor D) Kimki tanlagan hunarni bilib olishga qunt bilan kirishmasa ,u hunarni yaxshi egallay olmaydi 41 / 51 Biroz yoqimsizroq havo. Ushbu gapdagi sifatning darajasini va daraja hosil qiluvchi vositani aniqlang. A) orttirma, fonetik. B) orttirma, leksik. C) ozaytirma, leksik. D) ozaytirma, morfologik, leksik. 42 / 51 Qaysi qatorda juft sifat ishtirok etmagan? A) Menga o'xshash esli- hushli yigitga zoriqib o'tirgan ekan B) Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g'ayrat ,dadillik baxh etgandek bo'ldi C) Ba'zan pi ilka shokoladni ,arzon-garov qo'g'irchoqni olib keladi D) Qo'llari kctmon ,o'roq ,ayri ushlayverganlaridan g'adir-budir haqiqiy dchqon edilar 43 / 51 Qaysi qatordagi gapda nisbiy sifat qo’llangan? A) Hovlimizda kucha eshikdan kiraverishda kichkina, gishtin uycha bor. B) Inson tabiatning eng ongli farzandi. C) Cho’ponlar sezgir, itlar ham ziyrak, bo’riday ayyor. D) Giyos aka yumshoq ajriq ustiga yonboshladi. 44 / 51 Orttirma darajadagi sifat qatnashgan gapni aniqlang. A) Qizlar ichida barchasidan nozigi Muhayyo ekanligi Sarvarning e'tiborini jalb etdi. B) Juda ko'p o'yladik va oxiri seni bosh direktorlik lavozimiga munosib deb topdik. C) Butun jonzotga kerakli quyosh tongda ko'tarildi-yu, qoq tushga kelib hamma joyni qizdirdi. D) Eng oldinda chopayotgan qora ayg'ir barcha otlarga boshchilik qilib ularni tog' tomon boshlab borardi. 45 / 51 Qaysi gapdagi sifat darajasi leksik usulda hosil qilingan? A) Ona Yeming xushbo‘y tafti mast qiladi kishini. B) U otasi Muzaffar Farmonovning batamom aksi: dadasi yum- yumaloq, baqaloq boisa, bu xushqad, xushsurat. C) Ko‘z oldimdan ichakuzdi qiliqlar qilayotgan qiziqchilar ketmasdi. D) Hulkaming och jigarrang yonoqlarida ajib bir qizillik o‘ynaydi. 46 / 51 Sifatning orttirma darajasi qanday yo’llar bilan hosil bo’ladi? A) oddiy daraja shaklidagi sifat oldidan sal, biroz, xiyla so’zlarini keltirish orqali. B) A, B C) oddiy daraja shaklidagi sifatning birinchi bo’g’ini tovush o’zgarishi bilan takrorlanish orqali D) oddiy daraja shaklidagi sifat oldidan eng, g’oyat, juda kabi so’zlar keltirish orqali 47 / 51 Oddiy darajadagi sifat qaysi qatordagi gapda ifodalangan. A) Juda mayin shamol esmoqda. B) Oppoq gullar boxy taratdi. C) Usti yaltiroq ichi qaltiroq D) Gilos olchadan yirikroq. 48 / 51 Nodonga pand aytsang, qafasga shamol yuborgan bilan teng bo'ladi. Mazkur gapda sifatlarning tuzilishiga ko‘ra qanday turi qatnashgan? A) qo‘shma B) takror C) sodda D) juft 49 / 51 Sifatlar tuzilishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? A) sodda, juft B) sodda, qo’shma, juft va takror C) sodda, qo’shma, juft D) sodda va qo’shma 50 / 51 Asliy sifatni nisbiy sifatdan qanday farqlash mumkin ? A) otga bog’lana olishi va bog’lana olmasligiga ko’ra B) gap bo’lagi vazifasida kela olishi va kela olmasligiga ko’ra C) tub va yasamaligiga ko’ra D) –roq qo’shimchasini erkin qabul qila olishi va qila olmasligiga ko’ra 51 / 51 Qaysi javobda quyidagi gapdagi sifat soni va ularning tuzilishiga ko'ra turi to'g - ko'rsatilgan? O'z onamni elas-elas xotirlayman. Kipriklari qop-qora, chiroyli. Uzun-uzun kipriklari qilt etmaydi. A) 2ta ; takroriy B) 1 ta; takroriy C) 3 ta; takroriy va sodda D) 3 ta; takroriy va juft 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz