Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 9-sinf Tarix olimpiada №1 Tarix olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Tarix olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 1623 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Tarix olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 XIV asr oxiriga kelib qaysi omillar Malining zaiflashishiga sabab bo‘ladi? A) Feodal tarqoqlik, sulolaviy nizolar B) O‘zaro urushlar, iqtisodiy inqiroz C) Tinimsiz urushlar, sulolaviy nizolar D) Feodal tarqoqlik, tinimsiz urushlar 2 / 25 Ilk o‘rta asrlarda qo‘riq va bo‘z yerlarga suv chiqarilib, katta-katta ekin maydonlari barpo etildi. Bunday obodonchilik ishlarini amalga oshirishda kimlar sarkor ishboshi sifatida faol qatnashganlar? A) Kashovarzlar, dehqonlar, chokarlar, kadivarlar B) Mulkdor tabaqa vakillari, qishloq oqsoqollari, qabila boshliqlari C) Kohinlar, mulkdor tabaqa vakillari, qabila boshliqlari, kadivarlar D) Qishloq jamoalarining azolari, chokarlar, mulkdor tabaqa vakillari 3 / 25 Ko‘rsatib o‘tilgan belgilardan qaysi biri kapitalizmga xos emas edi? A) demokratiya B) bozor munosabatlari C) tadbirkorlik faoliyatining cheklab qo‘yilishi D) xususiy mulk 4 / 25 O‘rta asr Yevropasida qanday universitetlar to‘la mustaqil bo‘lganligini aniqlang? A) qiroldan maxsus yorliq olgan B) grafliklarda tashkil qilingan universitetlar C) qirol tomonidan tashkil qilingan universitetlar D) xususiy universitetlar 5 / 25 Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud? A) Kapova g‘ori, Selung‘ur, Teshiktosh paleolit davri manzilgohlari hisoblanadi; B) Chorvachilik va dehqonchilik neolit davrining eng katta ixtirosidir; C) Neolit davri oxirida odamlar misdan foydalanishga o‘tishdi; D) Neolit davrida idishlarni pishirish uchun kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishildi; 6 / 25 “Sening ortingda islomning dushmani turgani sir emas. Sen butun musulmonlarning sultonisan. Men bunday paytda senga qarshi bo‘lishni istamayman. Taqdir qo‘lida senga qarshi qurol bo‘lishni xohlamayman. Men kabi odam seningdek insonga qarshi qilich ko‘tarishi kechirilmas holdir!” deb yozilgan maktubni Jaloliddin Manguberdiga kim yo‘llaydi? A) Mo‘g‘ul xoni Chingizxon B) Dehli sultoni Shamsuddin Eltutmish C) Bag‘dod xalifasi Nosir D) Misr sultoni Barquq 7 / 25 “Amir Temur Rusning Oltin O‘rda zulmidan xalos bo‘lishini hamda bu davlatning yuksalishini tezlashtirdi”. Ushbu fikr qaysi kitobdan keltirilgan? A) “Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli” B) “Buyuk Temur” C) “Ikki buyuk sarkarda” D) “Temur tuzuklari” 8 / 25 Buxoro xonligida eng muhim tabiiy fanlar o‘qitilmasligi sababini aniqlang. 1)diniy mutaassiblikning kuchayganligi; 2)darsliklar yetishmasligi; 3)tashqi aloqasi o‘zi kabi kam taraqqiy etgan davlatlar bilan cheklanib qolganligi; 4)ilg‘or Yevropa davlatlari bilan aloqani yo‘lga qo‘ya olmaganligi; A) 1, 2, 3 B) 1, 3, 4 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 4 9 / 25 Qaysi jangdan so‘ng ko‘p sonli turkiy qabilalar Kichik Osiyoga yo‘l oldilar? A) 1240-yilgi Neva jangidan so‘ng B) 1066-yilgi Gastings jangidan so‘ng C) 1071-yilgi Mansikret jangidan so‘ng D) 1242-yilgi Muz ustidagi jangidan so‘ng 10 / 25 Ma’lumki, Yaponiya 1592-yil Koreyaga qarshi hujum boshlagan edi. Lekin bu hujum samarasiz yakunlandi. Bunga sabab nima edi? A) Yevropa davlatlarining Koreyani harbiy qurollar bilan ta’minlashi B) Dengizda dovul turib, Yapon kemalarining halokatga uchrashi C) Yaponiyada boshlangan ichki g‘alayonlar D) Xitoyning Koreyaga ko‘rsatgan harbiy yordami 11 / 25 Yevropalik olimlarining Amir Temur haqidagi birinchi ilmiy tadqiqoti qaysi asarda aks etgan? A) “Buyuk Temur tarixi” B) “Skifiyalik Tamerlanning ulug‘vorligi” C) “Amir Temur hikmatlari” D) “Ikki buyuk sarkarda” 12 / 25 Eftallar yozuviga xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang.1) Baqtriya yozuvining vujudga kelishiga asos bo‘lgan; 2) Baqtriya yozuvi asosida shakllangan; 3) o‘ngdan chapga, tepadan pastga qarab yozilgan; 4) 25 harfdan iborat bo‘lgan; 5) Sug‘d yozuvi asosida vujudga kelgan; 6) chapdan o‘ngga tomon ko‘ndalangiga yozilgan; 7) 22 harfdan iborat bo‘lgan; 8) Toxariston yozuvining vujudga kelishiga asos bo‘lgan; 9) Oromiy yozuvi asosida vujudga kelgan. A) 5, 6 B) 2, 3, 7, 8 C) 2, 4, 6 D) 1, 3, 5, 7 13 / 25 Boqi Muhammad qanday tadbirlarni amalga oshiradi? A) mamlakatdan jungorlarni haydab chiqarish, Toshkentda qozoqlar hukmronligiga chek qo‘ydi; B) qo‘shin tarkibini yangilash va muntazam qo‘shin tashkil etdi; C) agrar islohot o‘tkazildi, yer egalarining soliq tolamaslik tartibi bekor qilindi; D) mamlakat sarhadlari jipsligini mustahkamlash, boshqaruv tizimini izga solish uchun ko‘p urindi. Eron safaviylariga zarba berib, Balxni bo‘ysundirdi; 14 / 25 Quyidagilardan Kiyev Rusidagi vaziyatni yanada murakkablashtirgan omilni aniqlang? A) iqtisodiy inqiroz B) qipchoqlar hujumlari C) nemislar hujumi D) qonli urushlar 15 / 25 “Temur tuzuklari”ga ko‘ra, Amir Temur vazirlarda qanday sifatlar bo‘lishi kerakligi haqida to‘xtalib o‘tgan? A) Asillik, toza nasllilik, aql-farosatlilik, sipohu raiyat ahvolidan xabardorlik, ularga nisbatan yaxshi muomalada bo‘lishlik, sabr chidamlilik va tinchliksevarlik B) Xalqni sevuvchi, ardoqlovchi, xushmomila bo‘lishi C) Aqlli, farosatli, raiyat ahvolidan xabardor bo‘lishi D) Sabr matonatlilik, chidamlilik, aqil farosatlilik, aholi orasida e’tiborga sazovor bo‘lgan shaxslar 16 / 25 XIX asrda Buxoro amirligi hududi shimolda qayergacha borgan? A) Sirdaryo B) Xiva xonligi C) Pomir tog‘lari D) Amudaryoning chap qirg‘ogi 17 / 25 Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda musiqa san’ati ancha rivojlangan edi. Birgina Buxoro shahrining o‘zida usta hunarmandlar tomonidan necha turdagi cholg‘u asboblari yasalgan? A) yigirma turdagi B) o‘ttiz turdagi C) o‘n besh turdagi D) o‘n turdagi 18 / 25 Qaysi tarixchi o‘z qaydnomalarida Amir Temur qo‘shinlarida ayollardan iborat bo‘linmalar bo‘lganligini yozib qoldirgan? A) Ibn Arabshoh B) Ibn Xaldun C) Abu Bakr Kalaviy D) Ibn Battuta 19 / 25 Quyidagi javoblardan Buxoro xonligida ashtarxoniylar hukmronligi davrida ta’limga oid to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. 1)XVII-XVIII asrlarda shahar va qishloqlarda ko‘plab maktablar faoliyat yuritgan; 2)o‘g‘il va qiz bolalar alohida-alohida maktablarda o‘qitilgan; 3)o‘g‘il bolalar maktablari masjidlar, madrasalar, xo‘jalik yurituvchi ustaxonalar qoshida yoki xususiy maktabdorlar xonadonlarida tashkil etilgan; 4)qiz bolalar maktablari badavlat kishilar yoki o‘qituvchi ayollar uylarida tashkil etilgan; 5)bolalar maktabga 5-6 yoshdan berilgan; 6)bolalar maktabda 5-8 yil davomida boshlang‘ich ta’lim olganlar; A) 1, 2, 4, 6 B) 1, 2, 3, 4, 6 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 3, 4, 5 20 / 25 Shayboniylar davrida devon faoliyati temuriylar davridagidek nufuzga ega emasdi. Bunga ... A) dargohdagi mansablar mavqeyining kuchli bo‘lmaganligi sabab bo‘ldi; B) boshqaruv sohasida muammolar borligi sabab bo‘ldi; C) ma’muriy tuzum yaxshi tashkil etilmaganligi bo‘ldi; D) dargohdagi mansablar faqat xonga yaqin kishilardan tayinlangani sabab bo‘ldi; 21 / 25 Abruy qo‘zg‘olonidan jabrlangan boy mulkdorlar va savdogarlar qayerga qochishadi? A) Eron hududiga B) Turkiston va Taroz atroflariga C) Sharqiy Turkiston va Yettisuvga D) G‘arbiy Sibr va Yettisuvga 22 / 25 Fransiyada ikkinchi respublika vujudga kelgan yilda .... A) Afrika qit’asida Liberiya davlati tuzilganligi e’lon qilindi; B) Eronda bobiylar qo‘zg‘oloni boshlandi; C) Ikkinchi afyun urushi nihoyasiga yetdi; D) Rossiya-Turkiya o‘rtasida “Qrim urushi” kelib chiqdi; 23 / 25 O‘nboshi qo‘li ostidagilardan biri botirlik ko‘rsatsa, birinchi galda uni qanday lavozimga tayinlaganlar? A) Yuzboshi B) O‘nboshi C) Mingboshi D) Amir 24 / 25 Alouddin Atomalik Juvayniy tomonidan Jaloliddin Manguberdi faoliyatiga bag‘ishlab yozilgan asarni ko‘rsating. A) “Vaziyati bahor Jalol ad-Din Mengburni” B) “Al-Komil fit-tarix” C) “Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Mengburni” D) “Tarixi jahonkusho” 25 / 25 1775-yil Amerikaning Filadelfiya shahrida II Kontinental Kongress chaqirilgan bo‘lib, Kongress qatnashchilari … A) “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ni parlamentga topshirdilar va prezidentlik lavozimiga ovoz berdilar. B) urushni to‘xtatishga ovoz berdilar va “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ni qizg‘in muhokama qildilar. C) urush boshlashga ovoz berdilar va Amerika qurolli kuchlarining bosh qo‘mondonini tayinladilar. D) mustamlaka shtatlarni Angliya hukumati bilan kelishtirishga, tinch yo‘l bilan mustaqillikni qo‘lga kiritishga harakat qildilar. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz