Uy » Attestatsiya testlar » Ona tili va adabiyot attestatsiya » Ona tili va adabiyot attestatsiya №1 Ona tili va adabiyot attestatsiya Ona tili va adabiyot attestatsiya №1 InfoMaster Mart 3, 2022 312 Ko'rishlar 6 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 4 0% 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №1 1 / 40 T.To’laning ”Yetti zog’ora qissasi” asarida Navoiyni mahliyo qilgan donishmand deya kim tilga olinadi? A) Ahmad Yassaviy B) Amir Temur C) Otoyi D) Lutfiy 2 / 40 Iboralarni o`z muqobili bilan moslashtiring. 1) xafa; 2) xursand; 3) hovliqmoq; 4) yuvosh; 5) lallaygan; 6)sho‘x. a)ichiga chiroq yoqsa yorimaydigan; b)og‘zi qulog'ida; c)o‘pkasini qo`ltiqlamoq; d)qo‘y og'zidan cho‘p olmagan;e) og‘zing qani desa qulogini ko‘rsatadigan; f) yerga ursang ko‘kka sapchiydigan; A) 1-a, 2-b, 3-f, 4-e, 5-d, 6-c B) 1-a, 2-b, 3-e, 4-d, 5-c, 6-f C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-e, 5-d, 6-f D) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e, 6-f 3 / 40 Qaysi ijodkor o’z she’rida Vatanning tinchligini asrash xuddi “mo’rt shisha”ni asrashdek qiyin ekanligini eslatib o’tadi? A) A. Obidjon B) E. Vohidov C) A. Avloniy D) Zulfiya 4 / 40 Zavqiyning “Hajvi ahli rasta” asarida oshqaboq xamakka o’xshatilgan qahramon. A) Nazirbek B) Mo’minshoh C) Shohaziz D) Shokir qora 5 / 40 Qaysi javobda imloviy xato yozilgan so’zlar soni ikkita? A) Qor urib turgan bir kun edi. Birdan ko’chada dod-faryod ko’tarilib qoldi. B) O’rtadagi xontaxtada sovub qolgan kabob va meva-cheva bor edi. C) Zebi yuragida tugulib yotgan zo’r tugunni yechib yuborgan edi. D) Yaxshilik qilsang, ohirigacha yaxshilik qilgin, zinxor minnat qilma. 6 / 40 Qaysi qatordagi fe`llarda nisbat qo`shimchasi mavjud emas? A) Baxt oila ostonasidan boshlanishini unutmang! B) Ko`ngli vayron bo`lgan qiz yelkalari titrab-titrab yig`lardi. C) Yomon qo`shni dushmandan yomon – turgan joyingdan ko`chirib yuborganini sezmay qolasan. D) Uning vujudida ham mehr, ham vahshiylik yashiringan edi. 7 / 40 Imlo qoidasiga nomuvofiq yozilgan so‘z qatnashgan gapni aniqlang. A) Biroq vaqt ketsa ham, otaning maslahati bilan ish tutganlari yaxshi bo‘ldi, chunki yomontosh darasi ular kutganday mudhish edi! B) Kishining iste’dodi barcha sohada bir xil bo'lavermaydi, chunki yoshlar o‘zi sevgan, qobiliyatiga mos bo'lgan ishni tanlay bilishi kerak. C) Hamon shamol o‘kirar, osmonning goh u, goh bu burchida chaqmoq yaraqlab, yong‘oq shoxlari shubhali g‘iyqillar, ammo endi bular uni qo‘rqitolmas edi. D) Lekin kun isishini kutish haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas, chunki havoga ishonish qiyin, eng muhimi, qor ustiga qor yog'ib, dashtda qolib ketishlari ehtimoldan xoli emas. 8 / 40 Umri… mazmuni… millat… dardi… darmon bo’lish… iborat deb bilgan Amir Temur xalqimiz… ardoqli, ulug’ farzandidir. Ushbu gapda nechta so’zdagi nuqtalar o’rniga qaratqich kelishigi qo’shimchasini qo’llash lozim? A) 5 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 3 ta 9 / 40 Qaysi qatorda Mirtemir ijodiga mansub tarjimalar berilgan? Pushkinning"Yevgeniy Onegin" she'riy romani; Lermontovning "Maskarad" asarini "Manas" qirg'iz xalq eposini; "Qirq qiz" qoraqalpoq xalq dostoni; "Sosunli Dovud" arman xalqeposi. A) 3, 4 B) l, 2, 3 C) 4, 5 D) l, 2 10 / 40 Quyida berilgan gaplarning qaysilarida paronim xatolik jarangsiz undosh o`rniga jarangli undosh qo`llash orqali yuzaga kelgan. 1.Odam tushgan chog`ni uning o‘zi qazigan bo‘ladi. (Nepal xalq maqoli) 2.Ushshoq ham non. (Norveg xalq maqoli) 3.Nokasdan qars olsang, uxlashga qo‘ymaydi. (Ukrain xalq maqoli) 4.Do‘stsiz boshim – tussiz oshim. (O‘zbek xalq maqoli) 5.Mard jonini fido qilsa, qochoq issiz yo‘qolar. (Chuvash xalq maqoli) 6.Bug‘uni uradigan odam uning shohlaridan qochib qutula olmaydi. (Dolgan xalq maqoli) 7.Og‘zini bod ochadigan kishi ko‘p yo‘qotadi. (Shved xalq maqoli) 8.Kichkina teshikdan kirgan nur ham xonani yoriq qiladi. (Yapon xalq maqoli). A) 2, 6, 8 B) 1, 7 C) 3, 4, 5, 8 D) 1, 3, 4, 5, 7, 8 11 / 40 Odil Yoqubov qalamiga mansub “Olma gullaganda” asarining janrini aniqlang. A) qissa B) hikoyalar to’plami C) pyesa D) roman 12 / 40 Boshni fido ayla ato qoshig`a Jismni qil sadqa ano boshig`a. Ushbu misralar Navoiyning qaysi dostonidan olingan? A) “Farhod va Shirin” B) “Saddi Iskandariy” C) “Hayrat-ul abror” D) “Layli va Majnun” 13 / 40 Qaysi qatordagi gapda 2 ta tovush tushishi va 1 ta tovush ortishi kuzatiladi? A) Ko’z oldimdan ichakuzdi qiliqlar qilayotgan qiziqchilar, toshlarni osmonga irg’itib o’ynayotgan polvonlar ketmasdi. B) Bir vaqt qarasam, yig’layapman. Keyin asta uyga kiraman degan edim, haligi itlar yana uvlab yubordi. C) Otaxon, singlimning ko’ngli juda nozik. Qaytgunimcha unga qo’ldan kelgancha qarab, yordam berib turing. D) Ayriliq ham sinovdir, bolam. Sabr qiling, xalq orasida o’z obro’yingizga egasiz, shunday ekan hozircha faqat kutganingiz ma’qul. 14 / 40 Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini ko‘paytirish, kengaytirish ma`nosinida qo`llanadigan so`z qaysi qatorda berilgan? A) strategiya B) diversifikatsiya C) modernizatsiya D) brifing 15 / 40 Ko`zlarim yo`l ustida, kelmadi yor, Ushbu keng dunyo ko`zimga bo`ldi tor. Qay qaroqchi oldi yorimning yo`lin, Mundagi baxtsiz yigit yo`l uzra zor... Ushbu to`rtlik qaysi asardan olingan? A) “Kecha va kunduz” B) “Mehrobdan chayon” C) “O`tkan kunlar” D) “Navoiy” 16 / 40 Quyidagi ajratib ko’rsatilgan band so’zi haqida berilgan to’g’ri hukmni toping. 1)Usta pichoqqa band yasash bilan ovora ekan, bezovta qilmadik. 2)Suv kelmasdan band tashlama. 3)Shifokor hozir band birozdan keyin xabar oling. A) Har uchala gapdagi band so’zi bir so’zning turli ma’nolarda qo’llanishidir. B) 2-va 3-gapdagi band so’zlari o’zaro ko’p ma’noli so’zlar sanaladi va ushbu so’zlar 1- gapdagi band so’ziga nisbatan shakldoshlik hosil qila oladi. C) 1- va 3-gaplardagi band so’zi o’zaro ko’p ma’noli so’zlar sanaladi va ushbu so’z 2-gapdagi band so’ziga nisbatan shakldoshlik qila oladi. D) Ushbu gaplarda qatnashgan band so’zlarining barchasi o’zaro shakldosh so’zlar sanaladi. 17 / 40 Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zlar qatorini aniqlang? A) sazovar, muloqat B) sozovor, muloqot C) sazovor, muloqot D) sazavor, mulaqot 18 / 40 old, ko`ra, orqa, qarab,ro`para, deya, oldin, deb,avval, bo`ylab, keyin, so`ng, atab. Ushbu vazifadosh ko`makchilardan nechtasi fe`l so`z turkumidan hosil bo`lgan? A) 6 tasi B) 7 tasi C) 5 tasi D) 10 tasi 19 / 40 Yangidan o’zida kuch-g’ayrat tuyardi, kelajagiga, o’z maqsadlariga erishishga umid uyg’onardi. Berilgan gap tarkibida fonetik o’zgarish asosida yozilgan so’zlar haqida to’g’ri fikrni toping. 1)Ushbu gap tarkibida fonetik o’zgarish hodisasi sodir bo’lmagan. 2)Fonetik o’zgarishga uchragan so’zlarda tovush tushgan va almashgan. 3)Fonetik o’zgarishga uchragan so’zlar soni 3 ta. 4)Fonetik o’zgarishga uchragan barcha so’zlarda tovush tushgan. A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 4 C) 1, 2, 3 D) 2, 3 20 / 40 Qaysi gap tarkibida o’z paronimi bilan o’zaro bir xil turkumga mansub bo’la oladigan tub so’z qatnashgan? A) Siz daraxtning shoxida yursangiz, u bargida yuradigan yigit. B) Jahling chiqqan taqdirda ham birovga qattiq gapirma. C) Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi begona afzal. D) U otalik mehri jo’sh urib qizchasini bag’riga bosdi. 21 / 40 “Suv qalqisa loyqasi yuqoriga chiqqanday, zamon qalqigandan buyon yomon ko’paydi”. Ushbu misralar qaysi asardan olinganligini aniqlang. A) Shum bola B) Urushning so’nggi qurboni C) Muzqaymoq D) Bemor 22 / 40 Jabr-u jafolardan o’tgan, endigina sening qo’lingdan tutgan, seni yo’qotib qo’ymaslik maqsadida bor vujudi bilan sen uchun yashayotganlarning orzusisan, mustaqillik! Ushbu gapda qo’llangan yasama so’zlar soni nechta? A) 5 ta B) 3ta C) 2 ta D) 4 ta 23 / 40 T.Murodning “Yoshlik” jurnalida chop etilgan asari? A) “Yulduzlar mangu yonadi” B) “Ot kishnagan oqshom” C) “Oydinda yurgan odamlar” D) “Otamdan qolgan dalalar” 24 / 40 Ilon kabi buralib daryo shu yerga kelganda, ikkiga ajralgan, uch chaqirimdan so`ng yana birlashardi. Berigan gapda qaysi turkumlar qatnashgan? A) ot, ko`makchi, ravish, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son ot, ravish, ravish, fe`l B) ot, ko`makchi, fe`l, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son, ko`makchi, ravish, fe`l C) ot, ko`makchi, fe`l, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son, ot, ko`makchi, ravish, fe`l D) ot, ko`makchi, fe`l, ot, olmosh, ot, fe`l, son, fe`l, son ot, ravish, ravish, fe`l 25 / 40 Qaysi so’zlarning yozilishida bosh harflar imlosiga amal qilingan? A) 21-mart – Navro’z Bayrami, Azamat Shuhrat O’g’li B) Sog’liqni Saqlash Vazirligi, Markaziy Osiyo C) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis D) Marjonbuloq qishlog’i, Birlashgan millatlar tashkiloti 26 / 40 Naqqoshlik – xalq amaliy sanatining qadimiy soxalaridan biridir. Naqqoshlikda ustalar tayyorlab beradigan andoza, qolip muxim ahamiyatga ega. Odatda, naqsh, bezakni malakali naqqosh ustalar chizib bergan. Bunday naqshlarni memorchilik, gilamchilik, kashtado‘zlik, kandakorlik kabi soxalarda uchratish mumkin. Naqsh yaratish ustadan did, maxoratdan tashqari katta tajriba va malakani talab qiladi. Shu sababli o‘tmishda naqqoshlar xalq hunarmandlarining eng bilimdon, istedodli qismi hisoblangan. (“Qomus” to‘plamidan) Ushbu parchada necha o`rinda imloviy xatolikka yo`l qo`yilgan? A) 5 B) 8 C) 6 D) 7 27 / 40 Quyida berilgan gap turini aniqlang. Bunday saltanat yalong’och odamga o’xsharki, uni ko’rgan kimsa nazarini olib qochadi. A) ergashgan qo’shma gap B) sodda yoyiq gap C) egasi yashiringan sodda yoyiq gap D) shaxsi umumlashgan sodda yoyiq gap 28 / 40 Berilgan matndagi fonetik o’zgarishga uchragan so’zlar haqidagi noto’g’ri hukmni toping. A) Fonetik o’zgarishga uchragan ot tarkibida jarangli undosh jarangsiz undoshga almashgan B) Berilgan matndagi olmosh tarkibida tovush ortishi hodisasi ro’y bergan C) Beriligan matndagi so’zlarda ko’makchi morfemada ham tovush o’zgarishi kuzatiladi D) Berilgan matnda olmosh tarkibida Tovush tushishi hodisasi ro’y bergan 29 / 40 Quyida berilgan qaysi so`zlar imloviy jihatdan noto`g`ri yozilgan? 1) xasrat; 2) mudofaa; 3) muddoa; 4) tobeylanmoq; 5) tamir A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 4 D) 2, 3, 4, 5 30 / 40 Qaysi javobdagi baytda tazod san’atidan foydalanilmagan? A) Fasli navbahor o‘ldi ketibon zimistonlar, Do‘stlar, g‘animatdur, sayr eting gulistonlar. B) Mumkin o‘lsa ko‘rmog‘im, ey sarvi ra’no, surating, Aylasa chashmim aro mardum kabi jo surating. C) Orzu qildim: “ Tutarmen ”, - deb visoli domanin, Pora bo‘ldi hajr ilgida giribon oqibat. D) Bu kun, ey do‘stlar, farzandi jononimni sog‘indim, Gado bo‘lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog‘indim. 31 / 40 Kesimi faqat til undoshlaridan tashkil topgan yasama so’z bilan ifodalangan gapni aniqlang. A) Hasad va baxillik nafratdan ham murosasizroqdir. B) Oshkora yomonlikka nisbatan yasama ezgulikdan inson ko’proq nafratlanadi. C) Tarixni anglash orqali insonda hayotini anglash qobiliyati shakllanadi. D) Do’stlikka yaramaydigan shaxsning eng yaramasi – chaqimchi. 32 / 40 Qaysi javobda keltirilgan gapda tarkibida faqat til oldi undoshlari bo’lgan qo’shma sifat mavjud? A) Orzu millatga hayotbaxsh ruh bag’ishlaydi. B) Milliy mafkuramizda milliylik umumbashariy g’oyalar bilan uyg’unlashib ketgan. C) U juda shirinsuxan odam ekan. D) Qo’shiqning diltortar navolari hammani o’ziga rom qildi. 33 / 40 Quyidagilardan xamsanavislar haqida berilgan to’g’ri ma’lumotlarni aniqlang. 1)“Xamsa” yozishni ozarbayjonlikulug’ shoir Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan; 2)Dehlaviy yana 2 doston qo’shib, o’z “Xamsa”sini yetti dostonga yetkazadi; 3)Jomiy “Xamsa”sini “Panj ganj” deb atagan; 4)Navoiy qisqa muddatda (1483-1485-yillard 51 ming misradan ortiq “Xamsa”sini yozib tugallagan. A) 1, 3 B) 2, 4 C) 1, 4 D) 2, 3 34 / 40 “Go`ro`g`lining tug`ilishi ” dostonida Gajdumbek kimning o`g`li? A) Odilxonning B) Shohdorxonning C) Jig`alixonning D) Qovushtixonning 35 / 40 Qaysi gapda paronimlarni qo’llash bilan bog’liq uslubiy xato mavjud? A) Bu gaplardan so’ng anchagacha otasining boshi xam bo’lib yurdi. B) Bir tup tut tagida bir tup turp turtib turibdi. C) Bu ta’rifda barcha aloqa xizmatlari bepul amalga oshiriladi. D) Shifoxonada butunlay tuzalib bod balosidan qutuldim. 36 / 40 Payt, fursat, mahal, chog’, palla, muddat, dam, on, lahza. Yuqoridagi sinonim so’zlardan qaysi biri “ko’pincha ma’lum ish uchun lozim bo’lgan, shu ishga belgilangan vaqt” ma’nosini bildiradi? A) fursat B) payt C) lahza D) on 37 / 40 Qaysi asarda Turkistonda Qul Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasining shundoq biqinida O’rta Osiyoni zabt etgan general Chernyayev qurdirgan besh-oltita g’ishtin binolarning borligi, Chernyayev bu binolarni chor askarlari uchun qurdirganligi, ammo Sovet hokimiyati ularni qamoqxonaga aylantirib atrofini tikanli sim bilan o’raganligi tasvirlangan? A) “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida B) “Muzqaymoq” hikoyasida C) “Mehrobdan chayon” romanida D) “O’tkan kunlar” romanida 38 / 40 Berilgan qo`shimchalardan nechtasi ham so`z yasovchi, ham lug`aviy shakl yasovchi, ham sintaktik shakl yasovchi qo`shimcha vazifasini bajara oladi? -ar, - y, -ish, -ib, - gan, - lab, - a, - ka. A) 5 tasi B) 7 tasi C) 3 tasi D) 4 tasi 39 / 40 Berilganlardan qo’shma sifatlarni aniqlang. 1) sovuqmijoz; 2) hozirjavob; 3) achchiqtosh; 4) mehnatkash; 5) issiqxona; A) 1, 3 B) 1, 2, 4 C) 1, 2 D) 1, 3, 5 40 / 40 Qaysi javobda quyidagi gap matn mazmuniga mos ravishda to’g’ri davom ettirilgan? Shoh Iskandar … A) bitmas xazina, ko’p boylik o’z hayotining asosiy mazmuni ekanligini tushunibdi. B) umrining so’nggida bu dunyoning o’tkinchi, bevafo ekanligini anglab yetibdi. C) umrining so’nggida dunyoning ko’plab xalqlarini o’ziga tobe qilganidan g’ururlanibdi. D) o’z xazinalari, boyliklari bilan birga ko’mishlarini vasiyat qilibdi O'rtacha ball 0% 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 8 Ona tili va adaviyot fanidan attestatsiya savollari №14
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Ona tili va adabiyot attestatsiya №13
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 On tili va adabiyot attestatsiya №12
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 On tili va adabiyot attestatsiya №11