Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 9-sinf Geografiya olimpiada №1 Geografiya olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Geografiya olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 37 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 9-sinf Geografiya olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Rasmda Toshkent viloyati bilan chegaradosh bo‘lgan qaysi davlatlarning hududi A va B harflari bilan ko‘rsatilgan? A) Tojikiston va Qirg‘iziston B) Tojikiston va Qozog‘iston C) Qozog‘iston va Qirg‘iziston D) Turkmaniston va Afg‘oniston 2 / 25 Quyida ko‘rsatilgan B nuqtadagi havo haroratini toping? A) 27°C B) 26°C C) 26,4°C D) 27,6°C 3 / 25 Ushbu rasmda tasvirlangan tepalikning qaysi yonbag‘ri qiya? A) Sharqiy B) Shimoliy C) Janubiy D) G‘arbiy 4 / 25 To‘rg‘ay supasimon o‘lkasining janubiy qismi, Qozog‘iston past tog‘larining juda katta janubiy qismida qanday tabiat zonasi tarkib topgan? A) Dasht B) Cho‘l C) Adir D) Chalacho‘l 5 / 25 Atlantika, Tinch, Hind, Shimoliy Muz okeaniga tegishli bo‘lgan dengizlar (mos ravishda) qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? A) Liguriy, Koro, Dyurvill, Sharqiy Sibir B) Yava, Fidji, Kara, Hamdo‘stlik C) Krit, Ueddell, Timor, Deyvis D) Irlandiya, Skotia, Flores, Oq 6 / 25 Troposfera havosining harorati, namligi, shamollari va boshqa xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan katta qismlari nima deb ataladi? A) havo harakati B) kontinental havo C) dengiz havosi D) havo massalari 7 / 25 Shoʻrkoʻl suv ombori qaysi viloyatlar orasida joylashgan? A) Navoiy va Qashqadaryo B) Surxondaryo va Qashqadaryo C) Buxoro va Navoiy D) Qashqadaryo va Buxoro 8 / 25 X asrning oxirida Shimoliy Amerika materigining shimoli-sharqiy qismini va Grenlandiya orolini kim o‘rgandi? A) Jon Kabot B) G. Gudzon C) Erik Rauda D) A. Makkenzi 9 / 25 Quyidagi shaharlardan qaysilari qazilma boyliklar va suv quvvati boyliklari mavjud hududlarda barpo etilgan? 1) Yangiyer; 2) Navoiy; 3) Angren; 4) Guliston; 5) Uchquduq; 6) Shirin. A) 2, 3, 5, 6 B) 2, 3, 4, 6 C) 1, 2, 4, 6 D) 1, 3, 5, 6 10 / 25 Qaysi daryo Chotqol va Piskom daryolarining Chorvoq botig‘ida qo‘shilishidan vujudga keladi? A) Chirchiq B) Piskom C) Sirdaryo D) Zarafshon 11 / 25 Toshkent viloyatining qaysi tumanlari asosan sabzavot va meva yetishtirishga ixtisoslangan? A) Parkent, G‘azalkent, Angren, Nurobod B) Bekobod, Do‘stobod, Chinoz, Chirchiq C) Yangiyo‘l, Qibray, Bo‘stonliq, Parkent D) Piskent, Oqqo‘rg‘on, Bo‘ka, Olmaliq 12 / 25 Guri suv ombori qaysi daryoda barpo etilgan? A) Karuna B) Missisipi C) Volga D) Niger 13 / 25 Qaysi so‘z yunonchadan tarjima qilganda “ko‘tarilaman” degan ma’noni bildiradi? A) relyef B) landshaft C) astenosfera D) vulqon 14 / 25 Nosir Xisravning sayohat yo‘li xarit-sxemasida O‘rta dengiz qanday nom bilan ko‘rsatilgan? A) Fors ko‘li B) Qulzum dengizi C) Rum dengizi D) Abiskun dengizi 15 / 25 Shamol yo‘nalishini qaysi asbob yordamida aniqlash mumkin? A) anemometr B) termometr C) fluger D) barometr 16 / 25 Janubiy oʻrmon mintaqasida oʻrmon resurslariga boy mamlakatlarni belgilang. A) Braziliya, Madagaskar B) Argentina, Indoneziya C) Kolumbiya, Myanma D) Tailand, Venesuela 17 / 25 Rasmda ko‘rsatilgan shamol turini aniqlang. A) Briz B) Fyon C) Passat D) Musson 18 / 25 Mamlakatimizdagi birinchi paxta tozalash zavodi qayerda bunyod etilgan? A) Bekobod B) Toshkent C) Namangan D) Samarqand 19 / 25 Ekologik muammolar ko‘lami jihatidan nechta pog‘onaga bo‘linadi? A) 3 B) 6 C) 2 D) 5 20 / 25 Yer po‘stining kontinental tipi Pomir va Hindikushda necha km qalinlikka teng? A) 70-80 km B) 60-70 km C) 35-40 km D) 50-60 km 21 / 25 65 mln. yil avval Gondvanadan qaysi materiklar ajralib chiqqan? 1. Afrika; 2. Shimoliy Amerika; 3. Avstraliya; 4. Antarktida; 5. Yevrosiyo; 6. Janubiy Amerika A) 1, 3, 4, 6 B) 1, 2, 5, 6 C) 2, 3, 4, 6 D) 2, 4, 5, 6 22 / 25 Mirzacho‘lning markaziy qismida qanday botiqlar joylashgan? A) Sardoba, Yerjar, Sangzor B) Amir Temur, Sangzor, Mirzaobod C) Qizilqum, Yettisoy, Boyovut D) Yettisoy, Sardoba, Qorasuv, Yog‘ochota, Sho‘ro‘zak 23 / 25 Qanday andozalarda tuzilgan xaritalarda meridianlar bilan parallellar bir-birini 90◦ li burchak ostida kesishadigan to‘g‘ri chiziqlardan iborat to‘r hosil qiladi? A) konussimon B) azimutli C) silindrsimon D) teng maydonli 24 / 25 Vujudga kelishiga ko‘ra quruqlik bilan bog‘liq yotqiziqlar nima deb ataladi? A) Terrigen yotqiziqlar B) Qizil tusli okean gili C) Jigarrang okean loyqasi D) Akkumulyativ yotqiziqlar 25 / 25 Qaysi iqtisodiy rayondagi temiryo‘llar hudud bo‘ylab uchburchak shaklida qurilgan? A) Farg‘ona B) Toshkent C) Quyi Amudaryo D) Mirzacho‘l 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz