Uy » Attestatsiya testlar » Ona tili va adabiyot attestatsiya » Ona tili va adabiyot attestatsiya №3 Ona tili va adabiyot attestatsiya Ona tili va adabiyot attestatsiya №3 InfoMaster Yanvar 21, 2022 301 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №3 1 / 40 Qaysi qatordagi fe`llarda nisbat qo`shimchasi mavjud emas? A) Baxt oila ostonasidan boshlanishini unutmang! B) Yomon qo`shni dushmandan yomon – turgan joyingdan ko`chirib yuborganini sezmay qolasan. C) Ko`ngli vayron bo`lgan qiz yelkalari titrab-titrab yig`lardi. D) Uning vujudida ham mehr, ham vahshiylik yashiringan edi. 2 / 40 Imlo qoidasiga nomuvofiq yozilgan so‘z qatnashgan gapni aniqlang. A) Biroq vaqt ketsa ham, otaning maslahati bilan ish tutganlari yaxshi bo‘ldi, chunki yomontosh darasi ular kutganday mudhish edi! B) Hamon shamol o‘kirar, osmonning goh u, goh bu burchida chaqmoq yaraqlab, yong‘oq shoxlari shubhali g‘iyqillar, ammo endi bular uni qo‘rqitolmas edi. C) Kishining iste’dodi barcha sohada bir xil bo'lavermaydi, chunki yoshlar o‘zi sevgan, qobiliyatiga mos bo'lgan ishni tanlay bilishi kerak. D) Lekin kun isishini kutish haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas, chunki havoga ishonish qiyin, eng muhimi, qor ustiga qor yog'ib, dashtda qolib ketishlari ehtimoldan xoli emas. 3 / 40 Quyida berilgan gap turini aniqlang. Bunday saltanat yalong’och odamga o’xsharki, uni ko’rgan kimsa nazarini olib qochadi. A) ergashgan qo’shma gap B) shaxsi umumlashgan sodda yoyiq gap C) sodda yoyiq gap D) egasi yashiringan sodda yoyiq gap 4 / 40 Quyida berilgan gaplarning qaysilarida paronim xatolik jarangsiz undosh o`rniga jarangli undosh qo`llash orqali yuzaga kelgan. 1.Odam tushgan chog`ni uning o‘zi qazigan bo‘ladi. (Nepal xalq maqoli) 2.Ushshoq ham non. (Norveg xalq maqoli) 3.Nokasdan qars olsang, uxlashga qo‘ymaydi. (Ukrain xalq maqoli) 4.Do‘stsiz boshim – tussiz oshim. (O‘zbek xalq maqoli) 5.Mard jonini fido qilsa, qochoq issiz yo‘qolar. (Chuvash xalq maqoli) 6.Bug‘uni uradigan odam uning shohlaridan qochib qutula olmaydi. (Dolgan xalq maqoli) 7.Og‘zini bod ochadigan kishi ko‘p yo‘qotadi. (Shved xalq maqoli) 8.Kichkina teshikdan kirgan nur ham xonani yoriq qiladi. (Yapon xalq maqoli). A) 2, 6, 8 B) 3, 4, 5, 8 C) 1, 7 D) 1, 3, 4, 5, 7, 8 5 / 40 Berilgan matndagi fonetik o’zgarishga uchragan so’zlar haqidagi noto’g’ri hukmni toping. A) Berilgan matnda olmosh tarkibida Tovush tushishi hodisasi ro’y bergan B) Fonetik o’zgarishga uchragan ot tarkibida jarangli undosh jarangsiz undoshga almashgan C) Berilgan matndagi olmosh tarkibida tovush ortishi hodisasi ro’y bergan D) Beriligan matndagi so’zlarda ko’makchi morfemada ham tovush o’zgarishi kuzatiladi 6 / 40 Naqqoshlik – xalq amaliy sanatining qadimiy soxalaridan biridir. Naqqoshlikda ustalar tayyorlab beradigan andoza, qolip muxim ahamiyatga ega. Odatda, naqsh, bezakni malakali naqqosh ustalar chizib bergan. Bunday naqshlarni memorchilik, gilamchilik, kashtado‘zlik, kandakorlik kabi soxalarda uchratish mumkin. Naqsh yaratish ustadan did, maxoratdan tashqari katta tajriba va malakani talab qiladi. Shu sababli o‘tmishda naqqoshlar xalq hunarmandlarining eng bilimdon, istedodli qismi hisoblangan. (“Qomus” to‘plamidan) Ushbu parchada necha o`rinda imloviy xatolikka yo`l qo`yilgan? A) 6 B) 8 C) 7 D) 5 7 / 40 Quyidagilardan xamsanavislar haqida berilgan to’g’ri ma’lumotlarni aniqlang. 1)“Xamsa” yozishni ozarbayjonlikulug’ shoir Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan; 2)Dehlaviy yana 2 doston qo’shib, o’z “Xamsa”sini yetti dostonga yetkazadi; 3)Jomiy “Xamsa”sini “Panj ganj” deb atagan; 4)Navoiy qisqa muddatda (1483-1485-yillard 51 ming misradan ortiq “Xamsa”sini yozib tugallagan. A) 2, 3 B) 1, 3 C) 2, 4 D) 1, 4 8 / 40 Qaysi qatorda Mirtemir ijodiga mansub tarjimalar berilgan? Pushkinning"Yevgeniy Onegin" she'riy romani; Lermontovning "Maskarad" asarini "Manas" qirg'iz xalq eposini; "Qirq qiz" qoraqalpoq xalq dostoni; "Sosunli Dovud" arman xalqeposi. A) l, 2 B) 3, 4 C) 4, 5 D) l, 2, 3 9 / 40 Ayol kishiga Qo‘l ko‘tarish nimaligin bilurmisan? Ayt! Sen-ku odam bolasisan, Qaysi bir hayvon Emayotib, uzib olar onasin ko‘ksin. Shohlarni-ku qo‘ya turay, payg‘ambarlar ham, Nabilar ham tug‘ilgan-ku ayol zotidan. Unutibsan, Senga bir vaqt aytib bergandim, To‘maris deb atalguvchi yovqur momomiz Turon zamin erki uchun maydonga chiqib, Eron shohin kallasini qonga bo‘ktirgan. u ham ayol bo‘lgan, Bilib qo‘y, o‘g‘lim! Rafiqasiga qo‘l ko‘targan o‘g‘ilga qarata ota tomonidan aytilgan ushbu misralar “Sohibqiron” dramasida qaysi qahramonga qarata aytilganligini aniqlang? A) Jahongir mirzo B) Shohrux mirzo C) Umarshayx mirzo D) Mironshoh mirzo 10 / 40 Navoiyning ”Haq taolo xoni in`omi-yu karami omi ” qit`asidagi ishonch, e`tiqod, ixlos, tushuncha, fikr, bilim ma`nolarini qaysi so`z ifodalaydi? A) aqida B) ro`ziy C) gumroh D) ro`za 11 / 40 Baland bolaxonali uy. Ushbu jumlada qanday holatda uyning balandligi anglashiladi? A) Ma’noli gap bo’laklarining kengayishidan B) Bolaxona so’zidan so’ng to’xtalish bo’lsa C) So’zlar orasida to’xtalish bo’lsa D) Baland so’zidan so’ng to’xtalish bo’lsa 12 / 40 "Bu dunyoga kelib nima karomat ko'rsatdik? Ko'prik qurdikmi, machit soldikmi?" Ushbu gapda nechta boshqaruvli so'z birikmasi mavjud? A) 3ta B) 4ta C) 2ta D) 1ta 13 / 40 Quyida berilgan gapda nechta yasama so'z bor? Oybek domla nihoyatda tiyraklik bilan, ko'pchilik nomdor insonlarda juda kam uchraydigan samimiyat va bolalarcha beg'uborlik bilan opaning gaplarini tasdiqladi. A) 7 ta B) 8 ta C) 6 ta D) 5 ta 14 / 40 Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g‘ayrat, ham dadillik baxsh etardi. Mazkur gapda qatnashgan mavhum otlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? A) Gapdagi mavhum otlar otlarning tuzilishiga ko‘ra ikki turiga oiddir. B) Gapdagi barcha mavhum otlar hokim qismga bitishuv usulida birikkan. C) Gapdagi mavhum otlar ikki xil gap bo‘lagi vazifasida kelgan. D) Gapdagi yasama mavhum otlar har xil turkumga oid so‘zdan yasalgan. 15 / 40 "Bu ko'ylak sal qizilroq ekan." Ushbu gapda sifatning qaysi darajasi qatnashgan? Qaysi yo'l bilan hosil qilingan? A) ozaytirma daraja; morfologik yo'l bilan. B) orttirma daraja; leksik-morfologik yo'l bilan. C) orttirma daraja; morfologik yo'l bilan. D) ozaytirma daraja; leksik-morfologik yo'l bilan. 16 / 40 Quyidagi gapda ochiq bo`g`inlarning nechtasi keng unli bilan tugagan? Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, Aniq bilursankim, ilm bepoyon. A) 3ta B) 4ta C) 2ta D) 6ta 17 / 40 Kesimi faqat til undoshlaridan tashkil topgan yasama so‘z bilan ifodalangan gapni aniqlang. A) B)Oshkora yomonlikka nisbatan yasama ezgulikdan inson ko‘proq nafratlanadi. B) A)Hasad va baxillik nafratdan ham murosasizroqdir. C) D)Do‘stlikka yaramaydigan shaxsning eng yaramasi − chaqimchi. D) C)Tarixni anglash orqali insonda hayotni anglash qobiliyati shakllanadi. 18 / 40 Ham qaratqich aniqlovchini, ham sifatlovchi aniqlovchini tobelantirgan ega ishtirok etgan javobni aniqlang. A) Yelkamizga oftobning tegganligi rost bo‘lsin... B) Kunduzning g‘aroyib chog‘idir oqshom, Saodat birla u nurafshon bo‘lsin. C) Dildoraning shohi ko'ylagini hamma yoqtirdi. D) Ularning turfa xil odatlari bor, Avval ganjlarini ko‘mgay tuproqqa. 19 / 40 -(a)r qo’shimchasi bilan fe’lning xoslangan shakllaridan qaysi biri hosil qilinadi? A) harakat nomi B) sifatdosh C) ravishdosh D) sof fe’l 20 / 40 –tir, -dir, qo’shimchalari orqali fe’lning qaysi nisbati yasaladi? A) Noaniq fe’l B) Fe’lning kichraytirma nisbati C) Fe’lning orttirma nisbati D) Fe’lning o’zlik nisbati 21 / 40 “Podshohlarga yaqin yurmoq ajdarga yaqin yurmoqdan xavfli ekanini bilardik… Siz, hali hech narsani ko`rmagan g`o`r go`daklar, chalg`ib ajdar komiga lahm etdek ketdingiz! Polapon vaqtingizdayoq yorug` dunyodan ketdingiz! Ana shunga kuyaman!” Ushbu parcha qaysi asardan olingan? A) “Uch og`ayni botirlar” B) “Yulduzli tunlar” C) “Zulmat ichra nur” D) “Me`mor” 22 / 40 Quyidagi qaysi gapda qattiq so`zining ko`chma ma`nosi bilan antonimlik hosil qiladigan so`z qatnashgan? A) Mohinur mustahkam shisha bilan Mushtariyning boshini yorib qo`ydi. B) Mohinur yumshoq ko`rpachaga cho`zilib o`tiribdi. C) Guruhimizdagi eng saxiy o`quvchi –menga ikki kilogram tandir olib kelgan o`quvchi. D) Samandar nafis qo`llari bilan testni bo`yayapti. 23 / 40 Azm, aysh, arz, aft, aql, badnafs, bahs, boks, bazm,bayt, brak, vazn, vahm, vaqf, gips, globus, dafn, dahr, jazm, jalb, janr, jahl, jahd. Ushbu so`zlarning nechtasida jarangli jarangsizligiga ko`ra ham, til qismlarining harakatiga ko`ra ham birlashtiruvchi belgiga ega undoshlar qator holda kelgan? A) beshtasida B) oltitasida C) uchtasida D) to`rttasida 24 / 40 Quyidagi ijodkorlarning o`zbek adabiyotidagi yangiliklari bo`yicha javoblarni moslashtiring. A) 1-b; 2-a; 3-c; B) 1-c; 2-a; 3-b; C) 1-b; 2-c; 3-a; D) 1-c; 2-b; 3-a; 25 / 40 Menga qulluq qilma, Yurt tuprog‘in o‘p, Unga qullar emas, fidolar kerak. Uning senu mendek shoirlari ko‘p, Buyuk elga endi daholar kerak. Qaysi javobda ushbu misralar muallifining hayoti va ijodi haqida ma`lumot berilgan? A) Dantening “Ilohiy komediya” asarini tarjima qilgan. B) Zamonaviy va tarixiy mavzularda drama yozgan. C) Uning ilk kitobi “Ona yer ” deb nomlangan. D) muallim oilasida dunyoga kelgan. 26 / 40 Paxtafurush cholning holiga ko`p achindi va yerini haydab olgani bitta emas, ikkita xo`kiz berdi, lekin “kichkinagina” sharti bor. Ushbu gapdagi ko`chim turini aniqlang. A) kinoya B) sinekdoxa C) metafora D) metonimiya 27 / 40 O`tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi haqida berilgan ma`lumotlardan noto`g`risini toping A) 1.2 B) 2.4 C) 1.3 D) 1.4 28 / 40 G‘addor do‘st dushmandan yomon, Ne hiyla bilsa, ishlatar oson. Ostiga chizilgan so`zning paronim juftining sinonimi qaysi gapda qo`llangan? A) Zuxra bugun testdan juda kam topdi. B) Sevinch biroz o`ylanib turganidan so`ng, savolning mohiyatini tushundi. C) Dilrabo Dilnozaning nayrangiga ishondi. D) Davlat bir-ikki yil ichidan ancha mablag` to`plab qo`ydi. 29 / 40 Qo`lida piyola ushlagan be`morlar suv ichgani ketyapti. Ushbu gapda qaysi kelishik belgisiz qo`llangan? A) o`rin-payt B) tushum C) chiqish D) qaratqich 30 / 40 Har kimki atog`a ko`p rioyat qilg`ay, O`g`lidin anga bu ish siroyat qilg`ay. Ushbu she`riy parchada ostiga chizilgan so`z qanday ma`no ifodalab kelyapti? A) hurmat, e`tibor qilish B) nopisandlik C) jabr,zulm; D) sitam,azob 31 / 40 Urush oyoqlagan sayin umidim kuchaya boshladi. Ushbu gapdagi ostiga chizilgan so`zning ma`nodoshi qaysi gapda qo`llangan? A) Bir soatdan keyin Sevinch uydan tandir olib keladi. B) O`quvchilar testni maroq bilan yecha boshlashdi. C) Kuz oxirlab qoldi,lekin hali ham yomg`irdan darak yo`q. D) Bugun testdan so`ng marketolog Gulhayo hamma o`qituvchilarni mehmon qiladi. 32 / 40 Ravon so`zlash ko`nikmasini egallamaslik, fikrning quyilib kelmasligi natijasida nutq oqimida yuzaga keladigan uzilishni, qanday bo`lmasin “yopish”, keying gapni o`ylab toppish uchun e-e-e, xo`o`sh, shu, aytaylik ,gap shundaki birliklarini nutqda ko`p qo`llash…? A) varvarizm B) kanselarizm C) vulgarizm D) parazit so`zlar 33 / 40 Shodligim ko‘kka sig‘mas, Bitmas baxtim bor manim. Ushbu gapdagi shevaga xos so`zni belgilang. A) manim B) sig`mas C) shodligim D) bitmas 34 / 40 Javoblarni moslashtiring. A) 1-c; 2-b; 3-a; B) 1-c; 2-a; 3-b; C) 1-b; 2-a; 3-c; D) 1-b; 2-c; 3-a; 35 / 40 Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida qaysi obrazni bir dehqon mo`g`ul-tatarlardan bir qop somon evaziga jonini qutqarib qoladi? A) Farididdin Attor B) Qosim Anvor C) Ali Yazdiy D) Jomiy 36 / 40 Qaysi so‘zlar qatorida boshqalari bilan o‘zaro ma’nodoshlik hosil qila olmaydigan so‘z ishtirok etgan? A) eplamoq, uddalamoq, sarflamoq B) ayyor, quv, mug‘ombir C) yalqov, ishyoqmas, tanbal D) betob, bemor, xasta 37 / 40 “O`z qabohatini ko`rgan kishining o`zgalarning qabohatlarini ko`rmakka vaqti bo`lmas” kabi qissadan hissa Abdulla Avloniyning “Ikkinchi muallim” kitobidagi qaysi qismdan olingan? A) “Xurus ila bo`ri” B) “Saxiylik” C) “Shayx Sa`diy” D) “Yalg`on do`st” 38 / 40 Quyidagi qaysi javobda –lar qo`shimchasi olib tashlansa, jumla mazmunidagi obrazli tasvir yo`qolib, badiiylik sayozlashadi? A) Allaqayerdandir ayollarning ovozi eshitilyapti. B) Ko`chada ko`p bolalar bir-birlari bilan janjal qilishyapti. C) Sovun yuqi qo`llari bilan yuzlarimni, boshlarimni silab yig`ladi. D) Bugun o`quvchilar testni maroq bilan yechishyapti. 39 / 40 Muqimiy “Sayohatnoma”sidagi qaysi misralar orqali zamondoshlarini achchiq haqiqatdan ogoh etadi? A) Hаr yеrdа yotgаn хоr-u хаs, Ko‘zgа tikаn yakrаng ekаn. B) Undа bo‘lus G‘оzi dеdi, Hаm mufti, hаm qоzi dеdi. Yurt bаrchа nоrоzi dеdi, Qilg‘оn ishi оzоr ekаn.arga yo'l qo'ymang. C) Mа’yus bоrdim “Zоhidоn”, Bir ko‘chа kеtgunchа do‘kоn, Sho‘х оdаmi, ichmаy piyon, Mаst, оtаsi bеzоr ekаn. D) Chаrchаshni bilmаs yursаlаr, Purzo‘r kеtmоn ursаlаr, Vаqti nаmоzgа kеlsаlаr, Mаsjid sоrigа lаng ekаn. 40 / 40 Tog`ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani qahramonlari haqidagi ma`lumotlarni moslashtiring. A) 1-c; 2-b; 3-a; B) 1-a; 2-c; 3-b; C) 1-b; 2-a; 3-c; D) 1-b; 2-c; 3-a; O'rtacha ball 0% 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 18 Ona tili va adaviyot fanidan attestatsiya savollari №14
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Ona tili va adabiyot attestatsiya №13
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 On tili va adabiyot attestatsiya №12
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 On tili va adabiyot attestatsiya №11