Ona tili va adabiyot attestatsiya №3

0%
0

Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №3

1 / 40

Sonor undoshlar haqida berilgan qaysi fikr to’g’ri emas?

2 / 40

Qaysi javobda imloviy xato yozilgan so’zlar soni ikkita?

3 / 40

Quyidagi gapda mustaqil so`zlar miqdorini aniqlang?
G`amgin qoyalar qilib qo`ygan gunohidan o`zi qo`rqib ketganday ingrab yubordi.

4 / 40

O’n oy davom etgan tergov azoblaridan so’ng adib “sovetlartga qarshi targ’ibot qilgan”likda ayblanib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan ijodkorning ijodi bilan bog’liq to’g’ri ma’lumotni aniqlang?

5 / 40

Qaysi javobda olmosh ega vazifasini bajarmagan?

6 / 40

Qaysi qatordagi fe`llarda nisbat qo`shimchasi mavjud emas?

7 / 40

T.To’laning ”Yetti zog’ora qissasi” asarida Navoiyni mahliyo qilgan donishmand deya kim tilga olinadi?

8 / 40

old, ko`ra, orqa, qarab,ro`para, deya, oldin, deb,avval, bo`ylab, keyin, so`ng, atab.
Ushbu vazifadosh ko`makchilardan nechtasi fe`l so`z turkumidan hosil bo`lgan?

9 / 40

Quyidagi qaysi gapda vazifadoshlik asosida ma’nosi ko’chgan so’z ega vazifasida kelgan?

10 / 40

Berilganlardan qaysi birida grammatik moslik buzilgan?

11 / 40

–choq, -cha, -jon, -xon, -loq qo’shimchalari qanday qo’shimchalar sanaladi?

12 / 40

Qaysi gapda to‘ldiruvchi vazifasidagi so‘zda paronim bilan bog‘liq xatolik bor?

13 / 40

"O'quvchilar sanoq sistemasini o'rganishardi, gohida sanog'idan adashgan bolalar jahl bila ruchkani partaga urardilar." Ushbu gapda nechta fonetik o'zgarish mavjud?

14 / 40

Ham qaratqich aniqlovchini, ham sifatlovchi aniqlovchini tobelantirgan ega ishtirok etgan javobni aniqlang.

15 / 40

Quyidagi gapda ochiq bo`g`inlarning nechtasi keng unli bilan tugagan? Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, Aniq bilursankim, ilm bepoyon.

16 / 40

Kesimi faqat til undoshlaridan tashkil topgan yasama so‘z bilan ifodalangan gapni aniqlang.

17 / 40

“Odina qanday o‘qiyapti?” – deb so‘radi onasi. Berilgan gapni o‘zlashtirma gapga aylantirganda onasi so‘zi qanday o‘zgarishga uchraydi?

18 / 40

Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g‘ayrat, ham dadillik baxsh etardi. Mazkur gapda qatnashgan mavhum otlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?

19 / 40

Qaysi gapda 2 o‘rinda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilgan?

20 / 40

Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas?

21 / 40

Shodligim ko‘kka sig‘mas, Bitmas baxtim bor manim. Ushbu gapdagi shevaga xos so`zni belgilang.

22 / 40

Quyidagi qaysi asarda yoshligida adashib shakar deb tuz yeb qo`ygan, lekin katta bo`lganida tuz yeb, shakar yegandek jilmayib turishgan majbur bo`lgan obraz uchraydi?

23 / 40

Urush oyoqlagan sayin umidim kuchaya boshladi. Ushbu gapdagi ostiga chizilgan so`zning ma`nodoshi qaysi gapda qo`llangan?

24 / 40

Quyidagi qaysi javobda “ayirmoq” so`zi “xillab alohidalamoq” ma`nosida kelyapti?

25 / 40

Paxtafurush cholning holiga ko`p achindi va yerini haydab olgani bitta emas, ikkita xo`kiz berdi, lekin “kichkinagina” sharti bor. Ushbu gapdagi ko`chim turini aniqlang.

26 / 40

Ravon so`zlash ko`nikmasini egallamaslik, fikrning quyilib kelmasligi natijasida nutq oqimida yuzaga keladigan uzilishni, qanday bo`lmasin “yopish”, keying gapni o`ylab toppish uchun e-e-e, xo`o`sh, shu, aytaylik ,gap shundaki birliklarini nutqda ko`p qo`llash…?

27 / 40

Imloviy xatoliklar bo`yicha javoblarni moslashtiring.

28 / 40

Quyidagi qaysi so`zning asosi(yetakchi morfem) va yasalish asosi bir turkumga mansub bo`lmagan so‘zni toping.

29 / 40

Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanida “hayoti ziddiyatlarga ko’milgan g’aroyi bir” deya ta’riflangan?

30 / 40

Azm, aysh, arz, aft, aql, badnafs, bahs, boks, bazm,bayt, brak, vazn, vahm, vaqf, gips, globus, dafn, dahr, jazm, jalb, janr, jahl, jahd. Ushbu so`zlarning nechtasida jarangli jarangsizligiga ko`ra ham, til qismlarining harakatiga ko`ra ham birlashtiruvchi belgiga ega undoshlar qator holda kelgan?

31 / 40

Har kimki atog`a ko`p rioyat qilg`ay,
O`g`lidin anga bu ish siroyat qilg`ay.   Ushbu she`riy parchada ostiga chizilgan so`z qanday ma`no ifodalab kelyapti?

32 / 40

Quyidagi hajviy yo`nalishda yozilgan asarlardan qaysi biri janri bo`yicha boshqalardan farq qiladi?

33 / 40

Qaysi gapda egalik qo'shimchalari qo'shilishi natijasida so'zlar imlosida tovush tushishi va tovush ortishi hodisalari ro'y bergan?

34 / 40

Qaysi javobdagi qo`shma so`z arabcha + forscha so`zlaridan olingan?

35 / 40

Tog`ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani qahramonlari haqidagi ma`lumotlarni moslashtiring.

36 / 40

Javoblarni moslashtiring.

37 / 40

Qo`lida piyola ushlagan be`morlar suv ichgani ketyapti. Ushbu gapda qaysi kelishik belgisiz qo`llangan?

38 / 40

Qaysi so‘zlar qatorida boshqalari bilan o‘zaro ma’nodoshlik hosil qila olmaydigan so‘z ishtirok etgan?

39 / 40

“O`z qabohatini ko`rgan kishining o`zgalarning qabohatlarini ko`rmakka vaqti bo`lmas” kabi qissadan hissa Abdulla Avloniyning “Ikkinchi muallim” kitobidagi qaysi qismdan olingan?

40 / 40

Tilimizga boshqa tildan kirib kelgan so`zlarning butunlay singib ketishi yoki singib kelmasligiga ko`ra javoblarni moslashtiring.

O'rtacha ball 0%

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0