Ona tili va adabiyot attestatsiya №5

0%
0

Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №5

1 / 40

T.To’laning ”Yetti zog’ora qissasi” asarida Navoiyni mahliyo qilgan donishmand deya kim tilga olinadi?

2 / 40

Quyida berilgan gap turini aniqlang. Bunday saltanat yalong’och odamga o’xsharki, uni ko’rgan kimsa nazarini olib qochadi.

3 / 40

Sonor undoshlar haqida berilgan qaysi fikr to’g’ri emas?

4 / 40

Qaysi qo‘shma gap tarkibidagi ikkala sodda gapda ham hol ishtirok etgan?

5 / 40

"O'quvchilar sanoq sistemasini o'rganishardi, gohida sanog'idan adashgan bolalar jahl bila ruchkani partaga urardilar." Ushbu gapda nechta fonetik o'zgarish mavjud?

6 / 40

–tir, -dir, qo’shimchalari orqali fe’lning qaysi nisbati yasaladi?

7 / 40

Shodligim ko‘kka sig‘mas, Bitmas baxtim bor manim. Ushbu gapdagi shevaga xos so`zni belgilang.

8 / 40

Tilimizga boshqa tildan kirib kelgan so`zlarning butunlay singib ketishi yoki singib kelmasligiga ko`ra javoblarni moslashtiring.

9 / 40

Paxtafurush cholning holiga ko`p achindi va yerini haydab olgani bitta emas, ikkita xo`kiz berdi, lekin “kichkinagina” sharti bor. Ushbu gapdagi ko`chim turini aniqlang.

10 / 40

1. Bir kun mag‘rur tilshunos sohilda turgan qayiqqa minib narigi qirg`oqqa o‘tmoqchi bo‘ldi. Sohilda yo‘lovchi kutib turgan qayiqchilardan biriga yuzlandi. Qayiq yaqinlashdi. Olim qayiqqa o‘tirdi. Dengizni tomosha qilib ketayotgan olim qayiqchidan so‘radi:
− Sen hech nahv o‘qiganmisan?
− Yo‘q men johil bir qayiqchiman.
Olim:
− E voh, juda xafa bo‘ldim. Demak, yarim umring bexuda
o‘tibdi, − deya achinib qayiqchiga qaradi.

2. Shu vaqt dovul turdi. Keyin dengizning o‘rtasida chayqala  boshladi, qayiqchi butun kuchi bilan xavfdan qutulish uchun harakat qildi. Bo‘ron borgan sayin kuchayar, qayiq esa cho‘kish arafasiga edi. Shu vaqt qo‘rquvdan dir-dir titrayotgan olimdan qayiqchi so‘radi:
− Ey, har narsani bilgan olim do‘stim. Suzishni bilasanmi?
Yo‘q javobini olgan qayiqchi:
− Voh, voh, sen umringni behuda sarflabsan.

3. Hozir butun umring ketdi. Chunki birozdan keyin qayig‘im  cho‘kadi. Yaxshi bilginki: bu yerda hozir nahv (grammatika) emas, mahv ilmi lozim. Agar mahv ilmini bilsang, qo‘rqmasdan dengizga sakra, − dedi. (Jaloliddin Rumiy, “Masnaviy”)

Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”si asosida tayyorlangan ushbu matnni o‘qing va raqamlab ko‘rsatilgan bandlarida ro‘y bergan xatoliklar turi moslashtirib ko‘rsatilgan to‘g‘ri javobni belgilang.

a) imloviy xatolik; b) ishoraviy xatolik (punktuatsion); c) uslubiy xatolik (qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq xatolik).

11 / 40

Haqiqatdan qo`rqqan odam yolg`onning panasiga berkinadi. Berilgan gap haqida qaysi fikr to`g`ri?

12 / 40

Muqimiy “Qoqondan Farg’onaga” qilgan sayohatida qaysi qishloqning odamlarini “charchashni bilmas yursalar, purzor ketmon ursalar, vaqti namozga kelsalar, masjid soriga lang ekan” deya ta’riflaydi?

13 / 40

Shunda arilar bularning ahvolini ko`rib, bular ham bizga o`xshagan och qolganlardan ekan, deb qayoqqa ketishayotganini so`rabdi. (“Susambil”)

Ushbu gapda jami necha marta fonetik hodisa kuzatilgan?

14 / 40

“Kamlikning kamoli bordir,

Manmanlikning zavoli bordir…”,

“O`zingdan kattani uchratsang pir bil,

O`zingni er bilsang, birovni sher bil…”

kabi hikmat darajasiga ko`tarilgan baytlar qaysi dostonda uchraydi?

15 / 40

Vazifasi jihatidan bir turga mansub bo’lgan qo`shimchalar ketma-ket qo’shilgan so’zni aniqlang.

16 / 40

Qaysi gapda otga xos bo’lgan lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha qatnashmagan?

17 / 40

Qaysi gapda ham tub, ham yasama mavhum otlar ishtirok etgan?

18 / 40

Raviy undosh tovush bilan ifodalangan mutlaq qofiyali baytni toping.

19 / 40

Qaysi gapda ajratib ko’rsatilgan so’z birikmasida tobe qismi kelishik qo’shimchasi bilan shakllanmagan?

  1. Havo birdan sovidi-yu, sharros yomg’ir yog’a boshladi.
  2.  U kishi yolg’onni haqiqatdan farqlay olar edi.
  3.  Nosirjon qayoqqa yurishini bilmay qolgan edi, kimdir uni chaqira boshladi.
  4.  Men ham shunga ko’ngan edim, Menga shu ham yetardi.

20 / 40

Qaysi gapdagi ajratib ko’rsatilgan so’zda metonimiya usulida ma’no ko’chishi yuz bergan?

  1.  Anavi qora ko’ylak Mamatqulning o’g’li-ku! Aytsang, olib ketadi.
  2. Bu ishimizni ko’rgan ko’zlar xursand bo’ladi, rahmatlar aytadi.
  3. Akasining hovlisiga kirishi bilan oshrayhonning yoqimli hidi dimog’ini qitiqladi.
  4. Do’stim, dasturxonga qarang, tortinmang, noz-ne’matlardan oling.

21 / 40

Qaysi gapda tovush o’zgarishi bilan yozilgan ot+ot tipidagi qo’shma sifat qatnashgan?

22 / 40

Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog’liq xatolik bor?

23 / 40

Qaysi javobdagi gaplar juftligida ajratib ko’rsatilgan so’zlarning asoslari o’zaro shakldosh bo’la oladi?

  1. U eshikning chiroyli shisha tutqichini avaylabgina ushlab ko’rardi. Oradan biroz vaqt o’tgach xonaga tutqunni olib kirishdi.
  2. Uning tushkun kayfiyati atrofdagilarga ham ta’sir qilayotgan edi. Bog’da ishlayotganlar allaqachon tushlikka chiqishgan.
  3. Anor butasimon mevali daraxtlar sirasiga kiradi. Bolakay mevazor bog’da aylanib yurdi.
  4. Otlar kelishik qo’shimchalari bilan turlanadi. Anjumanda turli millat vakillari ishtirok etayotgan edi.

24 / 40

Tuproq to’shagida yotgan ko’p ko’rdim, Qaro yer bag’riga botgan ko’p ko’rdim. Ushbu gapdagi qo’shimchalar haqida berilgan to’g’ri ma’lumotni aniqlang.

25 / 40

Musa Jalilning qaysi asari butun mamlakatda katta dovruq qozonadi va davlat mukofoti bilan taqdirlanadi?

26 / 40

Do’stlikni e’zozlashning zarur sharti do’stlar bilan uchrashib turishdir. Ushbu gapda ismning munosabat shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar soni nechta?

27 / 40

“Mahbub ul-qulub”da Navoiy:”…hodisalar to’la dengizdagi kishilik kemasining langari desa bo’ladi va insoniyat qadrini o’lchaydigan tarozining toshiga tenglashtirishga ham bo’ladi”, - deya ta’rif qilgan narsa nima?

28 / 40

Qaysi gapda asosi ot turkumiga oid so’z bilan shakldosh bo’la oladigan sodda yasama so’z mavjud emas?

29 / 40

Qaysi gapda paronim bilan bog’liq xatolik mavjud?

30 / 40

Yashash uchun foydali mehnat qilishni anglash insoniylikning birinchi shartidir. Ushbu gapda qatnashgan yasama so’zlar hyaqidagi to’g’ri ma’lumotni toping.

31 / 40

Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas?

32 / 40

Quyida berilganlardan tarkibidagi barcha undoshlari jarangsiz til undoshlariga mansub bo’lgan sifatlarni aniqlang. 1) yig’ma; 2) tushuncha; 3) qishki: 4) qaqshatqich: 5) tortinchoq: 6) ostki

33 / 40

“Shayx Sa’diy” voqeasining hissasini toping.

34 / 40

Quyida berilganlardan so’z tarkibi ot+so’z yasovchi qo’shimcha+ lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha + sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha tartibida joylashmagan so’zlar ko’rsatilgan javobni aniqlang. 1) she’rxonlarning; 2) bilimdonliging; 3) qayg’urishdi; 4) bostirmada: 5) tushirtirmoq: 6) ranjitdi

35 / 40

Olimlarni fikriga qaraganda, qulupnay buyrakdagi toshlarni yemirish xususiyatiga ega, shu bilan birga, u buyrakda tosh hosil bo’lishining yo’l qo’ymaydigan tabiiy omillardan biri hisoblanadi.Ushbu gapdagi uslubiy jihatdan noto’g’ri qo’llangan qo’shimchalar sonini aniqlang.

36 / 40

Qaysi gapda ko’makchini unga ma’nodosh bo’lgan kelishik qo’shimchasi bilan almashtirish mumkin?

37 / 40

Qaysi javobda “Ravshan” dostoni voqealari bayoni to’g’ri berilgan?

38 / 40

Millatning dahosi, aqli va ruhiyati maqollaridan bilinadi. Ushbu gapda tarkibi faqat til undoshlari va unlilardan iborat bo’lgan nechta so’z qatnashgan?

39 / 40

Anvar Obidjon qaysi she’rida yurtimiz – Turonzamin tarixida kechgan xatarli va sharafli hodisalarning ko’pchiligi tarix kitoblari, solnomalarda “tarixiy voqea” deb atalishini yodimizga solar ekan, birdan bugungi O’zbekiston hayotiga shu nuqtayi nazardan qarab ko’rishni taklif qiladi?

40 / 40

Qaysi gapda qatnashgan yasama fe’l va yasama otning asosi shakldoshlik xususiyatiga ega?

O'rtacha ball 0%

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0