Uy » Attestatsiya testlar » Ona tili va adabiyot attestatsiya » Ona tili va adabiyot attestatsiya №5 Ona tili va adabiyot attestatsiya Ona tili va adabiyot attestatsiya №5 InfoMaster Yanvar 29, 2022 236 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0% 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №5 1 / 40 Sonor undoshlar haqida berilgan qaysi fikr to’g’ri emas? A) Sonor undoshlar jarangsiz juftiga ega emas. B) Sonorlarga mansub undoshlardan bittasi lab undoshi sanaladi. C) Sonorlar jarangli va jarangsiz undoshlar sanaladi. D) Sonorlarga mansub undoshlardan ikkitasi sirg’aluvchi undoshlar sanaladi. 2 / 40 Iboralarni o`z muqobili bilan moslashtiring. 1) xafa; 2) xursand; 3) hovliqmoq; 4) yuvosh; 5) lallaygan; 6)sho‘x. a)ichiga chiroq yoqsa yorimaydigan; b)og‘zi qulog'ida; c)o‘pkasini qo`ltiqlamoq; d)qo‘y og'zidan cho‘p olmagan;e) og‘zing qani desa qulogini ko‘rsatadigan; f) yerga ursang ko‘kka sapchiydigan; A) 1-a, 2-b, 3-f, 4-e, 5-d, 6-c B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-e, 5-d, 6-f C) 1-a, 2-b, 3-e, 4-d, 5-c, 6-f D) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e, 6-f 3 / 40 Ilon kabi buralib daryo shu yerga kelganda, ikkiga ajralgan, uch chaqirimdan so`ng yana birlashardi. Berigan gapda qaysi turkumlar qatnashgan? A) ot, ko`makchi, fe`l, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son, ko`makchi, ravish, fe`l B) ot, ko`makchi, ravish, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son ot, ravish, ravish, fe`l C) ot, ko`makchi, fe`l, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son, ot, ko`makchi, ravish, fe`l D) ot, ko`makchi, fe`l, ot, olmosh, ot, fe`l, son, fe`l, son ot, ravish, ravish, fe`l 4 / 40 Qaysi qatordagi so'zlarda tutuq belgisi unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi? A) mo'jiza, mo'tadil B) shu'la, ba'zan C) Is'hoq, as'hob D) qat'iy, jur'at 5 / 40 Quyida berilgan gapda nechta yasama so'z bor? Oybek domla nihoyatda tiyraklik bilan, ko'pchilik nomdor insonlarda juda kam uchraydigan samimiyat va bolalarcha beg'uborlik bilan opaning gaplarini tasdiqladi. A) 8 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 7 ta 6 / 40 –choq, -cha, -jon, -xon, -loq qo’shimchalari qanday qo’shimchalar sanaladi? A) Erkalash va kichrayti-rish qo’shimchalari B) Predmetning sanog’ini bildiruv-chi qo’shimchalar C) Tovush o’zgarturuv-chi qo’shimchalar D) O’zak-negiz qo’shimchalari 7 / 40 Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanida “hayoti ziddiyatlarga ko’milgan g’aroyi bir” deya ta’riflangan? A) Safar B) Anvar C) Solih maxdum D) Abdurahmon 8 / 40 Qaysi so‘zlar qatorida boshqalari bilan o‘zaro ma’nodoshlik hosil qila olmaydigan so‘z ishtirok etgan? A) betob, bemor, xasta B) ayyor, quv, mug‘ombir C) yalqov, ishyoqmas, tanbal D) eplamoq, uddalamoq, sarflamoq 9 / 40 Har kimki atog`a ko`p rioyat qilg`ay, O`g`lidin anga bu ish siroyat qilg`ay. Ushbu she`riy parchada ostiga chizilgan so`z qanday ma`no ifodalab kelyapti? A) nopisandlik B) sitam,azob C) jabr,zulm; D) hurmat, e`tibor qilish 10 / 40 Berilgan misralarning qaysi birida tardi aks san`ati qo`llangan? A) Menga dushvor erur sensiz tirilmoq, Senga men bo`lmasam ey jon, ne g`amdur B) Kuchum yetguncha ko`p qildim vafolar Vafoli qulni asrar podshohlar podshohlar C) Ko`z yoshim tuproq ila gar qotila Kelmagayman javridin haqqo tila D) Zulfung cheriki jamol mulkin, Oldi ko`zing ittifoqi birla 11 / 40 “Ko`p o`tmay, bozorning odatdagi tashvishi, to`poloni boshlandi. Bolalarning qiy-chuvi, sigir-buzoqlarning ma`rashi bilan dallollarning “Bor baraka”si qo`shilib, yaqindagina osoyishtalik hukm surgan qaqroq daryoga bahor toshqinidek jon kirdi”. Ushbu jumlalar qaysi asarda uchraydi? A) “Me`mor” B) “Yulduzli tunlar” C) “Ravshan” D) “Qiyomat qarz” 12 / 40 Muqimiy “Qoqondan Farg’onaga” qilgan sayohatida qaysi qishloqning odamlarini “charchashni bilmas yursalar, purzor ketmon ursalar, vaqti namozga kelsalar, masjid soriga lang ekan” deya ta’riflaydi? A) Beshariq B) Yayfan C) Rafqon D) Nursux 13 / 40 Aruz vaznidagi ramal bahrining asosiy bosh rukni qaysi? A) faulun B) foilotun C) mafoil D) mafoiylun 14 / 40 ...yomon bilan yurmagan, yomon joyda turmagan ekanlar. Ushbu ta`rif qaysi asarda keltirilgan va qaysi personajlarga nisbatan qo`llangan? A) “Uch og`a-ini botirlar” ertagida botirlar B) “Uloqda” hikoyasida Turg`unning o`rtoqlari C) “Mehrobdan chayon”da Anvarning o`rtoqlari D) “Ravshan” dostonida kallar 15 / 40 Qaysi gap tarkibida fe`l yasovchi qo`shimcha bilan omonim bo`la oladigan fe`llarning munosabat shakli qatnashmagan? A) Farovonlik istasang, baxtli bo`lganingda ham do`st-yor orttir. B) Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar. C) Uning sovuqdan lablari ko`karib ketgan. D) O`sha paytlar u Toshkentda yashardi. 16 / 40 Do’stlikni e’zozlashning zarur sharti do’stlar bilan uchrashib turishdir. Ushbu gapda ismning munosabat shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar soni nechta? A) 6ta B) 5ta C) 3ta D) 4ta 17 / 40 Qaysi javobda yetakchi qismi yasama fe’l bo’lgan ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi ravishdosh shaklida qo’llangan? A) Onasining ovutishlaridan keyin biroz tinchib qolgan bola qandaydir o’yinchoqni o’ynash bilan ovora edi. B) Birovlarning oldida seni masxaralab tashlaydigan do’stlaringdan voz kech, bunday odamlardan hech qachon haqiqiy do’stlar chiqmaydi. C) Biz sizning oldingizda kecha bo’lgan voqeaning asl mohiyatini anglab olgani keldik. D) Ular bizni o’sha yerga borishimizni taqiqlab qo’yishgani uchun boshqa joyda o’ynashga qaror qildik. 18 / 40 Musa Jalilning qaysi asari butun mamlakatda katta dovruq qozonadi va davlat mukofoti bilan taqdirlanadi? A) Okopdan xatlar” B) “Xat tashuvchi” C) “Ordenli millionerlar” D) “Oltin soch” 19 / 40 Quyida berilganlardan so’z tarkibi ot+so’z yasovchi qo’shimcha+ lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha + sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha tartibida joylashmagan so’zlar ko’rsatilgan javobni aniqlang. 1) she’rxonlarning; 2) bilimdonliging; 3) qayg’urishdi; 4) bostirmada: 5) tushirtirmoq: 6) ranjitdi A) 3,5,6 B) 1,2,4 C) 2,4,5 D) 1,3,5 20 / 40 Millatning dahosi, aqli va ruhiyati maqollaridan bilinadi. Ushbu gapda tarkibi faqat til undoshlari va unlilardan iborat bo’lgan nechta so’z qatnashgan? A) 3 B) 4 C) 2 D) 1 21 / 40 “Mahbub ul-qulub”da Navoiy:”…hodisalar to’la dengizdagi kishilik kemasining langari desa bo’ladi va insoniyat qadrini o’lchaydigan tarozining toshiga tenglashtirishga ham bo’ladi”, - deya ta’rif qilgan narsa nima? A) izzat-hurmat B) yaxshilik C) saxovat D) yumshoq ko’ngillilik 22 / 40 “Shayx Sa’diy” voqeasining hissasini toping. A) Ustiga kitob ortilgan eshak, Na olim va na donodir beshak. B) O’z qabohatini ko’rgan kishining o’zgalarning qabohatlarini ko’rmakka vaqti bo’lmas. C) Erta kun arpaga zor bo’lmay desang, Bukun ek, shoyadki, bug’doy non yesang. D) Arablarda bir so’z bordir, yaxshi boq, Odobsiz boladan yo’g’i yaxshiroq. 23 / 40 Qaysi gaplar juftligida berilgan -siz shaxs-son qo’shimchasi har ikki o’rinda ko’plik ma’nosini ifodalab kelgan? A) Nimaga qarab turibsiz, hammangiz o’z ishingizni davom ettiring. Shunaqa ham uxlaysizmi, turinglar, tush bo’lib ketdi- yu. B) Kech bo’lib qoldi, qani, turinglar, yigitlar, endi ketasiz. Akramjon, siz hammasini yig’asiz, keyin birga jo’naymiz. C) Nimaga bitta o’zingiz turibsiz, qolgan yigitlar qani? Oyijon, bugun siz ham borasizmi, iltimos, bora qoling. D) Hozir mana bu rasmni chizasiz, o’g’lim, keyin ikkovlashib kamchiligini to’ldiramiz. “Siz ham menga juda yoqasiz”, - dedi ustozga. 24 / 40 Raviy undosh tovush bilan ifodalangan mutlaq qofiyali baytni toping. A) Bo’lmasa jinsi jamolingg’a xaridor oftob, Ne uchun zarpo’shlig’lar aylar izhor oftob. B) Qaysi gulning men kibi bir andalib zori bor? Qaysi bulbulning seningdek bir guli bexori bor? C) Mehnat-u alamlarga mubtalo, Uvaysiyman, Qayda dard eli bo’lsa, oshno Uvaysiyman. D) Sipehri husn ichinda moh, sen-sen, Zamona xo’blarga shoh, sen-sen. 25 / 40 Qaysi baytda tanosub, tashxis va husni ta’lil she’riy san’atlari qo’llangan? A) Labingdin chun suchuklik qand o’g’urlar, Solurlar el ani suvg’a yalang’och. B) Sendek menga bir yori jafokor toipilmas, Mendek senga bir zori vafodor topilmas. C) Hech kim mendek, ilohi, yoridin ayrilmasun, Mehribon munis o’shal dildoridan ayrilmasun. D) Boshimg’a yoqqan g’am toshi mingdin biricha bo’lmag’ay, Gardun agar ming Besutun yog’dursa farhod ustina, 26 / 40 Qaysi javobda “Ravshan” dostoni voqealari bayoni to’g’ri berilgan? A) Go’ro’g’li Gulanorni Ravshanbekka so’rab kelganida Avazxon bundan juda xursand bo’ladi, ammo Ravshanbek Avazxon va uning qizini o’ziga teng ko’rmaydi. B) Zulxumor Ravshanxonning ahvoli haqida ota-onasiga xat bitadi, uni mayna qushning bo’yniga mahkam bog’lab, qushni uchirib yuboradi va mayna qush ham kelib Xon Dallining qo’liga qo’nadi. C) Ravshanxonning zindonda yotganini eshitgan Go’ro’g’li G’irko’k otini minib, yo’lga chiqadi va uch oylik yo’lni yigirma kunda bosib o’tib, nevarasini dor ostidan qutqarib oladi. D) Aynoq, Jaynoq, Ersak, Tersak polvonlar Ravshanxon Shirvon elda o’g’il tutingan kampirning o’z farzandlari bo’lib, Qoraxon podsho ulardan juda qo’rqar edi. 27 / 40 Qaysi javobdagi gaplar juftligida ajratib ko’rsatilgan so’zlarning asoslari o’zaro shakldosh bo’la oladi? U eshikning chiroyli shisha tutqichini avaylabgina ushlab ko’rardi. Oradan biroz vaqt o’tgach xonaga tutqunni olib kirishdi. Uning tushkun kayfiyati atrofdagilarga ham ta’sir qilayotgan edi. Bog’da ishlayotganlar allaqachon tushlikka chiqishgan. Anor butasimon mevali daraxtlar sirasiga kiradi. Bolakay mevazor bog’da aylanib yurdi. Otlar kelishik qo’shimchalari bilan turlanadi. Anjumanda turli millat vakillari ishtirok etayotgan edi. A) 1 B) 3 C) 2 D) 4 28 / 40 Qaysi asarda mahallalarga chayon solig’ini solgani, odamlarni chayon zahri bilan o’ldirgani aytilgan? A) “O’tkan kunlar” B) “Zulmat ichra nur” C) “Ulug’bek xazinasi” D) “Yulduzli tunlar” 29 / 40 Qaysi gapda paronim bilan bog’liq xatolik mavjud? A) Mevasini ko’tarolmagan shoh qarsillab sindi. B) Xalqimiz uchun o’sha davrlarda bunday tushunchalar butunlay yot edi. C) Yo’l yoqasidagi azim yong’oqlar, sizlar ham yaxshi qoling. D) Bu kasallikning davosini toppish uchun olimlar astoydil izlanishmoqda. 30 / 40 Qaysi gapdagi so’zlar imlosida ro’y bergan tovush o’zgarishlari faqat turlovchi qo’shimchalar ta’sirida yuzaga kelgan? A) Qalb qiynog’i og’ir bo’ladi, ko’nglingizni ezib qo’yadi, shuning uchun pushaymon bo’ladiganb ishlarga yo’l qo’ymang. B) Shundan ehtiyot bo’lingki, odamning ko’ngli guldan ham nozik bo’ladi, shuning uchun odamlar ko’ngli bilan hazillashmang. C) Oltovlon ola bo’lsa, og’zidagin oldirar, To’rtovlon tugal bo’lsa, ko’kdagini undirar. D) Ikkala qiz ham og’zini ochmay jim o’tirishar, bunisi ham, unisi ham miq etmasdi. 31 / 40 Qaysi gapdagi ajratib ko’rsatilgan so’zda metonimiya usulida ma’no ko’chishi yuz bergan? Anavi qora ko’ylak Mamatqulning o’g’li-ku! Aytsang, olib ketadi. Bu ishimizni ko’rgan ko’zlar xursand bo’ladi, rahmatlar aytadi. Akasining hovlisiga kirishi bilan oshrayhonning yoqimli hidi dimog’ini qitiqladi. Do’stim, dasturxonga qarang, tortinmang, noz-ne’matlardan oling. A) 1 B) 3 C) 2 D) 4 32 / 40 Qaysi gapda tovush o’zgarishi bilan yozilgan ot+ot tipidagi qo’shma sifat qatnashgan? A) Bolalar ichida eng sheryuragi Odiljon edi. B) Achchiq ko’z yoshlarin ichiga yutdi, Ilojsiz hayotning qo’lidan tutdi. C) Achchiqtosh xalq tabobatida keng qo’llanib kelingan. D) U o’zining shirinso’zligi bilan boshqalardan ajralib turardi. 33 / 40 Qaysi gapda ham tub, ham yasama mavhum otlar ishtirok etgan? A) Hunaringni ishga solib did bilan chiroyli bino solib bersalaring, bas. B) Yalqovlik muhtojlikka olib keladi. C) Vatanimga qaytgach, vujudimni quvonch, shukronalik hislari chulg’ab oldi. D) Hayo qalbning haqiqiy oynasidir. 34 / 40 Anvar Obidjon qaysi she’rida yurtimiz – Turonzamin tarixida kechgan xatarli va sharafli hodisalarning ko’pchiligi tarix kitoblari, solnomalarda “tarixiy voqea” deb atalishini yodimizga solar ekan, birdan bugungi O’zbekiston hayotiga shu nuqtayi nazardan qarab ko’rishni taklif qiladi? A) “Hayotning har lahzasi go’zal” she’rida B) “Vatanjon” she’rida C) “Yer” she’rida D) “Tinch kunlar” she’rida 35 / 40 Olimlarni fikriga qaraganda, qulupnay buyrakdagi toshlarni yemirish xususiyatiga ega, shu bilan birga, u buyrakda tosh hosil bo’lishining yo’l qo’ymaydigan tabiiy omillardan biri hisoblanadi.Ushbu gapdagi uslubiy jihatdan noto’g’ri qo’llangan qo’shimchalar sonini aniqlang. A) 2ta B) 1ta C) 3ta D) 4ta 36 / 40 Qaysi gapda asosi ot turkumiga oid so’z bilan shakldosh bo’la oladigan sodda yasama so’z mavjud emas? A) Kuzning sovuq kunlari keldi-yu, yog’ini kelmadi. B) Dildan chiqqan kulgi umrni uzaytiradi. C) Biz hovli to’ridagi o’yma naqshli eshikka qarab yurdik. D) Men yozgi ta’tilda “O’tkan kunlar” romanini o’qib chiqmoqchiman. 37 / 40 Yashash uchun foydali mehnat qilishni anglash insoniylikning birinchi shartidir. Ushbu gapda qatnashgan yasama so’zlar hyaqidagi to’g’ri ma’lumotni toping. A) Sondan yasalgan sifat qatnashgan B) Fe’ldan yasalgan ot qatnashgan C) Sodda yasama fe’llar otdan yasalgan D) Sodda yasama sifat fe’ldan yasalgan 38 / 40 Qaysi gapda ko’makchini unga ma’nodosh bo’lgan kelishik qo’shimchasi bilan almashtirish mumkin? A) U do’stining gaplarini diqqat bilan eshitdi. B) Men ham sizlar bilan shahar aylanishga boraman. C) Xatni olib, ko’k qalam bilan ostiga chizgan satrlarni o’qidi. D) U mumtoz qo’shiqlarni zavq bilan kuylardi. 39 / 40 Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog’liq xatolik bor? A) “Yaxshi do’stni, deyiladi o’zbek xalq maqolida, - yomon kunda sinamoq kerak”. B) Mahmud Koshg’ariy: “ Botir jangda, dono majlisda sinaladi”, - deb aytgandi. C) “Millatlarni, elatlarni, - deydi ijodkor, - buyuk do’stlik birlashtiradi”. D) “Qo’shiq – qalb mulki”, - dedilar ustozimiz. 40 / 40 Quyida berilganlardan tarkibidagi barcha undoshlari jarangsiz til undoshlariga mansub bo’lgan sifatlarni aniqlang. 1) yig’ma; 2) tushuncha; 3) qishki: 4) qaqshatqich: 5) tortinchoq: 6) ostki A) 2,4,5 B) 3,4,6 C) 3,5,6 D) 1,3,4 O'rtacha ball 0% 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 19 Ona tili va adaviyot fanidan attestatsiya savollari №14
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Ona tili va adabiyot attestatsiya №13
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 On tili va adabiyot attestatsiya №12
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 On tili va adabiyot attestatsiya №11