Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №11 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №11 InfoMaster Mart 31, 2022 88 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 6-sinf Ona tili №11 OTLARNING LUG’AVIY SHAKLLARI .SON SHAKLLARI OTLARNING KICHRAYTIRISH VA ERKALASH OTLARI MUSTAHKAMLASH SIFAT SIFATLARNING YASALISHI SIFAT YASOVCHI QO’SHIMCHALAR VA ULARNING IMLOSI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Ma’lum hududdagina ishlatilib, faqat shu yerda yashovchi kishilar tushunarli bo’lgan so’lar qanday nomlanadi. A) Atamalar B) Shevaga xos so’zlar C) Paronomlar D) Umumxalq ishlatiladigan so’zlar. 2 / 50 to’quvchilik so’zida nechta ko’makchi morfema bor ? A) 4 ta B) 2 ta C) 1 ta D) 3 ta 3 / 50 Qaysi qatorda asos+ so’z yasovchi+ so’z yasovchi qolipida yasalgan so’zlar berilgan? A) bo’yoqchi,tilakdosh, epchillik B) gandiraklamoq, dodlamoq, davolovchi C) e’tiborlilik, ekinni, qaynatma D) bosqinchilik ,bog’dorchilik, bostirma 4 / 50 –ir orttirma nisbat qo’shimchasi haqida bildirilgan qaysi hukm noto’g’ri? A) fe’l yasovchi qo’shimcha bilan omonimlik hosil qiladi B) undosh bilan tugagan bir bo’g’inli fe’llarga qo’shiladi C) vazifasiga ko’ra shakl yasovchi qo’shimcha hisoblanadi D) undosh bilan tugagan ko’p bo’g’inli fe’llarga qo’shiladi 5 / 50 Yuvintirishdi fe’li qaysi nisbatdaligini aniqlang A) orttirma B) o’zlik C) majhul D) birgalik 6 / 50 Qaysi javobdagi ravishdoshlar ish harakatning paytini bildiradi. A) topgani, bo’linib, yura-yura B) kuchayguncha, tuqqach, ichikkuncha. C) oqquncha, topgani, ezilib D) shoshgancha, kiygani, yurgach. 7 / 50 1 Uni ko'rib qotib qoidim . 2 O'z xohishim bilan qoldim . Har ikkaia gapdagi qolmoq fe'li qaysi qatorda to'g'ri izohlangan ? A) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l B) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l C) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l D) ikkala gapda ham mustaqil fe’l 8 / 50 Boshqa bir harakat va holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi uchun shart bo’lgan harakat va holat, shuningdek, istak-xohishni bildiradigan fe’l shakli ... A) shart mayli B) buyruq-istak va shart mayli C) buyruq-istak mayli D) xabar mayli 9 / 50 Shart maylidagi fe’l qatnashgan gapni toping. A) Olim bo’lsang, olam seniki B) O’quvchilar bu gapni qiziqish bilan eshitdilar C) Akam institutning sirtqi bo’limida o’qiyapti D) Onam qo’shiq aytishni yaxshi ko’radi 10 / 50 Bittasi toshkentlik Yusufbek hojining o’g’li Otabek ! Ushbu gapda nechta shaxs oti mavjud A) 4 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 2 ta 11 / 50 Qaysi javobda quyida berilgan gapi sifatga oid so'zlar soni to'g'ri ko'rsatilgan ? Samoning bulutlar siyrak, zangorsir sahnida ham to'lishmagan qandaydir beshakl oy xira, rangsiz yiltiraydi. A) uchta B) beshta C) to'rtta D) oltita 12 / 50 Jahonda nimaiki oq, unga ona suti timsol; nimaiki jo'shqin, unga ham ona mehri timsol; nimaiki chidamli, sabr-toqatli, unga ham ona irodasi timsol; kimki pok muhabbat, mehridaryolik da’vo qilsa, onaning pok qalbi timsol. Berilgan gapda sifat turkumiga oid so'zlar necha o'rinda qo'llangan? A) 5 B) 4 C) 7 D) 6 13 / 50 Qaysi qatordagi ko’plik ma'nosi leksik morfologik usul bilan hosil bo’lgan. A) Xalq dengizdir, xalq to’lqindir, xalq kuchdir. B) Majlisga ko’p ota-onalar kelishdi. C) Ig’vo-yu , nizolar umr yo’lini qisqartiradi. D) Dasta-dasta gul tutay. 14 / 50 Qaysi qator faqat kichraytirish va erkalash otlaridan iborat ? A) tugunchak, yalinchoq ,qo’g’irchoq B) kelinchak , bo’taloq , kitobcha C) yulduzcha , archa , cho’pchak D) ko’rpacha ,toychoq , qizilcha 15 / 50 Faqat sifat yasovchi qo’shimchalar olgan so’zlarni toping A) kamchilik,arzonchilik,yo’qla B) ko’zik,bizbizak,suyanchiq C) butunlayin,qisqacha,o’tmas D) kuyunchak,yulg’ich,jannati 16 / 50 Faqat birlikda qo’llanadigan otlar qatorini toping. A) ko’z, quloq, burun, g’ildirak. B) sport, qo’zg’olon, muallim. C) Toshkent, Farg’ona, Qo’qon, Qarshi. D) bola, o’quvchi, temir, mis. 17 / 50 Kichraytirish va erkalash otlari qaysi javobda berilgan A) archa ,chiroq , konfet , qo’ng’iroq B) Erkin ,Ahmad , Oyniso C) yulduzcha , qo’zichoq , kelinchak,bo’taloq D) daryo , buloq , qalam 18 / 50 Qaysi qo'shimcha xoslik belgisini.bildiruvchi sifat yasaydi ? A) -simon B) -gi ,-ki C) li D) –(y )iy 19 / 50 Faqat turdosh otlar asosida paydo bo’lgan atoqli otlar qatorini aniqlang A) Ulug’ ,Suluv ,Dilbar ,Go’zal B) Ergash ,Lobar , Gulchehra ,To’xtamurod C) Juma ,Bahri ,Rayhon ,Nilufar D) Ortiq ,Quvonch , Xursand ,Vali 20 / 50 Otga bog’lanib uning belgisini bildiradigan so’z... A) sifat B) ravish C) ravishdosh D) sifatdosh 21 / 50 Kichraytirish qo’shimchalari qaysi turkumga oid so’zlarga qo’shiladi ? A) otlarga ,sifatlarga B) faqat sifatlarga C) faqat otlarga D) sonlarga 22 / 50 Ko’plik ma'nosi morfologik yo’l bilan ifodalangan qatorni belgilang. A) o’nta kitob B) uylar C) to’da D) dasta-dasta gul 23 / 50 Ko’plik shakli hurmat ma’nosini ifodalaganda,ko’plik va egalik qo’shimchasi qanday o’rinlashadi? A) ko’plik qo’shimchasi hurmat ma’nosini ifodalaganda,egalik qo’shimchasining qo’llanish-qo’llanmasligi ahamiyatga ega emas B) hurmat ma’nosini ifodalagan ko’plik shakli hamma vaqt egalik qo’shimchasidan oldin keladi C) ko’plik qo’shimchasi hurmat ma’nosini ifodalaganda,qaysi shaxsdagi egalik qo’shimchasi bilan qo’llanishiga ko’ra undan oldin yoki keyin kelishi mumkin. D) hurmat ma’nosini ifodalangan ko’plik shakli hamma vaqt egalik qo’shimchasidan keyin keladi 24 / 50 Erkalash qoshimchalari qaysi turkumga oid so’zlarga qo’shiladi ? A) otlarga ,sifatlarga B) faqat otlarga C) sonlarga D) faqat sifatlarga 25 / 50 Quyidagi –cha qo’shimchasi bilan shakllangan so’zlarning qaysi qatorda kichraytirish ma’nosi ifodalanmagan ? A) yulduzcha , bog’cha ,kitobcha B) qizcha ,ko’zacha , daftarcha C) novcha , yangicha , o’zgacha D) qushcha , bolg’acha ,zarracha 26 / 50 Kichraytirish va erkalash otlari qaysi qatorda qo’llangan ? A) ko’chagacha , oyog’igacha , markazgacha B) osmondagi ,qirdagi , qishloqdagi C) dadamlar ,tog’amlar , ammamlar D) o’rdakcha , qizaloq , baliqcha 27 / 50 Qaysi gapda fe’ldan yasalgan sifat qo’llangan? A) Avval zaruriy ishlarni bajaringlar. B) Qish kelib, zerikarli tunlar boshlandi. C) Sog’lom tanda sog’lom aql bo’ladi. D) Biz mehnatkash odamlarni mukofotlaymiz. 28 / 50 Jamlovchi otlar berilgan qatorni toping. A) bola, mashina, non. B) xalq, armiya, to’da C) gul, qalam, olma D) kitob, uy, daraxt. 29 / 50 Erkalash qo'shimchasi qaysi so'z turkumiga qo'shilihi mumkin ?1 ot 2 sifat 3 ravshish 4 olmosh 5 fe'l A) 1,2 B) 1,4 C) 1,2,3 D) 1 30 / 50 Boshqa turkumga oid so’zlar asosida paydo bo’lgan atoqli otlar qatorini toping A) Asal ,Ra’no , Lola B) O’lmas ,O’tkir , Nodir C) Alisher , Akram ,Rustam ,Mosh D) Yupiter, Mars , Hulkar , Sotiboldi 31 / 50 no-, -siz, be- qo’shimchalari qaysi belgiga egalik bildiruvchi qo’shimcha bilan ziddosh bo’la olmaydi? A) ser- B) -li C) –mand D) -dor 32 / 50 Ko’plik qo’ shimchasi -lar qaysi qatorda hurmat ma'nosini bildirmoqda. A) A, B, C B) Aya, aya dadamlar keldi. C) Togamlar bugun ertalab keldilar. D) Katta opamlar zardo’zlik fabrikasida zardo’z bo’lib ishlaydilar. 33 / 50 Kichraytirish ,erkalash otlari qaysi qo’shimchalar bilan yasaladi ? A) –xon ,-bibi ,-iston ,-kash B) –chak ,-aloq , -boy ,-boz C) –cha , -oy ,-zor ,-ak D) –loq ,-gina , -cha , -poshsha, jon 34 / 50 Quyida berilgan gapdagi sifat turkumiga oid so’zlar sonini aniqlang. Auditoriyaga qomatli, xushbichim, o’ziga yarashgan kostum-shim, ustidan yupqa qavilgan beqasam to’n kiygan, oyog’ida zamonaviy tufli, bo’ynida chiroyli galstugi, ko’zida tilla gardishli ko’zoynagi bor, kalta mo’ylov qo’ygan, moshrang do‘ppili kishi viqor bilan kirib keldi. A) 8 ta B) 10 ta C) 11 ta D) 9 ta 35 / 50 -iq qo’shimchasi bilan yasalgan sifatlar qaysi qatorda berilgan? A) to’liq, yopiq B) chiniq, yo’liq C) qichqiriq, chiziq D) chiziq, yo’riq 36 / 50 Un, yog’ ,suv kabi so’zlarga lar qo’shimchasi qo’shilganda qanday ma'no ifodalanadi? A) grammatik ko’plik. B) hil, nav, mo’llik. C) kuchaytirish va takid. D) jamlik va to’da 37 / 50 Kichraytirish va erkalash otlari berilgan qatorni aniqlang A) qizaloq , ovloq B) kulgancha , uycha C) kelinchak , kitobcha D) qo’zichoq , olchoq 38 / 50 Fe’ldan yasalgan sifatlar qatorini belgilang. A) siniq,sayroqi B) o’qigan ,termulgan C) chiziq,ekin D) terish ,sinish 39 / 50 Sifat yasovchi -li qo'shimchasi quyidagi qaysi qo'shimchalar bilan ma'nodoshlik munosabatidabo'ladi ? 1 -dor 2 -mand 3 -zor 4 -ba 5-siz A) 1,3,5 B) 1,2,4,5 C) 1.2.3.4 D) 1,2,4 40 / 50 Qaysi qatorda sifat yasovchi sinonim qo’shimchalar berilgan? A) -li, ser-, ba B) -chan,-gir,-dor C) be-, bo-, ba- D) -ag’on,-qir, -simon 41 / 50 -gi (-ki) ,-simon,-iy sifat yasovchi qo’shimchalari qanday belgi bildiruvchi sifatlar yasaydi ? A) ortiqlik va o’xshatishni bildiruvchi B) payt, o’xshatish va xoslik bildiruvchi C) egalik va shakl-hajm bildiruvchi D) rang-tus,maza-ta’m va o’rin bildiruvchi 42 / 50 Qaysi qatordagi otlarga qo’shilgan -lar qo’shimchasi ma'noni kuchaytiradi. A) yog’lar, suvlar, unlar. B) maysalar, daraxtlar, tog’lar. C) farhodlar, oybeklar, matrosovlar. D) ko’ngillar, baxtlar, uyqular. 43 / 50 Bir to‘da odam Ko‘plik ma’nosi qanday usulda hosil qilingan? A) morfologik usulda B) leksik usulda C) semantik usulda D) leksik-morfologik usulda 44 / 50 Ko’plik qo’shimchasini olmaydigan so’zlar qatnashgan qatorni belgilang. A) kun, baliq, ishchi, kiyim. B) quvonch, men, sen. C) siz, kitob, qalam. D) safar, oqshom, u, olim. 45 / 50 Kichraytirish qo'shimchasi qaysi o'z turkumiga qo'shilishi mumkin? 1 ot 2 sifat 3 ravshish 4 olmosh 5 fe'l A) 1 B) 1,2,3 C) 1,2 D) 1,4 46 / 50 Turdosh otdan vujudga kelgan atoqli otlar qatorini aniqlang A) Shirin , O’tkir , Majnun , Muborak B) To’xta , Turdi , Tursun , Berdi C) Olmos ,Yashin , Sulton ,Jo’ra D) rentgen , Bo’ston , Xosiyatxon ,amper 47 / 50 Atoqli ot asosida paydo bo’lgan turdosh otlar qatorini belgilang A) yetmish , bultur , turdi , ra’no B) anor , lola , shirin , to’qson C) rentgen ,xosiyatxon ,michurinchilar D) asal ,rayhon , arslon ,muhabbat 48 / 50 Quyidagi gapda -lar qo’shimchasi qanday ma'noni anglatgan. O’rikning ertapishar navi may oylarining oxirlarida pishadi. A) kuchaytirish, takid ma'nosini. B) sof ko’plik ma'nosini. C) tur ma'nosini. D) taxmin, chama ma'nosini. 49 / 50 Ko’plik ma'nosini ifoda etuvchi birlik sondagi ot berilgan gap qaysi qatorda ko’rsatilgan. A) Sayyoralar bizdan bir sinf yuqorida o’qishardi. B) Amakimlar dadamga juda o’xshaydilar. C) «Qutlug’ qon» romanida 1916 yilgi xalq qo’zg’oloni haqqoniy aks ettiriladi. D) Og’riqdan ko’zlarim tinib ketdi. 50 / 50 Qaysi qatordagi so’z jamlovchi otlarga mansub emas? A) guruh B) xalq C) armiya. D) daraxt. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz