Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 9-sinf Tarix olimpiada №1 Tarix olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Tarix olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 1562 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Tarix olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1775-yil Amerikaning Filadelfiya shahrida II Kontinental Kongress chaqirilgan bo‘lib, Kongress qatnashchilari … A) “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ni parlamentga topshirdilar va prezidentlik lavozimiga ovoz berdilar. B) mustamlaka shtatlarni Angliya hukumati bilan kelishtirishga, tinch yo‘l bilan mustaqillikni qo‘lga kiritishga harakat qildilar. C) urush boshlashga ovoz berdilar va Amerika qurolli kuchlarining bosh qo‘mondonini tayinladilar. D) urushni to‘xtatishga ovoz berdilar va “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ni qizg‘in muhokama qildilar. 2 / 25 XV asr o‘rtalarida yuz bergan qaysi omil Xitoyning ichki taraqqiyoti va tashqi siyosatiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatdi? A) Iqtisodiy inqirozning boshlanishi B) Qishloq xo‘jaligi inqirozga yuz tutishi C) Shimoldan manjurlar hujumining boshlanishi D) Hokimiyat uchun sulolaviy nizolarning avj olib ketganligi 3 / 25 Ilk o‘rta asrlarda qo‘riq va bo‘z yerlarga suv chiqarilib, katta-katta ekin maydonlari barpo etildi. Bunday obodonchilik ishlarini amalga oshirishda kimlar sarkor ishboshi sifatida faol qatnashganlar? A) Qishloq jamoalarining azolari, chokarlar, mulkdor tabaqa vakillari B) Kohinlar, mulkdor tabaqa vakillari, qabila boshliqlari, kadivarlar C) Mulkdor tabaqa vakillari, qishloq oqsoqollari, qabila boshliqlari D) Kashovarzlar, dehqonlar, chokarlar, kadivarlar 4 / 25 Alouddin Atomalik Juvayniy tomonidan Jaloliddin Manguberdi faoliyatiga bag‘ishlab yozilgan asarni ko‘rsating. A) “Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Mengburni” B) “Vaziyati bahor Jalol ad-Din Mengburni” C) “Al-Komil fit-tarix” D) “Tarixi jahonkusho” 5 / 25 XIV asr oxiriga kelib qaysi omillar Malining zaiflashishiga sabab bo‘ladi? A) Tinimsiz urushlar, sulolaviy nizolar B) Feodal tarqoqlik, tinimsiz urushlar C) Feodal tarqoqlik, sulolaviy nizolar D) O‘zaro urushlar, iqtisodiy inqiroz 6 / 25 Eftallar yozuviga xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang.1) Baqtriya yozuvining vujudga kelishiga asos bo‘lgan; 2) Baqtriya yozuvi asosida shakllangan; 3) o‘ngdan chapga, tepadan pastga qarab yozilgan; 4) 25 harfdan iborat bo‘lgan; 5) Sug‘d yozuvi asosida vujudga kelgan; 6) chapdan o‘ngga tomon ko‘ndalangiga yozilgan; 7) 22 harfdan iborat bo‘lgan; 8) Toxariston yozuvining vujudga kelishiga asos bo‘lgan; 9) Oromiy yozuvi asosida vujudga kelgan. A) 1, 3, 5, 7 B) 2, 3, 7, 8 C) 5, 6 D) 2, 4, 6 7 / 25 Shayboniylar davrida devon faoliyati temuriylar davridagidek nufuzga ega emasdi. Bunga ... A) dargohdagi mansablar mavqeyining kuchli bo‘lmaganligi sabab bo‘ldi; B) dargohdagi mansablar faqat xonga yaqin kishilardan tayinlangani sabab bo‘ldi; C) ma’muriy tuzum yaxshi tashkil etilmaganligi bo‘ldi; D) boshqaruv sohasida muammolar borligi sabab bo‘ldi; 8 / 25 Abruy qo‘zg‘olonidan jabrlangan boy mulkdorlar va savdogarlar qayerga qochishadi? A) Sharqiy Turkiston va Yettisuvga B) Eron hududiga C) G‘arbiy Sibr va Yettisuvga D) Turkiston va Taroz atroflariga 9 / 25 “Temur tuzuklari”ga ko‘ra, Amir Temur vazirlarda qanday sifatlar bo‘lishi kerakligi haqida to‘xtalib o‘tgan? A) Asillik, toza nasllilik, aql-farosatlilik, sipohu raiyat ahvolidan xabardorlik, ularga nisbatan yaxshi muomalada bo‘lishlik, sabr chidamlilik va tinchliksevarlik B) Sabr matonatlilik, chidamlilik, aqil farosatlilik, aholi orasida e’tiborga sazovor bo‘lgan shaxslar C) Xalqni sevuvchi, ardoqlovchi, xushmomila bo‘lishi D) Aqlli, farosatli, raiyat ahvolidan xabardor bo‘lishi 10 / 25 Buxoro xonligida eng muhim tabiiy fanlar o‘qitilmasligi sababini aniqlang. 1)diniy mutaassiblikning kuchayganligi; 2)darsliklar yetishmasligi; 3)tashqi aloqasi o‘zi kabi kam taraqqiy etgan davlatlar bilan cheklanib qolganligi; 4)ilg‘or Yevropa davlatlari bilan aloqani yo‘lga qo‘ya olmaganligi; A) 2, 3, 4 B) 1, 3, 4 C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 3 11 / 25 O‘nboshi qo‘li ostidagilardan biri botirlik ko‘rsatsa, birinchi galda uni qanday lavozimga tayinlaganlar? A) Mingboshi B) Yuzboshi C) Amir D) O‘nboshi 12 / 25 Buyuk Britaniya uchun Gibraltar bo‘g‘ozi Fransiyaning emas, balki boshqa qaysi davlat tasarrufida bo‘lishi ma’qul edi? A) Italiya B) Rossiya C) AQSh D) Ispaniya 13 / 25 “Amir Temur Rusning Oltin O‘rda zulmidan xalos bo‘lishini hamda bu davlatning yuksalishini tezlashtirdi”. Ushbu fikr qaysi kitobdan keltirilgan? A) “Buyuk Temur” B) “Temur tuzuklari” C) “Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli” D) “Ikki buyuk sarkarda” 14 / 25 O‘rta asr Yevropasida qanday universitetlar to‘la mustaqil bo‘lganligini aniqlang? A) xususiy universitetlar B) grafliklarda tashkil qilingan universitetlar C) qiroldan maxsus yorliq olgan D) qirol tomonidan tashkil qilingan universitetlar 15 / 25 Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud? A) Neolit davri oxirida odamlar misdan foydalanishga o‘tishdi; B) Neolit davrida idishlarni pishirish uchun kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishildi; C) Kapova g‘ori, Selung‘ur, Teshiktosh paleolit davri manzilgohlari hisoblanadi; D) Chorvachilik va dehqonchilik neolit davrining eng katta ixtirosidir; 16 / 25 Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda musiqa san’ati ancha rivojlangan edi. Birgina Buxoro shahrining o‘zida usta hunarmandlar tomonidan necha turdagi cholg‘u asboblari yasalgan? A) o‘ttiz turdagi B) o‘n turdagi C) yigirma turdagi D) o‘n besh turdagi 17 / 25 Qaysi tarixchi o‘z qaydnomalarida Amir Temur qo‘shinlarida ayollardan iborat bo‘linmalar bo‘lganligini yozib qoldirgan? A) Abu Bakr Kalaviy B) Ibn Arabshoh C) Ibn Xaldun D) Ibn Battuta 18 / 25 “Sening ortingda islomning dushmani turgani sir emas. Sen butun musulmonlarning sultonisan. Men bunday paytda senga qarshi bo‘lishni istamayman. Taqdir qo‘lida senga qarshi qurol bo‘lishni xohlamayman. Men kabi odam seningdek insonga qarshi qilich ko‘tarishi kechirilmas holdir!” deb yozilgan maktubni Jaloliddin Manguberdiga kim yo‘llaydi? A) Misr sultoni Barquq B) Bag‘dod xalifasi Nosir C) Dehli sultoni Shamsuddin Eltutmish D) Mo‘g‘ul xoni Chingizxon 19 / 25 Quyidagilardan Kiyev Rusidagi vaziyatni yanada murakkablashtirgan omilni aniqlang? A) nemislar hujumi B) qonli urushlar C) iqtisodiy inqiroz D) qipchoqlar hujumlari 20 / 25 Ko‘rsatib o‘tilgan belgilardan qaysi biri kapitalizmga xos emas edi? A) demokratiya B) xususiy mulk C) tadbirkorlik faoliyatining cheklab qo‘yilishi D) bozor munosabatlari 21 / 25 V asrda barpo etilgan Zog‘ariq va Bo‘zsuv kanallari suv bilan ta’minlab turgan hududlarda qadimda qaysi xalqlar yashagan? A) saka-xaumovarka B) saka-tiay-taradarayya C) massagetlar D) saka-tigraxauda 22 / 25 Yevropalik olimlarining Amir Temur haqidagi birinchi ilmiy tadqiqoti qaysi asarda aks etgan? A) “Buyuk Temur tarixi” B) “Amir Temur hikmatlari” C) “Skifiyalik Tamerlanning ulug‘vorligi” D) “Ikki buyuk sarkarda” 23 / 25 XIX asrda Buxoro amirligi hududi shimolda qayergacha borgan? A) Amudaryoning chap qirg‘ogi B) Pomir tog‘lari C) Xiva xonligi D) Sirdaryo 24 / 25 Qaysi jangdan so‘ng ko‘p sonli turkiy qabilalar Kichik Osiyoga yo‘l oldilar? A) 1071-yilgi Mansikret jangidan so‘ng B) 1066-yilgi Gastings jangidan so‘ng C) 1240-yilgi Neva jangidan so‘ng D) 1242-yilgi Muz ustidagi jangidan so‘ng 25 / 25 Fransiyada ikkinchi respublika vujudga kelgan yilda .... A) Eronda bobiylar qo‘zg‘oloni boshlandi; B) Afrika qit’asida Liberiya davlati tuzilganligi e’lon qilindi; C) Ikkinchi afyun urushi nihoyasiga yetdi; D) Rossiya-Turkiya o‘rtasida “Qrim urushi” kelib chiqdi; 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz