Uy » Attestatsiya testlar » Ona tili va adabiyot attestatsiya » Ona tili va adabiyot attestatsiya №2 Ona tili va adabiyot attestatsiya Ona tili va adabiyot attestatsiya №2 InfoMaster Yanvar 7, 2022 412 Ko'rishlar 108 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №2 1 / 40 Fuzuliyning “Dahr bir bozordir – har kas mato’in arz edar” baytini aytgan oddiy qorovul tohir aka obrazi qaysi asarda uchraydi? A) “O’tkan kunlar” B) “Kecha va kunduz” C) “Yulduzli tunlar” D) “Mehrobdan chayon” 2 / 40 Arman xalq eposi “Sosunli Dovud” dostonini tarjima qilgan ijodkorning asari qaysi qatorda berilgan? A) “So`nggi kun” B) “Izlaganim” C) “Astrabod ” D) “Singan umid” 3 / 40 “…… bu yog’ida to’qson besh, bu yog’ida to’qson besh o’n kam ikki yuz kokili bor, bir yog’ini tilla suviga botirgan, bir yog’ini kumush suviga botirgan, tong shamolida qotirgan. Jamoli chillaning qoriday tingjirab, yaltirab o’tirgan”. Ushbu parchada xalq dostonlaridagi qaysi qahramonning husn-u jamoli ta’riflangan? A) Xolbekaning B) Barchinoyning C) Gulanorning D) Zulxumorning 4 / 40 Qaysi ijodkor o’z she’rida Vatanning tinchligini asrash xuddi “mo’rt shisha”ni asrashdek qiyin ekanligini eslatib o’tadi? A) A. Obidjon B) E. Vohidov C) A. Avloniy D) Zulfiya 5 / 40 Kesimi faqat til undoshlaridan tashkil topgan yasama so’z bilan ifodalangan gapni aniqlang. A) Hasad va baxillik nafratdan ham murosasizroqdir. B) Do’stlikka yaramaydigan shaxsning eng yaramasi – chaqimchi. C) Oshkora yomonlikka nisbatan yasama ezgulikdan inson ko’proq nafratlanadi. D) Tarixni anglash orqali insonda hayotini anglash qobiliyati shakllanadi. 6 / 40 Imlo qoidasiga nomuvofiq yozilgan so‘z qatnashgan gapni aniqlang. A) Biroq vaqt ketsa ham, otaning maslahati bilan ish tutganlari yaxshi bo‘ldi, chunki yomontosh darasi ular kutganday mudhish edi! B) Hamon shamol o‘kirar, osmonning goh u, goh bu burchida chaqmoq yaraqlab, yong‘oq shoxlari shubhali g‘iyqillar, ammo endi bular uni qo‘rqitolmas edi. C) Kishining iste’dodi barcha sohada bir xil bo'lavermaydi, chunki yoshlar o‘zi sevgan, qobiliyatiga mos bo'lgan ishni tanlay bilishi kerak. D) Lekin kun isishini kutish haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas, chunki havoga ishonish qiyin, eng muhimi, qor ustiga qor yog'ib, dashtda qolib ketishlari ehtimoldan xoli emas. 7 / 40 Boshni fido ayla ato qoshig`a Jismni qil sadqa ano boshig`a. Ushbu misralar Navoiyning qaysi dostonidan olingan? A) “Farhod va Shirin” B) “Layli va Majnun” C) “Saddi Iskandariy” D) “Hayrat-ul abror” 8 / 40 Quyidagi gapda mustaqil so`zlar miqdorini aniqlang? G`amgin qoyalar qilib qo`ygan gunohidan o`zi qo`rqib ketganday ingrab yubordi. A) 6 ta B) 8 ta C) 9 ta D) 7 ta 9 / 40 Qaysi qatordagi gapda 2 ta tovush tushishi va 1 ta tovush ortishi kuzatiladi? A) Ayriliq ham sinovdir, bolam. Sabr qiling, xalq orasida o’z obro’yingizga egasiz, shunday ekan hozircha faqat kutganingiz ma’qul. B) Bir vaqt qarasam, yig’layapman. Keyin asta uyga kiraman degan edim, haligi itlar yana uvlab yubordi. C) Otaxon, singlimning ko’ngli juda nozik. Qaytgunimcha unga qo’ldan kelgancha qarab, yordam berib turing. D) Ko’z oldimdan ichakuzdi qiliqlar qilayotgan qiziqchilar, toshlarni osmonga irg’itib o’ynayotgan polvonlar ketmasdi. 10 / 40 Berilgan qo`shimchalardan nechtasi ham so`z yasovchi, ham lug`aviy shakl yasovchi, ham sintaktik shakl yasovchi qo`shimcha vazifasini bajara oladi? -ar, - y, -ish, -ib, - gan, - lab, - a, - ka. A) 5 tasi B) 7 tasi C) 4 tasi D) 3 tasi 11 / 40 Qaysi gapdagi modal so‘z fikrga ishonch munosabatini bildiradi? A) Siz, shubhasiz, bu testni yecha olasiz. B) Aytishlaricha, uchta davlatda biznesi bor ekan. C) Darhaqiqat, to‘y to‘ydek bo‘lsin. D) Sizni ham tinch qo‘yishmayapti, chog‘i. 12 / 40 Qaysi qatorda olmosh gap o‘rnida kelgan? A) Shuni bilingki, urush qurbonsiz bo‘lmaydi B) Toshkent qadimiy va navqiron shahar, u yerda hashamatli binolar qad rostlamoqda. C) Homid toshni o'n marta ko’tardi, men ham shuncha ko'tarishni orzu qilaman. D) Maftuna guruhimizdagi eng a’lochi qiz, 13 / 40 Quyidagi gapda nechta yasama so'z mavjud? O‘zni dono bilgan u uch-to‘rt nodon Eshak tabiatin qilur namoyon. Bular suhbatida sen ham eshak bo‘l, Bo‘lmasa "kofir" deb qilishar e’lon A) 5ta B) 4ta C) 3ta D) 2ta 14 / 40 Qaysi qatorda berilgan so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi undoshlar jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra ham, til qismlarining harakatiga ko‘ra ham o‘zaro farqlanadi? A) sanoq – sadoq B) boshlamoq – boplamoq C) xilof – g‘ilof D) chiroq – yiroq 15 / 40 Quyida berilgan gapda nechta yasama so'z bor? Oybek domla nihoyatda tiyraklik bilan, ko'pchilik nomdor insonlarda juda kam uchraydigan samimiyat va bolalarcha beg'uborlik bilan opaning gaplarini tasdiqladi. A) 8 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 7 ta 16 / 40 Vatanning baxti, porloq istiqloli, yorqin kelajagi uchun yashash, kerak bo'lganda jon fido etish shu zaminda yashayotgan har bir inson uchun ham farz, ham qarzdir. Parchada qanday fonetik o'zgarishlar ro'y bergan? A) tovush tushishi B) tovush almashishi C) tovush tushishi va tovush almashishi D) tovush almashishi va orttirilishi 17 / 40 Qaysi qatorda so’zlar alifbo tartibida berilgan? A) Ulug’, cho’pon, el, botir B) Belbog’, dehqon, fikr, kishi C) Sabr, niyat, oqil, ro’mol D) G’isht, hayo, kasr, o’zbek 18 / 40 Ergash gap qismida qo‘shimcha qo‘shilishi ta’sirida tovush tushishi yuz bergan va shunday yozilgan so‘z qatnashgan to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapni toping. A) Hayotingda kim uchundir foydali inson bo‘lsang, mana shu sening eng katta yutug‘ingdir. B) Hulkar ularni tanirdi, shuning uchun ularga yordamlashdi. C) Shunisi ma’lumki, mening kasb tanlashimga otam sababchi bo‘lgan. D) Shuni bilki, qiynalib erishgan narsalaringning qadri baland bo‘ladi. 19 / 40 "Bu dunyoga kelib nima karomat ko'rsatdik? Ko'prik qurdikmi, machit soldikmi?" Ushbu gapda nechta boshqaruvli so'z birikmasi mavjud? A) 3ta B) 2ta C) 1ta D) 4ta 20 / 40 Kesimi faqat til undoshlaridan tashkil topgan yasama so‘z bilan ifodalangan gapni aniqlang. A) D)Do‘stlikka yaramaydigan shaxsning eng yaramasi − chaqimchi. B) A)Hasad va baxillik nafratdan ham murosasizroqdir. C) C)Tarixni anglash orqali insonda hayotni anglash qobiliyati shakllanadi. D) B)Oshkora yomonlikka nisbatan yasama ezgulikdan inson ko‘proq nafratlanadi. 21 / 40 Qaysi qatordagi so'zlarda tutuq belgisi unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi? A) qat'iy, jur'at B) shu'la, ba'zan C) mo'jiza, mo'tadil D) Is'hoq, as'hob 22 / 40 Ham qaratqich aniqlovchini, ham sifatlovchi aniqlovchini tobelantirgan ega ishtirok etgan javobni aniqlang. A) Ularning turfa xil odatlari bor, Avval ganjlarini ko‘mgay tuproqqa. B) Dildoraning shohi ko'ylagini hamma yoqtirdi. C) Yelkamizga oftobning tegganligi rost bo‘lsin... D) Kunduzning g‘aroyib chog‘idir oqshom, Saodat birla u nurafshon bo‘lsin. 23 / 40 Qaysi gapda ikki o‘rinda vazifadosh bog‘lovchi ishtirok etgan? A) Kumushbibi endi o‘n yettini qo‘yib, o‘n sakkizga qadam bosganida, bo‘yi ham onasiga yetayozgan edi. B) Siz bilan bunday natijaga erishishimiz uchun tun-u kun mehnat qilishimiz lozim. C) Aql va farosat quyoshga o‘xshaydi,beparvolik tufayli tushish mumkin bo‘lgan dog‘larga o‘rin qolmaydi D) Mol ham davlatingiz bilan emas, balki ilm-hunaringiz, go‘zal xulq-atvoringiz bilan faxrlaning. 24 / 40 Qaysi qatorda asosidan -iy, -an, -ot qo‘shimchalari orqali yangi so‘z yasash mumkin bo‘lgan so‘z qo‘llangan? A) Ijodkor yoshlarga adib bilan bo‘lgan suhbat yoqmagan ko‘rinadi. B) Nimaga asoslanib bunday deganini sira tushuna olmayapman. C) Qonunchilikda bu kabi holatlar nazarda tutilmagan emish. D) Shaxmatni boshlagandan keyin xayolparastlik odati yo‘qola bordi. 25 / 40 Quyidagi gapda ochiq bo`g`inlarning nechtasi keng unli bilan tugagan? Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, Aniq bilursankim, ilm bepoyon. A) 6ta B) 2ta C) 4ta D) 3ta 26 / 40 Bazm uyushtirilibdi. Fe’l nisbatini aniqlang. A) majhul nisbat B) o‘zlik nisbat C) orttirma nisbat D) birgalik nisbat 27 / 40 Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas? A) Manzilga yetkach, sen bilan alohida gaplashaman B) Ular bilan xozir, o'smirlik chog'idayoq, qudratli qanot paydo qilayotibdi C) Orada qancha zamonlar o'tdi, uning nomini faxr bilan tilga olayapmiz D) Vaholanki, til davlat miqyosida keng qo'llansagina, milliy til bo'lib qoladi va ravnaq topadi 28 / 40 Olmoshlar asosida yasalgan sifatlar berilgan javobni aniqlang. A) manmanlik, o‘zboshimcha B) o‘zboshimcha, o'zbilarmon C) o‘shanday, shunaqa D) har xil, shunchaki 29 / 40 Qaysi gapda 2 o‘rinda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilgan? A) Odam onadan tug‘ilib-oq ma’naviyatli, ma’rifatli bo‘lib qolmasligini yaxshi tushinasiz. B) Do‘stim, ko‘rmayapsan-da, oy botib, yulduzlar birin-ketin so‘nib borayapti. C) Unutmangki, tanbal, bezori, sharobxo‘r, fosiq kishi manaviy nogiron degan so‘zdir. D) Ona tilimiz orqali biz o‘z fikrimizni shakllantiramiz,o‘ylaymiz, mushohada yurutamiz. 30 / 40 “Odina qanday o‘qiyapti?” – deb so‘radi onasi. Berilgan gapni o‘zlashtirma gapga aylantirganda onasi so‘zi qanday o‘zgarishga uchraydi? A) Chiqish kelishigidagi to‘ldiruvchiga aylanadi. B) Vositasiz to‘ldiruvchi bo‘lib qoladi. C) Egaligicha qoladi. D) Qaratqich aniqlovchi tusini oladi. 31 / 40 –tir, -dir, qo’shimchalari orqali fe’lning qaysi nisbati yasaladi? A) Fe’lning o’zlik nisbati B) Fe’lning kichraytirma nisbati C) Fe’lning orttirma nisbati D) Noaniq fe’l 32 / 40 –choq, -cha, -jon, -xon, -loq qo’shimchalari qanday qo’shimchalar sanaladi? A) O’zak-negiz qo’shimchalari B) Predmetning sanog’ini bildiruv-chi qo’shimchalar C) Tovush o’zgarturuv-chi qo’shimchalar D) Erkalash va kichrayti-rish qo’shimchalari 33 / 40 Gumon olmoshlarini hosil qiluvchi so’zlar qatorini toping. A) Go'yo, hatto, ba’zan B) Ammo, lekin, biroq, va C) Ba’zi bir, qaysi bir, bir narsa D) Hech kim, hech narsa 34 / 40 Baland bolaxonali uy. Ushbu jumlada qanday holatda uyning balandligi anglashiladi? A) Ma’noli gap bo’laklarining kengayishidan B) So’zlar orasida to’xtalish bo’lsa C) Baland so’zidan so’ng to’xtalish bo’lsa D) Bolaxona so’zidan so’ng to’xtalish bo’lsa 35 / 40 Qaysi javobda // belgisi o'rnida tireni qo'yib bo'lmaydi? A) Aziz kitobxon // hali katta oilaning qissalari tugamadi B) A'lo o'qish // bizning va sizning asosiy hamda sharafli vazifamiz C) Uylar, devorlar, daraxtlar// hammasi qorong'ilikka jimgina cho'kdi D) O'rinsiz g'azab// o'zingga azob 36 / 40 Qaysi gapda // belgisi o‘rnida ikki nuqta bo‘lishi kerak? A) G‘animlar duch kelar // jang bo‘lar puxta. B) Endi bildimki // unga tushuntirishning foydasi yo‘q ekan. C) Qamchibek boshqacharoq edi // ichidan o‘tayotganini yuzaga bilintirmasdi. D) Ruboiyni ichida o‘qidi // yuzini tabassum qopladi. 37 / 40 Qaysi qo‘shma gap tarkibidagi ikkala sodda gapda ham hol ishtirok etgan? A) Kimki yaqiniga yaxshilik qilsa, dunyoda kam bo‘lmaydi. B) Agar shaharga yolg‘iz borsang, sendan qattiq xavotirlanamiz. C) Katta gapirmagin, chunki sendan zo‘rlar ham topilishi shubhasiz. D) Shunday kuldiki, zal zirillab ketdi. 38 / 40 "O'quvchilar sanoq sistemasini o'rganishardi, gohida sanog'idan adashgan bolalar jahl bila ruchkani partaga urardilar." Ushbu gapda nechta fonetik o'zgarish mavjud? A) 7ta B) 6ta C) 5ta D) 8ta 39 / 40 "Bu ko'ylak sal qizilroq ekan." Ushbu gapda sifatning qaysi darajasi qatnashgan? Qaysi yo'l bilan hosil qilingan? A) ozaytirma daraja; leksik-morfologik yo'l bilan. B) ozaytirma daraja; morfologik yo'l bilan. C) orttirma daraja; morfologik yo'l bilan. D) orttirma daraja; leksik-morfologik yo'l bilan. 40 / 40 Qaysi birliklar so‘z birikmasi deb ham, frazeologik ibora deb ham qaralishi mumkin? 1) ustidan chiqmoq; 2) kalishini to‘g‘rilamoq; 3) ko‘ngliga o‘tirmoq; 4) dumini bosmoq. A) 1,2,4 B) 1,2,3 C) 3.4 D) 2,3,4 O'rtacha ball 0% 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 19 Ona tili va adaviyot fanidan attestatsiya savollari №14
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Ona tili va adabiyot attestatsiya №13
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 On tili va adabiyot attestatsiya №12
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 On tili va adabiyot attestatsiya №11