Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 9-sinf Geografiya olimpiada №1 Geografiya olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Geografiya olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 367 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Geografiya olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Qaysi so‘z yunonchadan tarjima qilganda “ko‘tarilaman” degan ma’noni bildiradi? A) astenosfera B) landshaft C) relyef D) vulqon 2 / 25 Okean suvining sho‘rligi nima bilan uzviy bog‘liq? A) chuqurligi va maydoni bilan B) tarkibidagi moddalari bilan C) suvo‘tlar va mikroorganizmlar bilan D) suvning harorati bilan 3 / 25 Ushbu rasmda tasvirlangan tepalikning qaysi yonbag‘ri qiya? A) Sharqiy B) Shimoliy C) G‘arbiy D) Janubiy 4 / 25 Mirzacho‘lning markaziy qismida qanday botiqlar joylashgan? A) Sardoba, Yerjar, Sangzor B) Yettisoy, Sardoba, Qorasuv, Yog‘ochota, Sho‘ro‘zak C) Qizilqum, Yettisoy, Boyovut D) Amir Temur, Sangzor, Mirzaobod 5 / 25 Rasmda ko‘rsatilgan shamol turini aniqlang. A) Musson B) Fyon C) Briz D) Passat 6 / 25 Quyida ko‘rsatilgan B nuqtadagi havo haroratini toping? A) 27,6°C B) 27°C C) 26°C D) 26,4°C 7 / 25 Mamlakatimizdagi birinchi paxta tozalash zavodi qayerda bunyod etilgan? A) Samarqand B) Namangan C) Toshkent D) Bekobod 8 / 25 Ekologik muammolar ko‘lami jihatidan nechta pog‘onaga bo‘linadi? A) 5 B) 6 C) 2 D) 3 9 / 25 Shamol yo‘nalishini qaysi asbob yordamida aniqlash mumkin? A) fluger B) termometr C) barometr D) anemometr 10 / 25 Guri suv ombori qaysi daryoda barpo etilgan? A) Volga B) Karuna C) Niger D) Missisipi 11 / 25 Troposfera havosining harorati, namligi, shamollari va boshqa xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan katta qismlari nima deb ataladi? A) dengiz havosi B) havo harakati C) kontinental havo D) havo massalari 12 / 25 65 mln. yil avval Gondvanadan qaysi materiklar ajralib chiqqan? 1. Afrika; 2. Shimoliy Amerika; 3. Avstraliya; 4. Antarktida; 5. Yevrosiyo; 6. Janubiy Amerika A) 1, 2, 5, 6 B) 1, 3, 4, 6 C) 2, 4, 5, 6 D) 2, 3, 4, 6 13 / 25 Qaysi daryo Chotqol va Piskom daryolarining Chorvoq botig‘ida qo‘shilishidan vujudga keladi? A) Piskom B) Zarafshon C) Sirdaryo D) Chirchiq 14 / 25 Qanday andozalarda tuzilgan xaritalarda meridianlar bilan parallellar bir-birini 90◦ li burchak ostida kesishadigan to‘g‘ri chiziqlardan iborat to‘r hosil qiladi? A) azimutli B) silindrsimon C) konussimon D) teng maydonli 15 / 25 Qaysi iqtisodiy rayondagi temiryo‘llar hudud bo‘ylab uchburchak shaklida qurilgan? A) Mirzacho‘l B) Toshkent C) Farg‘ona D) Quyi Amudaryo 16 / 25 Qoradaryo qaysi daryolarning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi? A) Yassi va Ko‘gart B) Aravansoy va Oqbura C) Tor va Qora G‘ulja D) Oqsuv va Tanxoz 17 / 25 Cho‘l mintaqasi O‘zbekiston hududining necha foizini tashkil etadi? A) 50% B) 70% C) 80% D) 30% 18 / 25 X asrning oxirida Shimoliy Amerika materigining shimoli-sharqiy qismini va Grenlandiya orolini kim o‘rgandi? A) G. Gudzon B) Jon Kabot C) A. Makkenzi D) Erik Rauda 19 / 25 Toshkent viloyatining qaysi tumanlari asosan sabzavot va meva yetishtirishga ixtisoslangan? A) Piskent, Oqqo‘rg‘on, Bo‘ka, Olmaliq B) Parkent, G‘azalkent, Angren, Nurobod C) Yangiyo‘l, Qibray, Bo‘stonliq, Parkent D) Bekobod, Do‘stobod, Chinoz, Chirchiq 20 / 25 Shoʻrkoʻl suv ombori qaysi viloyatlar orasida joylashgan? A) Surxondaryo va Qashqadaryo B) Navoiy va Qashqadaryo C) Buxoro va Navoiy D) Qashqadaryo va Buxoro 21 / 25 Rasmda Toshkent viloyati bilan chegaradosh bo‘lgan qaysi davlatlarning hududi A va B harflari bilan ko‘rsatilgan? A) Tojikiston va Qozog‘iston B) Tojikiston va Qirg‘iziston C) Turkmaniston va Afg‘oniston D) Qozog‘iston va Qirg‘iziston 22 / 25 Yer po‘stining kontinental tipi Pomir va Hindikushda necha km qalinlikka teng? A) 70-80 km B) 35-40 km C) 50-60 km D) 60-70 km 23 / 25 Quyidagi rasmda 3 raqami bilan vulqonning qaysi elementi ko‘rsatilgan? A) vulqon o‘chog‘i B) krater C) lava D) ulqon kanali 24 / 25 Janubiy oʻrmon mintaqasida oʻrmon resurslariga boy mamlakatlarni belgilang. A) Tailand, Venesuela B) Braziliya, Madagaskar C) Argentina, Indoneziya D) Kolumbiya, Myanma 25 / 25 Vujudga kelishiga ko‘ra quruqlik bilan bog‘liq yotqiziqlar nima deb ataladi? A) Qizil tusli okean gili B) Terrigen yotqiziqlar C) Jigarrang okean loyqasi D) Akkumulyativ yotqiziqlar 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 9-10-11 sinflar Geografiya olimpiada №6