Ona tili va adabiyot attestatsiya №5

0%
0

Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №5

1 / 40

T.Murodning “Yoshlik” jurnalida chop etilgan asari?

2 / 40

Quyidagi gapda mustaqil so`zlar miqdorini aniqlang?
G`amgin qoyalar qilib qo`ygan gunohidan o`zi qo`rqib ketganday ingrab yubordi.

3 / 40

Umri… mazmuni… millat… dardi… darmon bo’lish… iborat deb bilgan Amir Temur xalqimiz… ardoqli, ulug’ farzandidir. Ushbu gapda nechta so’zdagi nuqtalar o’rniga qaratqich kelishigi qo’shimchasini qo’llash lozim?

4 / 40

Vatanning baxti, porloq istiqloli, yorqin kelajagi uchun yashash, kerak bo'lganda jon fido etish shu zaminda yashayotgan har bir inson uchun ham farz, ham qarzdir. Parchada qanday fonetik o'zgarishlar ro'y bergan?

5 / 40

Qaysi qatorda berilgan so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi undoshlar jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra ham, til qismlarining harakatiga ko‘ra ham o‘zaro farqlanadi?

6 / 40

–tir, -dir, qo’shimchalari orqali fe’lning qaysi nisbati yasaladi?

7 / 40

Quyidagi qaysi so`zning asosi(yetakchi morfem) va yasalish asosi bir turkumga mansub bo`lmagan so‘zni toping.

8 / 40

Ravon so`zlash ko`nikmasini egallamaslik, fikrning quyilib kelmasligi natijasida nutq oqimida yuzaga keladigan uzilishni, qanday bo`lmasin “yopish”, keying gapni o`ylab toppish uchun e-e-e, xo`o`sh, shu, aytaylik ,gap shundaki birliklarini nutqda ko`p qo`llash…?

9 / 40

Qaysi javobdagi qo`shma so`z arabcha + forscha so`zlaridan olingan?

10 / 40

Charchamang, ko‘zlarim, boqay to'yguncha,
Bu zavq daryosidan shimir, ey ko'ngil.

Ushbu parchada qatnashgan fe’llar haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri emas?

11 / 40

Qaysi qatordagi gapda olmosh shaxs oti o`rnida kelgan?

12 / 40

...yomon bilan yurmagan, yomon joyda turmagan ekanlar. Ushbu ta`rif qaysi asarda keltirilgan va qaysi personajlarga nisbatan qo`llangan?

13 / 40

1995-yil 24-avgustda qabul qilingan imlo qoidalari ko`ra qaysi qatorda narsaning biror maqsad, ish uchun mo’ljallanganligini bildiruvchi qo’shma ot berilmagan?

14 / 40

Adabiy nutqning sofligiga putur yetkazuvchi unsurlar qaysilar?

1)shevaga xos so`z, ibora, grammatik shakllar, urg`u va talaffuz; 2)o`rinsiz qo`llangan chet so`z va so`z birikmalari (varvarizmlar); 3)dag`al, haqorat so`z va iboralar (vulgarizmlar); 4)“ishlamaydigan” yoki parzit so`zlar; 5)idoraviy so`z va iboralar (kanselyarizmlar).

15 / 40

Mirmuhsinning quyidagi qaysi asarlarida zulm-u zo‘ravonlikga qarshi kurashgan shaxslarning o‘ziga xos obrazlari yaratilgan?

16 / 40

Raviy undosh tovush bilan ifodalangan mutlaq qofiyali baytni toping.

17 / 40

“Shayx Sa’diy” voqeasining hissasini toping.

18 / 40

Qaysi gapdagi so’zlar imlosida ro’y bergan tovush o’zgarishlari faqat turlovchi qo’shimchalar ta’sirida yuzaga kelgan?

19 / 40

Millatning dahosi, aqli va ruhiyati maqollaridan bilinadi. Ushbu gapda tarkibi faqat til undoshlari va unlilardan iborat bo’lgan nechta so’z qatnashgan?

20 / 40

Quyida berilganlardan so’z tarkibi ot+so’z yasovchi qo’shimcha+ lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha + sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha tartibida joylashmagan so’zlar ko’rsatilgan javobni aniqlang. 1) she’rxonlarning; 2) bilimdonliging; 3) qayg’urishdi; 4) bostirmada: 5) tushirtirmoq: 6) ranjitdi

21 / 40

Qaysi baytda tanosub, tashxis va husni ta’lil she’riy san’atlari qo’llangan?

22 / 40

Qaysi gapda ajratib ko’rsatilgan so’z birikmasida tobe qismi kelishik qo’shimchasi bilan shakllanmagan?

  1. Havo birdan sovidi-yu, sharros yomg’ir yog’a boshladi.
  2.  U kishi yolg’onni haqiqatdan farqlay olar edi.
  3.  Nosirjon qayoqqa yurishini bilmay qolgan edi, kimdir uni chaqira boshladi.
  4.  Men ham shunga ko’ngan edim, Menga shu ham yetardi.

23 / 40

Qaysi gapda tovush o’zgarishi bilan yozilgan ot+ot tipidagi qo’shma sifat qatnashgan?

24 / 40

Qaysi gapda qatnashgan yasama fe’l va yasama otning asosi shakldoshlik xususiyatiga ega?

25 / 40

Qaysi asarda mahallalarga chayon solig’ini solgani, odamlarni chayon zahri bilan o’ldirgani aytilgan?

26 / 40

“Mahbub ul-qulub”da Navoiy:”…hodisalar to’la dengizdagi kishilik kemasining langari desa bo’ladi va insoniyat qadrini o’lchaydigan tarozining toshiga tenglashtirishga ham bo’ladi”, - deya ta’rif qilgan narsa nima?

27 / 40

Anvar Obidjon qaysi she’rida yurtimiz – Turonzamin tarixida kechgan xatarli va sharafli hodisalarning ko’pchiligi tarix kitoblari, solnomalarda “tarixiy voqea” deb atalishini yodimizga solar ekan, birdan bugungi O’zbekiston hayotiga shu nuqtayi nazardan qarab ko’rishni taklif qiladi?

28 / 40

Qaysi javobda yetakchi qismi yasama fe’l bo’lgan ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi ravishdosh shaklida qo’llangan?

29 / 40

Qaysi gapda ko’makchini unga ma’nodosh bo’lgan kelishik qo’shimchasi bilan almashtirish mumkin?

30 / 40

Musa Jalilning qaysi asari butun mamlakatda katta dovruq qozonadi va davlat mukofoti bilan taqdirlanadi?

31 / 40

Qaysi gapda asosi ot turkumiga oid so’z bilan shakldosh bo’la oladigan sodda yasama so’z mavjud emas?

32 / 40

Olimlarni fikriga qaraganda, qulupnay buyrakdagi toshlarni yemirish xususiyatiga ega, shu bilan birga, u buyrakda tosh hosil bo’lishining yo’l qo’ymaydigan tabiiy omillardan biri hisoblanadi.Ushbu gapdagi uslubiy jihatdan noto’g’ri qo’llangan qo’shimchalar sonini aniqlang.

33 / 40

Tuproq to’shagida yotgan ko’p ko’rdim, Qaro yer bag’riga botgan ko’p ko’rdim. Ushbu gapdagi qo’shimchalar haqida berilgan to’g’ri ma’lumotni aniqlang.

34 / 40

Qaysi javobdagi gaplar juftligida ajratib ko’rsatilgan so’zlarning asoslari o’zaro shakldosh bo’la oladi?

  1. U eshikning chiroyli shisha tutqichini avaylabgina ushlab ko’rardi. Oradan biroz vaqt o’tgach xonaga tutqunni olib kirishdi.
  2. Uning tushkun kayfiyati atrofdagilarga ham ta’sir qilayotgan edi. Bog’da ishlayotganlar allaqachon tushlikka chiqishgan.
  3. Anor butasimon mevali daraxtlar sirasiga kiradi. Bolakay mevazor bog’da aylanib yurdi.
  4. Otlar kelishik qo’shimchalari bilan turlanadi. Anjumanda turli millat vakillari ishtirok etayotgan edi.

35 / 40

Qaysi gapdagi ajratib ko’rsatilgan so’zda metonimiya usulida ma’no ko’chishi yuz bergan?

  1.  Anavi qora ko’ylak Mamatqulning o’g’li-ku! Aytsang, olib ketadi.
  2. Bu ishimizni ko’rgan ko’zlar xursand bo’ladi, rahmatlar aytadi.
  3. Akasining hovlisiga kirishi bilan oshrayhonning yoqimli hidi dimog’ini qitiqladi.
  4. Do’stim, dasturxonga qarang, tortinmang, noz-ne’matlardan oling.

36 / 40

Qaysi gapda paronim bilan bog’liq xatolik mavjud?

37 / 40

Yashash uchun foydali mehnat qilishni anglash insoniylikning birinchi shartidir. Ushbu gapda qatnashgan yasama so’zlar hyaqidagi to’g’ri ma’lumotni toping.

38 / 40

Do’stlikni e’zozlashning zarur sharti do’stlar bilan uchrashib turishdir. Ushbu gapda ismning munosabat shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar soni nechta?

39 / 40

Quyida berilganlardan tarkibidagi barcha undoshlari jarangsiz til undoshlariga mansub bo’lgan sifatlarni aniqlang. 1) yig’ma; 2) tushuncha; 3) qishki: 4) qaqshatqich: 5) tortinchoq: 6) ostki

40 / 40

Qaysi gapda otga xos bo’lgan lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha qatnashmagan?

O'rtacha ball 0%

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0