Uy » Attestatsiya testlar » Ona tili va adabiyot attestatsiya » Ona tili va adabiyot attestatsiya №1 Ona tili va adabiyot attestatsiya Ona tili va adabiyot attestatsiya №1 InfoMaster Mart 3, 2022 925 Ko'rishlar 6 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 7 0% 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №1 1 / 40 Zavqiyning “Hajvi ahli rasta” asarida oshqaboq xamakka o’xshatilgan qahramon. A) Nazirbek B) Shokir qora C) Mo’minshoh D) Shohaziz 2 / 40 Ayol kishiga Qo‘l ko‘tarish nimaligin bilurmisan? Ayt! Sen-ku odam bolasisan, Qaysi bir hayvon Emayotib, uzib olar onasin ko‘ksin. Shohlarni-ku qo‘ya turay, payg‘ambarlar ham, Nabilar ham tug‘ilgan-ku ayol zotidan. Unutibsan, Senga bir vaqt aytib bergandim, To‘maris deb atalguvchi yovqur momomiz Turon zamin erki uchun maydonga chiqib, Eron shohin kallasini qonga bo‘ktirgan. u ham ayol bo‘lgan, Bilib qo‘y, o‘g‘lim! Rafiqasiga qo‘l ko‘targan o‘g‘ilga qarata ota tomonidan aytilgan ushbu misralar “Sohibqiron” dramasida qaysi qahramonga qarata aytilganligini aniqlang? A) Jahongir mirzo B) Mironshoh mirzo C) Umarshayx mirzo D) Shohrux mirzo 3 / 40 Sonor undoshlar haqida berilgan qaysi fikr to’g’ri emas? A) Sonor undoshlar jarangsiz juftiga ega emas. B) Sonorlarga mansub undoshlardan bittasi lab undoshi sanaladi. C) Sonorlar jarangli va jarangsiz undoshlar sanaladi. D) Sonorlarga mansub undoshlardan ikkitasi sirg’aluvchi undoshlar sanaladi. 4 / 40 Qaysi gapda paronimlarni qo’llash bilan bog’liq uslubiy xato mavjud? A) Bu gaplardan so’ng anchagacha otasining boshi xam bo’lib yurdi. B) Bir tup tut tagida bir tup turp turtib turibdi. C) Shifoxonada butunlay tuzalib bod balosidan qutuldim. D) Bu ta’rifda barcha aloqa xizmatlari bepul amalga oshiriladi. 5 / 40 Quyidagilardan xamsanavislar haqida berilgan to’g’ri ma’lumotlarni aniqlang. 1)“Xamsa” yozishni ozarbayjonlikulug’ shoir Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan; 2)Dehlaviy yana 2 doston qo’shib, o’z “Xamsa”sini yetti dostonga yetkazadi; 3)Jomiy “Xamsa”sini “Panj ganj” deb atagan; 4)Navoiy qisqa muddatda (1483-1485-yillard 51 ming misradan ortiq “Xamsa”sini yozib tugallagan. A) 2, 3 B) 1, 3 C) 2, 4 D) 1, 4 6 / 40 Boshni fido ayla ato qoshig`a Jismni qil sadqa ano boshig`a. Ushbu misralar Navoiyning qaysi dostonidan olingan? A) “Farhod va Shirin” B) “Layli va Majnun” C) “Saddi Iskandariy” D) “Hayrat-ul abror” 7 / 40 Berilgan qo`shimchalardan nechtasi ham so`z yasovchi, ham lug`aviy shakl yasovchi, ham sintaktik shakl yasovchi qo`shimcha vazifasini bajara oladi? -ar, - y, -ish, -ib, - gan, - lab, - a, - ka. A) 4 tasi B) 5 tasi C) 7 tasi D) 3 tasi 8 / 40 Berilganlardan qo’shma sifatlarni aniqlang. 1) sovuqmijoz; 2) hozirjavob; 3) achchiqtosh; 4) mehnatkash; 5) issiqxona; A) 1, 3 B) 1, 2, 4 C) 1, 2 D) 1, 3, 5 9 / 40 Arman xalq eposi “Sosunli Dovud” dostonini tarjima qilgan ijodkorning asari qaysi qatorda berilgan? A) “Singan umid” B) “So`nggi kun” C) “Astrabod ” D) “Izlaganim” 10 / 40 Matndagi tagiga chizib ko’rsatilgan so’zlardan birortasining ham ma’nosiga mos kelmaydigan izohni aniqlang. Aytishlaricha, Iskandar taxtga o’tirgach, jahonda u tasarruf qilmagan joy qolmabdi. Dunyoning barcha shohlari uning qullug’ini ado etishni o’zlariga sharaf deb biladilar. Yetti iqlim dur-u javohirlari uning xazinasi sari oqib keldi. Yurti obod, xalqi farovon bo’ldi. Dunyoning jami oqil-u donishmandlarini jam etdiki, barcha ilm-u ma’rifat sirlari u uchun ayon bo’ldi. Shunday jahongir shoh ajal oldida ojiz qolib vasiyat qiladi: “Meni ko’mish uchun qabristonga olib borayotganda tobutdan bir qo’limni tashqariga chiqarib qo’ying. Toki unga boqqan kishilar yetti iqlimni olgan, yetti falak mushkulini hal qilgan qudratli oxir-oqibat bu dunyoni tark etib, quruq qo’l bilan u dunyoga ketayotganini ko’rsinlar. So’nggi yo’lga ketar ekanman, istaymanki, menday jahongirning dunyodan quruq qo’l bilan ketayotgani mol-dunyo to’plashga ruju qo’ygan odamlar uchun ibrat bo’lsin! Iskandardek qudratli shohning mol-mulki o’ziga vafo qilmadi, ammo uning adli, ilm-u irfoni tillarda doston bo’lib qoldi, zero insonning umri davomida to’plagan mol-u dunyosi bebaqodir, undan faqat ezgu amallargina yodgor bo’lib qoladi A) Egalik qilmagan, ixtiyoriga olmagan, xo’jayinlik qilmagan B) Tez o’tib ketadigan, doimiy, abadiy turmaydigan, saqlanmaydigan C) Faxr, iftixor, faxrlanishga arziydigan D) Koinot, olam, falak, osmon 11 / 40 Quyidagi gapda mustaqil so`zlar miqdorini aniqlang? G`amgin qoyalar qilib qo`ygan gunohidan o`zi qo`rqib ketganday ingrab yubordi. A) 9 ta B) 7 ta C) 8 ta D) 6 ta 12 / 40 Quyidagi ajratib ko’rsatilgan band so’zi haqida berilgan to’g’ri hukmni toping. 1)Usta pichoqqa band yasash bilan ovora ekan, bezovta qilmadik. 2)Suv kelmasdan band tashlama. 3)Shifokor hozir band birozdan keyin xabar oling. A) Har uchala gapdagi band so’zi bir so’zning turli ma’nolarda qo’llanishidir. B) Ushbu gaplarda qatnashgan band so’zlarining barchasi o’zaro shakldosh so’zlar sanaladi. C) 1- va 3-gaplardagi band so’zi o’zaro ko’p ma’noli so’zlar sanaladi va ushbu so’z 2-gapdagi band so’ziga nisbatan shakldoshlik qila oladi. D) 2-va 3-gapdagi band so’zlari o’zaro ko’p ma’noli so’zlar sanaladi va ushbu so’zlar 1- gapdagi band so’ziga nisbatan shakldoshlik hosil qila oladi. 13 / 40 Qaysi javobda olmosh ega vazifasini bajarmagan? A) Mayli-da kimgadir yoqsa, yoqmasa, ularga qo`shilib yig`lasharmidik. B) Seni odobli bo'lganing uchun hamma hurmat qiladi. C) Boyning tashqarisida Yo'lchidan boshqa hech kim yo‘q. D) Bu – siz uchun katta sinov. 14 / 40 “Go`ro`g`lining tug`ilishi ” dostonida Gajdumbek kimning o`g`li? A) Jig`alixonning B) Shohdorxonning C) Qovushtixonning D) Odilxonning 15 / 40 Qaysi qatorda Mirtemir ijodiga mansub tarjimalar berilgan? Pushkinning"Yevgeniy Onegin" she'riy romani; Lermontovning "Maskarad" asarini "Manas" qirg'iz xalq eposini; "Qirq qiz" qoraqalpoq xalq dostoni; "Sosunli Dovud" arman xalqeposi. A) l, 2 B) l, 2, 3 C) 3, 4 D) 4, 5 16 / 40 O’n oy davom etgan tergov azoblaridan so’ng adib “sovetlartga qarshi targ’ibot qilgan”likda ayblanib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan ijodkorning ijodi bilan bog’liq to’g’ri ma’lumotni aniqlang? A) Ushbu ijodkorning asarlarida ona yurti – O’zbekiston tabiati, uning zahmatkash xalqi mehnatini sharaflab yozgan she’rlari o’zining samimiyligi, ohangdorligi, o’quvchining eng nozik tuyg’ularini qo’zg’ata olishi bilan zamonlar sinovidan o’tib kelmoqda. B) Ijodkorning ijodidagi bosh mavzu nima deb so’ralsa, yurtga, tabiatga oshiqlik, bolalik xotiralariga sadoqat, o’z xalqidan faxrlanish, uni chin dildan sevish va ardoqlash, deb aytish mumkin. C) Ushbu ijodkor qalamiga mansub asar o’tgan asrning 60- yillarida, Navoiy tavalludining 525 yilligi arafasida yaratilgan edi. D) Ijodkorning asarlaridan birida ulug’ mutafakkir Alisher Navoiyning ziddiyatlarga to’la hayoti tasvirlangan. 17 / 40 Quyidagi qaysi gapda vazifadoshlik asosida ma’nosi ko’chgan so’z ega vazifasida kelgan? A) Rentgen apparati natijalarini kutyapmiz. B) Stol oyog’i pishiq yog’ochdan qilingan. C) Bosh omon bo’lsa, do’ppi topiladi. D) Qozonning qulog’i qiyshayib qolgan ekan. 18 / 40 Qaysi gap tarkibida o’z paronimi bilan o’zaro bir xil turkumga mansub bo’la oladigan tub so’z qatnashgan? A) Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi begona afzal. B) Jahling chiqqan taqdirda ham birovga qattiq gapirma. C) Siz daraxtning shoxida yursangiz, u bargida yuradigan yigit. D) U otalik mehri jo’sh urib qizchasini bag’riga bosdi. 19 / 40 Qaysi javobda quyidagi gap matn mazmuniga mos ravishda to’g’ri davom ettirilgan? Shoh Iskandar … A) umrining so’nggida dunyoning ko’plab xalqlarini o’ziga tobe qilganidan g’ururlanibdi. B) o’z xazinalari, boyliklari bilan birga ko’mishlarini vasiyat qilibdi C) umrining so’nggida bu dunyoning o’tkinchi, bevafo ekanligini anglab yetibdi. D) bitmas xazina, ko’p boylik o’z hayotining asosiy mazmuni ekanligini tushunibdi. 20 / 40 Ko`zlarim yo`l ustida, kelmadi yor, Ushbu keng dunyo ko`zimga bo`ldi tor. Qay qaroqchi oldi yorimning yo`lin, Mundagi baxtsiz yigit yo`l uzra zor... Ushbu to`rtlik qaysi asardan olingan? A) “Kecha va kunduz” B) “Navoiy” C) “Mehrobdan chayon” D) “O`tkan kunlar” 21 / 40 Imlo qoidasiga nomuvofiq yozilgan so‘z qatnashgan gapni aniqlang. A) Biroq vaqt ketsa ham, otaning maslahati bilan ish tutganlari yaxshi bo‘ldi, chunki yomontosh darasi ular kutganday mudhish edi! B) Lekin kun isishini kutish haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas, chunki havoga ishonish qiyin, eng muhimi, qor ustiga qor yog'ib, dashtda qolib ketishlari ehtimoldan xoli emas. C) Hamon shamol o‘kirar, osmonning goh u, goh bu burchida chaqmoq yaraqlab, yong‘oq shoxlari shubhali g‘iyqillar, ammo endi bular uni qo‘rqitolmas edi. D) Kishining iste’dodi barcha sohada bir xil bo'lavermaydi, chunki yoshlar o‘zi sevgan, qobiliyatiga mos bo'lgan ishni tanlay bilishi kerak. 22 / 40 Voqea-hodisa, shaxs-narsani nomlash uchun ishlatilgan (bir so‘z yoki so‘z birikmasi bilan ifodalangan) qisqa gapdan so‘ng ishlatiladigan tinish belgisi qaysi gapda qo`llangan? A) She’rim! Yana o‘zing yaxshisan! ( U. Nosir ) B) Podshoh o‘sha bolani yoniga o‘tqazib, undan so‘rabdi: Mening uyim chiroylimi yoki otangnikimi? C) Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim! ( M. Yusuf ) D) Yashash. Bu – orzular qanotin kermoq. Yashash. Bu – muhabbat gullarin termoq. (O. Matjon) 23 / 40 Qaysi asarda Turkistonda Qul Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasining shundoq biqinida O’rta Osiyoni zabt etgan general Chernyayev qurdirgan besh-oltita g’ishtin binolarning borligi, Chernyayev bu binolarni chor askarlari uchun qurdirganligi, ammo Sovet hokimiyati ularni qamoqxonaga aylantirib atrofini tikanli sim bilan o’raganligi tasvirlangan? A) “O’tkan kunlar” romanida B) “Mehrobdan chayon” romanida C) “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida D) “Muzqaymoq” hikoyasida 24 / 40 Berilgan matndagi fonetik o’zgarishga uchragan so’zlar haqidagi noto’g’ri hukmni toping. A) Berilgan matndagi olmosh tarkibida tovush ortishi hodisasi ro’y bergan B) Berilgan matnda olmosh tarkibida Tovush tushishi hodisasi ro’y bergan C) Beriligan matndagi so’zlarda ko’makchi morfemada ham tovush o’zgarishi kuzatiladi D) Fonetik o’zgarishga uchragan ot tarkibida jarangli undosh jarangsiz undoshga almashgan 25 / 40 Kesimi faqat til undoshlaridan tashkil topgan yasama so’z bilan ifodalangan gapni aniqlang. A) Tarixni anglash orqali insonda hayotini anglash qobiliyati shakllanadi. B) Hasad va baxillik nafratdan ham murosasizroqdir. C) Oshkora yomonlikka nisbatan yasama ezgulikdan inson ko’proq nafratlanadi. D) Do’stlikka yaramaydigan shaxsning eng yaramasi – chaqimchi. 26 / 40 Navoiyning ”Haq taolo xoni in`omi-yu karami omi ” qit`asidagi ishonch, e`tiqod, ixlos, tushuncha, fikr, bilim ma`nolarini qaysi so`z ifodalaydi? A) ro`ziy B) gumroh C) ro`za D) aqida 27 / 40 Qaysi qatorda otlashgan so’zning asosi omonimlik xususiyatiga ega emas? A) Qush uyasida ko’rganini qiladi. B) Yerni chopgan bilar, terni mehnat qilgan. C) Ko’p bilgan kam gapirar D) O’ylamay qilganing boshingga keltirar tashvish. 28 / 40 Jabr-u jafolardan o’tgan, endigina sening qo’lingdan tutgan, seni yo’qotib qo’ymaslik maqsadida bor vujudi bilan sen uchun yashayotganlarning orzusisan, mustaqillik! Ushbu gapda qo’llangan yasama so’zlar soni nechta? A) 5 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 3ta 29 / 40 Quyida berilgan gaplarning qaysilarida paronim xatolik jarangsiz undosh o`rniga jarangli undosh qo`llash orqali yuzaga kelgan. 1.Odam tushgan chog`ni uning o‘zi qazigan bo‘ladi. (Nepal xalq maqoli) 2.Ushshoq ham non. (Norveg xalq maqoli) 3.Nokasdan qars olsang, uxlashga qo‘ymaydi. (Ukrain xalq maqoli) 4.Do‘stsiz boshim – tussiz oshim. (O‘zbek xalq maqoli) 5.Mard jonini fido qilsa, qochoq issiz yo‘qolar. (Chuvash xalq maqoli) 6.Bug‘uni uradigan odam uning shohlaridan qochib qutula olmaydi. (Dolgan xalq maqoli) 7.Og‘zini bod ochadigan kishi ko‘p yo‘qotadi. (Shved xalq maqoli) 8.Kichkina teshikdan kirgan nur ham xonani yoriq qiladi. (Yapon xalq maqoli). A) 1, 7 B) 3, 4, 5, 8 C) 1, 3, 4, 5, 7, 8 D) 2, 6, 8 30 / 40 “Suv qalqisa loyqasi yuqoriga chiqqanday, zamon qalqigandan buyon yomon ko’paydi”. Ushbu misralar qaysi asardan olinganligini aniqlang. A) Bemor B) Shum bola C) Muzqaymoq D) Urushning so’nggi qurboni 31 / 40 Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zlar qatorini aniqlang? A) sazovor, muloqot B) sazovar, muloqat C) sazavor, mulaqot D) sozovor, muloqot 32 / 40 Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini ko‘paytirish, kengaytirish ma`nosinida qo`llanadigan so`z qaysi qatorda berilgan? A) strategiya B) brifing C) modernizatsiya D) diversifikatsiya 33 / 40 Quyida berilgan qaysi so`zlar imloviy jihatdan noto`g`ri yozilgan? 1) xasrat; 2) mudofaa; 3) muddoa; 4) tobeylanmoq; 5) tamir A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 3, 4, 5 D) 2, 3, 4, 5 34 / 40 Qaysi javobdagi baytda tazod san’atidan foydalanilmagan? A) Mumkin o‘lsa ko‘rmog‘im, ey sarvi ra’no, surating, Aylasa chashmim aro mardum kabi jo surating. B) Bu kun, ey do‘stlar, farzandi jononimni sog‘indim, Gado bo‘lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog‘indim. C) Fasli navbahor o‘ldi ketibon zimistonlar, Do‘stlar, g‘animatdur, sayr eting gulistonlar. D) Orzu qildim: “ Tutarmen ”, - deb visoli domanin, Pora bo‘ldi hajr ilgida giribon oqibat. 35 / 40 Qaysi javobda keltirilgan gapda tarkibida faqat til oldi undoshlari bo’lgan qo’shma sifat mavjud? A) Milliy mafkuramizda milliylik umumbashariy g’oyalar bilan uyg’unlashib ketgan. B) Orzu millatga hayotbaxsh ruh bag’ishlaydi. C) U juda shirinsuxan odam ekan. D) Qo’shiqning diltortar navolari hammani o’ziga rom qildi. 36 / 40 Umri… mazmuni… millat… dardi… darmon bo’lish… iborat deb bilgan Amir Temur xalqimiz… ardoqli, ulug’ farzandidir. Ushbu gapda nechta so’zdagi nuqtalar o’rniga qaratqich kelishigi qo’shimchasini qo’llash lozim? A) 3 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 2 ta 37 / 40 Payt, fursat, mahal, chog’, palla, muddat, dam, on, lahza. Yuqoridagi sinonim so’zlardan qaysi biri “ko’pincha ma’lum ish uchun lozim bo’lgan, shu ishga belgilangan vaqt” ma’nosini bildiradi? A) lahza B) payt C) on D) fursat 38 / 40 Berilganlardan qaysi birida grammatik moslik buzilgan? A) mevani ekmoq B) suv ichida cho`milmoq C) kuzdagi boychechak D) gulni barglari 39 / 40 old, ko`ra, orqa, qarab,ro`para, deya, oldin, deb,avval, bo`ylab, keyin, so`ng, atab. Ushbu vazifadosh ko`makchilardan nechtasi fe`l so`z turkumidan hosil bo`lgan? A) 5 tasi B) 10 tasi C) 6 tasi D) 7 tasi 40 / 40 “…… bu yog’ida to’qson besh, bu yog’ida to’qson besh o’n kam ikki yuz kokili bor, bir yog’ini tilla suviga botirgan, bir yog’ini kumush suviga botirgan, tong shamolida qotirgan. Jamoli chillaning qoriday tingjirab, yaltirab o’tirgan”. Ushbu parchada xalq dostonlaridagi qaysi qahramonning husn-u jamoli ta’riflangan? A) Barchinoyning B) Xolbekaning C) Gulanorning D) Zulxumorning O'rtacha ball 0% 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 19 Ona tili va adaviyot fanidan attestatsiya savollari №14
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Ona tili va adabiyot attestatsiya №13
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 On tili va adabiyot attestatsiya №12
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 On tili va adabiyot attestatsiya №11